O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining
Qarori
Tovar-xom ashyo birjalari faoliyati samaradorligini oshirish va birja savdosi mexanizmlarini yanada takomillashtirish choralari to‘g‘risida
[Ko‘chirma]
Mamlakatimizda iqtisodiyotni liberallashtirish va ma’muriy tartibga solishni qisqartirish, yuqori likvidli va monopol mahsulotlarni realizatsiya qilishda bozor mexanizmlarini hamda birja savdolarida shaffoflik darajasini oshirish va sog‘lom raqobat muhitini rivojlantirish uchun birja faoliyatiga zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish bo‘yicha izchil choralar qabul qilinmoqda.
Shu bilan birga, yuqori likvidli va monopol mahsulotlarga narx shakllantirishning bozor mexanizmlarini yaratish va birja faoliyatini yanada rivojlantirish uchun faqat birja savdolari orqali sotiladigan tovarlar ro‘yxatini kengaytirish, birja savdolarining dinamikasini ta’minlovchi yangi savdo instrumentlarini joriy qilish lozim.
Mulkchilik shaklidan qat’i nazar, barcha xo‘jalik yurituvchi subyektlar uchun yuqori likvidli va monopol mahsulotlarni sotib olishda teng sharoitlar yaratish hamda respublikada birja savdosini faollashtirish maqsadida:
1. 2020-yil 1-yanvardan boshlab shunday tartib belgilansinki, unga ko‘ra:
ustav fondi (kapitali)da davlat ulushi 50 foiz va undan ortiq bo‘lgan yuridik shaxslar yoki ustav fondi (kapitali)ning 50 foizi va undan ortig‘i 50 foiz va undan ortiq miqdorda davlat ulushiga ega yuridik shaxsga tegishli bo‘lgan yuridik shaxslar (keyingi o‘rinlarda — davlat ulushi mavjud tashkilotlar) tomonidan ishlab chiqariladigan yuqori likvidli va monopol mahsulotlarning bir qismi O‘zbekiston Respublikasi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi tomonidan o‘rnatiladigan kvotalar bo‘yicha faqat birja savdolari orqali eksport qilinadi;
monopolist korxonalar va davlat ulushi mavjud tashkilotlar tomonidan texnik moy, omuxta-yem, xo‘jalik sovuni, neft eritkichi, neft parafini va mis kuporosi ichki bozorda faqat birja savdolari orqali bozor tamoyillari asosida barcha toifadagi xaridorlarga birja savdolarida qatnashish imkoniyati teng ta’minlangan holda realizatsiya qilinadi;
mahalliy korxonalar tomonidan ishlab chiqarilgan shakar ichki bozorda faqat birja savdolari orqali bozor tamoyillari asosida barcha toifadagi xaridorlarga birja savdolarida qatnashish imkoniyati teng ta’minlangan holda realizatsiya qilinadi, respublikaning olis va yetib borish qiyin bo‘lgan hududlarida joylashgan iste’molchilarga to‘g‘ridan-to‘g‘ri shartnoma asosida o‘z savdo tarmoqlari orqali sotiladigan, umumiy ishlab chiqarish hajmining 10 foizidan oshmaydigan hajmi bundan mustasno;
monopolist korxonalar va davlat ulushi mavjud tashkilotlar tomonidan isitish yoqilg‘isi, yoqish mazuti, suyultirilgan gaz va neft bitumi faqat birja savdolari orqali bozor tamoyillari asosida barcha toifadagi xaridorlarga birja savdolarida qatnashish imkoniyati teng ta’minlangan holda realizatsiya qilinadi, maxsus iste’molchilarga o‘rnatilgan tartibda to‘g‘ridan-to‘g‘ri shartnomalar orqali sotiladigan hajmlar bundan mustasno;
birja savdolariga qo‘yilishi lozim bo‘lgan, monopolist korxonalar va davlat ulushi mavjud tashkilotlar tomonidan ichki bozorda to‘g‘ridan-to‘g‘ri shartnomalar orqali realizatsiya qilinadigan yuqori likvidli va monopol mahsulot sotuvchilar tomonidan majburiy tartibda tovar-xom ashyo birjalarida hisobga qo‘yiladi va ushbu ma’lumotlar tegishincha shartnoma tuzilgan va majburiyatlar bajarilgan vaqtdan boshlab uch kun muddatda birjaning rasmiy veb-saytida joylashtiriladi;
tovar-xom ashyo birjalarida tomonlarning kelishuviga muvofiq birja savdolari qoidalari asosida chet el valyutasida import bitimlari tuzilishi mumkin. Bunda, tuzilgan shartnomalar bo‘yicha ma’lumotlar tovar-xom ashyo birjalari tomonidan Valyuta operatsiyalarining yagona elektron axborot tizimiga kiritiladi.
2. O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va sanoat vazirligi Moliya vazirligi va Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi bilan birgalikda 2019-yil 1-noyabrga qadar yuqori likvidli va monopol mahsulotlarni tovar-xom ashyo birjalarining birja savdolarida, shu jumladan birja tovarlarini 1 oydan ortiq muddatga kechiktirib yetkazib berish sharti bilan oldi-sotdi bitimi (forvardlar) tuzish orqali realizatsiya qilish tartibini nazarda tutuvchi hukumat qarori loyihasini Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.
3. Belgilab qo‘yilsinki, yuqori likvidli va monopol mahsulotlarni birja savdolariga qo‘yish jadvallari monopolist korxonalar va davlat ulushi mavjud tashkilotlar tomonidan tovar-xom ashyo birjalarining rasmiy veb-saytlariga, zarur hollarda, har oyda yangilangan tarzda joylashtiriladi.
Oldingi tahrirga qarang.
O‘zbekiston Respublikasi Raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish qo‘mitasi yuqori likvidli va monopol mahsulotlarni birja savdolariga o‘rnatilgan tartibda qo‘yib borilishi ustidan nazoratni ta’minlasin.
(3-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 6-iyuldagi PF-108-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 07.07.2023-y., 06/23/108/0460-son)
4. Birjada kamida 100 ta sotilgan (bepul taqdim etilgan) brokerlik o‘rinlari mavjudligi va birja faoliyatini amalga oshirishda tovar-xom ashyo birjalari rahbarlari malaka talablariga muvofiqligi to‘g‘risidagi shartlar va talablar bekor qilinsin.
Oldingi tahrirga qarang.
6. O‘zbekiston Respublikasi Raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish qo‘mitasiga:
(6-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 6-iyuldagi PF-108-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 07.07.2023-y., 06/23/108/0460-son)
Vazirlar Mahkamasi bilan kelishilgan holda monopolist korxonalar tomonidan yuqori likvidli va monopol turdagi mahsulotlarni birja savdolariga majburiy qo‘yish bo‘yicha qarorlar qabul qilish;
birja savdolari qatnashchilari doirasini chegaralab qo‘yishning oldini olish uchun birja savdolariga qo‘yiladigan yuqori likvidli va monopol mahsulotlarning bitta lot bo‘yicha maksimal hajmini qayta ko‘rib chiqish yuzasidan tovar-xom ashyo birjalariga ko‘rsatmalar berish huquqi taqdim etilsin.
7. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim qarorlariga ilovaga muvofiq o‘zgartirishlar kiritilsin.
8. Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi boshqa manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda bir oy muddatda qonun hujjatlariga mazkur qarordan kelib chiqadigan o‘zgartirish va qo‘shimchalar to‘g‘risida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.
9. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining maslahatchisi R.A. G‘ulomov va O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri o‘rinbosari J.A. Qo‘chqorov zimmasiga yuklansin.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2019-yil 8-oktabr,
PQ-4484-son
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 8-oktabrdagi PQ-4484-son qaroriga
ILOVA
ILOVA
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim qarorlariga kiritilayotgan o‘zgartirishlar
1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 14-noyabrdagi “Yoqilg‘i-energetika resurslari hamda boshqa yuqori likvidli mahsulotlar bilan ta’minlash borasida raqobat muhitini takomillashtirish, suiiste’molchiliklar va talon-torojliklar sharoitini tugatish, to‘lov intizomini mustahkamlash, debitorlik va kreditorlik qarzlarini kamaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-3386-son qarorida:
1-bandning “b” kichik bandi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“b) Monopolist korxonalar hamda ustav fondida (kapitalida) davlat ulushi 50 foiz va undan ortiq bo‘lgan yuridik shaxslar yoki ustav fondining (kapitalining) 50 foizi va undan ortig‘i 50 foiz va undan ortiq miqdorda davlat ulushiga ega yuridik shaxsga tegishli bo‘lgan yuridik shaxslar tomonidan ichki bozorda faqat birja savdolari orqali bozor tamoyillari asosida sotiladigan yuqori likvidli va monopol turdagi mahsulotlar, xom ashyo va materiallarning ro‘yxatini ilovaga muvofiq tasdiqlash to‘g‘risidagi”;
ilovaning rus tilidagi matni quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“PRILOJENIYE
k postanovleniyu Prezidenta Respubliki Uzbekistan ot 14-noyabrya 2017 goda № PP-3386
k postanovleniyu Prezidenta Respubliki Uzbekistan ot 14-noyabrya 2017 goda № PP-3386
PERECHEN
visokolikvidnix i monopolnix vidov produksii, sirya i materialov, realizuyemix na vnutrennem rinke predpriyatiyami-monopolistami i yuridicheskimi litsami s doley gosudarstva v ustavnom fonde (kapitale) v razmere 50 protsentov i boleye ili yuridicheskimi litsami, v ustavnom fonde (kapitale) kotorix 50 protsentov i boleye prinadlejit yuridicheskomu litsu s doley gosudarstva 50 protsentov i boleye, na osnove rinochnix prinsipov isklyuchitelno cherez birjevie torgi
visokolikvidnix i monopolnix vidov produksii, sirya i materialov, realizuyemix na vnutrennem rinke predpriyatiyami-monopolistami i yuridicheskimi litsami s doley gosudarstva v ustavnom fonde (kapitale) v razmere 50 protsentov i boleye ili yuridicheskimi litsami, v ustavnom fonde (kapitale) kotorix 50 protsentov i boleye prinadlejit yuridicheskomu litsu s doley gosudarstva 50 protsentov i boleye, na osnove rinochnix prinsipov isklyuchitelno cherez birjevie torgi
1. Benzin avtomobilniy
2. Benzin ekstraksionniy
3. Dizelnoye toplivo
4. Kerosin texnicheskiy
5. Polipropilen
6. Polietilen
7. Sera texnicheskaya
8. Ugol
9. Mineralnie udobreniya
10. Soda kalsinirovannaya
11. Med katodnaya
12. Mednaya katanka
13. Aluminiy vtorichniy
14. Prokat chernix metallov
15. Sink metallicheskiy
16. Sement
17. Sementniy klinker
18. Steklo stroitelnoye
19. Saxar
20. Pshenitsa
21. Yachmen
22. Xlopok-volokno
23. Xlopkoviy lint
24. Maslo rastitelnoye (xlopkovoye)
25. Sheluxa xlopkovix semyan
26. Shrot xlopkovix semyan
27. Texnicheskiye xlopkovie semena
28. Texnicheskiye masla
29. Pechnoye toplivo
30. Muka pshenichnaya*
31. Kombikorma
32. Topochniy mazut
33. Sjijenniy gaz
34. Xozyaystvennoye milo
35. Neftyanoy rastvoritel
36. Neftyanoy parafin
37. Neftyanoy bitum
38. Medniy kuporos
Primechaniye:
pri neobxodimosti, Antimonopolnim komitetom po soglasovaniyu s Kabinetom Ministrov Respubliki Uzbekistan mogut prinimatsya resheniya o vistavlenii drugix visokolikvidnix i monopolnix vidov produksii na birjevie torgi, ne predusmotrennix v nastoyashem perechne;
tovari, ukazannie v nastoyashem perechne, realizuyutsya s uchetom punkta 2 postanovleniya Prezidenta Respubliki Uzbekistan ot 17-yanvarya 2018 goda № PP-3479 “O merax po stabilnomu obespecheniyu otrasley ekonomiki strani vostrebovannimi vidami produksii i sirya”;
*srok perevoda na birjevie torgi muki pshenichnoy opredelyayetsya resheniyem Kabineta Ministrov Respubliki Uzbekistan”.
2. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 17-yanvardagi “Mamlakat iqtisodiyotining tarmoqlarini talab yuqori bo‘lgan mahsulot va xom ashyo turlari bilan barqaror ta’minlash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-3479-son qarorida:
1-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 14-noyabrdagi “Yoqilg‘i-energetika resurslari hamda boshqa yuqori likvidli mahsulotlar bilan ta’minlash borasida raqobat muhitini takomillashtirish, suiiste’molchiliklar va talon-torojliklar sharoitini tugatish, to‘lov intizomini mustahkamlash, debitorlik va kreditorlik qarzlarini kamaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-3386-son qaroriga muvofiq Monopolist korxonalar hamda ustav fondida (kapitalida) davlat ulushi 50 foiz va undan ortiq bo‘lgan yuridik shaxslar yoki ustav fondining (kapitalining) 50 foizi va undan ortig‘i 50 foiz va undan ortiq miqdorda davlat ulushiga ega yuridik shaxsga tegishli bo‘lgan yuridik shaxslar tomonidan ichki bozorda faqat birja savdolari orqali bozor tamoyillari asosida sotiladigan yuqori likvidli va monopol turdagi mahsulotlar, xom ashyo va materiallarning ro‘yxati tasdiqlanganligi ma’lumot uchun qabul qilinsin”;
2-band “a” kichik bandining uchinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“texnik chigit — mulkchilik shaklidan qat’i nazar paxta chigitini qayta ishlash bo‘yicha ishlab chiqarish quvvatiga va tegishli (muvofiqlik va gigiyenik) sertifikatlarga ega bo‘lgan mahalliy korxonalarga. Bunda tegishli (muvofiqlik va gigiyenik) sertifikatlarni olish uchun texnik chigit mulkchilik shaklidan qat’i nazar mahalliy korxonalarga 5 tonnagacha hajmda sotiladi, sotib olingan paxta chigitini qayta sotish esa faqat birja savdolari orqali amalga oshiriladi”.
3. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 19-yanvardagi “Yog‘-moy tarmog‘ini jadal rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-3484-son qarori 3-bandining uchinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“keyinchalik sanoatda qayta ishlash uchun mo‘ljallangan ekstraktli paxta yog‘i birja savdolari orqali mulkchilik shaklidan qat’i nazar ekstraktli paxta yog‘ini qayta ishlash bo‘yicha ishlab chiqarish quvvatlariga va tegishli (muvofiqlik va gigiyenik) sertifikatlarga ega bo‘lgan mahalliy korxonalarga sotilishi haqidagi tartibni belgilash to‘g‘risidagi takliflariga rozilik berilsin. Bunda tegishli (muvofiqlik va gigiyenik) sertifikatlarni olish uchun ekstraktli paxta yog‘i mulkchilik shaklidan qat’i nazar mahalliy korxonalarga 1 tonnagacha hajmda sotiladi, sotib olingan ekstraktli paxta yog‘ini qayta sotish esa faqat birja savdolari orqali amalga oshiriladi”.
(Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 09.10.2019-y., 07/19/4484/3883-son; Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 07.07.2023-y., 06/23/108/0460-son)