Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirining
buyrugʻi
“Abituriyentlar tomonidan oliy taʼlim muassasasi qabul komissiyasiga topshiriladigan arizalar shaklini tasdiqlash toʻgʻrisida”gi buyruq, shuningdek unga oʻzgartirishlarni oʻz kuchini yoʻqotgan deb topish toʻgʻrisida
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2019-yil 23-sentabrda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 2686-3]
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 9-iyuldagi 572-son “Oliy taʼlim muassasalariga test sinovlari orqali qabul qilish tizimi takomillashtirilishi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat test markazining faoliyatini kuchaytirish toʻgʻrisida”gi qaroriga muvofiq buyuraman:
1. Ayrim idoraviy normativ-huquqiy hujjatlar ilovaga muvofiq oʻz kuchini yoʻqotgan deb topilsin.
2. Mazkur buyruq Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat test markazi bilan kelishilgan.
3. Mazkur buyruq rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Vazir I. MADJIDOV
Toshkent sh.,
2019-yil 12-sentabr,
7-2019-son
Kelishilgan
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat test markazi direktori M. KARIMOV
2019-yil 12-sentabr
Oʻzbekiston Respublikasi oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirining 2019-yil 12-sentabrdagi 7-2019-son buyrugʻiga
ILOVA
ILOVA
Oʻz kuchini yoʻqotgan deb topilayotgan idoraviy normativ-huquqiy hujjatlar
ROʻYXATI
1. Oʻzbekiston Respublikasi oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirining 2015-yil 11-iyundagi 1-2015-son “Abituriyentlar tomonidan oliy taʼlim muassasasi qabul komissiyasiga topshiriladigan arizalar shaklini tasdiqlash toʻgʻrisida”gi buyrugʻi (roʻyxat raqami 2686, 2015-yil 19-iyun) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2015-y., 24-son, 325-modda).
2. Oʻzbekiston Respublikasi oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirining 2017-yil 3-noyabrdagi 20-2017-son “Abituriyentlar tomonidan oliy taʼlim muassasasi qabul komissiyasiga topshiriladigan arizalar shaklini tasdiqlash toʻgʻrisida”gi buyruqqa oʻzgartirishlar kiritish haqida”gi buyrugʻi (roʻyxat raqami 2686-1, 2017-yil 15-noyabr) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2017-y., 46-son, 1139-modda).
3. Oʻzbekiston Respublikasi oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirining 2018-yil 5-iyuldagi 11-2018-son “Abituriyentlar tomonidan oliy taʼlim muassasasi qabul komissiyasiga topshiriladigan arizalar shaklini tasdiqlash toʻgʻrisida”gi buyruqqa oʻzgartirish kiritish toʻgʻrisida”gi buyrugʻi (roʻyxat raqami 2686-2, 2018-yil 11-iyul) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2018-y., 28-son, 385-modda).
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 23.09.2019-y., 10/19/2686-3/3784-son)