Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Qarori
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 11-sentabrdagi “Yuqori sifatli etil spirti va likyor-araq mahsulotlari ishlab chiqarishni tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-3263-son qaroriga oʻzgartirishlar kiritish haqida
Etil spirti va likyor-araq mahsulotlarini zamonaviy ishlab chiqarishni tashkil etishni takomillashtirish, alkogol mahsulotlarining eksport salohiyatini koʻpaytirish, ularning sifati va raqobatbardoshligini oshirish maqsadida:
2. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi oʻrinbosari — Oʻzbekiston Respublikasi transport vaziri A.J. Ramatov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2019-yil 7-noyabr,
PQ-4511-son
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 7-noyabrdagi PQ-4511-son qaroriga
ILOVA
ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 11-sentabrdagi “Yuqori sifatli etil spirti va likyor-araq mahsulotlari ishlab chiqarishni tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-3263-son qaroriga kiritilayotgan oʻzgartirishlar
1. 2-bandning uchinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Toshkent shahrida yangi likyor-araq zavodining qurilishi uchun “Premium Uzbekistan” MChJ QKni Toshkent shahri, Yashnobod tumani, Fargʻona yoʻli koʻchasi, 23/35-uy manzili boʻyicha joylashtirish”.
2. 6-bandning toʻrtinchi va beshinchi xatboshilari quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“bosh loyiha tashkiloti etib — “Oʻzogʻirsanoatloyiha” instituti” AJ;
bosh pudratchi tashkilot etib — “SK Alfa stroy” MChJ belgilansin”.
3. 7 — 9-bandlar oʻz kuchini yoʻqotgan deb topilsin.
4. 14-banddagi “Oʻzbekiston temir yoʻllari” AJning” soʻzlari “Premium Uzbekistan” MChJ QKning” soʻzlari bilan almashtirilsin.
5. 15-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“15. Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi “Premium Uzbekistan” MChJ QKning talabnomalariga koʻra loyihani amalga oshirishda qatnashadigan xorijiy mutaxassislarga, xorijiy kompaniyalar xodimlariga koʻp martalik vizalarni rasmiylashtirish, berish va muddatini uzaytirish, shuningdek, vaqtinchalik yashash joyiga vaqtincha propiska qilish va vaqtinchalik propiskaning muddatini uzaytirishni davlat boji undirilmagan holda amalga oshirishni taʼminlasin”.
6. 16-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Oʻzbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi “Premium Uzbekistan” MChJ QKning talabnomalariga koʻra loyihani amalga oshirishda ishtirok etish uchun xorijiy mutaxassislarni Oʻzbekiston Respublikasiga jalb etishga ruxsatnomalar berish (muddatini uzaytirish)ni, shuningdek, ushbu xorijiy fuqarolarga Oʻzbekiston Respublikasi hududida mehnat faoliyatini olib borish huquqini beradigan tasdiqnomalar berishni (muddatini uzaytirish)ni davlat boji undirilmagan holda taʼminlasin”.
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 08.11.2019-y., 07/19/4511/4005-son)