O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasining
qarori
Siyosiy partiyaning vakolatli vakili to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida
O‘zbekiston Respublikasi Saylov kodeksining 14 va 16-moddalariga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi qaror qiladi:
1. Siyosiy partiyaning vakolatli vakili to‘g‘risidagi nizom 1-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
2. O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasining ayrim qarorlari 2-ilovaga muvofiq o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin.
3. Ushbu qaror O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasining rasmiy veb-saytida e’lon qilinsin.
4. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi raisining o‘rinbosari M. Istamov zimmasiga yuklansin.
Rais M. ABDUSALOMOV
Toshkent sh.,
2019-yil 11-sentabr,
935-son
O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasining 2019-yil 11-sentabrdagi 935-son qaroriga
1-ILOVA
1-ILOVA
Siyosiy partiyaning vakolatli vakili to‘g‘risida
NIZOM
Ushbu Nizom O‘zbekiston Respublikasi Saylov kodeksining 34-moddasiga muvofiq ishlab chiqilgan bo‘lib, siyosiy partiyalar tomonidan vakolatli vakil tayinlash va uni ro‘yxatga olish tartibini, vakolatli vakilning huquq va majburiyatlarini belgilaydi.
I. Umumiy qoidalar
1. Siyosiy partiya saylov komissiyasining majlislarida, hujjatlarni topshirishda, imzo varaqalari to‘g‘ri to‘ldirilganligini tekshirishda, saylov uchastkasida ovozlarni sanab chiqishda ishtirok etish uchun vakolatli vakil tayinlashga haqli.
2. Siyosiy partiya a’zosi yoki tarafdori yoxud siyosiy partiyaga xayrixoh bo‘lgan O‘zbekiston Respublikasining 18 yoshga to‘lgan fuqarosi siyosiy partiyaning vakolatli vakili bo‘lishi mumkin.
II. Vakolatli vakil tayinlash va uni ro‘yxatga olish
Oldingi tahrirga qarang.
3. Markaziy saylov komissiyasining, shuningdek Qoraqalpog‘iston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi, viloyat, Toshkent shahar hududiy saylov komissiyasi (bundan buyon matnda hududiy saylov komissiyasi deb yuritiladi), tuman, shahar saylov komissiyasining majlislarida, hujjatlarni topshirishda, imzo varaqalari to‘g‘ri to‘ldirilganligini tekshirishda ishtirok etish uchun siyosiy partiyaning rahbari saylov kampaniyasi boshlanganligi rasman e’lon qilingan kundan boshlab besh kunlik muddatda o‘z vakolatli vakilini tayinlaydi hamda uni ro‘yxatdan o‘tkazish uchun tegishli saylov komissiyasiga hujjatlarni (murojaatnoma, nomzodning pasporti yoki identifikatsiya ID-kartasining nusxasi, 2 dona 3 x 4 hajmdagi fotosurati) taqdim etadi.
(3-band O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasining 2024-yil 2-iyuldagi 1344-sonli qarori tahririda)
Oldingi tahrirga qarang.
4. Markaziy, hududiy, tuman, shahar saylov komissiyasi siyosiy partiya tomonidan tavsiya etilgan vakolatli vakil nomzodiga tegishli hujjatlarni ko‘rib chiqib, uch kunlik muddatda uni ro‘yxatga oladi va mazkur Nizomning ilovasida belgilangan shaklda unga mandatni beradi.
(4-band O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasining 2024-yil 2-iyuldagi 1344-sonli qarori tahririda)
Oldingi tahrirga qarang.
41. Vakolatli vakillikka nomzodlarni ro‘yxatdan o‘tkazish uchun tegishli saylov komissiyasiga tavsiya etish hamda saylov komissiyasi tomonidan ro‘yxatga olish jarayonlari “E-saylov” axborot tizimi orqali amalga oshirilishi mumkin.
Vakolatli vakillarga mandatlar elektron shaklda “E-saylov” axborot tizimi orqali berilganda mandat tegishli saylov komissiyasi raisi tomonidan elektron raqamli imzo bilan tasdiqlanadi.
(41-band O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasining 2024-yil 2-iyuldagi 1344-sonli qaroriga asosan kiritilgan)
5. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentligiga nomzodlar, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi, Xalq deputatlari viloyat, tuman, shahar kengashlari deputatligiga nomzodlar ko‘rsatgan siyosiy partiyaning hududiy organlari saylov uchastkasida ovozlarni sanab chiqishda ishtirok etish uchun saylov uchastkalari tuzilgan kundan e’tiboran o‘z vakolatli vakillarini tayinlaydi.
Oldingi tahrirga qarang.
6. Siyosiy partiyaning hududiy organi rahbari saylovga kamida o‘n kun qolganida ariza bilan tegishli saylov komissiyasiga siyosiy partiyaning vakolatli vakillari ro‘yxatini (ismi-familiyasi, lavozimi, yashash manzili va telefon raqami ko‘rsatilgan holda) taqdim etadi. Bunda ariza:
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi deputatlari, xalq deputatlari viloyatlar va Toshkent shahar Kengashlari deputatlari saylovlarida — hududiy saylov komissiyasiga;
bo‘shab qolgan o‘rinlarga xalq deputatlari tuman, shahar (bundan Toshkent shahri mustasno) Kengashlari deputatlari saylovida — tuman, shahar saylov komissiyasiga;
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi hamda xalq deputatlari viloyat, tuman va shahar Kengashlari deputatlari saylovi bir vaqtda o‘tkazilgan taqdirda — hududiy saylov komissiyasiga taqdim etiladi.
Arizaga vakolatli vakillikka nomzodning pasporti yoki identifikatsiya ID-kartasining nusxasi, 2 dona 3 x 4 sm hajmdagi fotosurati ilova qilinadi.
(6-band O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasining 2024-yil 2-iyuldagi 1344-sonli qarori tahririda)
Oldingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
7. Tegishli saylov komissiyasi siyosiy partiyaning vakolatli vakillari ro‘yxati kelib tushgan vaqtdan boshlab, besh kun ichida vakolatli vakillarni ro‘yxatga oladi va ularga mazkur Nizomning ilovasida belgilangan shaklda mandatlar beradi.
(7-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasining 2024-yil 2-iyuldagi 1344-sonli qarori tahririda)
Mandatda siyosiy partiyani boshqa siyosiy partiyadan farqlash uchun alohida belgilar (rangi yoki boshqa) aks ettirilishi mumkin.
(7-band O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasining 2021-yil 16-iyundagi 1073-sonli qarori tahririda)
Oldingi tahrirga qarang.
8. Quyidagi hollarda vakolatli vakilga mandat berish rad etilishi mumkin:
(8-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasining 2021-yil 16-iyundagi 1073-sonli qarori tahririda)
nomzod 18 yoshga to‘lmagan bo‘lsa yoki O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi bo‘lmasa;
Oldingi tahrirga qarang.
saylovga o‘n kundan kam muddat qolganda murojaat etilsa;
(8-bandning uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasining 2021-yil 16-iyundagi 1073-sonli qarori tahririda)
tegishli saylov okrugi bo‘yicha siyosiy partiyadan nomzod ro‘yxatga olinmagan bo‘lsa (saylov uchastkasida ovozlarni sanab chiqishda ishtirok etadigan vakolatli vakillarga nisbatan qo‘llaniladi);
mazkur Nizomning 3 va 6-bandlarida ko‘rsatilgan hujjatlar to‘liq taqdim etilmasa.
Oldingi tahrirga qarang.
9. Siyosiy partiya saylovga qadar istagan vaqtda tegishli saylov komissiyasini yozma ravishda xabardor qilgan holda vakolatli vakilni vakolatidan mahrum qilishi mumkin. Bunday hollarda saylov komissiyasi vakolatli vakilni ro‘yxatdan chiqaradi va unga berilgan mandatni bekor qiladi.
(9-band O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasining 2021-yil 16-iyundagi 1073-sonli qarori tahririda)
III. Vakolatli vakilning huquq va majburiyatlari
10. Siyosiy partiyaning vakolatli vakili:
saylov komissiyasining majlislarida, saylov komissiyalariga hujjatlarni, shu jumladan to‘plangan imzo varaqlarini topshirishda, imzo varaqalari to‘g‘ri to‘ldirilganligini tekshirishda, saylov uchastkasida ovozlarni sanab chiqishda ishtirok etishga;
uchastka saylov komissiyasining bayonnomasi bilan tanishish, shu jumladan uchastka saylov komissiyasi bayonnomasining tasdiqlangan ko‘chirma nusxasini olishga haqli.
Siyosiy partiyaning vakolatli vakili takroriy ovoz berish paytida ham saylov uchastkasida ovozlarni sanab chiqishda hozir bo‘lishi mumkin.
11. Siyosiy partiyaning vakolatli vakili uchastka saylov komissiyasining faoliyatiga, shu jumladan saylov qutilarini muhrlashga, ochishga, ovozlarni sanab chiqishga aralashishi mumkin emas.
Oldingi tahrirga qarang.
12. Siyosiy partiyalarning vakolatli vakillari shaxsini tasdiqlovchi hujjatni, siyosiy partiya tomonidan berilgan hujjatni va tegishli saylov komissiyasining mandatini o‘z yonida olib yurishi shart.
(12-band O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasining 2021-yil 16-iyundagi 1073-sonli qarori tahririda)
IV. Yakuniy qoidalar
Oldingi tahrirga qarang.
13. Siyosiy partiyaning vakolatli vakili saylov komissiyalarining harakatlari va qarorlari ustidan qonunda belgilangan tartibda sudga shikoyat qilishi mumkin.
(13-band O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasining 2021-yil 16-iyundagi 1073-sonli qarori tahririda)
14. Ciyosiy partiya vakolatli vakilining vakolat muddati saylov yakunlari to‘g‘risidagi axborot matbuotda e’lon qilingan kundan e’tiboran tugagan hisoblanadi.
Oldingi tahrirga qarang.
Siyosiy partiyaning vakolatli vakili to‘g‘risidagi nizomga
ILOVA
ILOVA
SIYOSIY PARTIYA VAKOLATLI VAKILINING
MANDAT NAMUNASI

Izoh: 140 x 100 mm. o‘lchamdagi mandat bir tarafli o‘zbek tilida namunaviy blankda rasmiylashtiriladi.
(ilova O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasining 2024-yil 2-iyuldagi 1344-sonli qarori tahririda)
Oldingi tahrirga qarang.
(2-ilova O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasining 2024-yil 2-iyuldagi 1344-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan)
O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasining 2019-yil 11-sentabrdagi 935-sonli qaroriga
2-ILOVA
2-ILOVA
O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasining o‘z kuchini yo‘qotgan deb topilayotgan qarorlari
RO‘YXATI
1. O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasining “Markaziy saylov komissiyasining O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi saylovini o‘tkazish bilan bog‘liq normativ-huquqiy hujjatlari to‘g‘risida” 2009-yil 17-sentabrdagi 417-son qarori 2-bandi va 2-ilovasi.
2. O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasining “O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisiga saylov o‘tkazish bilan bog‘liq normativ-huquqiy hujjatlarni tasdiqlash to‘g‘risida” 2014-yil 11-sentabrdagi 618-son qarori 1-bandining o‘n birinchi xatboshisi va 10-ilovasi.