07.09.2019 yilda ro‘yxatdan o‘tgan, ro‘yxat raqami 2464-2
ONLINE TRANSLATE
Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirining buyrugʻi, 07.09.2019 yilda ro‘yxatdan o‘tgan, ro‘yxat raqami 2464-2
Kuchga kirish sanasi
07.09.2019
Hujjat 07.09.2019 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
buyrugʻi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarni davlat reyestridan chiqarish toʻgʻrisida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2019-yil 7-sentabrda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 2464-2]
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarni davlat reyestridan chiqarish boʻyicha 2019-yil 5-sentabrdagi xulosaga muvofiq hamda Oʻzbekiston Respublikasining “Normativ-huquqiy hujjatlar toʻgʻrisida”gi Qonuni, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 13-apreldagi PQ-3666-son “Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi faoliyatini yanada takomillashtirishga doir tashkiliy chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1997-yil 9-oktabrdagi 469-son “Vazirliklar, davlat qoʻmitalari va idoralar meʼyoriy hujjatlarining qonuniyligini taʼminlash chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi hamda 2000-yil 19-maydagi 197-son “Vazirliklar, davlat qoʻmitalari va idoralarning meʼyoriy hujjatlarini qabul qilish tartibini takomillashtirish toʻgʻrisida”gi qarorlariga asosan, buyuraman:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. “Qishloq joylarda namunaviy loyihalar boʻyicha yakka tartibdagi uy-joylar qurish uchun tashqi muhandislik kommunikatsiyalariga ulanish imkoniyati boʻlgan sugʻorilmaydigan hamda unumdorligi past qishloq xoʻjaligi yer uchastkalarini aniqlash qoidalarini tasdiqlash toʻgʻrisida”gi qaror (roʻyxat raqami 2464, 2013-yil 3-iyun) Idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarning davlat reyestridan chiqarish yuzasidan Oʻzbekiston Respublikasi Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qoʻmitasining 2019-yil 27-avgustdagi 04-05-6463-son, Qishloq xoʻjaligi vazirligining 2019-yil 8-avgustdagi 02/027-1660-son, Suv xoʻjaligi vazirligining 2019-yil 5-avgustdagi 01/15-5737-son va Qurilish vazirligining 2019-yil 21-avgustdagi 6193/15-08-son xatlari maʼlumot uchun qabul qilinsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Quyidagilar Idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarning davlat reyestridan chiqarilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qoʻmitasi, Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi va Davlat arxitektura va qurilish qoʻmitasining 2013-yil 20-maydagi 10, 6/1, 2-son “Qishloq joylarda namunaviy loyihalar boʻyicha yakka tartibdagi uy-joylar qurish uchun tashqi muhandislik kommunikatsiyalariga ulanish imkoniyati boʻlgan sugʻorilmaydigan hamda unumdorligi past qishloq xoʻjaligi yer uchastkalarini aniqlash qoidalarini tasdiqlash toʻgʻrisida”gi qarori (roʻyxat raqami 2464, 2013-yil 3-iyun);
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qoʻmitasi, Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi va Davlat arxitektura va qurilish qoʻmitasining 2017-yil 20-iyuldagi 4, 38, 3-son “Qishloq joylarda namunaviy loyihalar boʻyicha yakka tartibdagi uy-joylar qurish uchun tashqi muhandislik kommunikatsiyalariga ulanish imkoniyati boʻlgan sugʻorilmaydigan hamda unumdorligi past qishloq xoʻjaligi yer uchastkalarini aniqlash qoidalarining 3-bandiga oʻzgartirish kiritish haqida”gi qarori (roʻyxat raqami 2464-1, 2017-yil 2-avgust).
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Mazkur buyruq davlat roʻyxatidan oʻtkazilsin va bu haqda Idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarning davlat reyestriga tegishli yozuv kiritilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Qonun hujjatlarini tahlil qilish va turkumlash boshqarmasi ushbu idoraviy normativ-huquqiy hujjatni “Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami” — “Sobraniye zakonodatelstva Respubliki Uzbekistan”da hamda Oʻzbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasida eʼlon qilinishini taʼminlasin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Mazkur buyruq rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazir R. DAVLETOV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2019-yil 7-sentabr,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
390-mh-son
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 07.09.2019-y., 10/19/2464-2/3707-son)