Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
Xorijiy investorlar uchun investitsiya vizasi joriy etilganligi hamda ular va ularning oila aʼzolarining respublika hududida boʻlishi uchun qoʻshimcha qulay shart-sharoitlar yaratilganligi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “2017 — 2021-yillarda Oʻzbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yoʻnalishi boʻyicha Harakatlar strategiyasini “Faol investitsiyalar va ijtimoiy rivojlanish yili”da amalga oshirishga oid Davlat dasturi toʻgʻrisida” 2019-yil 17-yanvardagi PF-5635-son Farmoniga muvofiq, shuningdek, xorijiy investorlar va ularning oila aʼzolari Oʻzbekiston Respublikasi hududida boʻlishi uchun qulay shart-sharoitlar yaratish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ilovaga muvofiq ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilsin.
2. Vazirliklar va idoralar oʻzlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni bir oy muddatda ushbu qarorga muvofiqlashtirsinlar.
3. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining investitsiyalar va tashqi iqtisodiy aloqalar masalalari boʻyicha oʻrinbosari E.M. Ganiyev zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Toshkent sh.,
2019-yil 11-oktabr,
864-son
Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 11-oktabrdagi 864-son qaroriga
ILOVA
ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga kiritilayotgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar
1. Vazirlar Mahkamasining 1996-yil 21-noyabrdagi 408-son qarori bilan tasdiqlangan Xorijiy fuqarolarning va fuqaroligi boʻlmagan shaxslarning Oʻzbekiston Respublikasiga kelishlari va Oʻzbekiston Respublikasidan ketishlari tartibida:
a) 2-bandning “b” kichik bandi toʻrtinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“Investitsiya kiritish vaqtida Oʻzbekiston Respublikasida belgilangan bazaviy hisoblash miqdorining 8 500 baravaridan kam boʻlmagan miqdorda xoʻjalik jamiyatlarining aksiyalari va ulushlarini sotib olish, shuningdek, xorijiy investitsiyalar ishtirokida korxona tashkil etish shaklida Oʻzbekiston Respublikasiga investitsiya kiritgan xorijiy fuqarolarga koʻp martalik uch yillik investitsiya vizasi (investitsiya vizasi) beriladi va uning amal qilish muddati Oʻzbekiston Respublikasi hududidan chiqish zaruratisiz cheklanmagan miqdorda uzaytiriladi.
Bunda investorning oila aʼzolariga (turmush oʻrtogʻi, ota-onasi va farzandalari) investitsiya vizasi amal qilish muddatiga mos ravishda mehmon vizasi respublikadan chiqmasdan turib uzaytirish huquqi bilan rasmiylashtiriladi”;
b) quyidagi mazmundagi 6²-band qoʻshilsin:
“6². Investitsiya vizasi noelektron shaklda berilgan ishbilarmonlik kirish vizasi, mehmon vizasi va vatandoshlar uchun kirish vizasi boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasiga kelgan xorijiy fuqarolarga Oʻzbekiston Respublikasi ichki ishlar hududiy organlari tomonidan beriladi va uzaytiriladi.
Xorijiy fuqaro Oʻzbekiston Respublikasiga investitsiya vizasi bilan kelgan taqdirda uni uzaytirish Oʻzbekiston Respublikasi ichki ishlar hududiy organlari tomonidan amalga oshiriladi.
Xorijiy fuqaro investitsiya vizasini olish va uzaytirish uchun vaqtincha yashash joyi boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi ichki ishlar organlari hududiy boʻlinmalariga xorijiy investitsiyalar ishtirokidagi korxonasidan iltimosnomani, shuningdek, kiritilgan investitsiyalar toʻgʻrisidagi tegishli maʼlumotnomalardan birini ilova qilib va milliy pasportini koʻrsatib belgilangan shakldagi anketa bilan murojaat qiladi.
Maʼlumotnoma:
“Qimmatli qogʻozlar markaziy depozitariysi” davlat korxonasi tomonidan — xoʻjalik jamiyatlarining sotib olingan aksiyalari miqdori toʻgʻrisida;
Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi Davlat xizmatlari agentligi yoki uning hududiy boshqarmalari tomonidan — xoʻjalik jamiyatlarining sotib olingan ulushlari miqdori, shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasi hududida xorijiy investitsiyalar ishtirokida korxonalar tashkil etilganligi toʻgʻrisida beriladi.
Investitsiya vizasini olgan xorijiy fuqaro rasmiylashtirilgan vizani investitsiya vizasi amal qilishining qolgan muddati uchun fuqaroligi boʻlmagan shaxsning yangi (almashtirishda) milliy pasportiga yoki harakatlanish hujjatiga yopishtirish uchun vaqtincha yashash joyi boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi ichki ishlar organlarining hududiy boʻlinmalariga murojaat qilishga haqlidir”;
v) quyidagi mazmundagi 6³-band qoʻshilsin:
“6³. Investitsiya vizasi berilganidan keyin Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi va Ichki ishlar vazirligi hisobni va tegishli reyestrni yuritish uchun Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi Davlat xizmatlari agentligiga va “Qimmatli qogʻozlar markaziy depozitariysi” davlat korxonasiga har oyda tegishli maʼlumotlarni yuboradi.
Ishtirokchilar ulushlari oʻzgarganligi bilan bogʻliq ustav hujjatlarini qayta roʻyxatdan oʻtkazishda Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi Davlat xizmatlari agentligi va “Qimmatli qogʻozlar markaziy depozitariysi” davlat korxonasi keyinchalik investitsiya vizasining amal qilish muddatini qisqartirish yoki bekor qilish masalasini koʻrib chiqish uchun uch kun muddatda Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligiga maʼlumot yuboradi”;
g) quyidagi mazmundagi 13¹-band qoʻshilsin:
“13¹. Xorijda boʻlgan xorijiy fuqarolarga investitsiya vizasini rasmiylashtirish Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligining Konsullik-huquqiy departamenti hamda Qoraqalpogʻiston Respublikasi va viloyatlardagi hududiy boʻlinmalari tomonidan amalga oshiriladi.
Xorijda boʻlgan xorijiy fuqarolarga investitsiya vizasini rasmiylashtirish uchun iltimos qiluvchi xorijiy investitsiyalar ishtirokidagi korxona xorijiy investitsiyalar ishtirokidagi korxonasidan iltimosnomani, taklif qilayotgan shaxs pasporti nusxasini, shuningdek, kiritilgan investitsiyalar toʻgʻrisidagi tegishli maʼlumotnomalardan birini ilova qilib belgilangan namunadagi anketa bilan Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligining Konsullik-huquqiy departamentiga hamda Qoraqalpogʻiston Respublikasi va viloyatlardagi hududiy boʻlinmalariga murojaat qiladi.
Maʼlumotnoma:
“Qimmatli qogʻozlar markaziy depozitariysi” davlat korxonasi tomonidan — xoʻjalik jamiyatlarining sotib olingan aksiyalari miqdori toʻgʻrisida;
Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi Davlat xizmatlari agentligi yoki uning hududiy boshqarmalari tomonidan — xoʻjalik jamiyatlarining sotib olingan ulushlari miqdori, shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasi hududida xorijiy investitsiyalar ishtirokida korxonalar tashkil etilganligi toʻgʻrisida beriladi.
Investitsiya vizasi Oʻzbekiston Respublikasining chet eddagi konsullik muassasalari tomonidan milliy pasport ilova qilingan holda belgilangan shakldagi viza anketasini toʻldirishda yoxud kelganidan keyin — xalqaro maqomga ega boʻlgan Oʻzbekiston Respublikasi aeroportlarida beriladi.
Ushbu bandning birinchi xatboshida koʻrsatilgan, Oʻzbekiston Respublikasining konsullik muassasasi boʻlmagan davlatlardan kelgan shaxsga iltimosnomani rasmiylashtiruvchi xorijiy investitsiyalar ishtirokidagi korxona investitsiya vizasini kelganidan keyin xalqaro maqomga ega boʻlgan Oʻzbekiston Respublikasi aeroportlarida rasmiylashtirish masalasini Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligining Konsullik-huquqiy departamenti, shuningdek, Qoraqalpogʻiston Respublikasi va viloyatlardagi hududiy boʻlinmalari bilan oldindan ishlab chiqadi.
Investitsiya vizasini olgan xorijiy fuqaro rasmiylashtirilgan vizani investitsiya vizasi amal qilishining qolgan muddati uchun fuqaroligi boʻlmagan shaxsning yangi (almashtirilganda) milliy pasportiga yoki harakatlanish hujjatiga yopishtirish uchun Oʻzbekiston Respublikasining chet eldagi konsullik muassasasiga yoxud
Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligining Konsullik-huquqiy departamentiga, shuningdek, Qoraqalpogʻiston Respublikasi va viloyatlardagi hududiy boʻlinmalariga murojaat qilishga haqlidir”.
Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligining Konsullik-huquqiy departamentiga, shuningdek, Qoraqalpogʻiston Respublikasi va viloyatlardagi hududiy boʻlinmalariga murojaat qilishga haqlidir”.
Oldingi tahrirga qarang.
(2-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 31-yanvardagi 59-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 01.02.2020-y., 09/20/59/0126-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(3-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 28-dekabrdagi 1049-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 30.12.2019-y., 09/10/1049/4245-son)
4. Vazirlar Mahkamasining “Oliy oʻquv yurtidan keyingi taʼlim tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2017-yil 22-maydagi 304-son qarorida (Oʻzbekiston Respublikasi QHT, 2017-y., 21-son, 396-modda):
a) 1-ilovaning 8-bandiga quyidagi mazmundagi xatboshi qoʻshilsin:
“Oʻzbekiston Respublikasida yashash guvohnomasiga yoki investitsiya vizasiga ega boʻlgan xorijiy investorlar hamda ularning oila aʼzolari Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolari uchun nazarda tutilgan shartlarda oliy oʻquv yurtidan keyingi tashkilotlarga oʻqishga kirishga va taʼlim olishga haqlidir”;
b) 2-ilovada:
5-bandga quyidagi mazmundagi xatboshi qoʻshilsin:
“Oʻzbekiston Respublikasida yashash guvohnomasiga yoki investitsiya vizasiga ega boʻlgan xorijiy investorlar hamda ularning oila aʼzolari Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolari uchun nazarda tutilgan shartlarda oliy oʻquv yurtidan keyingi tashkilotlarga oʻqishga kirishga va taʼlim olishga haqlidir”;
50-bandga quyidagi mazmundagi xatboshi qoʻshilsin;
“Oʻzbekiston Respublikasida yashash guvohnomasiga yoki investitsiya vizasiga ega boʻlgan xorijiy investorlar hamda ularning oila aʼzolari Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolari uchun nazarda tutilgan shartlarda oliy oʻquv yurtidan keyingi tashkilotlarga oʻqishga kirishga va taʼlim olishga haqlidir”.
5. Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 2-iyundagi 347-son qarori bilan tasdiqlangan Toshkent davlat yuridik universiteti bakalavriatiga xorijiy fuqarolarni qabul qilish tartibi toʻgʻrisidagi nizomning (Oʻzbekiston Respublikasi QHT, 2017-y., 23-son, 472-modda) 2-bandiga quyidagi mazmundagi xatboshi qoʻshilsin:
“Oʻzbekiston Respublikasida yashash guvohnomasiga yoki investitsiya vizasiga ega boʻlgan xorijiy investorlar hamda ularning oila aʼzolari Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolari uchun nazarda tutilgan shartlarda oʻqishga kirishga va taʼlim olishga haqlidir”.
6. Vazirlar Mahkamasining 2018 yi 22-oktabrdagi 845-son qarori bilan tasdiqlangan Chet el fuqarolari va fuqaroligi boʻlmagan shaxslarni doimiy va vaqtincha propiska qilish tartibi toʻgʻrisidagi nizomda:
a) 7-bandga quyidagi mazmundagi xatboshi qoʻshilsin:
“Oʻzbekiston Respublikasi hududida tovarlar ishlab chiqarish va xizmatlar koʻrsatish boʻyicha korxonalar tashkil qilish uchun kamida 3 million AQSh dollari miqdorida investitsiya kiritgan chet el fuqarosi — xorijiy investitsiyalar ishtirokidagi korxona muassisi (ishtirokchisi) murojaat qilganida, kiritilgan investitsiyalar haqidagi tegishli maʼlumotnomalardan biri ariza-anketaga ilova qilinadi.
Maʼlumotnoma:
“Qimmatli qogʻozlar markaziy depozitariysi” davlat korxonasi tomonidan — xoʻjalik jamiyatlarining sotib olingan aksiyalari miqdori toʻgʻrisida;
Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi Davlat xizmatlari agentligi yoki uning hududiy boshqarmalari tomonidan — xoʻjalik jamiyatlarining sotib olingan ulushlari miqdori, shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasi hududida xorijiy investitsiyalar ishtirokidagi korxonalar tashkil etilganligi toʻgʻrisida beriladi”;
b) 9-band quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“9. TSHIIB MvaFRB hujjatlar qabul qilingandan soʻng ikki hafta muddatda ularni rasmiylashtiradi, ariza beruvchining shaxsini tekshiradi. Chet el fuqarosi ushbu Nizomning 7-bandi oʻninchi xatboshida koʻrsatilgan hollarda murojaat qilganida, TSHIIB MvaFRB amalda kiritilgan investitsiyalar haqidagi tegishli maʼlumotni tekshiradi.
Oʻrganish natijalari boʻyicha TSHIIB MvaFRB hujjatlarni Qoraqalpogʻiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining Migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish boshqarmasiga (keyingi oʻrinlarda QR IIV MvaFRB deb ataladi) yoki viloyatlar ichki ishlar boshqarmasining MvaFRBga (keyingi oʻrinlarda IIB MvaFRB deb ataladi) yuboradi, ular uch ish kuni mobaynida taqdim etilgan hujjatlarni tekshiradi va materiallarni tegishli vakolatli organga yuboradi.
Zarurat boʻlganda QR IIV MvaFRB yoki IIB MvaFRB ariza beruvchining shaxsini va boshqa davlat fuqaroligiga mansubligini aniqlash toʻgʻrisida xorijiy davlatning vakolatli organlariga soʻrovnoma yuborishi mumkin”;
v) 10-bandning birinchi xatboshiga “ushbu Nizomning 111-bandida nazarda tutilgan hollar bundan mustasno” soʻzlari qoʻshilsin;
g) quyidagi mazmundagi 111-band bilan qoʻshilsin:
“111. Ushbu Nizomning 7-bandi oʻninchi xatboshida qoʻrsatilgan chet el fuqarolariga nisbatan tegishli vakolatli organning ijobiy javobi, shuningdek, soʻrovga xorijiy davlatning vakolatli organlarining javobi (javob uch oy mobaynida olinganda) olingan taqdirda, QR IIV MvaFRB va IIB MvaFRB oʻn kun muddatda IIV MvaFRBB bilan kelishmasdan qaror qabul qiladi.
QR IIV MvaFRB va IIB MvaFRBning ijobiy qarori boshqa davlatlardan viloyatga kelgan chet el fuqarolariga belgilangan tartibda yashash guvohnomasini rasmiylashtirish va berish uchun asos hisoblanadi”;
d) 13-band quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“13. Oʻzbekiston Respublikasida yashash guvohnomasi:
chet el fuqarolariga — 5 yil muddatga, biroq milliy pasportning amal qilishidan ortiq boʻlmagan muddatga;
ushbu Nizomning 7-bandi oʻninchi xatboshida koʻrsatilgan chet el fuqarolariga — 10 yil muddatga, biroq milliy pasportning amal qilishidan ortiq boʻlmagan muddatga;
60 yoshga toʻlgan chet el fuqarolariga — milliy pasportning amal qilish muddatiga beriladi”;
e) 22-bandga quyidagi mazmundagi xatboshi qoʻshilsin:
“Xorijiy investorlarni, ular tomonidan chel el fuqarolari orasidan jalb etiladigan mutaxassislarni va ularning oila aʼzolarini hududida investitsiya loyihasi amalga oshiriladigan aholi punktida vaqtincha propiska qilishda, ular boshqa viloyat hududida boʻlganda vaqtincha propiskani qayta roʻyxatdan oʻtkazish talab etilmaydi”;
j) 24-bandda:
quyidagi mazmundagi yettinchi xatboshi qoʻshilsin:
“investitsiya loyihasini amalga oshirish haqidagi maʼlumotlar — viloyat hududida investitsiya loyihasi amalga oshirilgan taqdirda xorijiy investorlar, ular tomonidan chel el fuqarolari orasidan jalb etiladigan mutaxassislar va ularning oila aʼzolari uchun”;
yettinchi xatboshi sakkizinchi xatboshi deb hisoblansin;
z) 33-bandga quyidagi mazmundagi xatboshilar qoʻshilsin:
“Xorijiy investorlarni, ular tomonidan chel el fuqarolari orasidan jalb etiladigan mutaxassislarni va ularning oila aʼzolarini viloyat hududida vaqtincha propiska qilish xorijiy investorlar tomonidan ushbu hududda investitsiya loyihasi amalga oshirilgan hollarda — vizaning amal qilish muddatiga (ular uchun xalqaro shartnomalar asosida vizasiz rejim oʻrnatilgan xorijiy davlatlar fuqarolari uchun — doimiy yashash joyidan oʻchirmasdan — 1 yil muddatga) amalga oshiriladi.
Ushbu bandning uchinchi xatboshida koʻrsatilgan shaxslarga vaqtincha propiskani rasmiylashtirishda TSHIIBB MvaFRB tomonidan yashil rangli shtamp qoʻyiladi”.
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 12.10.2019-y., 09/19/864/3902-son, 30.12.2019-y., 09/10/1049/4245-son; 01.02.2020-y., 09/20/59/0126-son)