O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida (O‘zbekiston Respublikasi PrezidentIning “Tashqi iqtisodiy faoliyatni amalga oshirishda mamuriy tartib-taomillarni yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2019-yil 23-apreldagi PQ-4297-son qarori)
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Tashqi iqtisodiy faoliyatni amalga oshirishda ma’muriy tartib-taomillarni yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2019-yil 23-apreldagi PQ-4297-son qaroriga muvofiq Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ilovaga muvofiq ayrim qarorlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilsin.
2. Vazirlik va idoralar o‘zlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni bir oy muddatda ushbu qarorga muvofiqlashtirsin.
3. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari E.M. G‘aniyev zimmasiga yuklansin
O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Toshkent sh.,
2019-yil 18-sentabr,
787-son
Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 18-sentabrdagi 787-son qaroriga
ILOVA
ILOVA
O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga kiritilayotgan o‘zgartirish va qo‘shimchalar
Oldingi tahrirga qarang.
(1-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 16-fevraldagi 75-sonli qaroriga asosan 2021-yil 1-maydan o‘z kuchini yo‘qotadi — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 17.02.2021-y., 09/21/75/0121-son)
2. Vazirlar Mahkamasining “Mahsulotlarni sertifikatlashtirish tartibotini soddalashtirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2004-yil 6-iyuldagi 318-son qaroriga (O‘zbekiston Respublikasi QHT, 2004-y., 27-son, 315-modda) 1-ilovada:
a) 7-band quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“7. Sanitariya-epidemiologiya xulosasini olish uchun ariza beruvchi davlat sanitariya nazoratining hududiy organiga qonunchilikda belgilangan tartibda tasdiqlangan shakldagi ariza bilan murojaat qiladi.
Oziq-ovqat ishlab chiqaruvchilar arizaga texnologik yo‘riqnoma va retseptura ilova qiladi”;
b) 14-bandga quyidagi mazmundagi uchinchi xatboshi qo‘shilsin:
“Aynan bir xil tovarlarga bir tashqi savdo shartnomasi (kontrakti) doirasida sanitariya-epidemiologiya xulosasi bir kalendar yilidan oshmagan muddatga bir marotaba beriladi”;
v) 19-bandda:
beshinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“Chetdan olib kelinayotgan mahsulotni sertifikatlashtirish uchun mahsulotni markirovka qilish namunasi (mahsulot to‘g‘risida axborot) taqdim etiladi.”;
oltinchi — to‘qqizinchi xatboshilar chiqarib tashlansin;
g) 20-banddagi:
“Sertifikatlashtirish maqsadida” so‘zlari “Ishlab chiqarilayotgan mahsulotni sertifikatlashtirish maqsadida” so‘zlari bilan almashtirilsin;
d) 21-bandda:
birinchi xatboshidagi “sertifikatlashtirish organi” so‘zlaridan keyin “ishlab chiqarilayotgan mahsulotni” so‘zlari qo‘shilsin;
ikkinchi xatboshidagi “sertifikatlashtirish organi” so‘zlaridan keyin “ishlab chiqarilayotgan mahsulotga” so‘zlari qo‘shilsin;
e) 24-bandning uchinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“Chetdan olib kelinayotgan mahsulotning zarur normativ hujjati yoki texnik tasnifnomalar mavjud bo‘lmasa, mazkur mahsulotni sertifikatlash mahsulotning ana shunday turlariga xos hujjatlar bo‘yicha amalga oshiriladi”;
j) 26-bandga quyidagi mazmundagi uchinchi xatboshi qo‘shilsin:
“Aynan bir xil tovarlarga bir tashqi savdo shartnomasi (kontrakti) doirasida muvofiqlik sertifikati bir kalendar yilidan oshmagan muddatga bir marotaba taqdim etiladi”.
Oldingi tahrirga qarang.
(3-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 21-maydagi 325-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 22.05.2025-y., 09/25/325/0460-son)
4. Vazirlar Mahkamasining 2011-yil 17-noyabrdagi 305-son qarori bilan tasdiqlangan “Bir darcha” tamoyili bo‘yicha eksportga yetkazib berishlar bilan bog‘liq tartibotlarni amalga oshirish mexanizmi to‘g‘risidagi vaqtinchalik nizomda:
a) 6-bandda:
“v” kichik bandining beshinchi xatboshi chiqarib tashlansin;
oltinchi xatboshi beshinchi xatboshi deb hisoblansin;
“g” kichik bandi quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“g) sanitariya-epidemiologiya xulosasini olish uchun (O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Davlat sanitariya-epidemiologiya nazorati markazi) sertifikatni rasmiylashtirish xizmatlari uchun to‘lovlar to‘g‘risidagi to‘lov hujjati”;
b) 11-bandning uchinchi xatboshiga “, o‘rov varag‘i bundan mustasno” so‘zlari qo‘shilsin.
Oldingi tahrirga qarang.
(5-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 4-oktabrdagi 630-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 08.10.2024-y., 09/24/630/0793-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(6-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 10-apreldagi 148-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 11.04.2023-y., 09/23/148/0205-son)
7. Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 18-sentabrdagi 742-son qarori bilan tasdiqlangan Davlat foydasiga voz kechish bojxona rejimiga joylashtirilgan tovarlarni davlat mulkini boshqarish bo‘yicha vakolatli organga topshirish tartibi to‘g‘risidagi nizomning 2-bandi oltinchi xatboshidagi “va o‘rov” so‘zlari chiqarib tashlansin.
Oldingi tahrirga qarang.
(8-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 27-dekabrdagi 774-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 27.12.2021-y., 09/21/774/1198-son)
9. Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi hududini o‘simliklar karantinidagi zararli organizmlardan himoya qilish va o‘simliklar karantini sohasida ruxsat berish tartib-taomillaridan o‘tish tartibi to‘g‘risidagi nizomlarni tasdiqlash haqida” 2018-yil 29-yanvardagi 65-son qarorida:
a) 1-ilovaning 29-bandi quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“29. O‘simliklar karantini nazoratidagi mahsulotlar tranzit tarzida O‘zbekiston Respublikasi hududidan yopiq yoki izotermik, tashishga yaroqli va plombalangan vagonlarda, avtofurgonlarda, avtorefrejerator yoki konteynerlarda Bojxona tranzit rejimi to‘g‘risidagi nizomga muvofiq hamda o‘simliklar karantini nazoratidagi mahsulotlarni ochmasdan transport birligiga dalolatnoma berilgandan so‘ng olib o‘tiladi.
O‘simliklar karantini nazoratidagi mahsulotlarni ochmasdan transport birligiga dalolatnoma berish uchun haq undirilmaydi.”;
b) 2-ilovada:
17-band quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“17. Karantin ruxsatnomasini berish yoki berishni rad etish to‘g‘risidagi qaror ariza beruvchilar tomonidan ariza Inspeksiyaga kelib tushgan kundan boshlab besh ish kuni davomida qabul qilinadi va bu haqidagi tegishli hujjatni ariza beruvchilarga berish (yuborish) yoki bunday hujjatni berish rad etilganligi to‘g‘risida Inspeksiya uni yozma shaklda, shu jumladan axborot tizimi orqali elektron shaklda xabardor qilishi shart”;
“Bajarish muddati” ustunining 2-bosqichidagi “Yetti ish kun davomida. Qaror qabul qilingan sanadan e’tiboran bir ish kunidan kechiktirmay” so‘zlari “Besh ish kun davomida” so‘zlari bilan almashtirilsin;
v) 3-ilovada:
9-bandning sakkizinchi xatboshidagi “kamida 30 kun avval” so‘zlari “oldin istalgan vaqtda” so‘zlari bilan almashtirilsin.
17-band quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“17. Fitosanitar sertifikatini berish yoki berishni rad etish to‘g‘risidagi qaror ariza beruvchilar tomonidan ariza kelib tushgan kundan boshlab besh ish kuni davomida qabul qilinadi va bu haqidagi tegishli hujjatni ariza beruvchilarga berish (yuborish) yoki bunday hujjatni berish rad etilganligi to‘g‘risida hududiy inspeksiya uni yozma shaklda, shu jumladan axborot tizimi orqali elektron shaklda xabardor qilishi shart.”;
“Bajarish muddati” ustunining 1-bosqichidagi “kamida 30 kun qolganda” so‘zlari “oldin istalgan vaqtda” so‘zlari bilan almashtirilsin;
“Bajarish muddati” ustunining 2-bosqichidagi “Yetti ish kun davomida. Qaror qabul qilingan sanadan e’tiboran bir ish kunidan kechiktirmay” so‘zlari “Besh ish kun davomida” so‘zlari bilan almashtirilsin.
(Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 19.09.2019-y., 09/19/787/3770-son; 17.02.2021-y., 09/21/75/0121-son; Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 27.12.2021-y., 09/21/774/1198-son; 11.04.2023-y., 09/23/148/0205-son; 08.10.2024-y., 09/24/630/0793-son; 22.05.2025-y., 09/25/325/0460-son)