05.09.2019 yildagi 732-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qarori
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbek milliy maqom san’ati markazi huzuridagi Marg‘ilon shahar musiqali maqom teatri faoliyatini tashkil etish to‘g‘risida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Milliy maqom san’atining tarixiy, zamonaviy ijro an’analari, noyob san’at namunalarini teatr san’ati orqali keng targ‘ib qilish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi, Davlat aktivlarini boshqarish agentligi, O‘zbek milliy maqom san’ati markazi va Farg‘ona viloyati hokimligining:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Farg‘ona viloyati madaniyat boshqarmasi huzuridagi namunali maqom ansambli negizida O‘zbek milliy maqom san’ati markazi huzuridagi Marg‘ilon shahar musiqali maqom teatrini (keyingi o‘rinlarda maqom teatri deb ataladi) davlat muassasasi shaklida tashkil etish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Marg‘ilon shahar, Burhoniddin Marg‘iloniy ko‘chasi, 45-uy manzilida joylashgan binoni tegishli hududi bilan birgalikda maqom teatriga operativ boshqaruv huquqi asosida tekin berish to‘g‘risidagi taklifi ma’qullansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Quyidagilar maqom teatrining asosiy vazifalari etib belgilansin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
badiiy jihatdan yuksak asarlarni sahnalashtirish, teatrlashtirilgan tomosha va konsert dasturlari orqali maqom san’atini targ‘ib qilish, shuningdek, qiziqchilik va askiya san’atining sahnaviy syujetlarini rivojlantirish va takomillashtirish, yuqori malakali maqom va teatr san’ati ijodkorlarining imkoniyatlarini namoyish etish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
maqom ijrochiligi yo‘nalishida ustoz-shogird an’analarini rivojlantirish, iste’dodli yoshlarni tarbiyalash, ularning ijodiy salohiyatini oshirishga ko‘maklashish, aktyorlik mahorati va maqom san’ati ijrochiligi bo‘yicha maqom, teatr va san’at muassasalarining ijodiy xodimlari hamda oliy ta’lim muassasalari talabalarining maqom teatri yo‘nalishida amaliyot o‘tashlarini tashkil etish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
xorijiy davlat bilan o‘zaro manfaatli hamkorlikni amalga oshirish, chet eldan malakali mutaxassislarni jalb etgan holda trening, mahorat darslari, maqom teatri san’ati bilan bog‘liq o‘quv-tajriba mashg‘ulotlari hamda maxsus loyihalarni amalga oshirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
mamlakatimizda va xorijiy davlatlarda gastrol faoliyatini amalga oshirish, festival, ko‘rik-tanlov, maqom kechalari, uchrashuvlar, ijodiy kechalar, qiziqchilik va askiya tomoshalari hamda boshqa tomosha tadbirlarini tashkil etish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. O‘zbek milliy maqom san’ati markazi huzuridagi Marg‘ilon shahar musiqali maqom teatri davlat muassasasining shtatlari ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Belgilansinki, maqom teatri faoliyatini moliyalashtirish Vazirlar Mahkamasining “Davlat teatrlari va konsert-tomosha muassasalari faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2019-yil 18-apreldagi 329-son qaroriga muvofiq amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
bir oy muddatda maqom teatri ustavi ishlab chiqilishini va belgilangan tartibda davlat ro‘yxatidan o‘tkazilishini;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
maqom teatrini doimiy ravishda malakali kadrlar bilan ta’minlab borish hamda maqom teatrining samarali faoliyat yuritishini tashkil etishni;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
respublika davlat teatrlarining malakali mutaxassislarini jalb qilgan holda maqom teatri ijodkorlariga aktyorlik mahorati va sahna harakati bo‘yicha maxsus mahorat darslari o‘tkazilishini ta’minlasin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Farg‘ona viloyati hokimligi maqom teatriga 1 ta yengil xizmat avtotransport vositasi va 1 ta avtobus xarid qilish uchun hamda teatrni jihozlash uchun Farg‘ona viloyati hokimligi mahalliy budjetining qo‘shimcha manbalari hisobidan mablag‘ ajratsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi maqom teatri faoliyatini moliyalashtirish uchun zarur mablag‘lar 2019-yil uchun O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjeti parametrlarida nazarda tutilgan mablag‘lar doirasida ajratilishini, shuningdek, 2020-yildan boshlab zarur mablag‘lar O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjeti parametrlarini shakllantirishda nazarda tutilishini ta’minlasin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekistonda teatr va musiqa san’atini yanada rivojlantirishni qo‘llab-quvvatlash va rag‘batlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Farmonni amalga oshirish masalalari haqida” 1995-yil 28-oktabrdagi 415-son qaroriga 1-ilovaning “Farg‘ona viloyati” kichik bo‘limiga “O‘zbek milliy maqom san’ati markazi huzuridagi Marg‘ilon shahar musiqali maqom teatri davlat muassasasi” so‘zlari qo‘shilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9. O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda o‘zlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni bir oy muddatda ushbu qarorga muvofiqlashtirsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
10. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi madaniyat vaziri B.S. Sayfullayev, Farg‘ona viloyati hokimi Sh.M. G‘aniyev zimmasiga hamda Vazirlar Mahkamasining Yoshlar siyosati, madaniyat, ma’naviyat, ommaviy axborot vositalari, ijodiy va jamoat tashkilotlari masalalari kotibiyatiga yuklansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2019-yil 5-sentabr,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
732-son
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 5-sentabrdagi 732-son qaroriga
ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbek milliy maqom san’ati markazi huzuridagi Marg‘ilon shahar musiqali maqom teatri davlat muassasasining

Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
SHTATLARI
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish

T/r

Tarkibiy bo‘linmalar va lavozimlarning nomi

Shtat birligining soni

I. Ma’muriy boshqaruv xodimlari

1.

Direktor

1

2.

Direktor o‘rinbosari

1

3.

Bosh muhandis

1

4.

Bosh buxgalter

1

5.

Omborxona mudiri

1

6.

Chiptalar byurosi mudiri

1

Jami

6

II. Badiiy boshqaruv xodimlari

7.

Bosh rejissyor

1

8.

Bosh rassom

1

9.

Badiiy sahnalashtirish bo‘limi mudiri

1

10.

Musiqa bo‘limi mudiri

1

11.

Adabiy bo‘lim mudiri

1

12.

Truppa rahbari

1

Jami

6

III. Badiiy xodimlar

13.

Sahnalashtiruvchi rejissyor

1

14.

Sahnalashtiruvchi rassom

1

15.

Xormeyster

1

16.

Baletmeyster

1

17.

Vokal bo‘yicha repetitor

1

18.

Ovoz rejissyori

1

19.

Ovoz operatori

1

20.

Rejissyor yordamchisi

1

21.

Chiroq bo‘yicha rassom

1

Jami

9

IV. Ijodiy xodimlar

22.

Artist-maqomchi

15

23.

Artist-sozanda

15

24.

Artist-vokalist

10

25.

Xor artisti

10

26.

Balet artisti

10

27.

Drama artisti

10

Jami

70

V. Mutaxassislar

28.

Yuriskonsult

0,5

29.

Kadrlar bo‘yicha inspektor

1

30.

Buxgalter

1

31.

Muhandis-mexanik

1

32.

Mehnat muhofazasi va texnika xavfsizligi bo‘yicha muhandis

1

33.

Ma’mur

1

Jami

5,5

VI. Texnik va xizmat ko‘rsatuvchi xodimlar

34.

Chiroq yorituvchi

1

35.

Butafor

1

36.

Dekorator

1

37.

Sahna mashinisti

3

38.

Sahna montirovshigi

1

39.

Pardoz ustasi

1

40.

Rekvizitor

1

41.

Liboschi

1

42.

Chipta kassiri

1

43.

Chipta nazoratchisi

1

44.

Tomosha zali nazoratchisi

1

45.

Tikuvchi

2

46.

Kiyim bichuvchi

0,5

47.

Musiqa asboblarini ta’mirlovchi-sozlovchi

1

48.

Yordamchi ishchi

1

49.

Ish yurituvchi

1

Jami

18,5

Umumiy soni

115

Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Izoh. Ushbu shtat birligida nazarda tutilmagan texnik va xizmat ko‘rsatuvchi xodimlar belgilangan normativlarga muvofiq aniqlanadi.
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi madaniyat vaziri zarur hollarda, Marg‘ilon shahar musiqali maqom teatri shtat birliklariga xodimlarning belgilangan umumiy cheklangan soni doirasida o‘zgartirishlar kiritishi mumkin.
(izoh O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 20-dekabrdagi 862-sonli qaroriga asosan xatboshi bilan to‘ldirilgan)
(Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 06.09.2019-y., 09/19/732/3692-son)