17.09.2019 yildagi 777-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qarori
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent shahar yoʻlovchi tashish transporti tashkilotlarini moliyaviy sogʻlomlashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Shahar yoʻlovchilar transporti toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni va Vazirlar Mahkamasining “Umumiy foydalaniladigan transportda yoʻlovchi tashuvchilar faoliyatini hamda ularni moliyalashtirish tartibini takomillashtirish toʻgʻrisida” 2012-yil 17-sentabrdagi 273-son qaroriga muvofiq, shuningdek, Toshkent shahar yoʻlovchi tashish transporti tashkilotlarini moliyaviy sogʻlomlashtirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Toshkent shahar hokimligi, Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, “Oʻzbekiston temir yoʻllari” AJ va “Toshshahartransxizmat” AJning cheklangan tariflar boʻyicha yoʻlovchi tashish hisobidan yuzaga kelgan zararlarni qoplash toʻgʻrisidagi taklifiga rozilik berilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Toshshahartransxizmat” AJ avtobus saroylarining — 2018-yil IV choragi va 2019-yil I choragi boʻyicha 38 715 700 ming soʻm;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Toshkent metropoliteni” UKning — 2018-yil va 2019-yil I choragi boʻyicha 9 011 000 ming soʻm.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Toshkent shahar hokimligi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
a) “Toshshahartransxizmat” AJ avtobus saroylarida 2018-yil IV choragi va 2019-yil I choragi boʻyicha 38 715 700 ming soʻm miqdoridagi zararni quyidagi qoʻshimcha manbalar:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
27 771 650 ming soʻm — Oʻzbekiston Respublikasining respublika budjeti hisobidan;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
10 944 050 ming soʻm — Toshkent shahar mahalliy budjeti hisobidan;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
b) “Toshkent metropoliteni” UKning 2018-yil va 2019-yil I choragi boʻyicha 9 011 000 ming soʻm miqdoridagi zararni Oʻzbekiston Respublikasining respublika budjetining daromadlar rejasining orttirib bajarilgan qismi hisobidan qoplasin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. “Toshshahartransxizmat” AJ “Toshshahartransxizmat” AJ avtobus saroylarining 2018-yil IV choragi va 2019-yil I choragi boʻyicha zararlarni qoplash uchun ajratilayotgan 38 715 700 ming soʻm miqdoridagi mablagʻlar yetkazib beriladigan dizel yoqilgʻisi uchun “Oʻzbekneftegaz” AJ tashkilotlariga yoʻnaltirilishini taʼminlansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. “Toshkent metropoliteni” UK 2018-yil va 2019-yil I choragi boʻyicha zararlarni qoplash uchun ajratilayotgan 9 011 000 ming soʻm miqdoridagi mablagʻlar isteʼmol qilingan elektr energiyasi uchun qarzdorlikni qoplashga yoʻnaltirilishini taʼminlasin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Davlat aktivlarini boshqarish agentligi, Oʻzbekiston Respublikasi Transport vazirligi, Toshkent shahar hokimligi va “Oʻzbekiston temir yoʻllari” AJ Oʻzbekiston Respublikasi Monopoliyaga qarshi kurashish qoʻmitasi bilan birgalikda “Toshshahartransxizmat” AJ va “Toshkent metropoliteni” UKni moliyaviy sogʻlomlashtirish va ularning zararlarini kamaytirish boʻyicha amaliy choralar koʻrish toʻgʻrisida ikki oy muddatda Vazirlar Mahkamasiga taklif kiritsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi oʻrinbosari — transport vaziri A.J. Ramatov va Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari — moliya vaziri J.A. Qoʻchqorov zimmasiga yuklansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2019-yil 17-sentabr,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
777-son
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 18.09.2019-y., 09/19/777/3763-son)