1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xo‘jalik faoliyati / 09.08.00.00 Asillik darajasi ishlari. Qimmatbaho metallar va toshlar]
[TSZ:
1.Iqtisodiyot / Sanoat]
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qarori
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Zargarlik buyumlarini ishlab chiqarish, import qilish va ularning realizatsiyasi monitoringini amalga oshirish tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasida zargarlik tarmog‘ini jadal rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2019-yil 18-maydagi PF-5721-son Farmoni ijrosini ta’minlash hamda respublikada zargarlik buyumlarini ishlab chiqarish va ularning realizatsiyasini tartibga solish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Zargarlik buyumlarini ishlab chiqarish, import qilish va ularning realizatsiyasi monitoringini amalga oshirish tartibi to‘g‘risidagi nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi boshqa manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda o‘zlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni bir oy muddatda ushbu qarorga muvofiqlashtirsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari — moliya vaziri J.A. Qo‘chqorov va O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi raisi B.A. Musayev zimmasiga yuklansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2019-yil 2-oktabr,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
834-son
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 2-oktabrdagi 834-son qaroriga ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Zargarlik buyumlarini ishlab chiqarish, import qilish va ularning realizatsiyasi monitoringini amalga oshirish tartibi to‘g‘risida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
NIZOM
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1-bob. Umumiy qoidalar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Ushbu Nizom zargarlik buyumlarini ishlab chiqarish, import qilish va ularning realizatsiyasi monitoringini amalga oshirish (keyingi o‘rinlarda monitoring qilish deb ataladi) tartibini belgilaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Zargarlik buyumlarini ishlab chiqarish, import qilish va ularning realizatsiyasi monitoringi ushbu Nizomga ilovadagi sxemaga muvofiq amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2-bob. Zargarlik buyumlarini ishlab chiqarish, import qilish va ularning realizatsiyasi bo‘yicha ma’lumotlarni shakllantirish tartibi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Quyidagilar idoralararo axborot almashinuvi vositasi orqali:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
a) O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki qimmatbaho metallar sotib olgan tadbirkorlik subyektlari to‘g‘risida;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
b) O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Davlat asillik darajasi nazorati inspeksiyasi Adliya vazirligining “Litsenziya” axborot tizimi orqali:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qimmatbaho metallar va qimmatbaho toshlardan zargarlik buyumlari hamda boshqa buyumlar ishlab chiqarish faoliyatini boshlaganlik to‘g‘risida tasdiqnoma;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qimmatbaho metallar va qimmatbaho toshlar bilan ishlashni boshlaganlik to‘g‘risida tasdiqnoma;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
zargarlik buyumlarini hamda qimmatbaho metallar va qimmatbaho toshlardan boshqa buyumlarni sotish faoliyatini boshlaganlik to‘g‘risida tasdiqnoma olgan tadbirkorlik subyektlari to‘g‘risida.
(3-bandning “b” kichik bandi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 30-iyundagi 400-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 01.07.2025-y., 09/25/400/0556-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
v) O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Bojxona qo‘mitasi respublika hududiga olib kirilgan va “erkin muomalaga chiqarish (import)” bojxona rejimiga rasmiylashtirilgan zargarlik buyumlari (TIF TN pozitsiyasi 7113-7116), qimmatbaho metall va toshlar (TIF TN pozitsiyasi 7101-7112) to‘g‘risida;
(3-bandning “v” kichik bandi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 30-iyundagi 400-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 01.07.2025-y., 09/25/400/0556-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
g) “O‘zbekiston respublika tovar-xom ashyo birjasi” AJ va “Toshkent tovar xomashyo birjasi” AJ birja savdolari orqali qimmatbaho metallarni sotib olgan tadbirkorlik subyektlari to‘g‘risida;
(3-bandning “g” kichik bandi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 9-iyundagi PF-108-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 10.06.2026-y., 06/26/108/0579-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
d) “Navoiy kon-metallurgiya kombinati” aksiyadorlik jamiyati va “Olmaliq kon-metallurgiya kombinati” aksiyadorlik jamiyati qimmatbaho metallar sotib olgan tadbirkorlik subyektlari to‘g‘risidagi ma’lumotlarni real vaqt rejimida O‘zbekiston Respublikasi Soliq qo‘mitasiga taqdim etib boradi.
(3-bandning “d” kichik bandi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 30-iyundagi 400-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 01.07.2025-y., 09/25/400/0556-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Kelib tushgan hamda mavjud boshqa axborotlar asosida Soliq qo‘mitasida zargarlik buyumlarini ishlab chiqarish, import va realizatsiya qilish faoliyati bilan shug‘ullanadigan tadbirkorlik subyektlari to‘g‘risida ma’lumotlar bazasi shakllantiriladi.
(4-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 30-iyundagi 400-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 01.07.2025-y., 09/25/400/0556-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3-bob. Monitoring qilish tartibi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Soliq qo‘mitasi tomonidan ushbu Nizomning 3-bandiga muvofiq shakllantirilgan ma’lumotlar tadbirkorlik subyektlarining davlat soliq xizmati organlariga topshirgan hisobotlari, shuningdek, qonun hujjatlariga muvofiq soliq to‘lovchilarning majburiyatlari paydo bo‘lishi (tugatilishi) to‘g‘risida ma’lumot taqdim etadigan tashkilotlardan olingan ma’lumotlar bilan solishtirish orqali kameral soliq tekshiruvidan o‘tkaziladiyu.
(5-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 30-iyundagi 400-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 01.07.2025-y., 09/25/400/0556-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bunda quyidagilarga ahamiyat qaratiladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
a) zargarlik buyumlarini ishlab chiqarish sohasida:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qimmatbaho metallar va qimmatbaho toshlardan zargarlik va boshqa buyumlarni ishlab chiqarish faoliyatini boshlaganlik to‘g‘risida tasdiqnoma mavjudligi;
(5-band “a” kichik bandining ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 30-iyundagi 400-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 01.07.2025-y., 09/25/400/0556-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tadbirkorlik subyektlari tomonidan davlat soliq xizmati organlariga taqdim etilgan soliq hisobotlarida realizatsiya qilingan mahsulotlar miqdori to‘g‘ri ko‘rsatilganligi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
b) zargarlik buyumlari importi amalga oshirilganda:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qimmatbaho metallar va qimmatbaho toshlar bilan ishlarni amalga oshirish va (yoki) zargarlik buyumlari va qimmatbaho metallar va qimmatbaho toshlardan yasalgan boshqa buyumlar bilan savdo qilish faoliyatini boshlaganlik to‘g‘risida tasdiqnoma mavjudligi;
(5-band “b” kichik bandining ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 30-iyundagi 400-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 01.07.2025-y., 09/25/400/0556-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
import qilingan zargarlik buyumlarining miqdori realizatsiya miqdoriga muvofiqligi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
zargarlik buyumlarining import va realizatsiya miqdorlarini tadbirkorlik subyektlari tomonidan davlat soliq xizmati organlariga taqdim etilgan soliq hisobotlaridagi ko‘rsatkichlarga muvofiqligi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
v) zargarlik buyumlarini realizatsiya qilish bo‘yicha:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
zargarlik buyumlari va qimmatbaho metallar va qimmatbaho toshlardan yasalgan boshqa buyumlar bilan savdo qilish faoliyatini boshlaganlik to‘g‘risida tasdiqnoma mavjudligi;
(5-band “v” kichik bandining ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 30-iyundagi 400-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 01.07.2025-y., 09/25/400/0556-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
turg‘un savdo shoxobchasida faoliyat yuritilganda nazorat-kassa texnikasi va to‘lov terminallari bilan belgilangan tartibda jihozlanganligi;
(5-band “v” kichik bandining uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 30-iyundagi 400-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 01.07.2025-y., 09/25/400/0556-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
sotib olingan va realizatsiya qilingan mahsulotlar summasining o‘zaro muvofiqligi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
hisobot davrida mahsulot realizatsiyasidan tushumlar miqdorining davlat soliq xizmati organlariga taqdim etilgan soliq hisobotlaridagi ko‘rsatkichlarga muvofiqligi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qonunchilik hujjatlariga muvofiq olingan ma’lumotlar asosida davlat soliq xizmati organlari vakolatlariga taalluqli boshqa masalalar ham tahlil qilinishi mumkin.
(5-band “v” kichik bandining oltinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4-bob. Monitoring natijasi bo‘yicha ko‘riladigan choralar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Ushbu Nizomning 5-bandiga muvofiq o‘tkazilgan kameral soliq tekshiruvi natijasiga ko‘ra tafovutlar mavjudligi aniqlansa, soliq to‘lovchiga uning hisobotlariga tegishli tuzatishlar kiritish hamda kamchiliklarni bartaraf etish yuzasidan belgilangan tartibda talabnoma yuboriladi.
(6-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 30-iyundagi 400-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 01.07.2025-y., 09/25/400/0556-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. Kameral soliq tekshiruvi natijalari bo‘yicha soliq to‘lovchi tomonidan taqdim etilgan axborotning ishonchliligini tasdiqlash lozim deb topilgan hollarda, belgilangan tartibda sayyor soliq tekshiruvi yoki soliq auditi o‘tkaziladi.
(7-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 30-iyundagi 400-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 01.07.2025-y., 09/25/400/0556-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. Kameral soliq tekshiruvi, sayyor soliq tekshiruvi va soliq auditi natijasiga ko‘ra tadbirkorlik subyektlari tomonidan asillik darajasini belgilash yoki tamg‘alashning belgilangan tartibini buzish, shuningdek, kirim qilinmagan zargarlik buyumlarini sotish holatlari aniqlangan taqdirda, qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda soliqlar va yig‘imlarni hisoblash va belgilangan tartibda javobgarlikka tortish choralari ko‘riladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Soliq tekshiruvlari natijasiga ko‘ra tadbirkorlik subyektlarining faoliyatida jinoyat alomatlari mavjud deb topilgan hollarda, materiallar qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda huquqni muhofaza qiluvchi organlarga yuboriladi.
(8-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 30-iyundagi 400-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 01.07.2025-y., 09/25/400/0556-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9. Zargarlik buyumlarini ishlab chiqarish, import qilish va ularning realizatsiyasi bilan shug‘ullanadigan tadbirkorlik subyektlari faoliyatida Davlat soliq xizmati organlari tomonidan o‘tkaziladigan soliq nazorati tadbirlariga belgilangan tartibda mutaxassislar (ekspertlar) jalb etilishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
10. Mazkur Nizom talablarining buzilishida aybdor bo‘lgan shaxslar qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda javob beradilar.
(10-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bosqichlar
Subyektlar
Tadbirlar
Ijro muddati
1-bosqich
O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki
Qimmatbaho metallar sotib olgan tadbirkorlik subyektlari to‘g‘risidagi ma’lumotlarni O‘zbekiston Respublikasi Soliq qo‘mitasiga taqdim etish.
Real vaqt rejimida
O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Davlat asillik darajasi nazorati inspeksiyasi
Adliya vazirligining “Litsenziya” axborot tizimi orqali qimmatbaho metallar va qimmatbaho toshlardan zargarlik buyumlari ishlab chiqarish, qimmatbaho metallar va qimmatbaho toshlar bilan ishlashni, zargarlik buyumlarini hamda qimmatbaho toshlardan boshqa buyumlarni sotish faoliyatini boshlaganlik to‘g‘risida tasdiqnoma olgan tadbirkorlik subyektlari to‘g‘risidagi ma’lumotlarni O‘zbekiston Respublikasi Soliq qo‘mitasiga taqdim etish.
Real vaqt rejimida
O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Bojxona qo‘mitasi
Respublika hududiga olib kirilgan va “erkin muomalaga chiqarish (import)” bojxona rejimiga rasmiylashtirilgan zargarlik buyumlari (TIF TN pozitsiyasi 7113-7116), qimmatbaho metall va toshlar (TIF TN pozitsiyasi 7101-7112) to‘g‘risidagi ma’lumotlarni O‘zbekiston Respublikasi Soliq qo‘mitasiga taqdim etish.
Real vaqt rejimida
“O‘zbekiston respublika tovar-xom ashyo birjasi” AJ va “Toshkent tovar xomashyo birjasi” AJ
Birja savdolari orqali qimmatbaho metallarni sotib olgan tadbirkorlik subyektlari to‘g‘risidagi ma’lumotlarni O‘zbekiston Respublikasi Soliq qo‘mitasiga taqdim etish.
Real vaqt rejimida
“Navoiy kon-metallurgiya kombinati” davlat aksiyadorlik jamiyati va “Olmaliq kon-metallurgiya kombinati” aksiyadorlik jamiyati
Qimmatbaho metallar sotib olgan tadbirkorlik subyektlari to‘g‘risidagi ma’lumotlarni O‘zbekiston Respublikasi Soliq qo‘mitasiga taqdim etish.
Real vaqt rejimida
2-bosqich
Davlat soliq xizmati organlari
Zargarlik mahsulotlarini ishlab chiqarish, import qilish va ularni realizatsiya qilish faoliyati bilan shug‘ullanadigan tadbirkorlik subyektlari to‘g‘risida ma’lumotlar bazasini shakllantirish.
Dasturiy mahsulot orqali elektron shaklda
3-bosqich
Davlat soliq xizmati organlari
Shakllantirilgan ma’lumotlar asosida tadbirkorlik subyektlarining davlat soliq xizmati organlariga topshirgan hisobotlari, shuningdek, qonunchilik hujjatlariga muvofiq soliq to‘lovchilarning majburiyatlari paydo bo‘lishi (tugatilishi) to‘g‘risida ma’lumot taqdim etadigan tashkilotlardan olingan ma’lumotlar bilan solishtirish orqali kameral soliq tekshiruvidan o‘tkazish.
Qonunchilik hujjatlarida belgilangan hollarda
4-bosqich
Davlat soliq xizmati organlari
Kameral soliq tekshiruvi natijalari bo‘yicha soliq to‘lovchi tomonidan taqdim etilgan axborotning ishonchliligini tasdiqlash lozim deb topilgan hollarda, belgilangan tartibda sayyor soliq tekshiruvi yoki soliq auditi o‘tkazish.
Qonunchilik hujjatlarida belgilangan hollarda
5-bosqich
Davlat soliq xizmati organlari
Kameral soliq tekshiruvi, sayyor soliq tekshiruvi va soliq auditi natijasiga ko‘ra tadbirkorlik subyektlari tomonidan asillik darajasini belgilash yoki tamg‘alashning belgilangan tartibini buzish, shuningdek, kirim qilinmagan zargarlik buyumlarini sotish holatlari aniqlangan taqdirda, qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda soliqlar va boshqa to‘lovlarni hisoblash va o‘rnatilgan tartibda javobgarlikka tortish choralarini ko‘rish.
Holatlar aniqlanganda
6-bosqich
Davlat soliq xizmati organlari
O‘tkazilgan tekshiruvlar natijasida tadbirkorlik subyektlari faoliyatida jinoyat alomatlari mavjud deb topilgan hollarda, materiallarni qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda huquqni muhofaza qiluvchi organlarga yuborish.
Holatlar aniqlanganda
(ilova O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 9-iyundagi PF-108-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 10.06.2026-y., 06/26/108/0579-son)
(Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 02.10.2019-y., 09/19/834/3839-son; Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son; 01.07.2025-y., 09/25/400/0556-son; 10.06.2026-y., 06/26/108/0579-son)