Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASIDA XORIJIY SARMOYALAR BILAN KORXONALAR, XALQARO BIRLAShMALAR VA TAShKILOTLAR, ShUNINGDEK, ULARNING TARKIBIY BOʻLINMALARINI TAShKIL ETISh VA FAOLIYATI TARTIBI TOʻGʻRISIDAGI NIZOMGA OʻZGARTIRISh KIRITISh TOʻGʻRISIDA
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1995-yil 2-martdagi 76-sonli “Oʻzbekiston Respublikasida xorijiy investitsiyalar ishtirokidagi korxonalarni tashkil etish, davlat roʻyxatidan oʻtkazish, ularning faoliyati va tugatish tartibi toʻgʻrisida”gi qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Oʻzbekiston Respublikasida oʻzbekistonlik va xorijiy yuridik shaxslar hamda fuqarolar ishtirokida qoʻshma korxonalar tashkil etishi va ularning faoliyatini davlat tomonidan boshqarishni tartibga solish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Vazirlar Mahkamasining 1991-yil 12-noyabrdagi 290-son qarori bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasida xorijiy sarmoyalar bilan korxonalar, xalqaro birlashmalar va tashkilotlar, shuningdek, ularning tarkibiy boʻlinmalarini tashkil etish va faoliyati tartibi toʻgʻrisidagi Nizom 43-bandining ikkinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“Oʻzbekiston Respublikasi hududida qoʻshma korxona tashkil etish toʻgʻrisidagi yoki asosiy fondlari 20 mln AQSh dollariga teng boʻlgan summadan oshadigan ishlab turgan Oʻzbekiston korxonasining aksiyalarini yoki paylarini xorijiy investorga sotish yoʻli bilan Oʻzbekiston korxonasini qoʻshma korxonaga aylantirish toʻgʻrisidagi qaror Oʻzbekistonlik qatnashchi tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining roziligi bilan qabul qilinadi”.
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Toshkent sh.,
1994-yil 17-noyabr,
559-son