30.09.2019 yildagi 826-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qarori
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent shahridagi davlat ixtisostashtirilgan maktabgacha ta’lim muassasalari faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlar to‘g‘risida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlar Mahkamasining “Maktabgacha ta’lim tashkilotlari faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2019-yil 13-maydagi 391-son qaroriga muvofiq, shuningdek, rivojlanishida jismoniy yoki ruhiy nuqsonlari bo‘lgan bolalar uchun davlat ixtisoslashtirilgan maktabgacha ta’lim muassasalarining tabaqalashtirilgan tarmog‘ini optimallashtirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta’lim vazirligi va Sog‘liqni saqlash vazirligining 2019-yil oktabr oyidan boshlab, Toshkent shahridagi davlat ixtisoslashtirilgan maktabgacha ta’lim muassasalari tarmog‘ini optimallashtirish va keyinchalik bolalar kontingentini hisobga olgan holda, ularni davlat ko‘p tarmoqli ixtisoslashtirilgan maktabgacha ta’lim tashkilotlariga va umumiy tipdagi davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlariga o‘zgartirish to‘g‘risidagi takliflariga rozilik berilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta’lim vazirligi Toshkent shahar hokimligi bilan birgalikda Toshkent shahridagi davlat ixtisoslashtirilgan maktabgacha ta’lim tashkilotlarining faoliyati bo‘yicha o‘tkazilgan tahlil asosida O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablag‘laridan oqilona, samarali va maqsadli foydalanish maqsadida Toshkent shahridagi 49 ta davlat ixtisoslashtirilgan maktabgacha ta’lim tashkilotlarini, xususan:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
18 ta davlat ixtisoslashtirilgan maktabgacha ta’lim tashkilotlarini 1-ilovaga muvofiq ro‘yxat bo‘yicha davlat ko‘p tarmoqli ixtisoslashtirilgan maktabgacha ta’lim tashkilotlari etib;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
31 ta davlat ixtisoslashtirilgan maktabgacha ta’lim tashkilotlarini 2-ilovaga muvofiq ro‘yxat bo‘yicha umumiy tipdagi davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlari etib qayta tashkil etilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta’lim vazirligi va Sog‘liqni saqlash vazirligi qayta tashkil etilayotgan davlat ko‘p tarmoqli ixtisoslashtirilgan maktabgacha ta’lim tashkilotlari va umumiy tipdagi davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlari faoliyatini tashkil etish tadbirlari rejasini bir oy muddatda tasdiqlasin va amalga oshirsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Belgilab qo‘yilsinki:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ushbu qarorda nazarda tutilgan tadbirlar amaldagi shtat bo‘yicha xodimlar soni va davlat ixtisoslashtirilgan maktabgacha ta’lim tashkilotlarini saqlash uchun budjetdan ajratilgan mablag‘lar doirasida amalga oshiriladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
davlat ixtisoslashtirilgan maktabgacha ta’lim tashkilotlari tarmog‘ining optimallashtirilishi natijasida bo‘shaydigan mablag‘lar davlat ko‘p tarmoqli ixtisoslashtirilgan maktabgacha ta’lim tashkilotlarining moddiy-texnik bazasini rivojlantirish, shu jumladan ularni tibbiy asbob-uskunalar bilan jihozlash, korreksiya vositalari, dori-darmonlar va tibbiy buyumlar bilan ta’minlash tadbirlarini amalga oshirishga yo‘llantiriladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
umumiy tipdagi davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlariga o‘zgartiriladigan davlat ixtisoslashtirilgan maktabgacha ta’lim tashkilotlariga Vazirlar Mahkamasining “Maktabgacha ta’lim muassasalari faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2019-yil 13-maydagi 391-son qarori bilan belgilangan tartibda tibbiy-psixologik-pedagogik komissiyasi tomonidan berilgan xulosa asosida qabul qilingan tarbiyalanuvchilar o‘tkazilgan korreksiya-pedagogik va reabilitatsiya tadbirlarining natijalariga ko‘ra, tegishli davlat ko‘p tarmoqli ixtisoslashtirilgan maktabgacha ta’lim tashkilotlariga o‘tkaziladi yoki ushbu muassasada qoladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
keyinchalik bolalar umumiy tipdagi davlat maktabgacha ta’lim tashkilotiga O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilangan tartibda qabul qilinadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va sanoat vazirligi, Moliya vazirligi Maktabgacha ta’lim vazirligi bilan birgalikda qayta tashkil etilayotgan davlat ko‘p tarmoqli ixtisoslashtirilgan maktabgacha ta’lim tashkilotlarining bino va inshootlarini ajratilgan budjet mablag‘lari doirasida rekonstruksiya qilish, kapital ta’mirlash va jihozlashni 2020 — 2022-yillarga va kelgusi yillarga mo‘ljallangan O‘zbekiston Respublikasi Investitsiya dasturiga belgilangani tartibda kiritsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining ijtimoiy rivojlantirish masalalari bo‘yicha o‘rinbosari A.A. Abduhakimov, O‘zbekiston Respublikasi maktabgacha ta’lim vaziri A.V. Shin va O‘zbekiston Respublikasi sog‘liqni saqlash vaziri A.K. Shadmanov zimmasiga yuklansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2019-yil 30-sentabr,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
826-son
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 30-sentabrdagi 826-son qaroriga
1-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Davlat ko‘p tarmoqli ixtisoslashtirilgan maktabgacha ta’lim tashkilotlariga o‘zgartirilayotgan davlat ixtisoslashtirilgan maktabgacha ta’lim tashkilotlarining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
RO‘YXATI
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish

T/r

Tashkilot joylashgan joy

Tashkilot raqami

Amaldagi ixtisosligi

1.

Bektemir tumani

574-son

Ko‘p tarmoqli

2.

Mirobod tumani

282-son

Logopedik

3.

Mirzo Ulug‘bek tumani

375-son

Aqliy va ruhiy rivojlanishda orqada qolayotgan bolalar uchun

4.

Mirzo Ulug‘bek tumani

390-son

Sanatoriy tipidagi

5.

Sergeli tumani

46-son

Ortopedik

6.

Sergeli tumani

508-son

Logopedik

7.

Uchtepa tumani

431-son

Ko‘p tarmoqli

8.

Uchtepa tumani

404-son

Ko‘p tarmoqli

9.

Chilonzor tumani

289-son

Aqliy va ruhiy rivojlanishda orqada qolayotgan bolalar uchun

10.

Chilonzor tumani

322-son

Ko‘rish qobiliyati buzilgan bolalar uchun

11.

Shayxontohur tumani

321-son

Logopedik

12.

Olmazor tumani

522-son

Logopedik

13.

Yunusobod tumani

480-son

Ko‘p tarmoqli

14.

Yunusobod tumani

442-son

Ko‘p tarmoqli

15.

Yunusobod tumani

560-son

Ko‘p tarmoqli

16.

Yakkasaroy tumani

369-son

Aqliy va ruhiy rivojlanishda orqada qolayotgan bolalar uchun

17.

Yashnobod tumani

306-son

Logopedik

18.

Yashnobod tumani

272-son

Ko‘p tarmoqli

Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Izoh. O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta’lim vazirligi “Maktabgacha ta’lim va tarbiya to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining 10-moddasiga muvofiq ushbu ilovada ko‘rsatilgan maktabgacha ta’lim tashkilotlarini qayta tashkil etish va tugatish huquqiga ega.
(1-ilova O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 19-oktabrdagi 612-sonli qaroriga asosan izoh bilan to‘ldirilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 20.10.2022-y., 09/22/612/0949-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 30-sentabrdagi 826-son qaroriga
2-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Umumiy tipdagi davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlariga o‘zgartirilayotgan davlat ixtisoslashtirilgan maktabgacha ta’lim tashkilotlarining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
RO‘YXATI
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish

T/r

Tashkilot joylashgan joy

Tashkilot raqami

Amaldagi ixtisosligi

1.

Mirobod tumani

60-son

Logopedik

2.

Mirobod tumani

127-son

Logopedik

3.

Mirobod tumani

32-son

Logopedik

4.

Mirzo Ulug‘bek tumani

57-son

Logopedik

5.

Mirzo Ulug‘bek tumani

37-son

Logopedik

6.

Mirzo Ulug‘bek tumani

410-son

Logopedik

7.

Mirzo Ulug‘bek tumani

422-son

Logopedik

8.

Mirzo Ulug‘bek tumani

525-son

Logopedik

9.

Mirzo Ulug‘bek tumani

587-son

Logopedik

10.

Sergeli tumani

109-son

Ortopedik

11.

Sergeli tumani

352-son

Logopedik

12.

Sergeli tumani

353-son

Aqliy va ruhiy rivojlanishda orqada qolayotgan bolalar uchun

13.

Sergeli tumani

45-son

Sanatoriy tipidagi

14.

Uchtepa tumani

328-son

Logopedik

15.

Uchtepa tumani

386-son

Ko‘p tarmoqli

16.

Uchtepa tumani

397-son

Sanatoriy tipidagi

17.

Uchtepa tumani

604-son

Ko‘p tarmoqli

18.

Chilonzor tumani

24-son

Ortopedik

19.

Chilonzor tumani

538-son

Logopedik

20.

Chilonzor tumani

215-son

Logopedik

21.

Chilonzor tumani

225-son

Logopedik

22.

Chilonzor tumani

246-son

Logopedik

23.

Chilonzor tumani

368-son

Ortopedik

24.

Chilonzor tumani

316-son

Sanatoriy tipidagi

25.

Yunusobod tumani

544-son

Ko‘p tarmoqli

26.

Yunusobod tumani

173-son

Ko‘p tarmoqli

27.

Yunusobod tumani

511-son

Ko‘p tarmoqli

28.

Yakkasaroy tumani

250-son

Ko‘p tarmoqli

29.

Yakkasaroy tumani

273-son

Logopedik

30.

Yashnobod tumani

559-son

Logopedik

31.

Yashnobod tumani

457-son

Sanatoriy tipidagi

Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Izoh. O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta’lim vazirligi “Maktabgacha ta’lim va tarbiya to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining 10-moddasiga muvofiq ushbu ilovada ko‘rsatilgan maktabgacha ta’lim tashkilotlarini qayta tashkil etish va tugatish huquqiga ega.
(2-ilova O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 19-oktabrdagi 612-sonli qaroriga asosan izoh bilan to‘ldirilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 20.10.2022-y., 09/22/612/0949-son)
(Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 30.09.2019-y., 09/19/826/3820-son; 20.10.2022-y., 09/22/612/0949-son)