21.09.2019 yildagi 792-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qarori
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Arxeologik tadqiqotlarni tubdan takomillashtirish toʻgʻrisida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Mustaqillik yillarida mamlakatimiz hududida qadimgi davrlardan boshlab rivojlangan qishloqlar, shaharlar va sivilizatsiya markazlarining boy oʻtmishini arxeologik jihatdan tadqiq etish va tarixiy jarayonlarni tiklash boʻyicha muayyan ishlar amalga oshirildi. Oʻzbekiston hududi tosh davridan boshlab oʻzlashtirilganligi, mamlakatimiz jahondagi ilk shaharsozlik va davlatchilik shakllangan markazlardan biri boʻlganligi, tariximiz va madaniyatimiz chuqur ildizlarga ega ekanligi ilmiy jihatdan asoslandi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Fan, taʼlim va iqtisodiyotning jadal integratsiyalashuvida respublika hududida olib borilayotgan arxeologik tadqiqotlarni zamon talablari asosida yoʻlga qoʻyish, qazishmalarni keng koʻlamda tashkil etish, yoshlarni arxeologik izlanishlar bilan tanishtirish hamda ochilgan qadimiy noyob meʼmorchilik namunalarini ochiq osmon ostida muzeylar shaklidagi turizm obyektlariga aylantirish bugungi kunning muhim masalasi boʻlib qolmoqda.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Soʻnggi yillarda amalga oshirilayotgan jadal islohotlar arxeologik tadqiqotlarni tubdan takomillashtirish, yirik arxeologik yodgorliklarda keng koʻlamli tadqiqotlarni olib borish, qadimiy tariximiz va boy madaniyatimizni xalqimizga va jahon hamjamiyatiga targʻib qilish zarurligini inobatga olib, Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining respublika hududida olib borilayotgan arxeologik tadqiqotlarni ilmiy-uslubiy jihatdan yoʻnaltirish hamda tabiiy fanlarning zamonaviy tadqiqot uslublarini arxeologik izlanishlarda keng joriy qilish maqsadida Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi tizimida davlat muassasasi shaklidagi Milliy arxeologiya markazini (keyingi oʻrinlarda Markaz deb ataladi) tashkil etish toʻgʻrisidagi taklifiga rozilik berilsin.
(1-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 31-avgustdagi 485-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 31.08.2022-y., 09/22/485/0789-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Quyidagilar Markazning asosiy vazifalari etib belgilansin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
respublika hududida olib borilayotgan arxeologik tadqiqotlarni ilmiy-uslubiy jihatdan yoʻnaltirish va arxeologik izlanishlarda tabiiy fanlarning zamonaviy tadqiqot uslublarini keng qoʻllash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
innovatsion texnologiyalardan keng foydalangan holda kompleks arxeologik ekspeditsiyalarni soha taʼlimi amaliyoti bilan bogʻlab tashkil etish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
arxeologiya sohasida yetuk ilmiy kadrlar tayyorlash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
arxeologik yodgorliklarni ochiq osmon ostidagi muzeylarga aylantirishning ilmiy asosini tayyorlash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
arxeologik tadqiqotlarda xalqaro hamkorlikni yoʻlga qoʻyish, xorijiy mamlakatlarning arxeologiya yoʻnalishida faoliyat olib borayotgan tadqiqotchi-olimlar bilan qoʻshma arxeologik ekspeditsiyalarni tizimli tashkil qilish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
arxeologik tadqiqotlarga oid xalqaro tadbirlarni mamlakatimizda tashkil etish va xorijda arxeologiya boʻyicha oʻtkaziladigan ilmiy-amaliy tadbirlarda ishtirok etish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tegishli vazirlik, idora va boshqa tashkilotlar bilan hamkorlikda mamlakatda arxeologik tadqiqotlar olib borilishi zarur boʻlgan hududiy obyektlar yagona maʼlumot bankini hamda ularning muammolari boʻyicha axborot bazasini shakllantirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
arxeologik tadqiqot natijalarini keng ommaga yetkazish maqsadida muntazam ravishda ilmiy va ommabop kitoblar, zamonaviy tadqiqot uslublari singdirilgan oʻquv qoʻllanma va koʻrsatmalarni nashr qilishni yoʻlga qoʻyish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Namangan viloyati Toʻraqoʻrgʻon tumanidagi “Axsikent” arxeologiya merosi obyektini muhofaza qilish va tadqiq etish yodgorlik majmuasi faoliyatini ilmiy-uslubiy jihatdan taʼminlash.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Milliy arxeologiya markazi xodimlarining umumiy cheklangan soni 35 nafardan iborat boʻlgan tuzilmasi 1-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi prezidentiga Moliya vazirligi bilan kelishgan holda zaruratga koʻra, Markazning tuzilmasiga oʻzgartirish kiritish huquqi berilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. 2019 — 2023-yillarda Oʻzbekiston Respublikasida arxeologik tadqiqotlarni tubdan takomillashtirish boʻyicha chora-tadbirlar dasturi (keyingi oʻrinlarda Dastur deb ataladi) 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligi Dasturni amalga oshirishda Markaz tomonidan taqdim etilgan va eʼlon qilingan ilmiy loyihalarga tanlov asosida mablagʻ ajratishni taʼminlasin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Belgilab qoʻyilsinki, Markaz Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Arxeologik tadqiqotlar institutining barcha huquqlari, majburiyatlari va shartnomalari boʻyicha uning huquqiy vorisi hisoblanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Quyidagilar Markaz faoliyatini moliyalashtirish manbalari etib belgilansin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablagʻlari — Markaz bino va inshootlarini saqlash, taʼmirlash va jihozlash (mebel, kompyuter texnikasi, oʻquv va ilmiy adabiyotlar, internet tarmogʻi va boshqa moddiy-texnika vositalari) hamda ilmiy xodimlar mehnatiga haq toʻlash xarajatlarini bazaviy moliyalashtirish uchun;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligi tomonidan oʻtkaziladigan ilmiy-texnik loyihalar tanlovlarining natijalari boʻyicha ajratiladigan mablagʻlar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
xoʻjalik faoliyatidan olinadigan daromadlar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
xalqaro va xorijiy tashkilotlarning grantlari;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
jismoniy va yuridik shaxslarning homiylik xayriyalari;
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qonunchilikda taqiqlanmagan boshqa manbalar.
(6-bandning yettinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. Oʻzbekiston Respublikasi Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qoʻmitasi huzuridagi “Geoinnovatsiya markazi” davlat unitar korxonasi Markaz buyurtmanomalariga binoan arxeologik tadqiqotlarni olib borish uchun Oʻzbekiston Respublikasi hududida uchuvchisiz uchish apparatlaridan foydalanish va xarid qilishda belgilangan tartibda amaliy koʻmak bersin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Markaz ilmiy xodimlari shtat birligini 3 yilda bosqichma-bosqich 80 taga yetkazishni inobatga olsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
viloyatlardagi tayanch arxeologik yodgorliklarda muntazam faoliyat yurituvchi davlat kompleks arxeologik ekspeditsiyalarini bosqichma-bosqich tashkil etish bilan bogʻliq xarajatlarni respublika budjeti mablagʻlari hisobidan, Markaz tomonidan belgilangan tartibda taqdim etilgan xarajatlar smetasiga muvofiq oʻz vaqtida va toʻliq hajmda moliyalashtirishni taʼminlasin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligi hamda Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi bilan birgalikda Markazga “Bioarxeologiya” va “Landshaft arxeologiyasi” yoʻnalishlarida 2 ta laboratoriyani Markaz tomonidan taqdim etilgan xarajatlar smetasiga muvofiq zamonaviy ilmiy asbob-uskunalar bilan jihozlash maqsadida 2 mln. AQSh dollari miqdorida homiylik mablagʻlarini jalb etish choralarini koʻrsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Fanlar akademiyasi tomonidan taqdim etiladigan talabnomaga muvofiq Markazga 1 ta yengil avtotransport vositasini xarid qilish va uni saqlash uchun limit ajratsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9. Toshkent shahar hokimligi Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi bilan birgalikda ikki oy muddatda Markazni Toshkent shahridagi mos bino bilan taʼminlash choralarini koʻrsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Markaz unga mos bino ajratilgunga qadar Toshkent shahar, Mirzo Ulugʻbek tumani, Mirzo Ulugʻbek koʻchasi, 81-uy manzilida tekin foydalanish huquqi asosida joylashtirilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
10. Oʻzbekiston Respublikasi Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasi Fanlar akademiyasi va Madaniyat vazirligi bilan birgalikda “Axsikent” arxeologiya merosi obyektini turistik marshrutga kiritish hamda turistlar orasida keng targʻib qilish choralarini koʻrsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
11. Shunday tartib oʻrnatilsinki, unga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasida tashkil etiladigan ochiq osmon ostidagi muzeylarda va arxeologiya namoyishi obyektlarida davlat-xususiy sheriklik shartlari asosida:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tashrif buyuruvchilarga kirish chiptalari zamonaviy axborot texnologiyalaridan foydalangan holda sotiladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
milliy hunarmandchilik mahsulotlarining savdo shoxobchalari, shu jumladan ularni tayyorlash boʻyicha mahorat darslari tashkil etiladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
zamonaviy sanitariya-gigiyena shaxobchalari tashkil etiladi.
Oldingi tahrirga qarang.
(12-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 31-avgustdagi 485-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 31.08.2022-y., 09/22/485/0789-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
13. Namangan viloyati hokimligi 2021-yildan boshlab har ikki yilda bir marta Axsikent yodgorligi asosida keng xalq ommasiga tarix bilimini targʻib etish hamda turizmni rivojlantirish maqsadida “Oʻtmishga sayohat” xalqaro tarixiy-madaniy festival oʻtkazilishini taʼminlasin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
14. Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi, Madaniyat vazirligi, Qurilish vazirligi, Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasi, Moliya vazirligi va Namangan viloyati hokimligi ikki oy muddatda arxeologiya sohasidagi xorijiy ekspert va mutaxassislarni jalb qilgan holda, Axsikent yodgorligi asosida ochiq osmon ostida muzey tashkil etish va uni turizm obyektiga aylantirish boʻyicha konsepsiya (keyingi oʻrinlarda Konsepsiya deb ataladi) loyihasini Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
15. Oʻzbekiston Respublikasi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi Moliya vazirligi, Iqtisodiyot va sanoat vazirligi, Fanlar akademiyasi, Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasi bilan birgalikda uch oy muddatda Konsepsiyani amalga oshirish uchun moliyaviy manbalarni aniqlash, xususan, investitsiyalar va xorijiy grantlarni jalb qilish choralarini koʻrsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
16. Manfaatdor vazirlik va idoralar oʻzlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni bir oy muddatda ushbu qarorga muvofiqlashtirsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
17. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining ijtimoiy rivojlantirish masalalari boʻyicha oʻrinbosari A.A. Abduhakimov, Fanlar akademiyasi prezidenti B.S. Yuldashev va Namangan viloyati hokimi X.X. Bozarov zimmasiga yuklansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2019-yil 21-sentabr,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
792-son
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 21-sentabrdagi 792-son qaroriga
1-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Milliy arxeologiya markazi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
TUZILMASI
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish

Ilmin kotib

Direktor

Ilmiy kengash

Ilmiy ishlar boʻyicha direktor oʻrinbosari

Xalqaro aloqalar boʻyicha mutaxassis

Bosh yuriskonsult

Fanlararo tadqiqotlar boʻlimi

2

Ipak yoʻli arxeologiyasn boʻlimi

2

Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari boʻyicha mutaxassis

Buxgalteriya

2

Bioarxeologiya laboratoriyasi

2

Landshaft arxeologiyasi laboratoriyasi

2

Maʼmuriy-xoʻjalik xizmati

Kadrlar boʻyicha inspektor

“Oʻzbekiston arxeologiyasi” jurnali*

Qutqaruv arxeologiyasi boʻlimi*

Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Xodimlarning umumiy cheklangan soni (texnik foydalanish va xoʻjalik boʻlimining texnik va xizmat koʻrsatuvchi xodimlari hamda ilmiy xodimlardan tashqari) — 35 nafar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Yordamchi xodimlar soni qonunchilikka muvofiq normativlar boʻyicha belgilanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bajariladigan ilmiy-tadqiqot (fundamental, amaliy va innovatsion) ishlarning hajmidan kelib chiqqan holda, ilmiy xodimlar shartnoma asosida ilmiy-texnik loyihalarni amalga oshirish uchun jalb etiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
* budjetdan tashqari mablagʻlar hisobidan saqlanadi.
(1-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 31-avgustdagi 485-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 31.08.2022-y., 09/22/485/0789-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 21-sentabrdagi 792-son qaroriga
2-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2019 — 2023-yillarda Oʻzbekiston Respublikasida arxeologik tadqiqotlarni tubdan takomillashtirish boʻyicha
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ChORA-TADBIRLAR DASTURI
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish

T/r

Amalga oshiriladigan tadbir

Bajarish muddati

Ijro uchun masʼullar

Sarf-xarajatlar

Moliyalashtirish manbalari

Taqdim etiladigan hujjat shakli, amalga oshirish mexanizmi, kutilayotgan natija

I. Ilmiy-tadqiqot faoliyati va fan bilan ishlab chiqarish integratsiyasini rivojlantirish

1.

Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Milliy arxeologiya markazi (keyingi oʻrinlarda Markaz deb ataladi) ustavini ishlab chiqish va belgilangan tartibda davlat roʻyxatidan oʻtkazish.

2019-yil 1-noyabr

Fanlar akademiyasi

-

-

Fanlar akademiyasi tomonidan ishlab chiqilgan ustav belgilangan tartibda davlat roʻyxatidan oʻtkaziladi.

2.

Markazning ilmiy xodimlari shtat birligini maxsus koʻrsatkichlar tizimi asosida bosqichma-bosqich oshirish.

2019-yilda �� 20 ta,
2020-yilda — 15 ta,
2021-yilda — 15 ta yangi ilmiy xodim shtat birligi

Moliya vazirligi, Fanlar akademiyasi

Hisob- kitoblar asosida

Davlat budjeti mablagʻlari

Arxeolog ilmiy xodimlarning soni tanlov asosida iqtidorli yosh kadrlar bilan muntazam ravishda oshirib boriladi. Natijada 3 yilda ilmiy xodimlarning umumiy soni 80 nafarga yetkaziladi.

4.

Xalqaro nufuzli ilmiy maʼlumotlar bazalari tizimlariga kirgan va impakt-faktorlari yuqori boʻlgan davriy nashrlarda ilmiy xodimlarning nashr va iqtibos qilinish darajasini 40% ga oshirish.

2020 — 2023-yillar davomida

Fanlar akademiyasi,

Innovatsion rivojlanish vazirligi

-

-

Ilmiy xodimlarning nufuzli ilmiy maʼlumotlar bazalari tizimlarida reytingini oshirish boʻyicha maqsadli chora-tadbirlar ishlab chiqiladi. Shu asosda ilmiy xodimlarning reytingi koʻtariladi (Xirsh indeksi, impakt-faktor va b.).

5.

Markazning boʻlimlari, ilmiy laboratoriyalari va dala ekspeditsiyalari faoliyatini baholash boʻyicha koʻrsatkichlar va indikatorlar tizimini ishlab chiqish va joriy qilishni yoʻlga qoʻyish.

2020-yil 1-yanvardan boshlab

Fanlar akademiyasi

-

-

Markazning boʻlimlari, ilmiy laboratoriyalari va dala ekspeditsiyalari faoliyatini baholash boʻyicha koʻrsatkichlar va indikatorlar tizimi ishlab chiqiladi, Ilmiy kengash qarori bilan tasdiqlanadi. Xodimlarning ilmiy mahsuldorlik koʻrsatkichi oshadi.

6.

Oʻzbekiston Respublikasi arxeologik xaritasini yaratish (2020 — 2022-yy.) va nashr qilish (2023-y.). Tadqiq etilgan arxeologik yodgorliklar toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni tizimli ravishda shakllantirib borish va ularning reyestrini tashkil etish.

2020 — 2023-yy.

Fanlar akademiyasi, Madaniyat vazirligi, Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasi

Hisob-kitoblar asosida

Fanlar akademiyasi, Madaniyat vazirligi, Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasi mablagʻlari

Madaniyat vazirligi bilan tuzilgan shartnoma asosida Oʻzbekiston arxeologik yodgorliklarini roʻyxatga olish boʻyicha tizimli izlanishlar olib boriladi. Yodgorliklar boʻyicha maʼlumotlarni toʻliq jamlagan Oʻzbekiston arxeologik xaritasi yaratiladi.

7.

“Oʻzbekiston arxeologik merosi” 10 jildlik akademik nashrlarini bosqichma-bosqich tayyorlash va nashr etishni yoʻlga qoʻyish.

2019 — 2023-yy.

Madaniyat vazirligi, Fanlar akademiyasi, Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasi

Hisob-kitoblar asosida

Davlat budjeti mablagʻlari

“Numizmatika” (2019-y.), “Ilk oʻrta asrlar” (2020-y.), “Oʻrta asrlar” (2021-y.), “Ikonografiya” (2022-y.), “Qadimgi Sugʻd” (2023-y.) mavzusida akademik nashrlar chop etiladi.

8.

“Oʻzbekiston va Markaziy Osiyo — jahon sivilizatsiyasi tizimida” mavzusida arxeologiya sohasidagi yetakchi davlatlarning olim-mutaxassislari ishtirokida xalqaro ilmiy-amaliy konferensiyani oʻtkazish.

2020-yil sentyabr

Fanlar akademiyasi,

Madaniyat vazirligi, Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasi,

Innovatsion rivojlanish vazirligi

Hisob-kitoblar asosida

Homiylik xayriyalari va budjetdan tashqari mablagʻlar

Markaziy Osiyoda arxeologiya sohasida ilmiy izlanish olib borayotgan dunyoning yetakchi ilmiy markazlaridan taklif etilgan yirik mutaxassis va olimlar ishtirokida “Oʻzbekiston va Markaziy Osiyo — jahon sivilizatsiyasi tizimida” mavzusida xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya oʻtkaziladi.

9.

Tayanch arxeologik yodgorliklarni turizm obyektlariga tayyorlash, bu yodgorliklarga infoturlarni tashkil qilish hamda turli targʻibot materiallarini tayyorlash va turizm sohasidagi tadbirkorlik subyektlari orasida keng targʻib qilish.

Axsikent — 2020-y.,

Afrosiyob — 2021-y.,

Poykent — 2022-y.,

Sarmishsoy — 2023-y.

Madaniyat vazirligi, Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasi,

Fanlar akademiyasi,

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari

Hisob-kitoblar asosida

Davlat budjeti mablagʻlari

Madaniyat vazirligi, Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasi bilan shartnoma imzolanadi va shu asosda olingan natijalar boʻyicha ochilgan arxeologik obyektlar muzeylashtiriladi.

10.

Turizm obyektlariga aylantirilayotgan arxeologik yodgorliklarga xorijiy va mahalliy sayyohlarni jalb qilish maqsadida bukle?, flayer va broshyuralar tayyorlash.

Muntazam

Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasi, Fanlar akademiyasi,

Madaniyat vazirligi

Hisob-kitoblar asosida

Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasi,

Fanlar akademiyasi,

Madaniyat vazirligi mablagʻlari

Ochilgan arxeologik yodgorliklarga oid yangi maʼlumotlar, qazishma va topilmalarning fotosuratlarini oʻzida aks etgan buklet, flayer va broshyuralar tayyorlanadi. Shu asosda xorijiy va mahalliy sayyohlarni arxeologik obyektlarga jalb qilish kuchayadi.

11.

Tayanch obyektlarni shakllantirish bilan bogʻliq jarayonlarni aks ettirgan animatsion roliklarni hamda oʻzbek va xorijiy tillarda arxeologik yodgorliklar toʻgʻrisida audio, video, foto va boshqa materiallarni tayyorlash va keng targʻibot ishlarini amalga oshirish.

Axsikent — 2020-y.

Afrosiyob — 2021-y.

Poykent — 2022-y.

Sarmishsoy — 2023-y.

Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasi, Madaniyat vazirligi, Fanlar akademiyasi

Hisob-kitoblar asosida

Ijrochilarning mablagʻlari

Tayanch arxeologik yodgorliklarda olib borilgan tadqiqotlar va yodgorliklarning shakllanish jarayonlarini oʻzida aks etgan animatsion roliklar tayyorlanadi. Shu asosda xorijiy va mahalliy sayyohlarni arxeologik obyektlarga jalb qilish kuchayadi.

12.

Qadimiy tarixni aks ettiruvchi arxeologiya yodgorliklarida turistik marshrutlarni yaratish.

Axsikent — 2020-y.,

Afrosiyob — 2021-y.,

Poykent — 2022-y.,

Qanqa — 2023-y.

Namangan viloyati hokimligi, Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasi, Fanlar akademiyasi, Madaniyat vazirligi

Hisob-kitoblar asosida

Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasi, Fanlar akademiyasi, Madaniyat vazirligi mablagʻlari

Tayanch arxeologik yodgorliklarga tashrif buyuruvchi turistlar uchun turistik marshrutlar tuziladi.

13.

Turizmni rivojlantirish maqsadida yirik arxeologik obyektlarning albom-kataloglarini yaratib borish.

2020 — 2023-yy.

Fanlar akademiyasi, Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasi, Madaniyat vazirligi

Hisob-kitoblar asosida

Fanlar akademiyasi, Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasi, Madaniyat vazirligi mablagʻlari

2020-yilda 3 ta, 2021-yilda 3 ta, 2022-yilda 3 ta, 2023-yilda 3 ta arxeologik qazishmalar jarayonida aniqlangan topilmalar va ular haqida ilmiy-ommabop maʼlumotlarni oʻzida jamlagan albomlar tayyorlanib, nashr etiladi. Shu asosda yurtimiz tarixi boʻyicha maʼlumotlar ommalashtiriladi.

14.

Markazning ilmiy xodimlarini oliy taʼlim muassasalariga oʻrindosh sifatida pedagogik faoliyatga jalb qilish.

2019-2020 oʻquv yilidan boshlab

Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, Fanlar akademiyasi

-

-

Markaz va manfaatdor oliy taʼlim muassasalari oʻrtasida shartnomalar tuziladi, taʼlim va fan sohalari bilan aloqalar yoʻlga qoʻyiladi. Arxeologiya yoʻnalishi boʻyicha tajribali mutaxassislar shakllantiriladi.

15.

Markazning ilmiy salohiyatini yoshartirgan holda, ilmiy darajali mutaxassislar ulushini bosqichma-bosqich oshirib borish.

2020-y. — 50%,

2021-y. — 55%,

2022-y. — 60%,

2023-y. — 65%.

Fanlar akademiyas�

-

-

Markazning ilmiy salohiyati yosh tadqiqotchilar hisobiga yoshartiriladi.

16.

Mavjud normativ-huquqiy hujjatlarga kunlik dala izlanishlari ustama haqini bazaviy hisoblash miqdorining 25% etib, eng koʻp miqdori esa bazaviy hisoblash miqdorining 7 baravariga teng etib belgilash boʻyicha Vazirlar Mahkamasiga taklif kiritish.

2020-yil mart

Fanlar akademiyasi, Madaniyat vazirligi, Moliya vazirligi

Hisob-kitoblar asosida

Davlat budjet mablagʻlari

Ilmiy xodimlarning dala izlanishlari ustama haqini bazaviy hisoblash miqdorining 25% etib, eng koʻp miqdori esa bazaviy hisoblash miqdorining 7 baravariga teng etib belgilash boʻyicha tegishli normativ-huquqiy hujjat qabul qilinadi.

17.

Mavjud normativ-huquqiy hujjatlarga mavsumiy “er qazuvchi” ishchilarning oylik maoshi bazaviy hisoblash miqdorining 8 baravari miqdorida belgilanishi boʻyicha Vazirlar Mahkamasiga taklif kiritish.

2020-yil mart

Fanlar akademiyasi, Madaniyat vazirligi, Moliya vazirligi

Hisob-kitoblar asosida

Davlat budjet mablagʻlari

Dala izlanishlarida jalb qilingan mavsumiy “er qazuvchi” ishchilarning oylik maoshi bazaviy hisoblash miqdorining 8 baravari miqdorida belgilanishi boʻyicha tegi�li normativ-huquqiy hujjat qabul qilinadi.

II. Moddiy-texnik bazani kuchaytirish va modernizatsiya qilish

18.

Arxeologik tadqiqotlar instituti binosini kapital taʼmirlash (Samarqand sh.).

2020-yil

Moliya vazirligi,

Fanlar akademiyasi

2,5 mlrd soʻm

Davlat budjeti mablagʻlari

Institut zamonaviy talablar asosida kapital taʼmirlanadi.

19.

Markaz va Arxeologik tadqiqotlar institutining moddiy-texnik bazasini yangilash.

2020-yil

Moliya vazirligi, Fanlar akademiyasi,

Innovatsion rivojlanish vazirligi

1 mlrd. soʻm

Davlat budjeti mablagʻlari

Markaz va Arxeologik tadqiqotlar instituti zamon talablari asosida moddiy-texnik jihozlari bilan taʼminlanadi. Yuqori sifatli ilmiy tadqiqotlar olib borildi.

20.

Dala tadqiqotlariga doimiy ravishda mablagʻ ajratish.

Axsikent, Afrosiyob, Qanqa ekspeditsiyalari — 2020-y.;

Dalvarzin, Buxoro, Yerqoʻrgʻon ekspeditsiyalari — 2021-y.;

Eski Xovos, Quva, Sarmishsoy ekspeditsiyalari — 2022-y.;

Jarqoʻton, Xazorasp, Tugʻunbuloq ekspeditsiyalari — 2023-y.

Moliya vazirligi,

Fanlar akademiyasi,

Turizm va madaniy meros vazirligi

Alohida hisob-kitoblar asosida

Davlat budjet mablagʻlari

Dala qazishmalariga bosqichma-bosqich mablagʻ ajratib boriladi. Ajratilgan mablagʻlar asosida tayanch yodgorliklarda keng koʻlamli qazishmalar olib borilib, yangi maʼlumotlar qoʻlga kiritiladi. Ochilgan yirik yodgorliklar turizm obyektlariga aylantiriladi.

21.

“Bioarxeologiya” (2020-y.) va “Landshaft arxeologiyasi” (2021-y.) yoʻnalishlarida zamonaviy uskunalar bilan jihozlangan 2 ta laboratoriya tashkil etish uchun 2 mln. AQSh dollari miqdorida mablagʻ ajratish.

2020-2021-yy.

Fanlar akademiyasi, Innovatsion rivojlanish vazirligi,

Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi, Moliya vazirligi

2 mln. AQSh dollari

Homiylik mablagʻlari

Respublikada ilk bor “Bioarxeologiya” va “Landshaft arxeologiyasi” yoʻnalishlarida 2 ta yangi zamonaviy uskunalar bilan jihozlangan laboratoriya tashkil etiladi. Ushbu laboratoriyalarda tadqiqotlar arxeologiya va tabiiy fanlar bilan uygʻunlikda olib boriladi.

III. Xalqaro aloqalarni rivojlantirish va oʻzbek arxeologiyasini jahon faniga integratsiya qilish

22.

Arxeologlarni xorijiy ilmiy markazlarda malaka oshirish va xorijiy tadqiqot grantlarini jalb etishni yoʻlga qoʻyish.

2020 — 2023-yy.

Fanlar akademiyasi

-

-

Xorijiy ilmiy markazlarda malaka oshirish va xorijiy tadqiqot grantlarini jalb etish uchun maxsus chora-tadbirlar ishlab chiqiladi. Shu asosda har yili oʻrtacha 5 nafar xodimni xorijda malaka oshirish yoʻlga qoʻyiladi.

23.

Markaziy Osiyo davlatlaridagi arxeologik ilmiy markazlar bilan hamkorlikni yoʻlga qoʻyish.

2020 — 2023-yy.

Fanlar akademiyasi

-

-

Markaziy Osiyo davlatlarining arxeologiya sohasidagi ilmiy markazlari bilan hamkorlik shartnomalari imzolanadi. Qozogʻiston, Qirgʻiziston hamda Tojikiston arxeologlari bilan ilmiy hamkorlik oʻrnatiladi.

24.

Arxeologlarning xorijiy ilmiy anjumanlarda ishtirokini kengaytirish.

Muntazam

Fanlar akademiyasi

Hisob-kitoblar asosida

Homiylik mablagʻlari, xalqaro grantlar va byudjetdan tashqari mablagʻlar

Mutaxassislarning xorijiy ilmiy anjumanlarda ishtirokini tashkil etish boʻyicha chora-tadbirlar ishlab chiqiladi. Yiliga oʻrtacha 10 nafar xodimning ishtiroki taʼminlanadi.

25.

Xalqaro nufuzli jurnallarda maqolalar sonini oshirish.

2020 — 2023-yy.

Fanlar akademiyasi

-

-

Xalqaro nufuzli jurnallarda maqolalar sonini oshirish boʻyicha chora-tadbirlar ishlab chiqiladi. Shu asosda maqolalar soni 2020-yilda — 3%, 2021-yilda — 5%, 2022-yilda — 7%, 2023-yilda — 10% ga oshiriladi.

26.

Yevropa arxeologlari assotsiatsiyasi (EAA), Xalqaro arxeologik muzeylar va eksperimental arxeologiya assotsiatsiyasiga (EXARC) aʼzo boʻlish.

2021 — 2023-yy.

Fanlar akademiyasi

-

-

Milliy markaz bosqichma-bosqich, Yevropa arxeologlari assotsiatsiyasi (EAA) (2021-yil), Xalqaro arxeologik muzeylar va eksperimental arxeologiya assotsiatsiyasiga (EXARC) (2023-yil) aʼzo boʻladi. Milliy markaz arxeologiya sohasida jahon ilmiy jamoatchiligida oʻz oʻrniga ega boʻladi.

27.

Markaz shafeʼligida Markaziy Osiyo arxeologlari assotsiatsiyasini tashkil etish. Markaziy Osiyo arxeologlarining I Forumini oʻtkazish.

2022-2023-yy.

Fanlar akademiyasi

-

-

Markaz shafeʼligida Markaziy Osiyo arxeologlari assotsiatsiyasini 2022-yilda tashkil etish boʻyicha chora tadbirlar ishlab chiqiladi. 2023-yilda Markaziy Osiyo arxeologlarining I Forumi oʻtkaziladi. Markaziy Osiyo davlatlari oʻrtasida ilmiy va madaniy aloqalar mustahkamlanadi.

IV. Ilmiy-tadqiqot natijalarini ommalashtirish va shu orqali yurtimiz tarixi, moddiy madaniyati, maʼnaviyati va milliy qadriyatlarini keng targʻib qilish

28.

“Oʻtmishga sayohat” nomli xalqaro tarixiy-madaniy festivalni Namangan viloyati T�raqoʻrgʻon tumanidagi Axsikent yodgorligi majmuasi bazasida oʻtkazish.

2021-yildan boshlab, har ikki yilda bir marta

Namangan viloyati hokimligi, Madaniyat vazirligi, Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasi, Fanlar akademiyasi

Hisob-kitoblar asosida

Mahalliy budjet mablagʻlari va homiylik xayriyalari

Oʻzbekiston oʻtmishi tarixiga bagʻishlangan festival yurtimiz turizm salohiyatini keng ommaga targʻib etish hamda turizmni rivojlantirishga xizmat qiladi.

29.

Oʻzbekiston tarixi davlat muzeyi va boshqa viloyat muzeylarida tadqiqot natijalariga bagʻishlangan “Oʻzbekistonda arxeologik tadqiqotlar” mavzusida har yili koʻrgazma tashkil qilish.

Muntazam

Fanlar akademiyasi, Madaniyat vazirligi

Hisob-kitoblar asosida

Madaniyat vazirligi, Fanlar akademiyasi mablagʻlari

Tadqiqot natijalariga bagʻishlangan “Oʻzbekistonda arxeologik tadqiqotlar” mavzusida koʻrgazmalarning rejasi ishlab chiqiladi.

30.

Oliy taʼlim muassasalarining tarix va arxeologiya yoʻnalishida tahsil olayotgan bakalavriat va magistratura talabalarining Axsikent yodgorligida yaratilgan ochiq osmon ostidagi muzeyda, 2020-yildan boshqa yirik arxeologik obyektlarda dala amaliyotlarini muntazam ravishda tashkil etish.

Grafik asosida,

muntazam

Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi,

Fanlar akademiyasi, manfaatdor vazirliklar va idoralar

Hisob-kitoblar asosida

Dala amaliyoti bilan bogʻliq mablagʻlar tegishli taʼlim muassasalarining budjetdan tashqari mablagʻlari asosida amalga oshiriladi, boshqa mablagʻlar bundan mustasno

Oliy taʼlim muassasalarining tarix va arxeologiya yoʻnalishida tahsil olayotgan bakalavriat va magistratura talabalari dala amaliyotlariga muntazam ravishda jalb qilinadi. Ularning nazariy bilimlarini amaliyotda keng qoʻllash asosida tajribalari oshiriladi.

31.

“Axsikent” arxeologiya obyektiga tashrif buyuruvchilar uchun avtomobil toʻxtash joyi, savdo va boshqa shaxobchalarni tashkil etish.

2019-yil oktyabr

Namangan viloyati hokimligi, manfaatdor vazirliklar va idoralar

Hisob-kitoblar asosida

Tashabbuskorlar mablagʻlari

“Axsikent” arxeologiya obyektiga tashrif buyuruvchilar uchun avtomobil toʻxtash joyi, savdo va boshqa shaxobchalarni tashkil etiladi.

32.

“Axsikent” arxeologiya obyektiga olib chiquvchi yoʻlni piyodalar uchun moslashtirish hamda xavfsizlik choralarini koʻrish.

2019-2020-yy.

Namangan viloyati hokimligi, manfaatdor vazirliklar va idoralar

Hisob-kitoblar asosida

Mahalliy budjetning qoʻshimcha daromadlari

“Axsikent” arxeologiya obyektiga olib chiquvchi yoʻlni piyodalar uchun moslashtiriladi hamda xavfsiz boʻladi.

33.

“Axsikent” arxeologiya obyektida tomosha qilish nuqtasini barpo etish va unda soyabon hamda atrof muhitni kuzatish uchun binokl oʻrnatilishini taʼminlash.

2019-yil oktyabr

Namangan viloyati hokimligi, manfaatdor vazirliklar
va idoralar

Hisob-kitoblar asosida

Tashabbuskorlar mablagʻlari

“Axsikent” arxeologiya obyektida tomosha qilish nuqtasi barpo etiladi va unda soyabon hamda atrof-muhitni kuzatish uchun binokl oʻrnatiladi.

34.

“Axsikent” arxeologiya obyektida tashrif buyuruvchilar maroqli hordiq chiqarishlari uchun dam olish maskanlarini tashkil etish.

2019-2020-yy.

Namangan viloyati hokimligi, manfaatdor vazirliklar
va idoralar

Hisob-kitoblar asosida

Tashabbuskorlar mablagʻlari

“Axsikent” arxeologiya obyektida tashrif buyuruvchilar maroqli hordiq chiqarishlari uchun dam olish maskanlari tashkil etiladi.

35.

“Axsikent” arxeologiya obyektini mahalliy va xorijiy turistlar oʻrtasida keng targʻib qilish uchun ommaviy axborot vositalarida keng yoritish, Internet jahon axborot tarmogʻi va bosma nashrlarda maqolalar chop etish, tashkilotchilar tomonidan taqdim etiladigan mavzuga oid video materiallar Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasining hamkori hisoblangan “Dunyo boʻylab” va boshqa telekanallar�a namoyish etilishini taʼminlash.

Obyekt foydalanishga topshirilgandan soʻng doimiy ravishda

Turizmni rivojlantirish

davlat qoʻmitasi, Oʻzbekiston Milliy teleradiokompaniyasi, Oʻzbekiston Milliy axborot agentligi

Hisob-kitoblar asosida

Turizmni rivojlantirish

davlat qoʻmitasi, ijrochilar mablagʻlari

“Axsikent” arxeologiya obyektini mahalliy va xorijiy turistlar oʻrtasida keng targʻib qilinadi.

36.

Mahalliy va xorijiy turistlar uchun qoʻshimcha tashrif buyurish mumkin boʻlgan manzillarni aniqlash va turistlar tashrifi uchun moslashtirish, jumladan, yoshlarda vatanparvarlik tuygʻusini yuksaltirish, tarixiy madaniyat bilan tanishtirish maqsadida viloyatlardagi yirik arxeologiya obyektlariga taʼlim muassasalari oʻquvchi va talabalari sayohatini tashkil etish.

Muntazam

Namangan viloyati hokimligi, Xalq taʼlimi vazirligi, manfaatdor vazirliklar va idoralar

Hisob-kitoblar asosida

Ijrochilar mablagʻlari

Mahalliy va xorijiy turistlar uchun qoʻshimcha tashrif buyurish mumkin boʻlgan manzillar aniqlanadi va turistlar tashrifi uchun moslashtiriladi.

37.

Xalq taʼlimi muassasalari oʻquvchilarining oʻtmishga boʻlgan qiziqishini uygʻotish maqsadida viloyatlardagi yirik yodgorliklarga sinfdan tashqari muntazam ekskursiyalar uyushtirish va shu asosda viloyatlarda “Yosh qadimshunoslar” klubini tashkil etish.

Muntazam

Xalq taʼlimi vazirligi,

Fanlar akademiyasi, manfaatdor vazirliklar va idoralar

Hisob-kitoblar asosida

Xalq taʼlimi vazirligi

Viloyatlardagi yirik yodgorliklarga sinfdan tashqari muntazam ekskursiyalar uyushtiriladi va shu asosda viloyatlarda “Yosh qadimshunoslar” klubi tashkil etiladi.

38.

“Oʻzbekiston tarixi” telekanalida “Oʻzbekiston arxeologiyasi” ruknida muntazam, oyiga bir marotaba koʻrsatuvlar tashkil qilish.

2020-yil 1-yanvardan muntazam

MTRK,

Fanlar akademiyasi

Hisob-kitoblar asosida

Markaz mablagʻlari

“Oʻzbekiston tarixi” telekanalida “Oʻzbekiston arxeologiyasi” ruknida muntazam, oyiga bir marotaba koʻrsatuvlar tashkil qilinadi

39.

Markazda faoliyat koʻrsatayotgan ekspeditsiyalarning ilmiy natijalariga bagʻishlangan bukletlar, qisqa hujjatli videoroliklar yaratish.

2020-yil 1-yanvardan muntazam

MTRK,

Fanlar akademiyasi

Hisob-kitoblar asosida

Markaz mablagʻlari

Institutda faoliyat koʻrsatayotgan ekspeditsiyalarning ilmiy natij�lariga bagʻishlangan bukletlar, qisqa hujjatli videoroliklar yaratiladi.

40.

Milliy arxeologiya markazi, Institut veb-sayti va ijtimoiy tarmoqlardagi kanallar faoliyatini tubdan yangilash.

2019-yil davomida

Fanlar akademiyasi

Hisob-kitoblar asosida

Markaz mablagʻlari

Markaz, Institut veb-sayti va ijtimoiy tarmoqlardagi kanallar faoliyati tubdan yangilanadi.

41.

Turistlarning arxeologik ekspeditsiyalarda ishtirok etish tartibini ishl�b chiqish va tasdiqlash.

2020-yil mart

Madaniyat vazirligi, Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasi, Fanlar akademiyasi

-

-

Olib borilayotgan arxeologik ekspeditsiyalarga turistlar keng jalb qilinadi va shu orqali tarixiy madaniyatimiz bilan yaqindan tanishtirilib, yoshlarda vatanparvarlik ruhishakllantiriladi hamda ekspeditsiyalar faoliyati monetizatsiya qilinadi.

42.

Arxeologik yodgorliklar joylashgan hududlarda zarur infratuzilmani (viloyatlar markazlari bilan bogʻlovchi transport yoʻnalishlari harakatini yoʻlga qoʻyish, tegishli transport infratuzilmasini rivojlantirish hamda obyekt yaqinida avtomobil transporti turargohlarini tashkil etish, yoʻllarni taʼmirlash, aholining turli qatlamlariga ixtisoslashtirilgan, zamonaviy sanitariya-gigiyenik va hunarmandchilik, savdo shaxobchalari hamda Wi-Fi zonalarini tashkil etish) yaratish.

2021-yildan boshlab muntazam

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimligi, Transport vazirligi, Savdo-sanoat palatasi, Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasi

Hisob-kitoblar asosida

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimligi mablagʻlari va tashabbuskorlar mablagʻlari

Yodgorliklarga olib boruvchi yoʻllar roʻyxati shakllantirilib, yodgorliklar atrofidagi hududlar infratuzilmasi rivojlantiriladi, xorijiy va mahalliy turistlar oqimi ortadi.

(2-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 31-avgustdagi 485-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 31.08.2022-y., 09/22/485/0789-son)
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 21.09.2019-y., 09/19/792/3781-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son, 31.08.2022-y., 09/22/485/0789-son)