Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining
buyrugʻi
Idoraviy normativ-huquqiy hujjatni davlat reyestridan chiqarish toʻgʻrisida
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2019-yil 8-oktabrda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 1698-1]
Idoraviy normativ-huquqiy hujjatni davlat reyestridan chiqarish boʻyicha 2019-yil 4-oktabrdagi xulosaga muvofiq hamda Oʻzbekiston Respublikasining “Normativ-huquqiy hujjatlar toʻgʻrisida”gi Qonuni, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 13-apreldagi PQ-3666-son “Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi faoliyatini yanada takomillashtirishga doir tashkiliy chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi qarori, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1997-yil 9-oktabrdagi 469-son “Vazirliklar, davlat qoʻmitalari va idoralar meʼyoriy hujjatlarining qonuniyligini taʼminlash chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qaroriga asosan buyuraman:
1. “Oʻzbekiston Respublikasi huquqni muhofaza qiluvchi organlari tomonidan respublika hududiga tovarlarni noqonuniy ravishda chetdan olib kelish, chetga olib chiqish hamda etil spirti, alkogolli va tamaki mahsulotlarining noqonuniy aylanmasi bilan bogʻliq huquqbuzarliklar toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni ichki ishlar idoralariga taqdim etish va yagona markazlashgan hisobini yuritish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi qarorni (roʻyxat raqami 1698, 2007-yil 19-iyul) oʻz kuchini yoʻqotgan deb topish boʻyicha eʼtirozlar mavjud emasligi yuzasidan Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining 2019-yil 10-iyundagi 33/02-01/1595-son, Oliy sudining 2019-yil 13-avgustdagi 08/UM-500-19-son, Davlat xavfsizlik xizmatining 2019-yil 25-avgustdagi 35/2273-son, Davlat soliq qoʻmitasining 2019-yil 29-avgustdagi 17/2-25593-son hamda Davlat bojxona qoʻmitasining 2019-yil 12-avgustdagi 04-03/22-01515-son xatlari maʼlumot uchun qabul qilinsin.
2. Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi, Oliy sudi, Milliy xavfsizlik xizmati, Bosh prokuraturasi, Davlat bojxona qoʻmitasi va Davlat soliq qoʻmitasining 2007-yil 8-iyundagi 12, Um-72, 92, 68, 01-02/12-15, 2007-45-son “Oʻzbekiston Respublikasi huquqni muhofaza qiluvchi organlari tomonidan respublika hududiga tovarlarni noqonuniy ravishda chetdan olib kelish, chetga olib chiqish hamda etil spirti, alkogolli va tamaki mahsulotlarining noqonuniy aylanmasi bilan bogʻliq huquqbuzarliklar toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni ichki ishlar idoralariga taqdim etish va yagona markazlashgan hisobini yuritish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi qarori (roʻyxat raqami 1698, 2007-yil 19-iyul) Idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarning davlat reyestridan chiqarilsin.
3. Mazkur buyruq davlat roʻyxatidan oʻtkazilsin va bu haqda Idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarning davlat reyestriga tegishli yozuv kiritilsin.
4. Qonun hujjatlarini tahlil qilish va turkumlash boshqarmasi ushbu idoraviy normativ-huquqiy hujjatni “Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami” — “Sobraniye zakonodatelstva Respubliki Uzbekistan”da hamda Oʻzbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasida eʼlon qilinishini taʼminlasin.
5. Mazkur buyruq rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Vazir R. DAVLETOV
Toshkent sh.,
2019-yil 8-oktabr,
456-mh-son
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 08.10.2019-y., 10/19/1698-1/3876-son)