Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining
buyrugʻi
Idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarni davlat reyestridan chiqarish toʻgʻrisida
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2019-yil 8-oktabrda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 370-2]
Idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarni davlat reyestridan chiqarish boʻyicha 2019-yil 30-sentabrdagi xulosaga muvofiq hamda Oʻzbekiston Respublikasining “Normativ-huquqiy hujjatlar toʻgʻrisida”gi Qonuni, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 13-apreldagi PQ-3666-son “Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi faoliyatini yanada takomillashtirishga doir tashkiliy chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi qarori, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1997-yil 9-oktabrdagi 469-son “Vazirliklar, davlat qoʻmitalari va idoralar meʼyoriy hujjatlarining qonuniyligini taʼminlash chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qaroriga asosan buyuraman:
1. Oʻzbekiston Respublikasi hududida gazdan roʻzgʻorda foydalanish qoidalarini (roʻyxat raqami 370, 1997-yil 14-oktabr) oʻz kuchini yoʻqotgan deb topish boʻyicha eʼtirozlar mavjud emasligi yuzasidan Oʻzbekiston Respublikasi Uy-joy kommunal xizmat koʻrsatish vazirligining 2019-yil 5-sentabrdagi 01/03-3231-son xati maʼlumot uchun qabul qilinsin.
2. Quyidagilar Idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarning davlat reyestridan chiqarilsin:
Oʻzbekiston Respublikasi kommunal xizmat koʻrsatish vaziri tomonidan 1997-yil 11-sentabrda 92-son bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasi hududida gazdan roʻzgʻorda foydalanish qoidalari (roʻyxat raqami 370, 1997-yil 14-oktabr);
Oʻzbekiston Respublikasi kommunal xizmat koʻrsatish vaziri tomonidan 1998-yil 16-dekabrda 105-son bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasi hududida gazdan roʻzgʻorda foydalanish qoidalariga 1-son oʻzgartirish va qoʻshimchalar (roʻyxat raqami 370-1, 1999-yil 11-mart).
3. Mazkur buyruq davlat roʻyxatidan oʻtkazilsin va bu haqda Idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarning davlat reyestriga tegishli yozuv kiritilsin.
4. Qonun hujjatlarini tahlil qilish va turkumlash boshqarmasi ushbu idoraviy normativ-huquqiy hujjatni “Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami” — “Sobraniye zakonodatelstva Respubliki Uzbekistan”da hamda Oʻzbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasida eʼlon qilinishini taʼminlasin.
5. Mazkur buyruq rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Vazir R. DAVLETOV
Toshkent sh.,
2019-yil 8-oktabr,
457-mh-son
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 08.10.2019-y., 10/19/370-2/3880-son)