1-ILOVA
|
A.A. Abduxakimov |
— |
O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining ijtimoiy rivojlantirish masalalari bo‘yicha o‘rinbosari, Tashkiliy qo‘mita raisi |
|
A.U. Akkulov |
— |
O‘zbekiston Respublikasi Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi raisi v.v.b., Tashkiliy qo‘mita raisining o‘rinbosari |
|
I.T. Ne’matov |
— |
O‘zbekiston Respublikasi tashqi ishlar vazirining birinchi o‘rinbosari |
|
O.M. Umarov |
— |
O‘zbekiston Respublikasi axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirining birinchi o‘rinbosari |
|
L.Sh. Qudratov |
— |
O‘zbekiston Respublikasi investitsiya va tashqi savdo vazirining birinchi o‘rinbosari |
|
B.Q. Yusupaliyev |
— |
O‘zbekiston Respublikasi sog‘liqni saqlash vazirining birinchi o‘rinbosari |
|
D.B. Kadirov |
— |
O‘zbekiston Respublikasi ichki ishlar vazirining o‘rinbosari |
|
K.B. Akilova |
— |
O‘zbekiston Respublikasi madaniyat vazirining o‘rinbosari |
|
U.A. Xusanov |
— |
“Uzbekistan Airways” AJ boshqaruv raisining birinchi o‘rinbosari v.b. |
|
A.S. Kamalov |
— |
“O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ boshqaruv raisining o‘rinbosari |
|
A.D. Xadjayev |
— |
O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasi raisi v.b. |
|
A.K. Kuchimov |
— |
O‘zbekiston milliy axborot agentligi Bosh direktori |
|
A.B. Yuldashev |
— |
“O‘zekspomarkaz” MKK” AJ boshqaruv raisi |
|
J.A. Artikxodjayev |
— |
Toshkent shahar hokimi |
|
lavozim bo‘yicha |
— |
Qoraqolpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlarining yoshlar siyosati, ijtimoiy rivojlantirish va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha o‘rinbosarlari |
|
lavozim bo‘yicha |
— |
Buxoro, Samarqand, Toshkent va Xorazm viloyatlari hokimlarining turizmni rivojlantirish masalalari bo‘yicha o‘rinbosarlari |
2-ILOVA
| Tadbirlar nomi | Amalga oshirish muddati | Mas’ul vazirlik va idoralar | |
| 1. | “O‘zekspomarkaz” MKK”ning 1-2 pavilonlarida, Atrium xamda konferensiya zali hududlarida 25-yubiley “Ipak yo‘lida turizm” Toshkent xalqaro turizm yarmarkasiga (keyingi o‘rinlarda Yarmarka deb ataladi) tayyorgarlik ko‘rish va uni yuqori saviyada o‘tkazish. | 11 — 16-noyabr 2019-yil | Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi, Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi, “O‘zekspomarkaz” MKK” AJ |
| 2. | Yarmarka doirasida “O‘zbekistonda turizm” mavzusidagi respublika ijtimoiy roliklar tanlovining yakunlarini o‘tkazish. | 13 — 15-noyabr 2019-yil | Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi, Elektron ommaviy axborot vositalari milliy uyushmasi |
| 3. | O‘zbekiston va Rossiya I xalqaro turizm forumini, “O‘zbekiston” turizm brendining elchilari forumining (keyingi o‘rinlarda Forumlar deb ataladi) o‘tkazish dasturini ishlab chiqish va tasdiqlash. | 5-noyabr 2019-yil | Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi, Tashqi ishlar vazirligi |
| 4. | Yarmarka ochilishiga bag‘ishlangan folklor guruhlar, estrada xonandalari, musiqa ijodiyotining va an’anaviy san’at yorqin ustalari ishtirokida konsert dasturini tashkil etish, Toshkent shahrida joylashgan teatrlar repertuarlari, shuningdek, respublika muzey va teatrlarining katta stendlarini namoyish etish. | noyabr 2019-yil | Madaniyat vazirligi, “Hunarmand” uyushmasi, Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi, Toshkent shahar hokimligi |
| 5. | Toshkent shahrida joylashgan teatrlar va muzeylarning katta stendlarini tashkil etish, teatrlarning repertuarlarida joylashgan asarlarni taqdim etish. | 13 — 15-noyabr 2019-yil | Toshkent shahar hokimligi, Madaniyat vazirligi, Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi |
| 6. | Har bir hududning tarixiy madaniyati va an’analariga e’tibor qaratgan holda alohida dizayn sifatida hamda “Uzbekistan” logotipidan foydalanib ishlab chiqilgan respublika hududlarining turizm salohiyatini aks ettiruvchi axborot-taqdimot materiallarini, broshyuralar, kataloglar va bukletlarni, shuningdek, turizm namoyishi obyektlari va yo‘nalishlari to‘g‘risidagi ma’lumotlarni tayyorlash va Yarmarka ishtirokchilariga tarqatish. | noyabr 2019-yil | Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari |
| 7. | Yarmarka va Forumlar ishtirokchilariga tarqatish, shuningdek, xorijiy ommaviy axborot vositalari orasida va Internet jahon axborot tarmog‘ida targ‘ibot ishlarini amalga oshirish maqsadida video va reklama materiallarini tayyorlash. | 10-noyabr 2019-yil | O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasi, “Dunyo” axborot agentligi, ommaviy axborot vositalari, Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi, Tashqi ishlar vazirligi |
| 8. | Har bir hududning turizm salohiyati, madaniy xususiyatlari va tarixini keng namoyish etuvchi hududiy ko‘rgazma stendlari va ekspozitsiyalarini, hududlar kesimida ichki turizm va turizm infratuzilmasi imkoniyatlarini aks ettiruvchi alohida stendlarni, hamda turistlarni joylashtirish va dam olish sohasida respublika imkoniyatlarini namoyish etuvchi stendlarni tashkil yetish. Yarmarkada respublika hududlarida turizm sohasida faoliyat yuritayotgan tadbirkorlik subyektlarining alohida stendlar bilan ishtirokini ta’minlash. | 13 — 15-noyabr 2019-yil | Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar kengashi, hokimliklar O‘zbekiston Respublikasi turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi, turizm faoliyati subyektlari, EOAVMA |
| 9. | O‘zbekiston Respublikasi Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasining buyurtmasiga binoan Yarmarka doirasida 50% chegirma asosida: ko‘rgazmalarni tashkil etish uchun hamda ekspozitsiyalarni montaj va demontaj qilish ishlarini amalga oshirish davrida “O‘zekspomarkaz” MKK” 1-pavilyonning ko‘rgazma maydonchasini, “Hunarmandlar shahri” ekspozitsiyasini o‘tkazish uchun Atrium zalini, Xalqaro konferensiyalar xamda YUNVTOning davra suhbatlari va taqdimotlarini o‘tkazish uchun katta konferensiya zalini ajratib berish; taqdim etilgan maketlarga muvofiq respublika oliy va boshqa o‘quv muassasalari, muzeylar va teatrlarning ko‘rgazma stendlarini, “Hunarmandlar shahri” ekspozitsiyasini qurish choralarini ko‘rish. | noyabr 2019-yil | Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi, Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi, “O‘zekspomarkaz” MKK” AJ”, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, Madaniyat vazirligi, “Hunarmand” uyushmasi |
| 10. | Yarmarka va Forumlar doirasida Rossiya va boshqa xorijiy mamlakatlarning turizm sohasi vakillari, xususan vazirlik va idoralar vakillari, yetakchi turizm kompaniyalari va soha mutaxassislarining ishtirokini ta’minlash; O‘zbekiston Respublikasining xorijdagi diplomatik vakolatxonalari orqali xorijiy turizm kompaniyalari va “O‘zbekiston” turistik brendining elchilarini Yarmarka va Forumlarga jalb etish maqsadida targ‘ibot ishlarini amalga oshirilishida ko‘maklashish; O‘zbekiston Respublikasi Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasining so‘roviga binoan, “Nosted Buyers” dasturining (xorijiy OAV vakillari uchun maxsus dastur) potensial ishtirokchilari haqida ma’lumot olishda ko‘maklashish choralarini ko‘rish. | noyabr 2019-yil | Tashqi ishlar vazirligi, Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi |
| 11. | Forumlar ishtirokchilarining ro‘yxatini shakllantirish. | 5-noyabr 2019-yil | Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi, Tashqi ishlar vazirligi |
| 12. | Forumlar ishtirokchilari uchun mehmonxona xonalarini band qilish. | 7-noyabr 2019-yil | Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi |
| 13. | Yarmarka va Forumlar doirasida O‘zbekiston Respublikasi turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasining buyurtmasiga binoan “O‘zekspomarkaz” MKK” pavilyonlari, konferensiya zallari va “ITC” xalqaro markazini ovoz berish va sinxron tarjima qilish asbob-uskunalar bilan, shuningdek, Yarmarka davomida tezkor axborot almashish uchun simsiz Internet tarmog‘i (Wi-Fi) bilan belgilangan tartibda ta’minlash. | 13 — 15-noyabr 2019-yil | Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi |
| 14. | Respublikaning ixtisoslashtirilgan oliy va o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalarining turizm sohasida ta’lim olish imkoniyatlarini namoyish etuvchi stendlarini tashkil etish; Toshkent shahri va Toshkent viloyatida joylashgan oliy va o‘rta maxsus, ixtisoslashtirilgan kasb-hunar ta’limi muassasalarining talabalari va o‘quvchilarini Yarmarkaga tashrif buyurishini tashkil etish choralarini ko‘rish. | 13 — 15-noyabr 2019-yil | Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi |
| 15. | Ixtisoslashtirilgan tibbiyot markazlari, muassasalari va klinikalarning tibbiyot turizmining imkoniyatlari to‘g‘risidagi stendlari va tarqatma materiallar bilan ishtirokini tashkil etish. | 13 — 15-noyabr 2019-yil | Sog‘liqni saqlash vazirligi, Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi |
| 16. | Dam olish maskanlari va markazlarini (jumladan, turizm bazalari, sihatgohlar va h.k.) yo‘nalishlari va imkoniyatlarini namoyish etuvchi stendlar bilan ishtarok etishini ta’minlash. | 13 — 15-noyabr 2019-yil | O‘zbekiston kasaba uyushmalari federatsiyasi kengashi |
| 17. | Yarmarka doirasida aviatsiya va temir yo‘l sohalaridagi salohiyati va istiqbolli imkoniyatlarini aks ettiruvchi alohida keng ko‘lamli ekspozitsiyalarni tayyorlash va taqdim etishni ta’minlash. | 13 — 15-noyabr 2019-yil | “Uzbekistan Airways” AJ, “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ, Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi |
| 18. | Xorijiy turistlar uchun mo‘ljallangan tarif va xizmatlar haqida ma’lumot aks ettiruvchi stendlar va tarqatma materiallar bilan ishtirok etish uchun turizm sohasiga IT texnologiyalarini joriy etuvchi mobil operatorlar va kompaniyalarga belgilangan tartibda taklifnomalar yuborish. | Noyabr 2019-yil | O‘zbekiston Respublikasi axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi |
| 19. | Turizm sohasi tadbirkorlik subyektlari uchun ko‘rsatilayotgan xizmatlar haqida ma’lumot aks ettiruvchi stendlar va tarqatma materiallar bilan ishtirok etishi yuzasidan tijorat banklariga taklifnoma yuborish. | 5-noyabr 2019-yil | Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi, O‘zbekiston banklari assotsiatsiyasi, tijorat banklari |
| 20. | Xorijiy turistlar va turizm sohasidagi tadbirkorlik subyektlari uchun sug‘urta xizmatlari to‘g‘risida stendlar va tarqatma materiallar bilan sug‘urta kompaniyalarining ishtirok etishini ta’minlash. | noyabr 2019-yil | Sug‘urta nazorati davlat inspeksiyasi |
| 21. | Milliy sharoblarning eng yaxshi namunalarini va respublika sharob zaxiralarini namoyish etadigan keng ko‘lamli stend tashkil etish. | 13 — 15-noyabr 2019-yil | “Uzsharobsanoat” AJ |
| 22. | Ommaviy axborot vositalarini jalb etgan holda Yarmarka va Forumlarning matbuot anjumanini, ularga tayyorgarlik ko‘rish jarayonini, “O‘zbekistonda turizm” mavzusidagi respublika ijtimoiy roliklar tanlovining yakuniy natijalarini yoritish ishlarini ommaviy axborot vositalarini jalb etgan holda tashkil etish, shu jumladan Internet jahon axborot tarmog‘ida ham yoritish. | noyabr 2019-yil | Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi, O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasi, O‘zbekiston Milliy axborot agentligi, Elektron ommaviy axborot vositalari milliy uyushmasi, “Dunyo” axborot agentligi |
| 23. | Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasining buyurtmasiga binoan quyidagilarni ta’minlash: Turizmni rivojlantirish Davlat qo‘mitasi tomonidan shakllantiriladigan ro‘yxatlar bo‘yicha “Nosted Buyers” dasturining (xorijiy OAV vakillari uchun maxsu dastur) va “O‘zbekiston” turizm brendi elchilari forumining ishtirokchilari hamda YUNVTO ekspertlari uchun xalqaro aviachiptalarni belgilangan tartibda band qilish va taqdim etish, Islom Karimov nomidagi Toshkent shahar xalkaro aeroporti “Business Lounge” zallari orakali “Nosted Buyers” dasturi (xorijiy OAV vakillari uchun maxsus dastur) ishtirokchilari va YUNVTO ekspertlarining kutib olish va kuzatish xizmatini bepul tarzda tashkil etish. | noyabr 2019-yil | “Uzbekistan Airways” AJ, Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi |
| 24. | Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasining buyurtmasiga binoan quyidagilarni ta’minlash: Turizmni rivojlantirish Davlat qo‘mitasi tomonidan tuzilgan ro‘yxatlar bo‘yicha “Nosted Buyers” dasturi (xorijiy OAV vakillari uchun maxsu dastur) ishtirokchilari va YUNVTO ekspertlari uchun mahalliy yo‘nalishlar, shu jumladan “Afrosiyob” yuqori tezlikdagi elektr poyezdiga chiptalarni belgilangan tartibda bron qilish va taqdim etish; ko‘rgazma ishtirokchilari, “Nosted Buyers” dasturi (xorijiy OAV vakillari uchun maxsu dastur) va YUNVTO ekspertlari uchun Toshkent shahri va Buxoro shahar temir yo‘l vokzallarida rasmiy delegatsiyalar zallari orqali kutib olish va kuzatish xizmatini bepul tarzda tashkil etish; “Afrosiyob” tezyurar poyezdining video monitorlarida Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi tomonidan taqdim etilgan Yarmarka va Forumlarni targ‘ib etuvchi videoroliklarni namoyish etish. | noyabr 2019-yil | “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ, Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi |
| 25. | Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasining buyurtmasiga binoan beg‘araz asosda quyidagilarning amalga oshirish: “Sharq bozori” ekspozitsiyasi, “Ipak yo‘li ta’mi” milliy taomlari festivali va boshqa tadbirlarni tashkil etish uchun 40 dona chodirni takdim etish; Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi tomonidan takdim etilgan ekranlar uchun mo‘ljallangan metall konstruksiyalarni takdim etish. | 13 — 15-noyabr 2019-yil | “Uzbekneftegaz” AJ, Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi |
| 26. | “Nosted Buyers” dasturi (xorijiy OAV vakillari uchun maxsu dastur) ishtirokchilari va YUNVTO ekspertlarini Buxoro shahrida kutib olish, transport va shahar bo‘ylab ekskursiya xizmatlarini hamda ovqatlanish bilan ta’minlash (Yarmarka doirasida Buxoro viloyatiga bir kunlik tashrif amalga oshiriladi). | 14 — 16-noyabr 2019-yil | Buxoro viloyati hokimligi, Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi |
| 27. | Quyidagilarni: Yarmarka doirasida yirik mehmonxonalarning keng ko‘lamli stendlar va yirik ekspozitsiyalari bilan ishtirok etishini; Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi tomonidan taqdim etilgan Yarmarka va Forumlarga bag‘ishlangan tematik materiallarning ijtimoiy reklama bannerlarini Toshkent shahri va viloyatlar shaharlarining Markaziy ko‘chalarida joylashtirilishini; Yarmarka va Forumlarga bag‘ishlangan ijtimoiy reklamalarni poytaxtimizdagi elektron tablolarida bepul tarzda namoyish etilishini, shuningdek, bayram atributlari bilan tadbirlar o‘tkaziladigan joylarni bezashga ko‘maklashishni; festival doirasida respublikamizning turli mintaqalariga xos bo‘lgan milliy taomlarning turlari va usullarini namoyish etish maqsadida mahorat darslari o‘tkazilishini; “Ipak yo‘li ta’mi” milliy taomlari festivalining ishtirokchilarini tegishli chiqindi qutilari, va javonlar (stol-stullar) bilan ta’minlash; Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasiga “Ipak yo‘li ta’mi” milliy taomlari festivali va “Sharq bozori” ekspozitsiyasi ishtirokchilarining ro‘yxatini taqdim etish. | noyabr 2019-yil | Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar kengashi, Toshkent shaxar va viloyatlar hokimliklari, Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi, “Tasviriy oyina” ijodiy uyushmasi, O‘zbekiston oshpazlar assotsiatsiyasi, Restoratorlar assotsiatsiyasi, otelchilar uyushmasi |
| 28. | Jamoat tartibini saqlash, ishtirokchilar harakati xavfsizligini ta’minlash, xorijiy tilni biladigan mutaxassislarni jalb etgan holda tibbiy yordam ko‘rsatish punktlarini tashkil etish. | 12 — 16-noyabr 2019-yil | Ichki ishlar vazirligi, Sog‘liqni saqlash vazirligi |
| 29. | O‘zbekiston Respublikasidagi xorijiy davlatlar elchixonalari va diplomatik vakolatxonalari, shuningdek, hamkor xorijiy tashkilotlar vakillari uchun Toshkent shahridagi “Kurant” restoranida furshet dasturxonini tashkil etish. | 10/11-noyabr 2019-yil | Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi |
| 30. | Yarmarka va Forumlar yakunlari bo‘yicha ko‘rgazmali videorolikni tayyorlab, xalqaro tadbirlarda targ‘ibot ishlari uchun foydalanish maqsadida Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasiga taqdim etish. | dekabr 2019-yil | O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasi, Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi, Tashqi ishlar vazirligi |