Hujjat kuchini yo‘qotgan 12.02.1996 02.03.1995 yildagi 76-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 12.02.1996
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qarori
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASIDA XORIJIY INVESTITSIYaLAR IShTIROKIDAGI KORXONALARNI TAShKIL ETISh, DAVLAT ROʻYXATIDAN OʻTKAZISh, ULARNING FAOLIYATI VA TUGATISh TARTIBI TOʻGʻRISIDA
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1996-yil 12-fevraldagi 55-sonli “Oʻzbekiston Respublikasida xopijiy investitsiyalar ishtirokidagi kopxonalarni tashkil etish, davlat poʻyxatidan oʻtkazish va ularning faoliyati tartibini takomillashtirish toʻgʻpisida”gi qaroriga muvofiq oʻz kuchini yoʻqotgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligiga xorijiy sarmoya ishtirokidagi yangi tashkil etilayotgan korxonalarni huquqiy ekspertizadan va roʻyxatdan oʻtkazish funksiyalari yuklanganligi munosabati bilan Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Quyidagilar:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasida xorijiy investitsiyalar ishtirokidagi korxonalari, xalqaro birlashmalarni va tashkilotlarni, shuningdek, ularning tarkibiy boʻlinmalarini tashkil etish va faoliyati tartibi toʻgʻrisidagi Nizom 1-ilovaga muvofiq;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Xorijiy sarmoya ishtirokidagi korxonalarni huquqiy ekspertizadan va davlat roʻyxatidan oʻtkazish toʻgʻrisidagi Nizom 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Vazirlar Mahkamasining 1992-yil 12-noyabrdagi 523-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 1992-y., 11-son, 32-modda) bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi toʻgʻrisidagi Nizomning 6-bandi quyidagi mazmundagi “g” kichik band bilan toʻldirilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“xorijiy sarmoya ishtirokidagi korxonalarni huquqiy ekspertizadan va davlat roʻyxatidan oʻtkazish”.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“g” — “l” kichik bandlari tegishli ravishda “d” — “m” kichik bandlari deb hisoblansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Vazirlar Mahkamasining 1992-yil 23-noyabrdagi 553-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 1992-y., 12-son, 37-modda) bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi toʻgʻrisidagi Nizomdan 9-bandning yigirma yettinchi xatboshi chiqarib tashlansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Vazirlar Mahkamasining 1993-yil 19-avgustdagi 423-son qaroriga 2-ilovadagi “Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi boʻyicha” soʻzlari “Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi boʻyicha” soʻzlari bilan almashtirilsin; koʻrsatilgan ilovaga jadvalning 1-bandidagi “Moliya vazirligi” soʻzlari “Adliya vazirligi” soʻzlari bilan almashtirilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Vazirlar Mahkamasining 1991-yil 12-noyabrdagi 290-son va 1994-yil 17-noyabrdagi 559-son qarorlari oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Bosh vazirning oʻrinbosari V.A. Chjen zimmasiga yuklansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1995-yil 2-mart,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
76-son
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlar Mahkamasining
1995-yil 2-martdagi 76-son qaroriga
1-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasida xorijiy investitsiyalar ishtirokidagi korxonalarni, xalqaro birlashmalarni va tashkilotlarni, shuningdek, ularning tarkibiy boʻlinmalarini tashkil etish va faoliyati tartibi toʻgʻrisida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
nizom
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
I. Tashkil etish, faoliyati va tugatishning umumiy tartibi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Mazkur Nizom Oʻzbekiston Respublikasining qonun hujjatlari asosida ishlab chiqilgan, u Oʻzbekiston Respublikasi hududida xorijiy investitsiyalar ishtirokidagi korxonalarni, xalqaro birlashmalarni va tashkilotlarni (bundan keyin korxonalar deb ataladi), shuningdek, ularning shuʼba korxonalarini, filiallarini va boshqa boʻlinmalarini tashkil etish, tugatish hamda tadbirkorlik va boshqa boʻlinmalarini tashkil etish, tugatish hamda tadbirkorlik va boshqa xil faoliyatni amalga oshirishi tartibini belgilaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Korxonalar Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligiga koʻra yuridik shaxslar hisoblanadi. Ular oʻz nomidan shartnomalar tuzishlari, mulki va shaxsiy nomulkiy huquqlarga ega boʻlishlari hamda majburiyatlar olishlari, sudda, xoʻjalik va hakamlik sudida daʼvogar va javobgar boʻlishlari mumkin. Korxona mustaqil balansga ega boʻladi va valyuta xarajatlarini toʻliq oʻzini oʻzi qoplash hamda oʻzini oʻzi mablagʻ bilan taʼminlash asosida ishlaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Korxonalar Oʻzbekiston Respublikasi qonunlari bilan taqiqlanmagan va oʻz ustavlarida nazarda tutilgan maqsadlarga javob beruvchi faoliyatning har qanday turlarini amalga oshirishlari mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Korxonalar roʻyxati Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligi bilan belgilanadigan alohida faoliyat turlari bilan faqat maxsus ruxsatnoma asosida shugʻullanishlari mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Korxonalar Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligiga zid boʻlmagan har qanday tashkiliy-huquqiy shaklda tashkil etilishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Korxonalar Oʻzbekiston Respublikasining butun hududida, tadbirkorlik va boshqa xil faoliyatni amalga oshirishlari mumkin. Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligi bilan ularning faoliyati taqiqlanadigan alohida hududlar bundan mustasno.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Korxonalar muassis (muassislar) tomonidan tasdiqlangan taʼsis hujjatlari asosida faoliyat koʻrsatadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Korxonalarning taʼsis hujjatlarida korxonaning nomi va joylashgan oʻrni, korxonaning tashkiliy-huquqiy shakli, faoliyatining turi, maqsadi va muddati, qatnashchilari (muassislari, tarkibi, ustav fondining miqdori va uni vujudga keltirish tartibi, daromadlar (foyda)ni, dividendlarni taqsimlash va zararlarni qoplash tartibi, qatnashchilarning huquqlari va majburiyatlari, boshqaruv organlari, qayta tashkil etish va tugatish tartibi, qonunchilikka zid boʻlmagan boshqa xil shart-sharoitlar belgilab qoʻyiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. Korxonaning faoliyat koʻrsatish muddati korxonaning taʼsis hujjatlarida belgilab qoʻyiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. Oʻzbekiston Respublikasi hududida tashkil etiladigan korxonalar Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat roʻyxatidan oʻtgandan soʻng yuridik shaxs huquqini oladilar. Korxonalar tashkil etilganligi toʻgʻrisidagi xabarlar matbuotda eʼlon qilinadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9. Korxonaning ustav fondi uning muassislari ulushlari hisobiga tashkil topadi. U korxonaning tadbirkorlik va boshqa xil faoliyatidan olingan foyda hisobiga, zarur hollarda esa uning muassislarining qoʻshimcha ulushlari hisobiga ham toʻldirilishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
10. Ulush sifatida korxonaning ustav fondiga muassislar tomonidan qoʻshilgan mulkning qiymati Oʻzbekiston Respublikasining amaldagi qonunchiligiga muvofiq baholanadi, intellektual mulkning qiymati esa — mustaqil ekspert komissiyasi tomonidan, qonunchilik bilan belgilangan tartibda baholanadi. Korxonaning xorijiy sarmoya ishtirokidagi ustav fondi miqdori 10 ming AQSh dollaridan kam boʻlishi mumkin emas. Ulushning qiymati Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy bankining korxonani tashkil etish haqidagi shartnoma tasdiqlangan kundagi kursi boʻyicha soʻmlarda qayta hisoblanadi. Agar korxonaning oʻzbekistonlik muassisi mulkchilikning davlat shaklidagi korxona yoki ustav fondida davlat mulki ulushi boʻlgan korxona boʻlsa, ular tomonidan korxonaning ustav fondiga beriladigan mulkni berish va baholash masalalari Oʻzbekiston Respublikasi Davlat mulki qoʻmitasi yoki uning hududiy organlari bilan kelishib olingan boʻlishi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
11. Korxona muassislari tomonidan ustav fondidagi ularning ulushi hisobiga Oʻzbekiston Respublikasiga keltiriladigan asbob-uskunalar, materiallar va boshqa mulklar bojxona boji toʻlashdan ozod qilinadi va ulardan import soligʻi olinmaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
12. Korxona mulki va tavakkalchiliklarini sugʻurta qilish uning xohishiga koʻra amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
13. Korxonalar Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligiga binoan oʻz mulkiga egalik qilish, undan foydalanish va uni tasarruf etishni oʻz faoliyatining maqsadi va mulkning nimaga moʻljallanganiga qarab amalga oshiradilar. Ularning mulki maʼmuriy tartibda rekvizitsiya va musodara qilinmaydi. Davlat korxonaning mulkiy huquqlarini himoya qilishni kafolatlaydi. Korxona mulkini davlat tomonidan olib qoʻyishga yoʻl qoʻyilmaydi. Oʻzbekiston Respublikasining qonun hujjatlarida nazarda tutilgan hollar, shuningdek, tabiiy ofat, avariya, epidemiya, epizootiya hollari bundan mustasno.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bu haqdagi qaror Vazirlar Mahkamasi tomonidan qabul qilinadi. Bunday hollarda mulk uchun koʻrilgan zararga teng miqdorda kompensatsiya toʻlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
14. Korxonaga tegishli sanoat mulkiga egalik qilish huquqi Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligiga muvofiq, shu jumladan, patentlar shaklida muhofaza qilinadi. Sanoat mulkiga egalik qilish huquqini boshqa yuridik shaxslarga va fuqarolarga berish, shuningdek, ushbu huquqlardan tijoratda foydalanish va ularni chet ellarda himoya qilish tartibi korxona ustavi bilan belgilanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
15. Korxonalar oʻz majburiyatlari boʻyicha oʻzlariga tegishli boʻlgan barcha mulk va aktivlar bilan javob beradilar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi ularning majburiyatlari boʻyicha javob bermaydi, korxonalar esa Oʻzbekiston Respublikasi majburiyatlari boʻyicha javob bermaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
16. Korxonalarning Oʻzbekiston Respublikasi korxonalari, birlashmalari va tashkilotlari, boshqa yuridik va jismoniy shaxslar, xorijiy fuqarolar va fuqaroligi boʻlmagan shaxslar bilan oʻz faoliyatlari bilan bogʻliq boʻlgan masalalar boʻyicha nizolari Oʻzbekiston Respublikasi sudlarida, xoʻjalik sudlarida, shuningdek, tomonlarning kelishuviga koʻra hakamlar va xorijdagi xolislar sudida koʻrib chiqiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
17. Korxona boshqaruv organlarining tarkibi, vakolati, ular tomonidan qarorlar qabul qilish tartibi Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligiga muvofiq korxonalarning taʼsis hujjatlari bilan belgilanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
18. Korxonalar oʻz xoʻjalik faoliyati dasturini mustaqil ravishda ishlab chiqadilar va tasdiqlaydilar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
19. Korxonalarga oʻz xoʻjalik faoliyati uchun zarur boʻlgan eksport va import operatsiyalarini mustaqil ravishda yuritish huquqi berilgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Korxonalar oʻzlari ishlab chiqargan mahsulotlarni litsenziyasiz eksport qilish va oʻzining ishlab chiqarish ehtiyojlari uchun mahsulotlarni import qilishga haqlidirlar. Tashqi iqtisodiy aloqalar qatnashchisi guvohnomasini olish uchun korxona zarur hujjatlarni Oʻzbekiston Respublikasi tashqi iqtisodiy aloqalar vazirligiga topshiradi. Taqdim etilgan hujjatlarni koʻrib chiqish muddati ariza berilgan vaqtdan boshlab yetti ish kunidan oshib ketmasligi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
20.Korxonaning chet el valyutasidagi barcha xarajatlari oʻzlarining valyuta tushumlari, shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligi bilan ruxsat etilgan valyutalar olishning boshqa manbalari hisobiga taʼminlanishi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
21. Korxonalar oʻz faoliyatini amalga oshirish uchun soʻmlar va chet el valyutasidagi kreditlardan foydalanishlari mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
22. Korxonalarda ularning faoliyati va jamoani ijtimoiy rivojlantirish uchun zarur boʻlgan zaxira fondi va boshqa fondlar tashkil etiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Fondlarning roʻyxati, ularni vujudga keltirish va foydalanish tartibi korxona ustavida belgilanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
23. Korxonalar soliqlar va boshqa toʻlovlarni Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligiga muvofiq toʻlaydilar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
24. Korxonalarning soliqlar va Oʻzbekiston Respublikasi budjetiga boshqa majburiy toʻlovlar toʻlangandan soʻng qoladigan foydasi, undan korxona fondlarini tashkil etishga va toʻldirishga yoʻllanadigan summalarni chegirgan holda, korxona muassislari oʻrtasida, taʼsis hujjatlariga muvofiq taqsimlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
25. Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligiga muvofiq xorijiy investorlarga korxona faoliyatidan olingan foydani taqsimlash natijasida ularga tegishli boʻlgan xorijiy valyutadagi summani chet elga oʻtkazish kafolatlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
26. Korxonalar asosiy fondlarni toʻliq tiklash uchun amortizatsiya ajratmalarini Oʻzbekiston Respublikasi korxonalari uchun belgilangan normalar boʻyicha va tartibda ajratadilar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
27. Korxonalar operativ, buxgalteriya va statistika hisobi hamda hisobotni Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligiga muvofiq yuritadilar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
28. Xorijiy investitsiya ishtirokidagi korxonalarning Oʻzbekiston Respublikasining amaldagi qonunchiligiga rioya qilishlari ustidan nazoratni soliq va maxsus nazorat funksiyalariga ega boʻlgan davlat boshqa organlari oʻz vakolatlari doirasida amalga oshiradilar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
29. Korxona xodimlari asosan Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolari hisobiga butlanadi. Korxona maʼmuriyati korxonada tashkil etiladigan kasaba uyushmasi tashkilotlari bilan jamoa shartnomalari tuzishga majburdir. Bu shartnomalarning mazmuni, shu jumladan, jamoani ijtimoiy rivojlantirish toʻgʻrisidagi qoidalar Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligi va korxona taʼsis hujjatlari bilan belgilanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
30. Xodimlarni yollash va boʻshatish, mehnatga haq toʻlash, shuningdek, moddiy ragʻbatlantirish shakllari va miqdorlarini korxona mustaqil ravishda hal qiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
II. Xorijiy korxonalarni tashkil qilish, ularning faoliyati va tugatilishi tartibi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
31. Xorijiy investitsiyalar ustav fondining 100 foizini tashkil qiladigan korxona yoki tashkilot Oʻzbekiston Respublikasi hududidagi xorijiy korxona hisoblanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
32. Xorijiy korxona bir yoki bir necha xorijiy investorlar tomonidan tashkil etilishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
33. Xorijiy korxona tashkil etish toʻgʻrisidagi taklif xorijiy investor (yoki uning vakolati vakili) tomonidan texnik iqtisodiy asoslashlar va taʼsis hujjatlari loyihalari bilan birga Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga (bundan keyin davlat organi deb ataladi) kiritiladi, Oʻzbekiston Respublikasi hududida xorijiy korxonalarni tashkil etish toʻgʻrisidagi qaror uning roziligi bilan qabul qilinadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
34. Xorijiy investor Oʻzbekiston Respublikasi hududida ishlab turgan korxonani toʻliq mulk qilib sotib olish uchun u korxona egasi bilan kelishilgan tegishli shartnoma matnini, korxona mulkini va foydalanish huquqini sotib olishda esa mulk egasi bilan kelishilgan oldi-sotdi yoki shartnomasi matnini ham taqdim etadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
35. Korxona uning taʼsis hujjatlarida nazarda tutilgan holatlarda va tartibda, shuningdek, xoʻjalik sudi qaroriga binoan tugatilishi mumkin. Tugatish toʻgʻrisidagi xabar matbuotda eʼlon qilinadi. Davlat roʻyxatidan oʻtkazilganlik, qalbaki hujjatlar taqdim etilgan taqdirda, roʻyxatdan oʻtkazuvchi organ tomonidan bekor qilinishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
III. Oʻzbekiston Respublikasi hududida xalqaro birlashmalar va tashkilotlarni, qoʻshma korxonalarni tashkil qilish, faoliyati va tugatilishi tartibi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
36. Birlashmaga, agar uning faoliyati ustaviga koʻra Oʻzbekiston Respublikasi va bir yoki koʻproq xorijiy davlatlar hududlariga tegishli boʻlsa, xalqaro birlashma (tashkilot) deb tan olinadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
37. Mulkida oʻzbekistonlik va xorijiy yuridik shaxslar va fuqarolar ishtirok etadigan korxona Oʻzbekiston Respublikasi hududidagi qoʻshma korxona hisoblanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
38. Xalqaro birlashmalar qoʻshma korxona uchun belgilangan tartibda tashkil etiladi, oʻz faoliyatini amalga oshiradi va tugatiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
39. Qoʻshma korxona:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Yangi yuridik shaxsni tashkil qilish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
xorijiy yuridik shaxslar va fuqarolar tomonidan Oʻzbekiston Respublikasida ishlab turgan korxonadagi ulushni sotib olish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi yuridik shaxslari va fuqarolari tomonidan xorijiy korxonalardagi ulushni sotib olish yoʻli bilan tashkil etiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
40. Qoʻshma korxonani tashkil etish toʻgʻrisidagi qaror bevosita oʻzbekistonlik va xorijiy ishtirokchilar tomonidan qabul qilinadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi hududida qoʻshma korxona tashkil qilish yoki 20 mln AQSh dollariga teng summadan koʻp asosiy fondlarga ega boʻlgan Oʻzbekistondagi korxonaning aksiyalari yoki paylarini xorijiy investorga sotish yoʻli bilan Oʻzbekistondagi mavjud korxonani qoʻshma korxonaga aylantirish toʻgʻrisidagi qarorni oʻzbekistonlik qatnashchi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining roziligi bilan qabul qiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
41. Bir yoki bir necha oʻzbekistonlik yuridik shaxs va fuqaro hamda bir yoki bir necha xorijiy yuridik shaxs va fuqaro qoʻshma korxona qanashchilari boʻlishlari mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
42. Oʻzbekistonlik va xorijiy qatnashchilarning ustav fondiga ulushlari ular oʻrtasidagi kelishuvga koʻra aniqlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
43. Ulushlarni, paylarni bir-biriga berish, shuningdek, ularni uchinchi shaxslarga berish masalalarni qoʻshma korxona qatnashchilari amaldagi qonunchilikka muvofiq hal qiladilar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekistonlik qatnashchilar xorijiy qatnashchilar ulushlari yoki aksiyalarini olishda ustunlik huquqiga ega boʻladilar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qoʻshma korxona qayta tashkil etilganda uning huquq va majburiyatlari huquqiy vorislarga oʻtadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
44. Qatnashchi qoʻshma korxona tugatilganda yoki undan chiqqanida oʻz ulushini, boshqa qatnashchilar va uchinchi shaxslar oldidagi majburiyatlarini bajarganidan soʻng, tugatish yoki chiqish vaqtidagi qoldiq qiymati boʻyicha pul yoki tovar shaklida olish huquqiga ega boʻladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
IV. Oʻzbekiston Respublikasi hududidan tashqarida Oʻzbekiston Respublikasi yuridik shaxslari ishtirokida xalqaro birlashmalar va tashkilotlarni, qoʻshma korxonalarni tashkil qilish, ularning faoliyatini tugatish tartibi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
45. Oʻzbekiston Respublikasi hududidan tashqarida Oʻzbekiston Respublikasi yuridik shaxslari tomonidan xalqaro birlashmalar va tashkilotlar, shuningdek, qoʻshma korxonalarni (bundan keyin xorijiy qoʻshma korxona deb ataladi.) tashkil qilish Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar vazirligi roziligi bilan, ular tashkil etilayotgan va faoliyat koʻrsatadigan davlatlar qonun hujjatlariga muvofiq amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bunday korxonaning Oʻzbekiston tomonidan muassisi mulkchilikning davlat shaklidagi korxona boʻlsa, Oʻzbekiston Respublikasi hududidan tashqaridagi korxonaga mulkni berish va baholash masalalari Oʻzbekiston Respublikasi Davlat mulki qoʻmitasi yoki uning hududiy organlari bilan kelishib olingan boʻlishi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
V. Xalqaro birlashmalar va tashkilotlar, qoʻshma korxonalarning shuʼba korxonalari, filiallari va boshqa boʻlinmalarini tashkil etish, ularning faoliyati va tugatilish tartibi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
46. Xalqaro tashkilot, qoʻshma korxonalar Oʻzbekiston Respublikasi hududida ham, uning tashqarisida ham, agar bunday huquq ularga taʼsis hujjatlari bilan berilgan boʻlsa, shuʼba korxonalar, filiallar va boshqa boʻlinmalarni tashkil etishlari mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
47. Boshqa korxona tomonidan oʻz mulkining bir qismini toʻliq foydalanish uchun berish yoʻli bilan yuridik shaxs sifatida tashkil etilgan korxona shuʼba korxona tarzida tan olinadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Muassis shuʼba korxona ustavini tasdiqlaydi, uning rahbarini tayinlaydi va shuʼba korxonaga nisbatan Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlarida nazarda tutilgan mulkka egalik qilishning boshqa huquqlarini amalga oshiradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
48. Xalqaro tashkilot, qoʻshma korxonaning doimiy joylashgan oʻrnidan boshqa erda joylashgan, ular funksiyalarining barchasini yoki bir qismini amalga oshiruvchi alohida boʻlinma filial hisoblanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
49. Oʻzbekiston Respublikasi hududida xalqaro tashkilotlarning shuʼba korxonalari, filiallari va boshqa boʻlinmalarini tashkil qilish, tugatish va faoliyati qoʻshma korxonaga tatbiqan mazkur Nizom bilan belgilangan tartibda hamda Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari, Oʻzbekiston Respublikasining davlatlararo va hukumatlararo shartnomalarida belgilangan istisnolar bilan, shuningdek, bosh korxona yuqori organi tasdiqlangan Nizom (ustav) ga muvofiq amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
50. Oʻzbekiston Respublikasi hududidan tashqarida tashkil etilgan va ishlab turgan xalqaro birlashmalar va tashkilotlar Oʻzbekiston Respublikasi hududida yuridik shaxs huquqiga ega boʻlgan shuʼba korxonalar va filiallarni tashkil etishlari mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bunday shuʼba korxonalar hamda filiallarni tashkil qilish, tugatish va ularning faoliyati qoʻshma korxonaga tatbiqan mazkur Nizom va Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari, Oʻzbekiston Respublikasining davlatlararo va hukumatlararo shartnomalarida belgilangan istisnolar bilan, shuningdek, bosh korxona yuqori organi tasdiqlangan Nizom (ustav) ga muvofiq amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
51. Shuʼba korxonalar xalqaro birlashmalar va tashkilotlar, qoʻshma korxonalar majburiyatlari boʻyicha javob bermaydilar, xalqaro birlashmalar va tashkilotlar, qoʻshma korxonalar ham shuʼba korxonalarning majburiyatlari boʻyicha javob bermaydilar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlar Mahkamasining
1995-yil 2-martdagi 76-son qaroriga
2-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Xorijiy sarmoya ishtirokidagi korxonalarni huquqiy ekspertizadan va davlat roʻyxatidan oʻtkazish tartibi toʻgʻrisida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
nizom
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Xorijiy sarmoya ishtirokidagi korxonalarni huquqiy ekspertizadan va davlat roʻyxatidan oʻtkazish tartibi mazkur Nizom bilan tartibga solinadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Quyidagilar Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat roʻyxatidan oʻtishi lozim boʻlgan xorijiy sarmoya ishtirokidagi korxonalar hisoblanadilar:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
xorijiy investitsiya ishtirokidagi korxonalar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
xalqaro birlashmalar va tashkilotlar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qoʻshma korxonalar, shuningdek, aksiyalar (ulushlar, paylar) paketlari xorijiy yuridik va jismoniy shaxslarga sotilgan xoʻjalik jamiyatlari va shirkatlari;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
bosh korxonalari respublika hududidan tashqarida boʻlgan shuʼba korxonalar, filiallar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
xorijiy davlatlar hududlarida oʻzbekistonlik va xorijiy yuridik shaxslar hamda fuqarolar ishtirokida tashkil etilgan shuʼba korxonalar, filiallar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3.Qoraqalpogʻiston Respublikasi va viloyatlar hududida joylashgan xorijiy sarmoya ishtirokidagi korxonalar Qoraqalpogʻiston Respublikasi Adliya vazirligi va viloyatlar hokimliklaridagi adliya boshqarmalarida hujjatlar huquqiy ekspertizasidan va davlat roʻyxatidan oʻtadilar. Ustav fondi 100 ming AQSh dollaridan koʻproq boʻlgan, shuningdek, Toshkent shahrida joylashgan xorijiy sarmoya ishtirokidagi korxonalar Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat roʻyxatidan oʻtadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Xorijiy sarmoya ishtirokidagi korxonalar huquqiy ekspertizadan va davlat roʻyxatidan oʻtish uchun quyidagi hujjatlarni taqdim etadilar:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
a) davlat roʻyxatidan oʻtish toʻgʻrisidagi ariza;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
b) taʼsis shartnomasi va ustavi qabul qilinganligi toʻgʻrisidagi taʼsis majlisi (konferensiyasi) ning bayonnomasi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
v) taʼsis shartnomasi va ustavining, tovar belgisi yoki ramzining notarial tartibda tasdiqlangan nusxalari;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
g) Oʻzbekiston Respublikasi yoki Rossiya Federatsiyasi konsullik muassasasi tomonidan belgilangan tartibda tasdiqlangan, notarial tartibda tasdiqlangan xorijiy firma ustavi (shuʼba korxonalar, firmalarni roʻyxatga olishda) — tarjimasi bilan;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
d) savdo reyestridan koʻchirma (Oʻzbekiston Respublikasi yoki Rossiya Federatsiyasi konsullik muassasasi tomonidan belgilangan tartibda tasdiqlangan notarial nusxasi, tarjimasi bilan);
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
e) xorijiy firma yoki jismoniy shaxs xizmatlaridan foydalanadigan bankning tavsiya xati (Oʻzbekiston Respublikasi yoki Rossiya Federatsiyasi konsullik muassasasi tomonidan belgilangan tartibda tasdiqlangan notarial nusxasi, tarjimasi bilan);
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
j) agar xorijiy sarmoya ishtirokidagi korxonaning ishlab chiqarish faoliyati uchun yer maydoni talab etilsa, yerdan foydalanuvchining rozilik xati);
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
z) xorijiy sarmoya ishtirokidagi korxonalarni roʻyxatga olganlik uchun belgilangan miqdorda poshlina toʻlaganlik toʻgʻrisida dalolat beruvchi bank toʻlov hujjati;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
i) agar Oʻzbekiston tomonidan korxona muassisi davlat mulki bilan ulush qoʻshgan korxona boʻlsa, Oʻzbekiston Respublikasi Davlat mulki qoʻmitasi va yoki uning hududiy organlarining korxonaga berilayotgan mulkni berish va baholash toʻgʻrisidagi qarori qoʻshimcha tarzda taqdim etiladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
k) Davlat tabiatni muhofaza qilish qoʻmitasi organlarining xulosasi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Qoʻshma korxonalar, xalqaro birlashmalar va tashkilotlarni davlat roʻyxatidan oʻtkazganlik uchun eng kam ish haqining 5 baravari miqdorida, shuningdek, 500 AQSh dollari hajmidagi summada poshlina undiriladi. Bu mablagʻlarning 20 foizi Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligining markaziy schyotiga, qolgan qismi respublika (Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligida roʻyxatga olinganda) yoki viloyat budjetiga oʻtkaziladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Xorijiy korxonalarni, ularning filiallarini davlat roʻyxatidan oʻtkazganlik uchun 2000 AQSh dollari miqdorida poshlina undiriladi. Bu mablagʻlarning 15 foizi Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligining markaziy schyotiga, qolgan qismi respublika (Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligida roʻyxatga olinganda) yoki viloyat budjetiga oʻtkaziladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Taʼsis hujjatlariga oʻzgartirishlar va qoʻshimchalar kiritilganda, shuningdek, xorijiy sarmoya ishtirokidagi korxona qayta tashkil etilganda qayta roʻyxatga olish amalga oshirilib, buning uchun roʻyxatga olishda toʻlanadigan summaning 20 foizi miqdorida poshlina undiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Xorijiy sarmoya ishtirokidagi korxonalar taʼsis hujjatlarini huquqiy ekspertizadan va davlat roʻyxatidan oʻtkazish zarur hujjatlar ilova qilingan ariza olingan vaqtdan boshlab 10 ish kunidan kechikmay amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Adliya vazirligi, viloyatlar hokimliklari adliya boshqarmalari davlat roʻyxatidan oʻtgan xorijiy sarmoya ishtirokidagi korxonalar reyestrini yuritadilar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. Roʻyxatga olingan xorijiy sarmoya ishtirokidagi korxonaga roʻyxatga olish toʻgʻrisidagi guvohnoma beriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. Roʻyxatga olingan xorijiy sarmoya ishtirokidagi korxona bankda hisob-kitob schyotini ochgandan soʻng bir hafta muddatda joylashgan oʻrni boʻyicha soliq inspeksiyasida, shuningdek, “Oʻzistiqbolstat” davlat qoʻmitasi mahalliy organida hisobga turishga majburdir.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9. Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi roʻyxatga oluvchi organ sifatida xorijiy sarmoya ishtirokidagi korxonalarning oʻz taʼsis hujjatlari va ustavlariga rioya qilishlari ustidan nazoratni amalga oshiradi. Qayta roʻyxatdan oʻtish tartibi buzilgan, shuningdek, taʼsis hujjatlariga rioya qilinmagan taqdirda (ustav nazarda tutilmagan faoliyat turlari bilan shugʻullanish, muassislarning umumiy majlislarini oʻtkazmaslik va shu kabilar) roʻyxatga oluvchi organ korxonadan eng kam oylik ish haqining 200 baravari miqdoridagi jarimani xoʻjalik sudi orqali undirishga haqlidir.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Jarima respublika budjeti daromadiga oʻtkaziladi. Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi va uning organlari bunday daʼvolar bilan xoʻjalik sudiga murojaat qilganlarida davlat poshlinasi toʻlashdan ozod qilinadilar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
10. Oʻzbekiston Respublikasi hududidan ishlab turgan xorijiy sarmoya ishtirokidagi korxonalar taʼsis hujjatlariga oʻzgartirishlar kiritgan taqdirda bir hafta muddatda roʻyxatga oluvchi organga qayta roʻyxatdan oʻtkazish uchun hujjatlarni taqdim etadilar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
11.Xorijiy sarmoya ishtirokidagi korxonalar tugatilganda ular roʻyxatga oluvchi organga tegishli ariza berishga majburdirlar. Bu holatda korxonaning tugatilishini roʻyxatga olish korxona yuqori organi majlisining bayonnomasi yoki sud qarori asosida amalga oshiriladi.
(Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining qarorlari toʻplami, 1995-y., 3-son, 8-modda)