05.09.2019 yildagi 733-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat 06.09.2019 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qarori
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq xoʻjaligi vazirligi huzuridagi Urugʻchilikni rivojlantirish markazi faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Qishloq xoʻjaligi sohasida davlat boshqaruvi tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2019-yil 17-apreldagi PF-5708-son Farmoniga muvofiq mahsulot yetishtiruvchilarni qishloq xoʻjaligi ekinlari navlarining yuqori avlodli va sifatli urugʻliklari bilan yetarli miqdorda taʼminlash, urugʻchilikning milliy brendini yaratish, davlat-xususiy sheriklik shartlari asosida urugʻchilik klasterlarini tashkil etish, sohaga toʻgʻridan-toʻgʻri investitsiyalarni jalb etishni ragʻbatlantirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Qishloq xoʻjaligi sohasida davlat boshqaruvi tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2019-yil 17-apreldagi PF-5708-son Farmoniga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligi huzuridagi Urugʻchilikni rivojlantirish markazi va uning boʻlinmalari Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq xoʻjaligi vazirligi huzuridagi Urugʻchilikni rivojlantirish markazi etib qayta tashkil etilganligi maʼlumot uchun qabul qilinsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Quyidagilar:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq xoʻjaligi vazirligi huzuridagi Urugʻchilikni rivojlantirish markazining (keyingi oʻrinlarda Markaz deb ataladi) tuzilmasi 1-ilovaga muvofiq;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq xoʻjaligi vazirligi huzuridagi Urugʻchilikni rivojlantirish markazining Qoraqalpogʻiston Respublikasi va viloyatlar boshqarmalari tuzilmasi 2-ilovaga muvofiq;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasida qishloq xoʻjaligi ekinlari urugʻchiligi tizimini rivojlantirish boʻyicha 2019 ― 2021-yillarga moʻljallangan chora-tadbirlar rejasi 3-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi qishloq xoʻjaligi vaziriga zarur hollarda Markaz tuzilmasiga boshqaruv xodimlarining belgilangan cheklangan umumiy soni va mehnatga haq toʻlash fondi doirasida oʻzgartirishlar kiritish huquqi berilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Quyidagilar Markazning asosiy vazifalari etib belgilansin:
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
xalqaro meʼyorlarga mos holdagi “Milliy urugʻchilik siyosati”ni ishlab chiqish, urugʻchilikni rivojlantirishning qisqa va uzoq muddatli strategiyasini ishlab chiqish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
davlat-xususiy sheriklik shartlari asosida urugʻchilik klasterlari, shu jumladan, kichik urugʻchilik tashkilotlarini tashkil etish, ularning faoliyatini qoʻllab-quvvatlash va rivojlantirish choralarini koʻrish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
jahon bozori konyunkturasini hisobga olgan holda respublika tuproq-iqlim sharoitlariga mos qishloq xoʻjaligi ekinlari turlari va navlarini aniqlab, hududlarni ixtisoslashtirish, ularning urugʻliklari va koʻchatlarini tayyorlash, foydalanish va eksport qilishning zamonaviy tizimini shakllantirish, “Uzbek seeds” milliy brendini yaratish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
mahalliy va xorijiy seleksiya navlari hamda biotexnologik va noanʼanaviy ekin turlari navlarining birlamchi urugʻchiligi hamda koʻchatchiligini tashkil etish va rivojlantirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qishloq xoʻjaligi ekinlari seleksiyasi va urugʻchiligi sohasida fan, taʼlim va ishlab chiqarishni integratsiyalashtirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
urugʻchilik boʻyicha xalqaro va milliy tashkilotlar bilan oʻzaro faol hamkorlik qilish, urugʻliklarni ekishdan oldin ishlov berish va qayta ishlashga oid innovatsion texnologiyalar, ushbu sohadagi nou-xaularni joriy etish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
sabzavot va polizchilikda mahalliy seleksiya navlarini tiklash hamda F1 duragay urugʻchiligini yoʻlga qoʻyish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
seleksiya va urugʻchilik sohasida faoliyat yurituvchi subyektlarning moddiy-texnika bazasini modernizatsiyalash, xorijiy investitsiyalar va davlat-xususiy sheriklik tizimi imkoniyatlarini jalb etgan holda resurs tejaydigan zamonaviy texnologiyalarni joriy qilish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Belgilansinki:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
elita-urugʻchilik xoʻjaliklarida yuqori reproduktiv (original, superelita va elita) urugʻliklarni yetishtirish nav originatorlari va ishlab chiqaruvchilar oʻrtasidagi shartnomalar asosida tashkil etiladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qishloq xoʻjaligi ekinlarining elita va keyingi avlodlarga mansub urugʻlik materiallarini yetishtirish huquqi urugʻlik yetishtiruvchi subyektlar oʻrtasida tanlov oʻtkazish orqali beriladi;
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
nav originatorlari va urugʻlik yetishtiruvchi subyektlarni ragʻbatlantirish hamda urugʻlik materiallari yetishtirish uchun tanlovni oʻtkazish amaldagi normativ-huquqiy hujjatlarga muvofiq amalga oshiriladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qishloq xoʻjaligi ekinlarining urugʻliklari va koʻchatlariga boʻlgan buyurtma hajmi har yili Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq xoʻjaligi vazirligi va “Oʻzbekoziqovqatxolding” xolding kompaniyasi tomonidan belgilanadi;
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Markaz va urugʻlik yetishtiruvchi subyektlar tomonidan urugʻlik materiallari tashqi bozorga “Uzbek seeds” milliy brendi ostida eksport qilinadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Markaz direktori, direktorning birinchi oʻrinbosari va oʻrinbosarlari Oʻzbekiston Respublikasi qishloq xoʻjaligi vaziri tomonidan belgilangan tartibda lavozimga tayinlanadi va lavozimidan ozod etiladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
davlat xaridlari uchun mahsulot yetishtiruvchi xoʻjalik subyektlariga lizing shartlari asosida qishloq xoʻjaligi texnikalarini sotish, mineral oʻgʻitlar, yoqilgʻi-moylash materiallari, oʻsimliklarni kimyoviy himoya qilish vositalarini va boshqa moddiy resurslarni yetkazib berishda nazarda tutilgan imtiyozlar Markazning hududiy boʻlinmalariga ham tatbiq etiladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
gʻoʻzaning birlamchi va elita urugʻchiligi laboratoriyalaridagi sinov namunalarining tola sifati Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Agrosanoat majmui ustidan nazorat qilish inspeksiyasining hududiy “Sifat” laboratoriyalarida bepul tahlil qilib beriladi;
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
urugʻchilik va koʻchatchilik subyektlarining ekin maydonlarida tuproq unumdorligini oshiruvchi qishloq xoʻjaligi ekinlarini almashlab ekish tizimiga qatʼiy rioya qilinadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Oʻzbekiston Respublikasi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi Tashqi ishlar vazirligi, Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Agrosanoat kompleksi va oziq-ovqat bilan taʼminlash sohasida loyihalarni amalga oshirish agentligi hamda Qishloq xoʻjaligi vazirligi bilan birgalikda:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2020-yilning ikkinchi yarmida “Uzbek seeds” milliy brendi savdo tarmogʻini, davlat-xususiy sheriklik shartlari asosida urugʻchilik klasterlari, shu jumladan, kichik urugʻchilik kompaniyalarini tashkil etish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qishloq xoʻjaligi ekinlarining birlamchi urugʻchiligi elita laboratoriyalarini mahsulotning sifat koʻrsatkichlarini aniqlovchi hamda urugʻlik materiallarini tayyorlovchi asbob-uskunalar bilan taʼminlash uchun Markazga xalqaro tashkilotlar va moliya institutlari, xorijiy hukumat tashkilotlarining investitsiyalari va grantlarini jalb etish choralarini koʻrsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Yaqin istiqbol va kelajakda qishloq xoʻjaligi boʻyicha shakllanadigan investitsiya loyihalarida, qoida tariqasida, seleksiya, urugʻchilik va koʻchatchilikni rivojlantirish komponentlari nazarda tutilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Markazning yuridik shaxs maqomiga ega boʻlmagan Urugʻchilikni rivojlantirish jamgʻarmasi (keyingi oʻrinlarda Jamgʻarma deb ataladi) tashkil etilsin va quyidagilar uni shakllantirish manbalari etib belgilansin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
navdor urugʻlar uchun toʻlanadigan ustama haqlardan olinadigan oʻtkazmalar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
koʻrsatilayotgan xizmatlardan, qishloq xoʻjaligi ekinlari urugʻlik materialini realizatsiya qilishdan, shu jumladan, uni eksport qilishdan olingan daromadlar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Markazning urugʻchilik klasterlaridagi ulushidan olingan dividendlar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Markazning boʻsh turgan mablagʻlarini tijorat banklari depozitlariga joylashtirishdan olinadigan daromadlar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
xalqaro tashkilotlar va moliya institutlari, xorijiy hukumat tashkilotlarining investitsiyalari va grantlari;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Belgilab qoʻyilsinki, Jamgʻarma mablagʻlari quyidagi maqsadlar uchun sarflanadi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
urugʻchilik sohasini barqaror rivojlantirishni taʼminlashga qaratilgan kompleks dasturlarni amalga oshirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Markaz huzuridagi elita urugʻchilik laboratoriyalarining moddiy-texnika bazasini mustahkamlash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qishloq xoʻjaligi ekinlari seleksiyasi va urugʻchiligi sohasiga xorijiy mutaxassislar va konsultantlarni jalb etish, shuningdek, Markaz xodimlari, elita urugʻchilik xoʻjaliklari mutaxassislarini tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qishloq xoʻjaligi ekinlari seleksiyasi va urugʻchiligi sohasida nou-xaularni joriy etish, shuningdek, sabzavot va poliz ekinlarining F1 duragay urugʻchiligini tashkil etish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
sabzavot, poliz, dukkakli, moyli va ozuqa ekinlari nav orginatorlari va mualliflarini qoʻllab-quvvatlash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Markazga yuklangan vazifalarni amalga oshirish bilan bogʻliq boshqa tadbirlar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar hokimliklari bir oy muddatda:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qishloq xoʻjaligi ekinlarining birlamchi urugʻchiligi va koʻchatchiligini tashkil etish uchun Markazga Qoraqalpogʻiston Respublikasi va viloyatlarda 300 gektardan sugʻoriladigan yer maydonlari ajratilishini;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qishloq xoʻjaligi mahsulotlari yetishtiruvchilarni urugʻlik materiallari bilan taʼminlash maqsadida tuman (shahar) markazlarida urugʻlik materiallarini realizatsiya qilish shoxobchalarini qurish uchun yer maydonlari ajratilishini yoxud Oʻzbekiston Respublikasi Davlat aktivlarini boshqarish agentligi bilan birgalikda foydalanilmayotgan bino va inshootlar nol balans qiymatida operativ boshqaruv huquqi bilan Markazga oʻtkazilishini taʼminlasin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. Oʻzbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligi Fanlar akademiyasi bilan birgalikda urugʻchilikdagi ilmiy ishlanmalarni rivojlantirish va mustahkamlash maqsadida har yili qishloq xoʻjaligi ekinlari seleksiyasi, urugʻchiligi va koʻchatchiligi boʻyicha dolzarb davlat ilmiy-texnik dasturlar loyihalari yuzasidan fundamental, amaliy va innovatsion loyihalar tanlovlarining eʼlon qilib borilishini hamda grantlar hisobiga moliyalashtirilishini taʼminlasin.
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bunda quyidagilar moliyalashtiriladigan fundamental, amaliy va innovatsion loyihalarning asosiy maqsadlari etib belgilansin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
jahon amaliyotida qoʻllanilayotgan zamonaviy usul va texnologiyalar asosida qishloq xoʻjaligi ekinlarining hosildorligi va sifat koʻrsatkichlari yuqori boʻlgan, iqlim oʻzgarishlari, qurgʻoqchilik va shoʻrga moslashgan, kasallik va zararkunandalarga bardoshli nav va duragaylari seleksiyasi hamda urugʻchiligi jarayonlarining barqaror rivojlanishini taʼminlash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
navlarning hosildorligi va urugʻliklarni koʻpayish koeffitsentini oshirish hisobiga nav almashtirish va yangilash muddatlarini jadallashtirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
nanotexnologiyalar, molekulyar genetika, biokimyo, biofizika va gen-muhandislik usullarini qoʻllashga asoslangan urugʻlik yetishtirishning zamonaviy texnologiyalarini joriy etish hisobiga urugʻlarning navdorlik va unuvchanlik xususiyatlarini yaxshilash, ekinlarning hosildorligini oshirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
urugʻlik yetishtiruvchi subyektlarning moddiy-texnika bazasini modernizatsiyalash, ularni zamonaviy qishloq xoʻjaligi texnikasi va agregatlari bilan jihozlash.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9. Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va sanoat vazirligi, Qishloq xoʻjaligi vazirligi, Innovatsion rivojlanish vazirligining 2020-2021 oʻquv yilidan boshlab Toshkent davlat agrar universiteti va uning filiallarida qishloq xoʻjaligi ekinlari navlarini sinash, urugʻchilik va urugʻshunoslik kafedrasini tashkil etish toʻgʻrisidagi taklifi maʼqullansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
10. Oʻzbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligi bir oy muddatda Vazirlik huzuridagi “Urugʻchilikni rivojlantirish markazi” davlat unitar korxonasiga qarashli va u tomonidan foydalanilayotgan binolar, inshootlar, transport vositalari va boshqa moddiy-texnik qimmatliklar Qishloq xoʻjaligi vazirligi huzurida qayta tashkil etilayotgan Markazga oʻtkazilishini taʼminlasin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Markaz Toshkent shahar, Yunusobod tumani, Namangan koʻchasi 70-uyda joylashtirilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
11. Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq xoʻjaligi vazirligi bir oy muddatda:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq xoʻjaligi vazirligi huzuridagi Urugʻchilikni rivojlantirish markazi ustavini;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq xoʻjaligi vazirligi huzuridagi Urugʻchilikni rivojlantirish markazining Urugʻchilikni rivojlantirish jamgʻarmasi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlasin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
boshqa manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda oʻzlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni ushbu qarorga muvofiqlashtirsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
12. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining agrar va oziq-ovqat sohalarini rivojlantirish masalalari boʻyicha maslahatchisi A.D. Vaxabov va Oʻzbekiston Respublikasi qishloq xoʻjaligi vaziri J.A. Xodjayev zimmasiga yuklansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2019-yil 5-sentabr,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
733-son
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 5-sentabrdagi 733-son qaroriga
1-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq xoʻjaligi vazirligi huzuridagi Urugʻchilikni rivojlantirish markazining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
TUZILMASI

Boshqaruv xodimlarining cheklangan soni — 36 nafar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Xizmat koʻrsatuvchi va texnik xodimlar soni belgilangan normativlarga muvofiq belgilanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 5-sentabrdagi 733-son qaroriga
2-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq xoʻjaligi vazirligi huzuridagi Urugʻchilikni rivojlantirish markazining Qoraqalpogʻiston Respublikasi va viloyatlar boshqarmalari
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
TUZILMASI
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Boshqaruv xodimlarining cheklangan soni — 12 nafar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Xizmat koʻrsatuvchi va texnik xodimlar soni belgilangan normativlarga muvofiq belgilanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 5-sentabrdagi 733-son qaroriga
3-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasida qishloq xoʻjaligi ekinlari urugʻchiligi tizimini rivojlantirish boʻyicha 2019 ― 2021-yillarga moʻljallangan
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
chora-tadbirlar rejasi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish

T/r

Tadbirlar nomi

Amalga oshirish mexanizmi

Ijro muddati

Masʼul ijrochilar

1.

Urugʻchilik sohasidagi zarur normativ-huquqiy hujjatlarni xalqaro standartlarga muvofiqlashtirish.

Urugʻchilik sohasidagi normativ-huquqiy hujjatlar xalqaro standartlarga muvofiqligini tahlil qilish asosida urugʻchilik sohasidagi normativ-huquqiy hujjatlarni xalqaro standartlarga muvofiqlashtirish.

2019-yil

noyabr

Qishloq xoʻjaligi vazirligi (Xodjayev),

“Oʻzstandart” agentligi (Sattarov),

Urugʻchilikni rivojlantirish markazi

(Namazov),

tegishli vazirliklar va idoralar

2.

Qishloq xoʻjaligi ekinlari navlari va duragaylarining birlamchi urugʻliklari va duragaylarini yetishtirish tizimini shakllantirish.

1. Qoraqalpogʻiston Respublikasi va viloyatlarning har birida 3 tadan ixtisoslashtirilgan elita urugʻchilik xoʻjaliklarini tashkil etish, ularning har biriga unumdor, suv bilan yaxshi taʼminlangan maydonlardan 100 gektardan yer ajratish hamda Urugʻchilikni rivojlantirish markazi (Markaz)ning hududiy boshqarmalari tasarrufiga oʻtkazish boʻyicha qarorlar qabul qilish.

2. Ixtisoslashtirilgan elita urugʻchiligi xoʻjaliklarining har birida 40 gektar maydonda urugʻlik paxta, 40 gektar maydonda urugʻlik gʻalla va 20 gektar maydonda boshqa qishloq xoʻjaligi ekinlarining superelita va elita urugʻliklarini yetishtirish.

2019-yil

noyabr

2020-yildan

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklari,

Qishloq xoʻjaligi vazirligi (Xodjayev),

tegishli vazirliklar va idoralar

3.

Urugʻchilik xoʻjaliklari oʻrtasida tender tanlovini oʻtkazish tartibini takomillashtirish.

Markaz va urugʻchilik subyektlari oʻrtasida shartnoma munosabatlarini shakllantirish.

1. Urugʻchilik xoʻjaliklari tanlovini oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi normativ-huquqiy hujjatlarni takomillashtirish.

2. Markaz va urugʻchilik subyektlari oʻrtasida urugʻlik materiallari yetishtirish boʻyicha shartnomalar tuzish tartibini ishlab chiqish.

2020-yil
iyul

Qishloq xoʻjaligi vazirligi (Xodjayev),

Urugʻchilikni rivojlantirish markazi (Namazov),

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklari

4.

Hududlarning tuproq-iqlim sharoitidan kelib chiqib qishloq xoʻjaligi ekinlarining bittadan navi boʻyicha urugʻlik maydonlarini joylashtirish va istiqbolli navlar urugʻini yetishtirishni tashkil etish hamda nav agrotexnikasini ishlab chiqish.

1. Amaldagi qoʻllanmalarga qatʼiy rioya etgan holda hududlarda ekinlarning bittadan navlari urugʻlarini yetishtirishni tashkil etish.

2. Istiqbolli deb topilgan va yangi navlarning ekin maydonlarini qabul qilingan sxemalar asosida bosqichma-bosqich kengaytirib borish.

3. Originatorlar bilan hamkorlikda qishloq xoʻjaligi ekinlari navlarining urugʻchilik maydonlari uchun ilmiy-asoslangan agrotexnikani ishlab chiqish hamda urugʻchilik xoʻjaliklarida unga qatʼiy rioya qilinishini taʼminlash.

2020-yildan

Qishloq xoʻjaligi vazirligi (Xodjayev),

tegishli vazirliklar va idoralar,

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklari

5.

Urugʻlik paxta xom ashyosi va urugʻlik donni qayta ishlash tizimini takomillashtirish.

1. “Oʻzpaxtasanoat” AJ va “Oʻzdonmahsulot” AKga qarashli tashkilotlarning urugʻlik sexlari va omborlarini belgilangan tartibda 10 yil muddatda boʻlib-boʻlib toʻlash sharti bilan Markazga sotish.

2. Urugʻlik paxta xom ashyosi va urugʻlik donni texnik paxta xom ashyosi va tovar dondan alohida qabul qilish, saqlash va qayta ishlash tizimini joriy qilish.

2020-yil
iyun

Qishloq xoʻjaligi vazirligi (Xodjayev),

Davlat aktivlarini boshqarish agentligi

(Xaydarov),

“Oʻzpaxtasanoat” AJ (Maqsudov), “Oʻzdonmahsulot” AK (Poʻlatov),

tegishli vazirliklar va idoralar

6.

Elita urugʻchilik laboratoriyalari va urugʻlik tayyorlash sexlarini modernizatsiya qilish boʻyicha takliflarni tayyorlash hamda tegishli tashkilotlarga taklif kiritish.

1. Elita urugʻchilik laboratoriyalari binolarini kapital taʼmirlash, yangilarini qurish, urugʻlik tayyorlash sexlarini modernizatsiyalash hamda qishloq xoʻjaligi texnika va agregatlarini xarid qilish boʻyicha takliflar tayyorlash.

2. Xalqaro standartlar talablariga javob beradigan zamonaviy markaziy sinov laboratoriyasini tashkil qilish uchun talab etiladigan mablagʻlar manbalarini aniqlash.

2020-yil

mart

Qishloq xoʻjaligi vazirligi (Xodjayev),

Moliya vazirligi (Tursunov),

Innovatsion rivojlanish vazirligi

(Abdurahmanov),

tegishli vazirliklar va idoralar

7.

Qishloq xoʻjaligi ekinlari kasalliklari va zararkunandalariga qarshi kurash ishlarini jadallashtirish, urugʻdorilagichlardan samarali foydalanish, ularni ishlatish meʼyorlari va tayyorlash texnologiyalariga qatʼiy rioya qilish.

1. Urugʻlik chigit va urugʻlik donni dorilashda zamonaviy texnologiyalar
va kimyoviy preparatlardan foydalanish boʻyicha ilmiy asoslangan tavsiyalarni ishlab chiqish va joriy etish.

2. Qishloq xoʻjaligi ekinlari kasalliklari va zararkunandalariga qarshi qoʻllaniladigan samarali urugʻdorilagichlarni yaratish va sinash ishlarini jadallashtirish.

3. Urugʻdorilagichlarni ishlatish meʼyorlari va tayyorlash texnologiyalariga qatʼiy rioya qilish.

2020-yil

iyun

Qishloq xoʻjaligi vazirligi (Xodjayev),

“Oʻzagrokimyohimoya” AJ (Isayev),

tegishli vazirliklar va idoralar

8.

Sabzavot, poliz, dukkakli don, moyli va ozuqa ekinlari navlari va duragay urugʻchiligi tizimini takomillashtirish, elita, yuqori reproduksiyali hamda duragay urugʻlarini yetishtirishni yoʻlga qoʻyish.

1. Sabzavot, poliz, dukkakli don, moyli va ozuqa ekinlariga boʻlgan talabdan kelib chiqib navlarning elita, yuqori reproduksiyali hamda duragay urugʻliklarini xalqaro standartlar talablari asosida yetishtirishga ixtisoslashgan urugʻchilik fermer xoʻjaliklarini tashkil etish, ichki ehtiyojni taʼminlash va eksportga chiqarishni oshirish.

2. Sabzavot, poliz, dukkakli don, moyli va ozuqa ekinlari navlarining original va elita urugʻliklarini yetishtirish usullarini takomillashtirish, urugʻliklarni tayyorlashda innovatsion va ilgʻor xorijiy texnologiyalarni tatbiq qilish.

2020-yildan

Qishloq xoʻjaligi vazirligi (Xodjayev),

tegishli vazirliklar va idoralar,
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklari

9.

Seleksiya va urugʻchilik sohasida yuqori malakali kadrlarni tayyorlash va qayta tayyorlash, olim va mutaxassislarga shart-sharoitlar yaratish va ularni ragʻbatlantirish, urugʻchilik sohasida halqaro tashkilotlar bilan hamkorlik aloqalarini oʻrnatish.

1. Elita xoʻjaliklari, urugʻchi va urugʻshunos mutaxassislarning malakasi, kasb mahorati va ular tomonidan yetishtirilgan mahsulot sifatiga qarab moddiy ragʻbatlantirish choralarini koʻrish.

2. Urugʻchilik sohasiga yosh kadrlar va mutaxassislarni jalb qilish, ularni mahalliy va xalqaro institutlarning grant mablagʻlari hisobiga xorijiy mamlakatlarda malaka oshirishini tashkil etish.

3. Urugʻchilik sohasi rivojlangan mamlakatlar ilmiy muassasalari va tashkilotlari bilan hamkorlik oʻrnatish.

2020-yildan

Qishloq xoʻjaligi vazirligi (Xodjayev),

Innovatsion rivojlanish vazirligi (Abduraxmonov),

tegishli vazirliklar va idoralar

10.

Urugʻchilik boʻyicha halqaro tashkilotlarga (ISTA, OECD. ISF, IPPC va h.k.) bosqichma-bosqich aʼzo boʻlish, urugʻchilik sohasida faoliyat yuritayotgan yirik xorijiy tashkilotlar bilan hamkorlikni kuchaytirish.

1. Urugʻchilik boʻyicha halqaro urugʻchilik tashkilotlari bilan aloqa oʻrnatish va ularga aʼzo boʻlish boʻyicha takliflar tayyorlash.

2019-yil oktabr

Qishloq xoʻjaligi vazirligi (Xodjayev),
Tashqi ishlar vazirligi (Komilov),

Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi (Umurzoqov),

Urugʻchilikni rivojlantirish markazi

(Namazov),

tegishli vazirliklar va idoralar

11.

Urugʻlik yetishtirish, isteʼmolchilarga yetkazish, import va eksport bilan shugʻullanuvchi xususiy firma hamda korxonalar ishini muvofiqlashtirish.

1. Xususiy urugʻchilik firma va korxonalari bilan qonunda belgilangan tartibda oʻzaro hamkorlikni oʻrnatish.

2. Urugʻliklarni eksport qilish mexanizmlarini ishlab chiqish, xalqaro bozorga “Uzbek seeds” milliy brendi ostida urugʻliklarni eksport qilish choralarini belgilash.

2020-yil

avgust

Qishloq xoʻjaligi vazirligi (Xodjayev),
Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi
(Umurzoqov),

Intellektual mulk agentligi (Fayzullayev),

tegishli vazirliklar va idoralar

Keyingi tahrirga qarang.
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 06.09.2019-y., 09/19/733/3695-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 28.08.2021-y., 09/21/545/0832-son, 22.12.2021-y., 09/21/766/1182-son; 09.06.2022-y., 09/22/320/0505-son; 13.12.2023-y., 09/23/653/0931-son; 15.02.2025-y., 09/25/67/0145-son; 02.04.2025-y., 09/25/197/0299-son)