O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining
Qarori
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim qarorlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 14-maydagi “Tadbirkorlik faoliyatini qo‘llab-quvvatlash va himoya qilish tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-5718-son Farmoniga muvofiq, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Davlat geologiya va mineral resurslar qo‘mitasi tashkiliy tuzilmasini yanada takomillashtirish, Surxondaryo viloyatida olib borilayotgan geologiya-qidiruv ishlari samaradorligini oshirish maqsadida:
1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim qarorlariga ilovaga muvofiq o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilsin.
2. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N. Aripov zimmasiga yuklansin.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2019-yil 19-sentabr,
PQ-4461-son
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 19-sentabrdagi PQ-4461-son qaroriga
ILOVA
ILOVA
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim qarorlariga kiritilayotgan
o‘zgartirish va qo‘shimchalar
1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2016-yil 22-dekabrdagi “Mahalliy ijroiya hokimiyati organlari faoliyatini yanada takomillashtirish to‘g‘risida”gi PQ-2691-son qaroriga 1-ilovada:
a) “Tadbirkorlik va ishbilarmonlik muhitini rivojlantirish, eksportga ko‘maklashish va qo‘llab-quvvatlash guruhi” blokida:
“yetakchi mutaxassis — 1” so‘zlari chiqarib tashlansin;
“3” raqami “2” raqami bilan almashtirilsin;
b) izohdagi “54 — 59” raqami “53 — 58” raqami bilan almashtirilsin.
2. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 19-yanvardagi PQ-2733-son qarori bilan tasdiqlangan Davlat organlari va tashkilotlari yuridik xizmat xodimlarining martaba darajalari to‘g‘risidagi nizomda:
Oldingi tahrirga qarang.
(2-bandning “a” kichik bandi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 1-apreldagi PF-95-sonli Farmoniga asosan chiqarilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 01.04.2022-y., 06/22/95/0267-son)
b) 4-bandning “b” kichik bandida:
uchinchi xatboshidagi “Huquqiy ekspertiza, xalqaro shartnomalar va tashqi aloqalarni rivojlantirish boshqarmasi” so‘zlari “Yuridik ta’minlash boshqarmasi” so‘zlari bilan almashtirilsin;
Oldingi tahrirga qarang.
(2-bandning “b” kichik bandi uchinchi va to‘rtinchi xatboshilari O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 1-apreldagi PF-95-sonli Farmoniga asosan chiqarilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 01.04.2022-y., 06/22/95/0267-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(2-bandning “v” kichik bandi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 1-apreldagi PF-95-sonli Farmoniga asosan chiqarilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 01.04.2022-y., 06/22/95/0267-son)
3. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 12-iyundagi “Toshkent shahar hokimligi boshqaruv apparati tuzilmasini takomillashtirish to‘g‘risida”gi PQ-3050-son qaroriga ilovaning rus tilidagi matnida:
a) “Gruppa po razvitiyu predprinimatelstva i delovoy sredi, okazaniya sodeystviya i podderjki eksporta” blokida:
“veduщiy spetsialist — 1” so‘zlari chiqarib tashlansin;
“3” raqami “2” raqami bilan almashtirilsin;
b) izohdagi “59” raqami “58” raqami bilan almashtirilsin.
Oldingi tahrirga qarang.
(4-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 17-martdagi PF-89-son Farmoniga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 18.03.2022-y., 06/22/89/0227-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(5-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 7-dekabrdagi PQ-439-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 12.12.2022-y., 07/22/439/1081-son)
6. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 26-iyundagi “Davlat soliq xizmati organlari faoliyatini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-3802-son qarori 15-bandining birinchi xatboshidagi “11 880” raqami “11 666” raqami bilan almashtirilsin.
7. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 29-oktabrdagi “Toshkent viloyatining mahalliy ijro hokimiyati organlari faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-3987-son qaroriga ilovada:
a) “Tadbirkorlik va ishbilarmonlik muhitini rivojlantirish, eksportga ko‘maklashish va qo‘llab-quvvatlash guruhi” blokida:
“yetakchi mutaxassis — 1” so‘zlari chiqarib tashlansin;
“3” raqami “2” raqami bilan almashtirilsin;
b) izohdagi “69” raqami “68” raqami bilan almashtirilsin.
8. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 10-yanvardagi “O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va sanoat vazirligi faoliyatini tashkil etish to‘g‘risida”gi PQ-4105-son qarorida:
a) 6-ilovada:
“Sanoatni rivojlantirish va ishlab chiqarishni mahalliylashtirish bo‘limi 10” blokidagi “10” raqami “9” raqami bilan almashtirilsin;
izohdagi “55” raqami “54” raqami bilan almashtirilsin;
b) 6a-ilovada:
“Sanoatni rivojlantirish va ishlab chiqarishni mahalliylashtirish bo‘limi 5 — 10*” blokidagi “5 — 10” raqamlari “4 — 9” raqamlari bilan almashtirilsin;
izohdagi “41 — 55” raqamlari “40 — 54” raqamlari bilan almashtirilsin;
v) 7-ilova matni quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Qoraqalpog‘iston Respublikasi Iqtisodiyot va sanoat vazirligi, viloyatlar
iqtisodiyot va sanoat bosh boshqarmalari xodimlarining umumiy
ChEKLANGAN SONI
iqtisodiyot va sanoat bosh boshqarmalari xodimlarining umumiy
ChEKLANGAN SONI
|
Toifalar bo‘yicha hududlar nomi |
Xodimlarning cheklangan soni |
|
I toifadagi hududlar | |
|
Qoraqalpog‘iston Respublikasi |
54 |
|
Andijon viloyati |
54 |
|
Qashqadaryo viloyati |
54 |
|
Samarqand viloyati |
54 |
|
Toshkent viloyati |
54 |
|
Farg‘ona viloyati |
54 |
|
II toifadagi hududlar | |
|
Buxoro viloyati |
46 |
|
Navoiy viloyati |
46 |
|
Namangan viloyati |
46 |
|
Surxondaryo viloyati |
46 |
|
Xorazm viloyati |
46 |
|
III toifadagi hududlar | |
|
Jizzax viloyati |
40 |
|
Sirdaryo viloyati |
40 |
”.
(Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 20.09.2019-y., 07/19/4461/3772-son; Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 18.03.2022-y., 06/22/89/0227-son, 01.04.2022-y., 06/22/95/0267-son, 12.12.2022-y., 07/22/439/1081-son)