1-ILOVA
|
T/r |
Obyektlar nomi |
Quvvati (oʻquv oʻrni) |
Bajarish muddatlari | ||||
|
1. |
Qoraqalpogʻiston Respublikasi yuridik kolleji |
540 |
2024-yil | ||||
|
2. |
Andijon viloyati yuridik kolleji |
1000 |
2021-yil |
||||
|
3. |
Buxoro viloyati yuridik kolleji |
400 |
2023-yil |
||||
|
4. |
Jizzax viloyati yuridik kolleji |
585 |
2020-yil |
||||
|
5. |
Qashqadaryo viloyati yuridik kolleji |
750 |
2020-yil |
||||
|
6. |
Namangan viloyati yuridik kolleji |
1040 |
2021-yil |
||||
|
7. |
Navoiy viloyati yuridik kolleji |
825 |
2021-yil |
||||
|
8. |
Samarqand viloyati yuridik kolleji |
900 |
2023-yil |
||||
|
9. |
Surxondaryo viloyati yuridik kolleji |
600 |
2022-yil |
||||
|
10. |
Sirdaryo viloyati yuridik kolleji |
720 |
2022-yil |
||||
|
11. |
Toshkent viloyati yuridik kolleji |
800 |
2020-yil |
||||
|
12. |
Fargʻona viloyati yuridik kolleji |
720 |
2024-yil | ||||
|
13. |
Xorazm viloyati yuridik kolleji |
720 |
2022-yil |
||||
|
14. |
Toshkent shahar yuridik kolleji |
1560 |
2023-yil |
||||
2-ILOVA
|
Tadbirlar nomi |
Amalga oshirish mexanizmi |
Bajarish muddati |
Xarajatlar* (mln.soʻm) |
Masʼul ijrochilar | |
|
1. |
Yuridik kollejlarda taʼlim sifati va boshqaruv samaradorligini oshirish, raqamli mahsulotlar va innovatsion texnologiyalarni qoʻllagan holda zamonaviy ishchi muhitni yaratish maqsadida situatsion zalni tashkil qilgan xolda video-konferens-aloqa tizimini joriy etish. |
1. Video-konferens-aloqani tashkil qilish uchun kompleksni (texnik vositalar va dasturiy taʼminot) xarid qilish va oʻrnatish. 2. Yuridik kollejlarning har bir auditoriyasiga kuzatuv kameralarini xarid qilish va oʻrnatish. |
2021-yil oktyabr |
2 000,0 |
Adliya vazirligi, Axborot texnologiyalari vazirligi |
|
2021-yil dekabr |
1 700,0 | ||||
|
2. |
Yuridik kollejlarda oʻqitishning innovatsion uslublari, oflayn va onlayn kurslarini tatbiq etish maqsadida masofaviy taʼlimni, shu jumladan vebinar mashgʻulotlarni tashkil etish. |
1. Masofaviy taʼlimni tashkil qilish uchun kompleks (texnik vositalar va dasturiy taʼminot) xarid qilish va oʻrnatish. |
2020-yil may |
670,0 |
Adliya vazirligi, Axborot texnologiyalari vazirligi |
|
2. Yuridik kollejlarda serverlarni va TDYUda data-markazni xarid qilish va oʻrnatish. |
2020-yil may |
2 000,0 | |||
|
3. Xorijiy mutaxassislarni jalb qilgan holda TDYU va yuridik kollejlarning tegishli xodimlariga masofaviy taʼlim metodikasini oʻrgatish boʻyicha kurslarni tashkil etish. |
2020-yil may — dekabr |
|
TDYU | ||
|
3. |
Oʻquv jarayoniga integratsiyalashgan ijtimoiy-taʼlim tarmogʻi, ichki korporativ (intranet) portali, TDYU Axborot-resurs markazi elektron bazalariga onlayn tarzda kirish, taʼlim jarayonini onlayn qoʻllab quvvatlash boʻyicha oʻquvchilar uchun portal (ekstranet zona) va pedagoglarning oʻquvchilar bilan muloqoti hamda oʻquvchilarning oʻzaro muloqotini oʻz ichiga oluvchi xodimlar va oʻquvchilar uchun ichki axborot-kommunikatsiya vosita va reurslarini tashkil etish maqsadida “Elektron yuridik kollej” innovatsion elektron platformasini joriy etish. |
1. “Elektron yuridik kollej” innovatsion elektron platformasini ishlab chiqish va joriy etish. |
2021-yil sentyabr |
370,0 |
Adliya vazirligi, Axborot texnologiyalari vazirligi, TDYU |
|
2. Ushbu platformani har bir yuridik kollejga oʻrnatish hamda tegishli maʼlumotlar bilan toʻldirish boʻyicha faoliyatni tashkil qilish. |
2021-yil sentyabr | ||||
|
3. Yuridik kollej xodimlari va oʻquvchilariga, shuningdek TDYUning masʼul xodimlariga ushbu platformadan foydalanish boʻyicha oʻquv kurslarini tashkil etish. |
2021-yil sentyabr — dekabr | ||||
|
4. |
Xalqaro standartlarga muvofiq yuridik kollejlarning rasmiy saytlarini yangi versiyasini ishlab chiqish. |
Amaliy choralar |
2020-yil may |
40,0 |
Adliya vazirligi, Axborot texnologiyalari vazirligi |
|
5. |
Internetga ulanish tezligi 100 MB/s dan kam boʻlmagan barqaror aloqani taʼminlovchi provayderlar bilan va serverlarga, kompyuterlarga antivirus dasturiy taʼminotini oʻrnatish boʻyicha tender (konkurs) savdolarini oʻtkazmasdan shartn�malar tuzish, keyinchalik shartnomalar muddatini mustaqil uzaytirish. |
Amaliy choralar |
2019-yil oktyabr |
shartnoma shartlariga muvofiq |
Adliya vazirligi, Axborot texnologiyalari vazirligi, “Oʻzbektelekom” AJ |
|
6. |
Yuridik kollejlarda elektron hujjat aylanish tizimini yaratish. |
1. “UNICON-SOFT” MChJ bilan “av.ijro.uz” elektron hujjat aylanish tizimidan foydalanish boʻyicha xizmat koʻrsatish shartnomasini tuzish. 2. Yuridik kollejlarda ushbu tizimdan foydalanish boʻyicha oʻquv seminarlarini tashkil etish. |
2019-yil dekabr |
shartnoma shartlariga muvofiq |
Adliya vazirligi, Axborot texnologiyalari vazirligi |
|
7. |
Multimediali videomaʼruza va taqdimotlar bazasini, shuningdek yuridik kollejlar oʻquvchilarining huquqiy savodxonligini oshirishga qaratilgan ijtimoiy roliklar yaratish orqali oʻquv mashgʻulotlarining sifati va samaradorligini oshirish. |
1. Eng yangi IT-texnologiyalar va raqamli uskunalar bilan jihozlangan TDYU Media markazini tashkil etish. 2. 2025-yil 1-yanvarga qadar TDYU tomonidan zamonaviy Media markaz faoliyatini tashkil etish uchun shartnomalarga muvofiq olib kiriladigan multimediya uskunalari komplektlari, kompyuter texnikasi, dasturiy taʼminotlar va boshqa texnik vositalar bojxona toʻlovlaridan (qoʻshilgan qiymat soligʻi va bojxona rasmiylashtiruvi yigʻimlaridan tashqari) ozod qilish. 3. Media markazga mutaxassislarni (rejissor, jurnalist, kreativ muharrir, operator, IT-mutaxassis, dizayner, videomontajchi, studiya apparat kompleksi muhandisi va boshqalar) mehnat bozorining amaldagi konyunkturasini hisobga olgan holda, shartnoma asosida jalb etish. |
2019 — 2025-yillar |
Shartnoma shartlariga muvofiq |
Adliya vazirligi, DBQ, TDYU |