Hujjat kuchini yo‘qotgan 05.10.2023 09.10.2019 yildagi 858-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 05.10.2023
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qarori
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Nodavlat notijorat tashkilotlarining chet davlatlardan, xalqaro va chet el tashkilotlaridan, chet davlatlarning fuqarolaridan yoki ularning topshirigʻiga binoan boshqa shaxslardan pul mablagʻlari va mol-mulk olishni roʻyxatdan oʻtkazuvchi organ bilan kelishish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekistan Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 4-oktabrdagi 527-sonli “Nodavlat notijorat tashkilotlari tomonidan ijtimoiy foydali dasturlar va loyihalar amalga oshirilishida ijtimoiy sheriklik hamda xalqaro hamkorlikni yanada qoʻllab-quvvatlash chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Davlat xizmatlari koʻrsatish milliy tizimini yanada kompleks rivojlantirish choralari haqida” 2019-yil 15-fevraldagi PQ-4193-son qarori ijrosi yuzasidan Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Nodavlat notijorat tashkilotlarining chet davlatlardan, xalqaro va chet el tashkilotlaridan, chet davlatlarning fuqarolaridan yoki ularning topshirigʻiga binoan boshqa shaxslardan pul mablagʻlari va mol-mulk olishni roʻyxatdan oʻtkazuvchi organ bilan kelishish tartibi toʻgʻrisida nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda bir oy muddatda oʻzlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni ushbu qarorga muvofiqlashtirsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi adliya vaziri R.K. Davletov zimmasiga yuklansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2019-yil 9-oktabr,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
858-son
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 9-oktabrdagi 858-son qaroriga
ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Nodavlat notijorat tashkilotlarining chet davlatlardan, xalqaro va chet el tashkilotlaridan, chet davlatlarning fuqarolaridan yoki ularning topshirigʻiga binoan boshqa shaxslardan pul mablagʻlari va mol-mulk olishni roʻyxatdan oʻtkazuvchi organ bilan kelishish tartibi toʻgʻrisida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
NIZOM
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1-bob. Umumiy qoidalar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Mazkur Nizom nodavlat notijorat tashkilotlarining chet davlatlardan, xalqaro va chet el tashkilotlaridan, chet davlatlarning fuqarolaridan yoki ularning topshirigʻiga binoan boshqa shaxslardan (keyingi oʻrinlarda chet ellik shaxslar deb ataladi) pul mablagʻlari va mol-mulk olishni ushbu nodavlat notijorat tashkilotlarini davlat roʻyxatidan oʻtkazgan organ — adliya organi (keyingi oʻrinlarda adliya organi deb ataladi) bilan kelishish tartibini belgilaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Adliya organi nodavlat notijorat tashkilotlari tomonidan chet ellik shaxslardan jami summasi bir kalendar yilda bazaviy hisoblash miqdorining 20 baravarigacha boʻlgan pul mablagʻlari va mol-mulk olinishi nazarda tutilgan hujjatlarni maʼlumot uchun, bazaviy hisoblash miqdorining 20 baravaridan ortiq miqdordagi pul mablagʻlari va mol-mulkni esa — kelishish uchun qabul qiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Chet ellik shaxslardan olinishi moʻljallangan pul mablagʻlari va mol-mulk boʻyicha maʼlumotlarning ishonchliligi va toʻgʻriligi uchun nodavlat notijorat tashkilot rahbari yoki u vakolat bergan shaxs javobgar hisoblanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Nodavlat notijorat tashkilotlarining chet davlatlardan, xalqaro va chet el tashkilotlaridan, chet davlatlarning fuqarolaridan yoki ularning topshirigʻiga binoan boshqa shaxslardan pul mablagʻlari va mol-mulk olishni roʻyxatdan oʻtkazuvchi organ bilan kelishish ushbu Nizomga 1-ilovadagi sxemaga muvofiq amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2-bob. Kelishish uchun hujjatlarni taqdim etish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Pul mablagʻlari va mol-mulk olishni kelishish uchun ular olinishi moʻljallangan sanadan kamida yigirma kun oldin nodavlat notijorat tashkilot tegishliligi boʻyicha uni davlat roʻyxatidan oʻtkazgan adliya organiga mazkur Nizomning 2-ilovasida keltirilgan murojaatnoma (keyingi oʻrinlarda murojaatnoma deb ataladi) shakliga muvofiq unda nazarda tutilgan hujjatlar nusxalarini ilova qilgan holda oldindan yozma yoki elektron shaklda murojaat qiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Agar chet ellik shaxslardan nodavlat notijorat tashkilotga maʼlum boʻlmagan holda uning bankdagi hisobvaragʻiga pul mablagʻi kiritilsa yoki nodavlat notijorat tashkilotga mol-mulk kelib tushsa, bu haqda nodavlat notijorat tashkilot xabar topgan yoki xabar topishi lozim boʻlgan kundan eʼtiboran uch kun ichida murojaatnoma shakliga muvofiq unda nazarda tutilgan hujjatlar nusxalarini ilova qilgan holda kelishish uchun adliya organiga murojaat qiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. Quyidagi hollarda nodavlat notijorat tashkilotga chet ellik shaxslardan pul mablagʻlari va mol-mulk ajratilishi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalarida ajratiladigan pul mablagʻlarining miqdori va mol-mulk aniq koʻrsatilganda;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
normativ-huquqiy hujjatlarda, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining palatalari, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Administratsiyasi, Vazirlar Mahkamasi, mahalliy davlat hokimiyati organlarining hujjatlarida nazarda tutilganda;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
normativ-huquqiy hujjatlar bilan tashkil etilgan respublika komissiyalari va kengashlarining hujjatlarida nazarda tutilganda;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
davlat tashkilotlari va nodavlat notijorat tashkilotning oʻzaro hamkorlik toʻgʻrisidagi bitimlarida nazarda tutilganda;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
xalqaro va chet el nodavlat notijorat tashkilotlarining vakolatxona va filiallariga bosh tashkilotlari tomonidan pul mablagʻlari va mol-mulk ajratilganda;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2005-yil 15-noyabrdagi 251-son qarori bilan tasdiqlangan Muruvvat yordami yuklari qabul qilinishi, hisobga olinishi, aniq yoʻnaltirilgan tarzda taqsimlanishi va ulardan maqsadli foydalanilishini nazorat qilish tartibi hamda muruvvat loyihalari monitoringi toʻgʻrisida nizomga muvofiq muruvvat (insonparvarlik) yordami olinganda ularning olinishi adliya organlari bilan kelishishni talab etmaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Mazkur bandda koʻrsatilgan asoslarga koʻra olingan pul mablagʻlari va mol-mulk haqida ularning olinishidan kamida uch ish kuni oldin nodavlat notijorat tashkilot tomonidan murojaatnoma shakliga muvofiq maʼlumotlar hamda murojaatnomada nazarda tutilgan tegishli hujjatlar nusxalari uni davlat roʻyxatidan oʻtkazgan adliya organiga maʼlumot uchun taqdim qilinadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3-bob. Taqdim etilgan hujjatlarni koʻrib chiqish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. Nodavlat notijorat tashkilot tomonidan chet ellik shaxslardan pul mablagʻlari va mol-mulk olinishini kelishish uchun taqdim etilgan hujjatlar adliya organi tomonidan oʻn besh kun ichida koʻrib chiqiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9. Hujjatlarni koʻrib chiqish jarayonida pul mablagʻlari va mol-mulk olinishi bilan bogʻliq oʻzgarishlar boʻlgan taqdirda, nodavlat notijorat tashkilot bu haqda adliya organiga bir kun ichida oʻzgarishlar bilan bogʻliq maʼlumotlarni ilova qilgan holda yozma yoki elektron shaklda xabar beradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
10. Chet ellik shaxslardan pul mablagʻlari va mol-mulk olinishi boʻyicha adliya organi tomonidan muddat koʻrsatilgan holda nodavlat notijorat tashkilotdan asoslantirilgan tarzda qoʻshimcha hujjatlar soʻralishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
11. Adliya organi nodavlat notijorat tashkilot tomonidan kelishish uchun taqdim etilgan hujjatlarning ishonchliligini, ularning qonunchilik hujjatlariga va nodavlat notijorat tashkilot ustavida (nizomida) belgilangan maqsad va vazifalarga muvofiqligini oʻrganadi.
(11-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
12. Adliya organi hujjatlarni koʻrib chiqish natijalari yuzasidan chet ellik shaxslardan pul mablagʻlari va mol-mulk olinishini kelishish yoki sabablarini koʻrsatgan holda kelishishni rad etish toʻgʻrisida nodavlat notijorat tashkilotni yozma yoki elektron shaklda xabardor qiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Agar mazkur Nizomda belgilangan muddatda adliya organi tomonidan pul-mablagʻlari va mol-mulk olinishini kelishish yoki kelishishni rad etish toʻgʻrisida nodavlat notijorat tashkilotga yozma yoki elektron shaklda xabar berilmasa, ularning olinishi adliya organi bilan kelishilgan deb hisoblanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
13. Quyidagi hollarda chet ellik shaxslardan pul mablagʻlari va mol-mulk olinishini kelishish rad etiladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
pul mablagʻlari va mol-mulkni olish Oʻzbekiston Respublikasining konstitutsiyaviy tuzumini zoʻrlik bilan oʻzgartirish, suvereniteti, yaxlitligi va xavfsizligiga putur yetkazish, fuqarolarning konstitutsiyaviy huquq va erkinliklarini kamsitish, urush, ijtimoiy, milliy, irqiy va diniy adovatni targʻib qilish, jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga va terrorizmni moliyalashtirish, fuqarolarning sogʻligʻi va maʼnaviyatiga tajovuz qilishga qaratilgan boʻlsa;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
taqdim etilgan hujjatlarda yolgʻon maʼlumotlar koʻrsatilgan boʻlsa;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
pul mablagʻlari va mol-mulk olinishi qonunchilik hujjatlari va nodavlat notijorat tashkilot ustavi (nizomi) talablariga zid boʻlsa;
(13-bandning toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
pul mablagʻlari va mol-mulk olinishini kelishish boʻyicha murojaat mazkur Nizomda belgilangan tartib va muddatga rioya qilinmagan holda taqdim etilgan boʻlsa;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
adliya organi tomonidan nodavlat notijorat tashkilotdan pul mablagʻlari va mol-mulk olinishini kelishish yuzasidan soʻralgan qoʻshimcha hujjatlar belgilangan muddatda taqdim qilinmasa.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
14. Pul mablagʻlari va mol-mulk olinishini kelishish rad etilganda, nodavlat notijorat tashkilot rad etishga sabab boʻlgan kamchiliklarni bartaraf etishi va adliya organiga belgilangan tartibda murojaat qilishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
15. Nodavlat notijorat tashkilot oʻz murojaatini u koʻrib chiqilguniga qadar va koʻrib chiqilayotgan vaqtda murojaat yuzasidan qaror qabul qilinguniga qadar qonunchilik hujjatlariga muvofiq qaytarib olish huquqiga ega.
(15-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
16. Pul mablagʻlari va mol-mulk olinishini kelishishning rad etilishi ustidan qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda shikoyat qilinishi mumkin.
(16-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4-bob. Yakuniy qoidalar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
17. Nodavlat notijorat tashkilotlarining hisobvaraqlariga chet ellik shaxslardan ularning ustavlarida (nizomlarida) nazarda tutilgan vazifalarni amalga oshirish uchun kelib tushgan pul mablagʻlaridan va mol-mulkdan, ularni olish roʻyxatdan oʻtkazuvchi organ bilan mazkur Nizomga muvofiq kelishilgandan soʻng, biron-bir toʻsiqlarsiz foydalaniladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
18. Chet ellik shaxslardan olingan pul mablagʻlari va mol-mulk qonunchilik hujjatlariga, nodavlat notijorat tashkilot ustavida (nizomida) va taqdim etilgan hujjatlarda belgilangan maqsad va usullariga muvofiq ishlatilishi uchun nodavlat notijorat tashkilot rahbari yoki u tomonidan vakolat berilgan shaxs javobgardir.
(18-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
19. Nodavlat notijorat tashkilot roʻyxatdan oʻtkazuvchi organning soʻroviga binoan chet ellik shaxslardan olingan pul mablagʻlari va mol-mulkdan foydalanilishi yuzasidan maʼlumotlar va tegishli hujjatlarni taqdim etishi shart.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
20. Mazkur Nizom talablari buzilishida aybdor boʻlgan shaxslar qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda javobgarlikka tortiladi.
(20-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Nodavlat notijorat tashkilotlarining chet davlatlardan, xalqaro va chet el tashkilotlaridan, chet davlatlarning fuqarolaridan yoki ularning topshirigʻiga binoan boshqa shaxslardan pul mablagʻlari va mol-mulk olishni roʻyxatdan oʻtkazuvchi organ bilan kelishish tartibi toʻgʻrisida nizomga
1-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Nodavlat notijorat tashkilotlarining chet davlatlardan, xalqaro va chet el tashkilotlaridan, chet davlatlarning fuqarolaridan yoki ularning topshirigʻiga binoan boshqa shaxslardan pul mablagʻlari va mol-mulk olishni roʻyxatdan oʻtkazuvchi organ bilan kelishish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
SXEMASI
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish

Bosqichlar

Subyektlar

Tadbirlar

Muddatlar

1-bosqich

Nodavlat notijorat tashkiloti

1. Pul mablagʻlari va mol-mulk olishni kelishish uchun tegishliligi boʻyicha uni davlat roʻyxatidan oʻtkazgan adliya organiga tasdiqlangan murojaatnoma shakliga muvofiq unda nazarda tutilgan hujjatlar nusxalarini ilova qilgan holda oldindan yozma yoki elektron shaklda murojaat qiladi.

Pul mablagʻlari va mol-mulk olinishi moʻljallangan sanadan kamida yigirma kun oldin

2. Agar chet ellik shaxslardan nodavlat notijorat tashkilotga maʼlum boʻlmagan holda uning bankdagi hisobvaragʻiga pul mablagʻi kiritilsa yoki nodavlat notijorat tashkilotga mol-mulk kelib tushsa, tasdiqlangan murojaatnoma shakliga muvofiq unda nazarda tutilgan hujjatlar nusxalarini ilova qilgan holda kelishish uchun adliya organiga murojaat qiladi.

Pul mablagʻlari va mol-mulk kelib tushgani haqida nodavlat notijorat tashkilot xabar topgan yoki xabar topishi lozim boʻlgan kundan eʼtiboran uch kun ichida

2-bosqich

Adliya organi

1. Nodavlat notijorat tashkilot tomonidan �et ellik shaxslardan pul mablagʻlari va mol-mulk olinishini kelishish uchun taqdim etilgan hujjatlarni koʻrib chiqadi.

Oʻn besh kun ichida

2. Hujjatlarni koʻrib chiqish natijalari yuzasidan chet ellik shaxslardan pul mablagʻlari va mol-mulk olinishini kelishish yoki sabablarini koʻrsatgan holda kelishishni rad etish toʻgʻrisida nodavlat notijorat tashkilotni yozma yoki elektron shaklda xabardor qiladi.

Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Nodavlat notijorat tashkilotlarining chet davlatlardan, xalqaro va chet el tashkilotlaridan, chet davlatlarning fuqarolaridan yoki ularning topshirigʻiga binoan boshqa shaxslardan pul mablagʻlari va mol-mulk olishni roʻyxatdan oʻtkazuvchi organ bilan kelishish tartibi toʻgʻrisida nizomga
2-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish

MUROJAATNOMA

Nodavlat notijorat tashkilotlarining chet davlatlardan, xalqaro va chet el tashkilotlaridan, chet davlatlarning fuqarolaridan yoki ularning topshirigʻiga binoan boshqa shaxslardan pul mablagʻlari va mol-mulk olishni roʻyxatdan oʻtkazuvchi organ bilan kelishish toʻgʻrisida

________________________
‎(Pul mablagʻlari/mol-mulk oluvchi nodavlat notijorat tashkilot nomi) ‎‎

‎‎tomonidan ushbu tashkilotga

________________________ ‎(Pul mablagʻlari/mol-mulk oluvchi nodavlat notijorat tashkilot nomi) ‎‎

dan ‎

________________________
‎(Pul mablagʻlari/mol-mulk olish maqsadi)

maqsadida

______________________
‎‎‎(Pul mablagʻlari/mol-mulk miqdori, summasi)

‎olinishi rejalashtirilgan.
‎‎Pul mablagʻlari/mol-mulk olish bilan bogʻliq maʼlumotlar kelishish uchun ilovaga muvofiq yuborilmoqda.

Rahbar

‎‎____________________
‎(imzo va muhr)

________________________ (F.I.O. va telefon raqami) ‎‎

Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Nodavlat notijorat tashkilotlarining chet davlatlardan, xalqaro va chet el tashkilotlaridan, chet davlatlarning fuqarolaridan yoki ularning topshirigʻiga binoan boshqa shaxslardan pul mablagʻlari va mol-mulk olishni roʻyxatdan oʻtkazuvchi organ bilan kelishish toʻgʻrisida murojaatnomaga
ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish

T/r

Maʼlumotlar

1.

Pul mablagʻlari va mol-mulk oluvchi nodavlat notijorat tashkilotining toʻliq nomi

2.

Chet ellik shaxslar yoki ularning topshirigʻiga binoan pul mablagʻlari va mol-mulk beruvchi boshqa shaxslar toʻgʻrisidagi maʼlumotlar:

Jismoniy shaxslar uchun

a) F.I.O.

b) fuqaroligi

v) yashash joyi

g) tugʻilgan sanasi

d) tugʻilgan joyi

e) ish joyi va lavozimi

Yuridik shaxs (uning filial va vakolatxonasi) uchun

a) toʻliq nomi (beruvchi tomon chet el davlati yoki tashkiloti boʻlganda ushbu bandning “b” — “j” kichik bandlari toʻldirilmaydi)

b) taʼsis hujjatlari nusxasi (ilova qilinadi)

v) asosiy rahbar organi joylashgan eri (pochta manzili)

g) rahbarning F.I.O.

d) fuqaroligi

e) yashash joyi

j) tugʻilgan sanasi

z) tugʻilgan joyi

3.

Pul mablagʻlari (pul birligi koʻrinishida)

4.

Pul mablagʻlarining miqdori

5.

Mol-mulk turi

6.

Mol-mulk summasi

7.

Pul mablagʻlari va mol-mulkdan foydalanish maqsadlari

8.

Pul mablagʻlari va mol-mulkdan foydalanish usullari

9.

Pul mablagʻlari va mol-mulkning tarqatilishi yoki sarflanishi rejalashtirilayotgan maqsadli guruhlar
(voyaga yetmaganlar, nogironligi boʻlgan shaxslar, xotin-qizlar va b.)

10.

Pul mablagʻlari va mol-mulkni nodavlat notijorat tashkilotiga ajratilishi boʻyicha bitim, shartnoma, qaror va boshqa hujjatlarning nusxalari
(agar mavjud boʻlsa ilova qilinadi)

11.

Nodavlat notijorat tashkilotlarining chet davlatlardan, xalqaro va chet el tashkilotlaridan, chet davlatlarning fuqarolaridan yoki ularning topshirigʻiga binoan boshqa shaxslardan pul mablagʻlari va mol-mulk olishni roʻyxatdan oʻtkazuvchi organ bilan kelishish tartibi toʻgʻrisidagi nizomning 7-bandida koʻrsatilgan asoslarga koʻra pul mablagʻlari va mol-mulk olinishini tasdiqlovchi hujjatlar nusxalari (ilova qilinadi)

(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 10.10.2019-y., 09/19/858/3889-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)