1.07.00.00.00 Moliya va kredit to‘g‘risidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.10.03.00 (Кучини йукотган) Qo‘shimcha qiymat solig‘i / 07.10.03.03 (Кучини йукотган) Qo‘shimcha qiymat solig‘i stavkalari / 07.90.00.00 (Кучини йукотган)Umumdavlat soliqlari]
[TSZ:
1.Moliya / Budjet. Budjetdan tashqari jamg‘armalar]
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Farmoni
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasining soliq siyosatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasining Soliq siyosatini takomillashtirish konsepsiyasi doirasida soliq yukini kamaytirish va tadbirkorlik subyektlarini soliqqa tortishdagi nomutanosibliklarni qisqartirish bo‘yicha choralar amalga oshirildi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Iste’mol bozorining barqarorligini ta’minlash, mahalliy ishlab chiqaruvchilarning raqobatbardoshligini oshirish uchun shart-sharoitlarni yaratish, shuningdek, qo‘shilgan qiymat solig‘ining uzluksiz “zanjiri”ni shakllantirish maqsadida:
[OKOZ:
1.07.00.00.00 Moliya va kredit to‘g‘risidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.09.00.00 Soliq qonunchiligi / 07.09.03.00 Soliqlar va yig‘imlar]
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1.07.00.00.00 Moliya va kredit to‘g‘risidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.09.00.00 Soliq qonunchiligi / 07.09.02.00 Soliq sohasida boshqaruv]
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Davlat soliq xizmati organlari tomonidan soliq to‘lovchilarning tijorat banklaridagi hisobvaraqlari bo‘yicha operatsiyalarni to‘xtatib turishning amaldagi tartibi bekor qilinsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi Davlat soliq qo‘mitasi bilan birgalikda xorijiy mamlakatlarning ilg‘or tajribasidan kelib chiqib, O‘zbekiston Respublikasi Soliq kodeksining yangi tahriri loyihasida davlat soliq organlari tomonidan soliq to‘lovchining tijorat banklaridagi hisobvaraqlari bo‘yicha operatsiyalarni “tahlika-tahlil” natijalari va oldini olish choralarini ko‘rish asosida 30 kundan ortiq bo‘lmagan muddatga to‘xtatib turish tartibini belgilanishini nazarda tutsin.
[OKOZ:
1.07.00.00.00 Moliya va kredit to‘g‘risidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.09.00.00 Soliq qonunchiligi / 07.09.02.00 Soliq sohasida boshqaruv]
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi O‘zbekiston Respublikasining 2020-yilgi Davlat budjeti loyihasini tayyorlashda:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
davlat korxonalari, ustav jamg‘armasi (ustav kapitali)da davlat ulushi 50 foiz va undan ko‘proq bo‘lgan yuridik shaxslar, shuningdek, ustav jamg‘armasi (ustav kapitali)ning 50 foizi va undan ko‘proq qismi davlat ulushi 50 foiz va undan ko‘proq bo‘lgan yuridik shaxslarga tegishli bo‘lgan yuridik shaxslar hamda ularning tarkibiy tuzilmalari uchun yagona ijtimoiy to‘lov stavkasining 25 foizdan 12 foizgacha pasaytirilishini;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
dividend shaklidagi to‘lanadigan daromadlarga soliq stavkasini saqlab qolgan holda, yuridik shaxslardan olinadigan foyda solig‘i stavkasining 15 foiz miqdorida belgilanishini;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qo‘shilgan qiymat solig‘ini hisoblash va to‘lashning soddalashtirilgan tartibining bekor qilinishini nazarda tutsin.
[OKOZ:
1.07.00.00.00 Moliya va kredit to‘g‘risidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.09.00.00 Soliq qonunchiligi / 07.09.02.00 Soliq sohasida boshqaruv]
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Belgilansinki, ilgari O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasi hisobiga to‘langan yagona soliq to‘lovi summasi 2019-yil 1-oktabrdan boshlab Qoraqalpog‘iston Respublikasi budjetiga, viloyatlar va Toshkent shahar mahalliy budjetlariga o‘tkaziladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi, Davlat bojxona qo‘mitasi, Moliya vazirligi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi, boshqa manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda mazkur Farmonning mazmun-mohiyatining, shu jumladan ommaviy axborot vositalari va Internet tarmog‘ida keng tushuntirilishini tashkil etsin.
[OKOZ:
1.21.00.00.00 O‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish bo‘yicha kompleks tusdagi hujjatlar / 21.02.00.00 O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmon va qarorlari]
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. 2019-yil 1-oktabrdan boshlab O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim hujjatlariga ilovaga muvofiq o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. Ushbu Farmonning ijrosini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari — moliya vaziri J.A. Qo‘chqorov va O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining maslahatchisi R.A. G‘ulomov zimmasiga yuklansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2019-yil 26-sentabr,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
PF-5837-son
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 26-sentabrdagi PF-5837-son Farmoniga ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim hujjatlariga 2019-yil 1-oktabrdan kiritiladigan o‘zgartirish va qo‘shimchalar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 18-apreldagi “Ijtimoiy-iqtisodiy islohotlarni amalga oshirish, mamlakatni modernizatsiya qilish, inson huquq va erkinliklarining ishonchli himoyasini ta’minlashda prokuratura organlarining rolini kuchaytirish to‘g‘risida” PF-5019-son Farmonining 61-bandidan “Bunda, bo‘sh yotgan mablag‘larni tijorat banklariga joylashtirishdan olingan foizlar ko‘rinishidagi daromadlar soliqqa tortilmaydi” so‘zlari chiqarib tashlansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 27-iyundagi “O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzurida Qishloq xo‘jaligini davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasini tashkil etish to‘g‘risida”gi PF-5095-son Farmonining 5-bandi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“5. Jamg‘arma, to‘lov manbaidagi yuridik shaxslardan olinadigan foyda solig‘idan tashqari barcha soliqlardan ozod qilinsin”.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 13-maydagi “Ipoteka krediti bozorini rivojlantirish va kengaytirishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PF-5715-son Farmonining 13-bandidagi “2020-yilning 1-yanvariga qadar” so‘zlaridan oldin “2019-yil 1-yanvardan” so‘zlari bilan to‘ldirilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 15-iyundagi “Majburiy ijro byurosini rivojlantirish jamg‘armasi faoliyatini tashkil etish to‘g‘risida”gi PQ-3060-son qarorining 2-ilovasi 24-bandi yettinchi xatboshisidagi “Bunda Jamg‘armaning vaqtincha bo‘sh mablag‘larini tijorat banklarida joylashtirishdan foizlar tarzida olinadigan daromadlariga soliq solinmaydi” so‘zlari chiqarib tashlansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 15-sentabrdagi “Sirdaryo viloyatida zamonaviy paxtachilik-to‘qimachilik klasterini barpo etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-3279-son qarorining 8-bandi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“8. Quyidagilar belgilansin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Bek cluster” MChJ QK o‘z tarkibiga kiruvchi tashkilotlarning so‘mdagi mablag‘larini jamlashi va bu mablag‘larni moliya-xo‘jalik faoliyatini amalga oshirish va ishlab chiqarishni rivojlantirish uchun ular o‘rtasida taqsimlashi mumkin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Bek cluster” MChJ QK va tashkilotlari hamda tashkilotlarning o‘zlari o‘rtasidagi, o‘zlari ishlab chiqargan mahsulotni sotish bo‘yicha aylanmalar bilan bog‘liq bo‘lmagan, olinadigan va beriladigan pul mablag‘lari va mol-mulk, shuningdek, sof foydani taqsimlash soliqqa tortish obyekti (qo‘shilgan qiymat solig‘idan tashqari) hisoblanmaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Paxta-to‘qimachilik ishlab chiqarishi tashkilotchilariga 2018-yil 1-oktabrdan keyin fermer xo‘jaliklariga berilgan mol-mulkni tovarlar (ishlar, xizmatlar) bo‘yicha qo‘shilgan qiymat solig‘i bilan o‘tkazishni amalga oshirish huquqi berilsin.”.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 30-noyabrdagi “O‘zbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligi faoliyatini tashkil etish to‘g‘risida”gi PQ-3416-son qarorining 8-bandi ikkinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“yagona ijtimoiy to‘lov va to‘lov manbaidagi yuridik shaxslardan olinadigan foyda solig‘idan tashqari barcha turdagi soliqlardan;”.
(7-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 15-dekabrdagi PF-34-sonli Farmoniga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 16.12.2021-y., 06/21/34/1164-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 26-dekabrdagi “O‘zbekiston Respublikasining 2019-yilgi asosiy makroiqtisodiy ko‘rsatkichlari prognozi va davlat budjeti parametrlari hamda 2020-2021-yillarga budjet mo‘ljallari to‘g‘risida”gi PQ-4086-son qarorining 19-ilovasi matni quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“O‘zbekiston Respublikasida ishlab chiqariladigan (ko‘rsatiladigan), aksiz to‘lanadigan tovarlarga (xizmatlarga) aksiz solig‘i STAVKALARI
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Aksiz solig‘i va QQSni hisobga olmagan holda sotilgan tovarlar qiymatiga nisbatan foizda
o‘lchov birligiga so‘mda
1. Oziq-ovqat xomashyosidan rektifikatsiyalangan etil spirti, rektifikatsiyalangan va efiroaldegidli fraksiyadan texnik etil spirti va etil spirtining boshlang‘ich fraksiyasi (1 dal uchun)
10 800
2. Vino (1 dal tayyor mahsulot uchun):
tabiiy ravishda achitilgan tabiiy vinolar (etil spirti qo‘shilmagan holda)
7 700
boshqa vinolar
14 500
3. Konyak (1 dal tayyor mahsulot uchun)
102 000*
4. Aroq va boshqa alkogolli mahsulotlar (1 dal tayyor mahsulot uchun)
98 000**
5. Pivo (1 dal tayyor mahsulot uchun)
10 600
6. Filtrli, filtrsiz sigaretalar, papiroslar
141 500 so‘m/1000 dona + 9,0 foiz***
7. Zargarlik buyumlari
25
8. Mobil aloqa xizmatlari
20
9. Kumushdan ishlangan oshxona anjomlari
11
10. Neft mahsulotlari:
Ai-80 benzini
200 000 so‘m/tonna
Ai-91, Ai-92, Ai-93, Ai-95 benzini
250 000 so‘m/tonna
dizel yoqilg‘isi
200 000 so‘m/tonna
EKO dizel yoqilg‘isi
180 000 so‘m/tonna
aviakerosin
180 000 so‘m/tonna
dizel yoki karbyurator (injektor)li dvigatellar uchun motor moyi
250 000 so‘m/tonna
11. Tabiiy gaz, shu jumladan, eksport1
20
12. Ishlab chiqaruvchi korxonalar tomonidan sotiladigan suyultirilgan gaz (“O‘ztransgaz” AK mintaqalararo unitar korxonalari orqali aholiga sotiladigan hajmlar bundan mustasno), shu jumladan, eksport1
30
13. Polietilen granulalar
30
14. Yakuniy iste’molchiga realizatsiya qilinadigan2:
benzin
285 so‘m 1 litr uchun / 378 480 so‘m 1 tonna uchun (3)
dizel yoqilg‘isi
285 so‘m 1 litr uchun / 346 275 so‘m 1 tonna uchun (3)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
* Spirtning hajmiy ulushi 40 foizdan ko‘p bo‘lgan konyakka aksiz solig‘i stavkasi 1 dal tayyor mahsulot uchun 152 400 so‘m miqdorida belgilanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
** Spirtning hajmiy ulushi 40 foizdan ko‘p bo‘lgan aroq va boshqa alkogolli mahsulotlarga aksiz solig‘i stavkasi 1 dal tayyor mahsulot uchun 148 000 so‘m miqdorida belgilanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
*** Aksiz solig‘ining qat’iy belgilangan stavkasi natura ifodasidagi aksiz to‘lanadigan tovarlar hajmiga nisbatan qo‘llaniladi, aksiz solig‘ining advalor stavkasi ishlab chiqaruvchining aksiz solig‘i va qo‘shilgan qiymat solig‘i qo‘shilmagan holda realizatsiya qilingan tovarlar qiymatiga nisbatan qo‘llaniladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Izohlar:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Tabiiy va suyultirilgan gaz bo‘yicha aksiz solig‘ini to‘lovchilar va uni to‘lash tartibi O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan Davlat soliq qo‘mitasi bilan kelishilgan holda belgilanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Ishlab berish uchun berilgan (daval) xomashyodan olinadigan benzin va dizel yoqilg‘isiga aksiz solig‘i stavkalari miqdori chakana realizatsiya qilingan benzin, dizel yoqilg‘isi va gazning aksiz solig‘i hisobga olingan holda benzin va dizel yoqilg‘isining chakana narxlari doirasida shakllantiriladi. Vositachilik shartnomalari bo‘yicha import qilinadigan xomashyodan daval asosida ishlab chiqariladigan benzin va dizel yoqilg‘isining hajmi bo‘yicha benzin, dizel yoqilg‘isi va gazni chakana realizatsiya qilishga aksiz solig‘ini to‘lovchilar, uni hisoblab chiqarish va to‘lash tartibi O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Davlat soliq qo‘mitasi tomonidan belgilanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Benzin, dizel yoqilg‘isi va suyultirilgan gazni avtomobillarga yoqilg‘i quyish stansiyalari orqali realizatsiya qilishda aksiz solig‘i 1 litrdan kelib chiqib, boshqa hollarda esa 1 tonnadan kelib chiqib hisoblab chiqariladi.”.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 4-apreldagi “Agrar sektorni qishloq xo‘jaligi texnikalari bilan o‘z vaqtida ta’minlashga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-4268-son qarorining 4-bandi ikkinchi xatboshisi “Belgilansinki,” so‘zidan keyin “2019-yil 1-yanvardan” so‘zlari bilan to‘ldirilsin.
(Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 26.09.2019-y., 06/19/5837/3812-son; Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 16.12.2021-y., 06/21/34/1164-son)