O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
NAVOIY VILOYATINING TOMDI VA UChQUDUQ TUMANLARI QORAKO‘LChILIK FERMALARINI XUSUSIYLAShTIRIShNI ChUQURLAShTIRISh ChORA-TADBIRLARI TO‘G‘RISIDA
Mazkur qaror O‘zbekistan Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 22-fevraldagi 87-sonli “O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining o‘z ahamiyatini yo‘qotgan ayrim qarorlarini o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblash to‘g‘risida (O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘z ahamiyatini yo‘qotgan qonunchilik hujjatlarini qayta ko‘rib chiqish tizimini joriy etish orqali mamlakatda ishbilarmonlik muhitini yaxshilash chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2020-yil 27-sentabrdagi PF-6075-son Farmoni)”gi qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan.
Cho‘l zonasi sharoitlarida qorako‘lchilik fermalarining bir me’yorda faoliyat ko‘rsatishini ta’minlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Oldingi tahrirga qarang.
(1, 2 va 3-bandlar O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1998-yil 13-iyundagi 250-son qaroriga muvofiq o‘z kuchini yo‘qotdi)
4. Qorako‘lchilik fermalarini va tashkil etilayotgan uyushmalarni davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash maqsadida:
1996 — 1998-yillarga Tomdi va Uchquduq tumanlarining yopiq turdagi qorako‘lchilik aksionerlik jamiyatlari uchun bir bosh qorako‘l qo‘yini boqish xarajatlariga tegishli ravishda yiliga 70 va 90 so‘m miqdorida dotatsiya belgilansin. Moliya vazirligi ikki hafta muddatda dotatsiyani to‘lash tartibini ishlab chiqsin. Ko‘rsatib o‘tilgan dotatsiyadan soliq olinmaydi va hisobga o‘tkazish bilan bog‘liq hisob-kitoblar amalga oshirilganligi uchun haq undirilmaydi;
xususiylashtirilgan fermalar va ularning uyushmalari 3 yilga yer solig‘i to‘lashdan ozod qilinsin;
qorako‘l qo‘ylarini boqish va fermalarni qishlovga tayyorlash uchun 1996-yilga Uchquduq tumani qorako‘lchilik fermalariga 150 tonna yonilg‘i-moylash materiallari va 1,5 ming tonna omixta yem, Tomdi tumani fermalariga 250 tonna yonilg‘i-moylash materiallari va 2,5 ming tonna omixta yem maqsadli ajratilsin.
5. Markaziy bank, “Paxta-bank” va “O‘zsanoatqurilishbank”ka kreditlardan foydalanganlik uchun qo‘shilgan 19,2 mln. so‘m miqdoridagi foizlarni belgilangan tartibda hisobdan chiqarish, shuningdek bank ssudalari bo‘yicha 109,8 mln. so‘m miqdoridagi muddati o‘tkazib yuborilgan va ilgari to‘lov muddati kechiktirilgan qarzlarning to‘lov muddatini 2000-yilgacha kechiktirish;
“Biznes-fond” va “Madad” agentligiga Tomdi va Uchquduq tumanlarining yangidan tashkil etilgan xususiylashtirish subyektlariga qorako‘lchilik mahsulotlarini qayta ishlash va xalq iste’mol mollari ishlab chiqarish uchun texnologiyalar va asbob-uskunalar xarid qilishga 3 yil muddatga imtiyozli kreditlar ajratish tavsiya etilsin.
6. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Bosh vazirning o‘rinbosarlari R.A. Giniyatullin, V.A. Chjen zimmasiga yuklansin.
Mazkur qarorning qanday bajarilayotganligi to‘g‘risida 1996-yil 10-oktabrgacha va 1997-yil 20-yanvargacha axborot berilsin.
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Toshkent sh.,
1996-yil 11-iyul,
246-son
Oldingi tahrirga qarang.
(2-ilova O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1998-yil 13-iyundagi 250-son qaroriga muvofiq o‘z kuchini yo‘qotdi)