21.09.2019 yildagi 793-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qarori
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Yoʻlboʻyi va turistik infratuzilmani yanada rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Mamlakatimizda hududlarni diversifikatsiya qilish va jadal rivojlantirish, yangi ish oʻrinlari tashkil qilish, aholi daromadlari va hayot sifatini oshirish, shuningdek, investitsiya jozibadorligini yaxshilashni taʼminlaydigan milliy iqtisodiyotning strategik tarmoqlaridan biri sifatida turizmni rivojlantirish boʻyicha amalga oshirilayotgan izchil chora-tadbirlar mamlakatga xorijlik turistlar oqimini hamda mehmonxona fondini koʻpaytirish imkonini bermoqda.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Andijon viloyatining Xonobod shahardan Qoraqalpogʻiston Respublikasi Moʻynoq shahargacha yoʻlboʻyi infratuzilmasini rivojlantirish hamda avtomagistral yoʻllar boʻyida turistik xizmatlar koʻrsatishni tashkil etishni nazarda tutuvchi “Oʻzbekistonning turistik magistrali” turistik transport yoʻlagi tashkil etilmoqda.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Shu bilan birga, turistik infratuzilmaning joriy holati va mamlakatimizga kelayotgan chet ellik fuqarolar va aholiga koʻrsatilayotgan turistik hamda boshqa tegishli xizmatlar sifati ularni diversifikatsiya qilish hamda yaxshilashga doir muhim qarorlarni qisqa muddatlarda qabul qilishni taqozo etadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Xususan, respublikadagi avtomobillarga yoqilgʻi quyish boʻyicha mavjud 4 mingdan ortiq stansiyalarning atigi 20 foizi sanitariya-gigiyena shoxobchalari bilan taʼminlangan. Bu esa fuqarolar, shu jumladan turistlarning koʻplab murojaatlari va shikoyatlariga sabab boʻlmoqda.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Aholi va turistlar uchun qoʻshimcha qulay sharoitlar yaratish, isteʼmolchilar huquqlari himoya qilinishini taʼminlash, shuningdek, avtomobillarga gaz toʻldirish kompressor stansiyalari, avtomobillarga gaz quyish stansiyalari va avtomobillarga yoqilgʻi quyish stansiyalarini zamonaviy talablarga muvofiq jihozlash va moslashtirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Avtomobillarga gaz toʻldirish kompressor stansiyalari (keyingi oʻrinlarda AGTKS deb ataladi), avtomobillarga gaz quyish stansiyalari (keyingi oʻrinlarda AGQS deb ataladi) va avtomobillarga yoqilgʻi quyish stansiyalari (keyingi oʻrinlarda AYOQS deb ataladi) egalariga AGTKS, AGQS va AYOQS hududida qonunchilik talablariga muvofiq savdo shoxobchalari, maishiy xizmat koʻrsatish shoxobchalari, tez ovqatlanish shoxobchalari va bepul wi-fi zonalari tashkil qilish tavsiya etilsin.
(1-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Belgilansinki, 2020-yil 1-martdan boshlab jamoat maqsadlariga moʻljallangan va kecha-kunduz ishlaydigan, sanitariya va shaharsozlik normalari va qoidalari talablariga javob beradigan sanitariya-gigiyena shoxobchalari bilan (keyingi oʻrinlarda sanitariya-gigiyena shoxobchalari deb ataladi) jihozlanmagan AGTKS, AGQS va AYOQSlarning faoliyat koʻrsatishiga yoʻl qoʻyilmaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Quyidagilar:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
AGTKS, AGQS va AYOQSlarda sanitariya-gigiyena shoxobchalarini jihozlash va mavjudligini oʻrganish hamda monitoring qilishni tashkil etish boʻyicha respublika ishchi guruhi (keyingi oʻrinlarda Respublika ishchi guruhi deb ataladi) 1-ilovaga muvofiq tarkibda;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
AGTKS, AGQS va AYOQSlarda sanitariya-gigiyena shoxobchalarini jihozlash va mavjudligini oʻrganish hamda monitoring qilishni tashkil etish boʻyicha hududiy ishchi guruh (keyingi oʻrinlarda hududiy ishchi guruh deb ataladi) 2-ilovaga muvofiq namunaviy tarkibda tashkil etilsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. AGTKS, AGQS va AYOQSlardagi sanitariya-gigiyena shoxobchalarini jihozlash va ularning faoliyat koʻrsatishi boʻyicha tadbirlarni amalga oshirish sxemasi 3-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirliklar va idoralar rahbarlariga Respublika ishchi guruhiga har tomonlama yordam koʻrsatish, shuningdek, yuzaga keladigan muammolarni hal etish boʻyicha shaxsiy masʼuliyat yuklansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Belgilab qoʻyilsinki:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Respublika ishchi guruhi va hududiy ishchi guruhlar ishiga davlat boshqa organlari, xoʻjalik boshqaruvi organlari hamda mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlarining vakillari ham jalb qilinishi mumkin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Respublika ishchi guruhi va hududiy ishchi guruhlarning oʻz vakolatlari doirasida qabul qilingan qarorlari hamda talablari davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari hamda boshqa tashkilotlarning rahbarlari va mansabdor shaxslari tomonidan soʻzsiz bajarilishi uchun majburiy hisoblanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Respublika ishchi guruhi (Qoʻchqorov, Abduhakimov):
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
uch kun muddatda ushbu qaror talablarini bajarish jadvali ishlab chiqilishi va Respublika va hududiy ishchi guruhlar aʼzolari oʻrtasida vazifalar taqsimlanishini;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
barcha AGTKS, AGQS va AYOQSlarda 2020-yil 1-martgacha sanitariya va shaharsozlik normalari hamda qoidalari talablariga javob beradigan sanitariya-gigiyena shoxobchalarining faoliyat koʻrsatishini tashkil etishni muvofiqlashtirilishi va nazorat qilinishini;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2020-yil 15-martgacha boʻlgan muddatda bajarilgan ishlar natijalari toʻgʻrisida Vazirlar Mahkamasiga yakuniy axborot kiritilishini taʼminlasin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. Hududiy ishchi guruhlar:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2019-yil 15-noyabrgacha boʻlgan muddatda AGTKS, AGQS va AYOQSlarni ularning moliyaviy xoʻjalik faoliyatiga aralashmasdan, ularda sanitariya-gigiyena shoxobchalarining mavjudligi hamda sanitariya va shaharsozlik normalari hamda qoidalari talablariga muvofiqligi boʻyicha toʻliq xatlovdan oʻtkazsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2019-yil 1-dekabrgacha boʻlgan muddatda xatlov natijalariga koʻra, AGTKS, AGQS va AYOQS egalari boʻlgan yuridik shaxslarga aniqlangan kamchiliklarni ikki oy muddatda bartaraf etish, shuningdek, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklariga nazorat uchun talablar yuborsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2020-yil 10-fevralgacha boʻlgan muddatda avval qoʻyilgan talabning toʻliq bajarilganligini oʻrgansin va ushbu talab bajarilishi taʼminlanmagan holatda esa, mazkur qarorning 9-bandida nazarda tutilgan choralarni qoʻllash toʻgʻrisidagi qarorni tegishli organlarga yuborsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2020-yil 20-fevralgacha boʻlgan muddatda AGTKS, AGQS va AYOQSlarda sanitariya-gigiyena shoxobchalarini jihozlash boʻyicha bajarilgan ishlar toʻgʻrisidagi axborotni Respublika ishchi guruhiga kiritsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. Oʻzbekiston Respublikasi Qurilish vazirligi shaharsozlik normalari va qoidalariga AGTKS, AGQS va AYOQSlarda sanitariya-gigiyena shoxobchalari mavjud boʻlishi majburiyligini nazarda tutuvchi tegishli oʻzgartirishlar, shuningdek, ularni qurish boʻyicha talablarni oʻn kun muddatda kiritsin va keyinchalik bajarilgan ishlar toʻgʻrisida Vazirlar Mahkamasiga axborot taqdim etsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9. Belgilansinki, hududiy ishchi guruhlarning sanitariya-gigiyena shoxobchalarini jihozlash hamda sanitariya va shaharsozlik normalari hamda qoidalari talablariga muvofiqlashtirish toʻgʻrisidagi qarorlari hamda talablari, shuningdek, aniqlangan kamchiliklar ikki oy muddatda bartaraf etilmasligi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Oʻztransgaz” AJ va “Hududgaztaʼminot” AJ hududiy boʻlinmalari tomonidan — AGTKSlarga gaz yetkazib berishni vaqtincha toʻxtatish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Oʻzbekneftgaz” AJ hududiy neft bazalari tomonidan — aniqlangan kamchiliklar toʻliq bartaraf etilmagunicha AYOQSlarga neft mahsulotlari yetkazib berishni vaqtincha toʻxtatish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Neft, gaz hamda gaz kondensatini qazib chiqarish, qayta ishlash va sotish, magistral gaz quvurlari, neft quvurlari va neft mahsulotlari quvurlarini loyihalashtirish, qurish, ulardan foydalanish va ularni taʼmirlash boʻyicha faoliyatni litsenziyalash komissiyasi tomonidan — litsenziya talablari va shartlari belgilangan tartibda bajarilmaganligi munosabati bilan AGTKS va AYOQSlar orqali siqilgan va suyultirilgan gazni sotish faoliyatini amalga oshirish litsenziyasining amal qilishini toʻxtatish haqida choralar koʻrilishi uchun asos boʻladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bunda hududiy ishchi guruhlarning sanitariya-gigiyena shoxobchalarini jihozlash hamda sanitariya va shaharsozlik normalari hamda qoidalari talablariga muvofiqlashtirish toʻgʻrisidagi qarorlari hamda talablarini bajarmagan xoʻjalik yurituvchi subyektlarning faoliyatni cheklash, toʻxtatib turish va taqiqlash Oʻzbekiston Respublikasining “Tadbirkorlik faoliyati erkinligining kafolatlari toʻgʻrisida”gi Qonunining 42-moddasiga qatʼiy amal qilingan holda amalga oshiriladi.
(9-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 11-sentabrdagi 562-sonli qaroriga asosan beshinchi xatboshi bilan toʻldirilgan)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
10. Vazirlar Mahkamasining “Avtomobil yonilgʻisi quyish shoxobchalarining ishini takomillashtirish va respublika isteʼmolchilarini neft mahsulotlari bilan taʼminlashni yaxshilash chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 1998-yil 18-sentabrdagi 397-son qarorining 4-bandi oltinchi xatboshiga muvofiq Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari vakolatli davlat organlari bilan birgalikda AYQShlarni sanitariya, ekologiya, yongʻin xavfsizligi va savdo qoidalariga rioya etilishi yuzasidan nazorat qilinishini taʼminlashi va toʻliq javob berishi maʼlumot uchun qabul qilinsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
11. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2019-yil 20-noyabrgacha boʻlgan muddatda AGTKS, AGQS va AYQShlarga, zarurat boʻlganda, sanitariya-gigiyena shoxobchalarini qurish uchun qoʻshimcha yer uchastkalari ajratilishini;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Qurilish vazirligi bilan birgalikda sanitariya-gigiyena shoxobchalari oʻz vaqtida qurilishi, shuningdek, sanitariya va shaharsozlik normalari hamda qoidalari talablariga javob beradigan sanitariya-gigiyena shoxobchalar mavjud boʻlmagan AGTKS, AGQS va AYOQSlar qurilishi va ularni foydalanishga qabul qilishga yoʻl qoʻyilmasligi boʻyicha nazoratni;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2020-yil 1-martgacha boʻlgan muddatda AGTKS, AGQS va AYOQSlar hududida sanitariya va shaharsozlik normalari hamda qoidalari talablariga javob beradigan sanitariya-gigiyena shoxobchalarini jihozlash toʻliq yakunlanishini;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2020-yil 1-sentabrgacha boʻlgan muddatda hududlarda savdo shoxobchalari, maishiy xizmat koʻrsatish shoxobchalari, tez ovqatlanish shoxobchalari va bepul wi-fi zonalari, shuningdek, sanitariya va shaharsozlik normalari hamda qoidalari talablariga javob beradigan sanitariya-gigiyena shoxobchalari bilan jihozlangan bittadan namunaviy AGTKS, AGQS va AYOQS faoliyat koʻrsatishi tashkil etilishini taʼminlasin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
12. Oʻzbekiston Respublikasi Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Qurilish vazirligi bilan birgalikda servis obyektlarini tadbirkorlik subyektlariga begʻaraz asosda berish uchun “Service area” toifasiga (avtomobillarga yoqilgʻi quyish stansiyalari, umumiy ovqatlanish obyektlari, motellar, texnik servis punktlari, avtomobillarni yuvish shoxobchalari, doʻkonlar, sanitariya-gigena shoxobchalari va wi-fi nuqtalari) va “Service point” toifasiga (avtomobillarga yoqilgʻi quyish stansiyalari, umumiy ovqatlanish obyektlari, doʻkonlar, sanitariya-gigena shoxobchalari) ajratgan holda joylashtirishning namunaviy master-rejasini ikki oy muddatda jahon standartlariga muvofiq ishlab chiqsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari bilan birgalikda namunaviy master-rejaning Oʻzbekiston Respublikasi Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasi, Savdo-sanoat palatasi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari rasmiy veb-saytlarida joylashtirilishini taʼminlasin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
13. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari Oʻzbekiston Respublikasi Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasining iltimosnomasiga koʻra, yuridik shaxslar servis obyektlarini tashkil qilishda ularga servis obyektlaridan 3 kilometr radiusda quyidagi toifalarni 3 yil muddatga begʻaraz asosda ajratsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Service area” — tashqi reklama obyektini (konstruksiyasini) oʻrnatish uchun 5 ta nuqta;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Service point” — tashqi reklama obyektini (konstruksiyasini) oʻrnatish uchun 2 ta nuqta.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
14. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari Oʻzbekiston Respublikasi Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasi bilan birgalikda AGTKS, AGQS va AYOQSlarda jismoniy va yuridik shaxslarning sanitariya-gigiyena shoxobchalari sanitariya va shaharsozlik normalari hamda qoidalari talablariga javob bermasligi masalalari boʻyicha murojaatlarini qabul qilish uchun Oʻzbekiston Respublikasi Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasining call-markazi faoliyat koʻrsatayotgani haqidagi axborot tarqatilishini ikki oy muddatda taʼminlasin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasi jismoniy va yuridik shaxslarning oʻrnatilgan sanitariya shoxobchalari mos kelmasligi masalalari boʻyicha call-markaz orqali kelgan murojaatlari toʻgʻrisidagi axborotni tegishli vakolatli organlarga choralar koʻrish uchun belgilangan tartibda tezkor yetkazsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
15. Oʻzbekiston Respublikasi Transport vazirligi Ichki ishlar vazirligi va Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasi bilan birgalikda AGTKS, AGQS va AYOQSlarga tutash hududlarda 6.14 yoʻl belgisi belgilangan tartibda oʻrnatilishini taʼminlasin.
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
16. Oʻzbekiston Respublikasi Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasi hududiy ishchi guruhlar bilan birgalikda 2020-yildan boshlab har yili Oʻzbekiston Respublikasi Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasi huzuridagi budjetdan tashqari Turistik sohani qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi mablagʻlari, qonunchilikda taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobidan mukofot fondi va gʻoliblarga “Quality service” sertifikati berilishini nazarda tutuvchi “Eng yaxshi AGTKS”, “Eng yaxshi AGQS” va “Eng yaxshi AYOQS” tanlovining oʻtkazilishini tashkil qilsin.
(16-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
17. Oʻzbekiston Milliy axborot agentligi Oʻzbekiston Milliy teleradiokompaniyasi, Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi, Oʻzbekiston Respublikasi Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasi bilan birgalikda ommaviy axborot vositalarida ushbu qarorning maqsad va vazifalari keng yoritilishini tashkil etsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
18. Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining 4-ilovaga muvofiq ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
19. Vazirlar Mahkamasining “Yoʻl boʻyi va turizm infratuzilmasini rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2015-yil 9-martdagi 51-son qarori oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
20. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari — moliya vaziri J.A. Qoʻchqorov va Oʻzbekiston Respublikasi energetika vaziri A.S. Sultanov zimmasiga yuklansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2019-yil 21-sentabr,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
793-son
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 21-sentabrdagi 793-son qaroriga
1-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
AGTKS, AGQS va AYOQSlarda sanitariya-gigiyena shoxobchalarini jihozlash va mavjudligini oʻrganish hamda monitoring qilishni tashkil etish boʻyicha respublika ishchi guruhi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tarkibi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish

J.A. Qoʻchqorov

Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining moliya-iqtisodiyot va kambagʻallikni qisqartirish masalalari boʻyicha oʻrinbosari — iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vaziri, Respublika ishchi guruhi hamraisi

A.A. Abduxakimov

Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari — Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasi raisi, Respublika ishchi guruhi hamraisi

A.S. Sultanov

Oʻzbekiston Respublikasi energetika vaziri

A.K. Shadmanov

Oʻzbekiston Respublikasi sogʻliqni saqlash vaziri

B.I. Zakirov

Oʻzbekiston Respublikasi qurilish vaziri

M.X. Soliyev

Oʻzbekiston Respublikasi uy-joy kommunal xizmat koʻrsatish vaziri

lavozimi boʻyicha

Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi huzuridagi Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qoʻmitasi raisi

A.U. Akkulov

Oʻzbekiston Respublikasi Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasi raisining birinchi oʻrinbosari

N.T. Agzamov

Oʻzbekiston Respublikasi Energetika vazirligi huzuridagi Neft mahsulotlari va gazdan foydalanishni nazorat qilish inspeksiyasi boshligʻi

B.B. Eshmuratov

“Hududgaztaʼminot” AJ boshqaruvi raisi

B.B. Sidiqov

“Oʻzbekneftgaz” AJ boshqaruvi raisi

U.X. Sayidov

“Oʻztransgaz” AJ boshqaruvi raisi

lavozimi boʻyicha

Oʻzbekiston Respublikasi monopoliyaga qarshi kurashish qoʻmitasi huzuridagi isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish agentligi direktori

lavozimi boʻyicha

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi raisi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlari

F.U. Davrukov

Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasi raisining oʻrinbosari, Respublika ishchi guruhi kotibi

Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Izoh. Respublika ishchi guruhi aʼzolari boshqa ishga oʻtgan taqdirda, uning tarkibiga ushbu lavozimlarga yangidan tayinlangan shaxslar yoki tegishli vazifalarni bajarish zimmasiga yuklangan shaxslar kiritiladi.
(1-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 29-yanvardagi 48-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 30.01.2025-y., 09/25/48/0093-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 21-sentabrdagi 793-son qaroriga
2-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
AGTKS, AGQS va AYOQSlarda sanitariya-gigiyena shoxobchalarini jihozlash va mavjudligini oʻrganish hamda monitoring qilishni tashkil etish boʻyicha hududiy ishchi guruhlarning namunaviy
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
roʻyxati
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish

lavozimi boʻyicha 

kapital qurilish, kommunikatsiyalar va kommunal xoʻjalik masalalari boʻyicha Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisining oʻrinbosari, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlarining oʻrinbosarlari, hududiy ishchi guruhlar rahbarlari

lavozimi boʻyicha

Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi huzuridagi Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qoʻmitasining Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar boshqarmalari boshliqlari, hududiy ishchi guruhlar rahbarlarining oʻrinbosarlari

lavozimi boʻyicha

Qoraqalpogʻiston Respublikasi sogʻliqni saqlash vaziri, viloyatlar sogʻliqni saqlash boshqarmalari boshliqlari, Toshkent shahar sogʻliqni saqlash bosh boshqarmasi boshligʻi, hududiy ishchi guruhlar rahbarlarining oʻrinbosarlari

lavozimi boʻyicha

Qoraqalpogʻiston Respublikasi qurilish vaziri, viloyatlar va Toshkent shahar qurilish bosh boshqarmalari boshliqlari

lavozimi boʻyicha

Qoraqalpogʻiston Respublikasi uy-joy kommunal xizmat koʻrsatish vaziri, viloyatlar uy-joy kommunal xizmat koʻrsatish boshqarmalari boshliqlari va Toshkent shahar uy-joy kommunal xizmat koʻrsatish bosh boshqarmasi boshligʻi

lavozimi boʻyicha

Qoraqalpogʻiston Respublikasi transport vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahri transport boshqarmalari boshliqlari

lavozimi boʻyicha

Oʻzbekiston Respublikasi Energetika vazirligi huzuridagi Neft mahsulotlari va gazdan foydalanishni nazorat qilish inspeksiyasining hududiy boʻlinmalari boshliqlari

lavozimi boʻyicha

“Hududgaztaʼminot” AJning hududiy gaz yetkazib berish tashkilotlari rahbarlari

lavozimi boʻyicha

“Oʻzbekneftgaz” AJning hududiy neft bazalari rahbarlari

lavozimi boʻyicha

“Oʻztransgaz” AJning hududiy neft bazalari rahbarlari

lavozimi boʻyicha

Monopoliyaga qarshi kurashish qoʻmitasining hududiy boshqarmalari rahbarlari

lavozimi boʻyicha

Oʻzbekiston Respublikasi Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasining hududlarda turizmni rivojlantirish boʻyicha departamentlari direktorlari (hududiy boshqarma rahbarlari), hududiy ishchi guruhlar kotiblari

(2-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 29-yanvardagi 48-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 30.01.2025-y., 09/25/48/0093-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 21-sentabrdagi 793-son qaroriga
3-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
AGTKS, AGQS va AYOQSlardagi sanitariya-gigiyena shoxobchalarini jihozlash va ularning faoliyat koʻrsatishi boʻyicha tadbirlarni amalga oshirish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
SXEMASI
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish

Bosqichlar

Tadbirlar

Muddatlar

Subyektlar

1-bosqich

Ushbu qaror talablarini bajarish jadvalini ishlab chiqish va Respublika hamda hududiy ishchi guruhlar aʼzolari oʻrtasida vazifalarni taqsimlash

uch kun muddatda

Respublika ishchi guruhi

2-bosqich

Shaharsozlik normalari va qoidalariga AGTKS, AGQS va AYOQSlarda sanitariya-gigiyena shoxobchalari mavjud boʻlishi majburiyligini nazarda tutuvchi tegishli oʻzgartirishlar, shuningdek, ularni qurish boʻyicha talablarni kiritish.

oʻn kun muddatda

Qurilish vazirligi

3-bosqich

AGTKS, AGQS va AYOQSlarni ularning moliyaviy xoʻjalik faoliyatiga aralashmasdan, ularda sanitariya-gigiyena shoxobchalarining mavjudligi hamda sanitariya va shaharsozlik normalari hamda qoidalari talablariga muvofiqligi boʻyicha toʻliq xatlovdan oʻtkazish.

2019-yil
15-noyabrga qadar

Hududiy ishchi guruhlari

4-bosqich

Jismoniy va yuridik shaxslarning sanitariya-gigiyena shoxobchalari sanitariya va shaharsozlik normalari hamda qoidalari talablariga javob bermasligi masalalari boʻyicha murojaatlarini qabul qilish uchun Oʻzbekiston Respublikasi Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasining call-markazi faoliyat koʻrsatayotgani haqidagi axborot tarqatilishini taʼminlash.

2019-yil
15-noyabrga qadar

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasi

5-bosqich

AGTKS, AGQS va AYQShlarga, zarurat boʻlganda, jamoat maqsadlariga moʻljallangan sanitariya-gigiyena shoxobchalarini qurish uchun qoʻshimcha yer uchastkalari ajratish.

2019-yil
20-noyabrga qadar

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari

6-bosqich

1. Xatlov natijalariga koʻra, AGTKS, AGQS va AYOQSlarda aniqlangan kamchiliklarni ikki oy muddatda bartaraf etish toʻgʻrisida, shuningdek, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklariga nazorat uchun talablar yuborish.

2. Avval qoʻyilgan talabning toʻliq bajarilganligini oʻrganish va ushbu talab bajarilishi taʼminlanmagan holatda esa, tegishli choralar qoʻllash toʻgʻrisidagi qarorni tegishli organlarga yuborish.

3. AGTKS, AGQS va AYOQSlarda sanitariya-gigiyena shoxobchalarini jihozlash boʻyicha bajarilgan ishlar toʻgʻrisidagi axborotni Respublika ishchi guruhiga kiritish.

2019-yil
1-dekabrga qadar


2020-yil
10-fevralga qadar


2020-yil
20-fevralga qadar

Hududiy ishchi guruhlari

7-bosqich

AGTKS, AGQS va AYOQSlarda sanitariya va shaharsozlik normalari hamda qoidalari talablariga javob beradigan sanitariya-gigiyena shoxobchalarining faoliyat koʻrsatishini tashkil etish ishlarini muvofiqlashtirish va nazorat qilish.

2020-yil
1-martga qadar

Respublika ishchi guruhi

8-bosqich

AGTKS, AGQS va AYOQSlar hududida sanitariya va shaharsozlik normalari hamda qoidalari talablariga javob beradigan sanitariya-gigiyena shoxobchalarini jihozlashni toʻliq yakunlash.

2020-yil
1-martga qadar

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari

9-bosqich

Bajarilgan ishlar natijalari toʻgʻrisida Vazirlar Mahkamasiga yakuniy axborot kiritish.

2020-yil
15-martga qadar

Respublika ishchi guruhi

10-bosqich

Hududlarda savdo shoxobchalari, maishiy xizmat koʻrsatish shoxobchalari, tez ovqatlanish shoxobchalari va bepul wi-fi zonalari, shuningdek, sanitariya va shaharsozlik normalari hamda qoidalari talablariga javob beradigan sanitariya-gigiyena shoxobchalari bilan jihozlangan bittadan namunaviy AGTKS, AGQS va AYOQS faoliyat koʻrsatishini tashkil etish.

2020-yil
1-sentabrga qadar

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari

11-bosqich

Oʻzbekiston Respublikasi Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasi huzuridagi budjetdan tashqari Turistik sohani qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi mablagʻlari, qonunchilikda taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobidan mukofot fondi va gʻoliblarga “Quality service” sertifikati berilishini nazarda tutuvchi “Eng yaxshi AGTKS”, “Eng yaxshi AGQS” va “Eng yaxshi AYOQS” tanlovining oʻtkazilishini tashkil qilish.

2020-yildan boshlab har yili

Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasi, Hududiy ishchi guruh

(3-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 21-sentabrdagi 793-son qaroriga
4-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga kiritilayotgan
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
oʻzgartirish va qoʻshimchalar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Vazirlar Mahkamasining “Avtomobil yonilgʻisi quyish shoxobchalarining ishini takomillashtirish va respublika isteʼmolchilarini neft mahsulotlari bilan taʼminlashni yaxshilash chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 1998-yil 18-sentabrdagi 397-son qarorining 4-bandida:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
a) uchinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“neft mahsulotlarini yetkazib berish toʻgʻrisidagi shartnoma AYOQS egalari tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa xavfsizligi davlat qoʻmitasi, “Oʻzneftgazinspeksiya”, Oʻzbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligining yongʻin xavfsizligi boshqarmalari, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Sanitariya-epidemiologiya nazorati davlat inspeksiyasi hududiy boʻlinmalarining AYOQS mehnatni muhofaza qilish va texnika xavfsizligi talablari, yongʻinga qarshi talablar, neft mahsulotlarini qabul qilish, saqlash, hisobini yuritish va tarqatish talablariga muvofiqligi, shuningdek, sanitariya va shaharsozlik normalari hamda qoidalari talablariga javob beradigan sanitariya-gigiyena shoxobchalari mavjudligi toʻgʻrisidagi tegishli xulosalari taqdim etilgan holda tuziladi”;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
b) oltinchi xatboshiga “yongʻin xavfsizligi” soʻzlaridan keyin “shaharsozlik normalari va qoidalariga” soʻzlari bilan toʻldirilsin.
Oldingi tahrirga qarang.
(2-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 21-fevraldagi 80-sonli qaroriga asosan 2022-yil 1-martdan oʻz kuchini yoʻqotadi — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 22.02.2022-y., 09/22/80/0154-son)
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 23.09.2019-y., 19/19/793/3787-son; 27.06.2020-y., 09/20/411/1000-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 20.11.2021-y., 09/21/694/1075-son, 22.02.2022-y., 09/22/80/0154-son, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son; 30.01.2025-y., 09/25/48/0093-son)