Hujjat kuchini yo‘qotgan 22.02.2021 11.07.1996 yildagi 246-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 22.02.2021
Hujjat 11.07.1996 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qarori
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
NAVOIY VILOYATINING TOMDI VA UChQUDUQ TUMANLARI QORAKOʻLChILIK FERMALARINI XUSUSIYLAShTIRIShNI ChUQURLAShTIRISh ChORA-TADBIRLARI TOʻGʻRISIDA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekistan Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 22-fevraldagi 87-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining oʻz ahamiyatini yoʻqotgan ayrim qarorlarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida (Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻz ahamiyatini yoʻqotgan qonunchilik hujjatlarini qayta koʻrib chiqish tizimini joriy etish orqali mamlakatda ishbilarmonlik muhitini yaxshilash chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2020-yil 27-sentabrdagi PF-6075-son Farmoni)”gi qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Choʻl zonasi sharoitlarida qorakoʻlchilik fermalarining bir meʼyorda faoliyat koʻrsatishini taʼminlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Tomdi va Uchquduq tumanlari qorakoʻlchilik xoʻjaliklari, Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq xoʻjaligi vazirligi va Qishloq xoʻjaligi fanlar akademiyasining qorakoʻlchilik xoʻjaliklari fermalarini yopiq turdagi aksionerlik jamiyatlariga, fermalarga xizmat koʻrsatuvchi boʻlinmalarni — kooperativlarga, xoʻjaliklarning oʻzlarini esa — 1-ilovaga* muvofiq ularning uyushmasiga aylantirish toʻgʻrisidagi takliflari qabul qilinsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
* Ilova berilmaydi*
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Tomdi va Uchquduq tumanlari qorakoʻlchilik xoʻjaliklarini xususiylashtirish tartibi 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Navoiy viloyati hokimligi, Qishloq xoʻjaligi vazirligi, Davlat mulki qoʻmitasi va Oʻzbekiston Qishloq xoʻjaligi fanlar akademiyasi amaldagi qonunchilikka va ilova qilinayotgan Tartibga muvofiq qorakoʻlchilik xoʻjaliklarining 1996-yil oxirigacha qayta tashkil etsinlar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Tomdi va Uchquduq tumanlari aksionerlik jamiyatlariga, ularga xizmat koʻrsatuvchi kooperativlarga va uyushmalarga, shuningdek viloyatning boshqa qorakoʻlchilik xoʻjaliklariga “Navoiyqorakoʻl” viloyat ishlab chiqarish birlashmasi negizida:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
marketing, qorakoʻlchilikning uslubiy va axborot bilan taʼminlash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
mahsulot sotiladigan bozorlarni oʻrganish, eksport imkoniyatlarini kengaytirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
xorijiy investitsiyalarni jalb etish, zamonaviy texnologiyalar asosida qorakoʻl terisi, jun, goʻshtni qayta ishlovchi, xalq isteʼmol mollari ishlab chiqaruvchi quvvatlar barpo etish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
moddiy-texnika taʼminoti, choʻponlar va ularning oila aʼzolarining mehnat sharoitlarini yaxshilash kabi asosiy vazifalarini hal etish uchun Navoiy viloyat qorakoʻlchilik aksionerlik jamiyatlari va kooperativlari uyushmasini tashkil etish tavsiya qilinsin.
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Qorakoʻlchilik fermalarini va tashkil etilayotgan uyushmalarni davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlash maqsadida:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1996 — 1998-yillarga Tomdi va Uchquduq tumanlarining yopiq turdagi qorakoʻlchilik aksionerlik jamiyatlari uchun bir bosh qorakoʻl qoʻyini boqish xarajatlariga tegishli ravishda yiliga 70 va 90 soʻm miqdorida dotatsiya belgilansin. Moliya vazirligi ikki hafta muddatda dotatsiyani toʻlash tartibini ishlab chiqsin. Koʻrsatib oʻtilgan dotatsiyadan soliq olinmaydi va hisobga oʻtkazish bilan bogʻliq hisob-kitoblar amalga oshirilganligi uchun haq undirilmaydi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
xususiylashtirilgan fermalar va ularning uyushmalari 3 yilga yer soligʻi toʻlashdan ozod qilinsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qorakoʻl qoʻylarini boqish va fermalarni qishlovga tayyorlash uchun 1996-yilga Uchquduq tumani qorakoʻlchilik fermalariga 150 tonna yonilgʻi-moylash materiallari va 1,5 ming tonna omixta yem, Tomdi tumani fermalariga 250 tonna yonilgʻi-moylash materiallari va 2,5 ming tonna omixta yem maqsadli ajratilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Markaziy bank, “Paxta-bank” va “Oʻzsanoatqurilishbank”ka kreditlardan foydalanganlik uchun qoʻshilgan 19,2 mln. soʻm miqdoridagi foizlarni belgilangan tartibda hisobdan chiqarish, shuningdek bank ssudalari boʻyicha 109,8 mln. soʻm miqdoridagi muddati oʻtkazib yuborilgan va ilgari toʻlov muddati kechiktirilgan qarzlarning toʻlov muddatini 2000-yilgacha kechiktirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Biznes-fond” va “Madad” agentligiga Tomdi va Uchquduq tumanlarining yangidan tashkil etilgan xususiylashtirish subyektlariga qorakoʻlchilik mahsulotlarini qayta ishlash va xalq isteʼmol mollari ishlab chiqarish uchun texnologiyalar va asbob-uskunalar xarid qilishga 3 yil muddatga imtiyozli kreditlar ajratish tavsiya etilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Bosh vazirning oʻrinbosarlari R.A. Giniyatullin, V.A. Chjen zimmasiga yuklansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Mazkur qarorning qanday bajarilayotganligi toʻgʻrisida 1996-yil 10-oktabrgacha va 1997-yil 20-yanvargacha axborot berilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1996-yil 11-iyul,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
246-son
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlar Mahkamasining 1996-yil
11-iyuldagi 246-son qaroriga
2-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Tomdi va Uchquduq tumanlarining qorakoʻlchilik xoʻjaliklarini xususiylashtirish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
TARTIBI
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
UMUMIY QOIDALAR
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ushbu tartib Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1996-yil 19-iyundagi 266-f-son farmoyishiga muvofiq ishlab chiqilgan va qorakoʻlchilik xoʻjaliklarini xususiylashtirishning navbatdagi bosqichini nazarda tutadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Tomdi va Uchquduq tumanlarining qorakoʻlchilik xoʻjaliklarini xususiylashtirish quyidagi tartibda amalga oshiriladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
viloyat hokimligi, Davlat mulki qoʻmitasi, moliya, adliya viloyat boshqarmalari, tumanlar hokimliklari, “Paxta-bank”ning viloyat boʻlimi, “Navoiyqorakoʻl” ishlab chiqarish birlashmasi, manfaatdor tashkilotlar va korxonalar vakillaridan, shuningdek Oʻzbekiston Qishloq xoʻjaligi fanlari akademiyasining qorakoʻlchilik va bozor islohotlari ilmiy-tadqiqot institutlarining olimlaridan iborat tarkibda viloyat komissiyasi tuziladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
viloyat komissiyasi tumanlarda qorakoʻlchilik xoʻjaliklarini xususiylashtirish boʻyicha oʻtkazilayotgan ishlarni muvofiqlashtirib boradi va qonunchilikka rioya etilishi ustidan nazoratni taʼminlaydi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
umumiy majlis qaroriga koʻra har bir xoʻjalikda xoʻjaliklarni qayta tashkil etish va xususiylashtirish boʻyicha ishchi komissiya tuziladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ishchi komissiya xoʻjalik balansida boʻlgan barcha mol-mulklarni qayta roʻyxatdan oʻtkazadi, mol-mulklarni aksiyalashtirish va xususiylashtirish qatnashchilari sonini aniqlaydi, tegishli dalolatnomalarni rasmiylashtiradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ishchi komissiya xususiylashtirish jarayoni qatnashchilari oʻrtasida xoʻjalikni qayta tashkil etish mexanizmi va tamoyillari toʻgʻrisida tushuntirish ishlarini oʻtkazadi, xususiylashtirishga doir hujjatlarning tegishli paketini tayyorlaydi va uni tegishli ekspertizadan oʻtkazish uchun viloyat komissiyasiga topshiradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Xoʻjalikning ishchi komissiyasi viloyat komissiyasining xulosasini olgach ularni umumiy majlisga koʻrib chiqish uchun kiritadi, umumiy majlis mol-mulkni baholashning yigʻma dalolatnomasini va xususiylashtirish rejasini tasdiqlaydi. Xususiylashtirish rejasiga muvofiq Navoiy viloyati uyushmasining tuman hokimligi bilan kelishilgan qarori asosida xoʻjalik, aksionerlik jamiyati, kooperativ har bir aʼzosining mol-mulkka boʻlgan huquqlari rasmiylashtiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qorakoʻlchilik xoʻjaliklari negizida tashkil etiladigan aksionerlik fermalari, kooperativlar va ularning uyushmalari qonunchilikda belgilangan tartibda roʻyxatdan oʻtkaziladi, mustaqil balansga va bank muassasalarida hisob raqamlariga ega boʻlishadi, oʻzaro munosabatlarini shartnoma asosida oʻrnatishadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
FERMALARNI XUSUSIYLAShTIRISh
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qorakoʻlchilik xoʻjaliklarining barcha fermalari yopiq turdagi aksionerlik jamiyatlariga aylantiriladi. Fermalarning xususiylashtirish kunidagi doimiy xodimlari va ular bilan bogʻliq boʻlinmalarning xodimlari bunday jamiyatning taʼsischilari hisoblanadilar. Xususiylashtirilayotgan fermalardagi barcha turdagi chorva mollari, mol-mulklar va obyektlar, shu jumladan quduqlar, kosharlar va boshqa imoratlar dalolatnomalar boʻyicha ularga mulk qilib beriladi. Dalolatnomalarda fermalar yangi egalarining chorva mollarini saqlash boʻyicha yaqin 5 yil uchun aniq majburiyatlari koʻrsatiladi. Dalolatnoma ishchi komissiya va xususiylashtirilgan fermalarning ishonchli shaxslari tomonidan tasdiqlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Mol-mulklar qiymati amaldagi tartibga muvofiq baholanadi. Asosiy fondlar va aylanma mablagʻlar aksionerlik jamiyatining ustav fondini tashkil etadi. Ustav fondi asosida aksiyalar chiqariladi va taqsimlanadi. Ferma rentabelli ishlagan taqdirda jamiyat aʼzolari — muassislar dividendlar olishadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Aksionerlik jamiyatlarida (fermalarda) ehtiyojni hisobga olgan holda koshar-brigadalar, qoʻzilarni soʻyish, terilarga dastlabki ishlov berish va qoʻylar junini olish punktlari, qoʻylarni ozuqa va suv bilan taʼminlash boʻlinmalari mavjud boʻladi. Ushbu boʻlinmalarning xodimlari ham mazkur fermaning aksionyerlari hisoblanishadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Fermalar jamoalariga mulk qilib berilayotgan mol-mulkni baholashda mavjud barcha passivlar (xoʻjalikning qarzlari) chorva mollarining har bosh mol hisobidagi qiymatiga qoʻshiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Fermalarni mulk qilib berish dalolatnomasini tuzish chogʻida, har 100 bosh mol hisobiga toʻgʻri keladigan yaylovlar miqdorini, yaylovlar oborotini va choʻpon brigadalarini joylashtirishning qaror topgan tartibini hisobga olgan holda, fermalarga yer maydonlarini biriktirish toʻgʻrisidagi dalolatnoma ham tuziladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
XIZMAT KOʻRSATUVChI KOOPERATIVLAR
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Mol-mulkning (asosiy va aylanma fondlarining) bir qismi, yaʼni fermalar va sobiq xoʻjaliklarning ishlab chiqarish-texnika xizmati koʻrsatish obyektlari negizida yopiq turdagi aksionerlik jamiyatlar tomonidan xizmatlar koʻrsatishga — zooveterinariya va texnika yordami berishga, qoʻylarni sunʼiy qochirishga, qoʻylar junini olishga va terilarga dastlabki ishlov berishga, quduqlar va suvloqlarni tuzatishga ixtisoslashtirilgan kooperativlar tashkil etiladi. Kooperativning ustav fondi yopiq turdagi jamiyat aksionyerlari tomonidan mavjud mol-mulklar hisobiga shakllantiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Xizmat koʻrsatuvchi kooperativning mol-mulki, aksiyalarning taqsimlangan ulushiga muvofiq, aksionerlik fermalariga va kooperativ jamoasiga tegishli boʻladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Kooperativ aksionyerlarning maxsus qarorisiz faoliyat yoʻnalishini oʻzgartirish huquqiga ega emas, u aksionerlik fermalaraga koʻrsatiladigan xizmatlar turini kengaytirishi mumkin. Aʼzolardan biri kooperativdan chiqayotganda uning mol-mulk qiymatidagi ulushi aniqlanadi va kooperativning passivlari va aktivlarini hisobga olgan holda jamoa umumiy majlisi qaroriga binoan unga pul tovoni toʻlanadi yoki uni koʻpi bilan bir yil muddatda toʻlash tartibi belgilanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Fermalar (aksionerlik jamiyatlari) va kooperativlarning oʻzaro munosabatlari har yili tuziladigan shartnoma shartlariga binoan oʻrnatiladi. Kooperativning rentabelligini asossiz ravishda oshirish hollariga yoʻl qoʻymaslik hamda uning ferma ishlarining pirovard natijalaridan manfaatdorligini kuchaytirish maqsadida aksionerlik fermalari va kooperativ qoʻshma qaror bilan moddiy-texnika resurslariga va koʻrsatiladigan xizmatlarga oʻzaro maqbul narxlar va tariflar belgilashadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
AKSIONERLIK FERMALARI VA KOOPERATIVLAR UYuShMASI
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Aksionerlik fermalari va ularga xizmat koʻrsatuvchi kooperativlar tomonidan Aksionerlik jamiyatlari va kooperativlar uyushmasi taʼsis etiladi. Fermalar va kooperativlarning ishlab chiqarishni tashkil etish, zooveterinariya va naslchilik ishlarini yuritish, yaylovlarni yaxshilash va tiklash, moddiy-texnika taʼminoti va mahsulotlarni sotish muammolarini hal etish, banklar va moliya organlari bilan oʻzaro munosabatlar masalalaridagi faoliyatini muvofiqlashtirib borish uyushmaning asosiy vazifalari hisoblanadi. Ushbu funksiyalar aksionerlik fermalari va kooperativlar tomonidan uyushmalarga beriladi, u tegishli shartnomalar bilan belgilab qoʻyiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Uyushma xodimlari yollash tartibida ishlaydilar hamda aksionerlik fermalari va kooperativlarning ajratmalari, koʻrsatilgan xizmatlar uchun yigʻimlar hisobidan mablagʻ bilan taʼminlanadilar. Uyushma ishlariga taʼsis majlisida 3 yil muddatga saylanadigan boshqaruv rahbarlik qiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Belgilangan maqsadda foydalanish uchun maktablarni, bolalar bogʻchalarini, yaslilarni, feldsherlik-akusherlik punktlarini va boshqa ijtimoiy-madaniy-maishiy obyektlarni hokimliklar va tegishli idoralar balansiga berish xususiylashtirish shartlaridan biri hisoblanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
AKSIONERLIK JAMIYATLARI VA KOOPERATIVLARNING VILOYAT UYuShMASI
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Navoiyqorakoʻl” Navoiy viloyati ishlab chiqarish birlashmasi negizida qayd etilgan hamda boshqa tumanlarning aksionerlik fermalari va kooperativlari tomonidan aksionerlik jamiyatlari va kooperativlarning viloyat uyushmasi taʼsis etiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qorakoʻlchilik faoliyatini marketing, uslubiy va axborot bilan taʼminlash, mahsulotlarni sotish bozorlarini oʻrganish, xorijiy investitsiyalarni jalb etish, mahsulotlar eksportini kengaytirish, yangi ishchi oʻrinlari yaratish, qorakoʻlchilik fermalari va xizmat koʻrsatuvchi kooperativlarni moddiy-texnikaviy taʼminlashga koʻmaklashish uyushmaning asosiy vazifalari hisoblanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Viloyat uyushmasiga ushbu huquqlar va majburiyatlar aksionerlik jamiyatlari va kooperativlarning taʼsis majlisida beriladi.
Keyingi tahrirga qarang.