Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
Vazirlar Mahkamasining “Respublikada termitlarga qarshi kurashish ishlarini jadallashtirish va ularning zararini bartaraf qilish toʻgʻrisida” 2012-yil 2-fevraldagi 27-son qaroriga oʻzgartirishlar va qoʻshimcha kiritish haqida
Mazkur qaror Oʻzbekistan Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 16-noyabrdagi 605-sonli “Respublika termitlarga qarshi kurashish markazi faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Aholi turar joylarida, ijtimoiy-iqtisodiy soha obyektlarida, madaniy-tarixiy obidalarda, strategik ahamiyatga ega boʻlgan bino va inshootlarda hamda respublikaning barcha hududlarida termitlarning tarqalishiga qarshi kurashish ishlarini takomillashtirish, ular yetkazadigan zararning va favqulodda holatlarning oldini olish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
2. Vazirliklar va idoralar oʻzlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni bir oy muddatda ushbu qarorga muvofiqlashtirsinlar.
3. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi oʻrinbosari — transport vaziri A.J. Ramatov zimmasiga va Vazirlar Mahkamasining Telekommunikatsiyalar, IT-texnologiyalar va innovatsion faoliyatni rivojlantirish, axborot xavfsizligini taʼminlash masalalari kotibiyatiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Toshkent sh.,
2019-yil 4-sentabr,
725-son
Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 4-sentabrdagi 725-son qaroriga
ILOVA
ILOVA
Vazirlar Mahkamasining “Respublikada termitlarga qarshi kurashish ishlarini jadallashtirish va ularning zararini bartaraf qilish toʻgʻrisida” 2012-yil 2-fevraldagi 27-son qaroriga kiritilayotgan oʻzgartirishlar va qoʻshimcha
1. 2-bandda:
a) toʻrtinchi xatboshidagi “Qoraqalpogʻiston Respublikasi va viloyatlar oʻsimliklarni himoya qilish markazlari” soʻzlari “Oʻzagrokimyohimoya” AJning Qoraqalpogʻiston Respublikasi va viloyatlar “Agrokimyohimoya” hududiy aksiyadorlik jamiyatlari” soʻzlari bilan almashtirilsin;
b) quyidagi mazmundagi beshinchi xatboshi qoʻshilsin:
“jismoniy va yuridik shaxslar bilan shartnoma asosida termitlarga qarshi kurashish ishlarini amalga oshirish”;
v) beshinchi va oltinchi xatboshilar tegishlicha oltinchi va yettinchi xatboshilar deb hisoblansin;
g) oltinchi xatboshidagi “Qoraqalpogʻiston Respublikasi va viloyatlar oʻsimliklarni himoya qilish markazlariga” soʻzlari “Oʻzagrokimyohimoya” AJning Qoraqalpogʻiston Respublikasi va viloyatlar “Agrokimyohimoya” hududiy aksiyadorlik jamiyatlariga” soʻzlari bilan almashtirilsin.
2. 5-bandda:
a) ikkinchi xatboshidagi “Qoraqalpogʻiston Respublikasi va viloyatlar oʻsimliklarni himoya qilish markazlari” soʻzlari “Oʻzagrokimyohimoya” AJning Qoraqalpogʻiston Respublikasi va viloyatlar “Agrokimyohimoya” hududiy aksiyadorlik jamiyatlari” soʻzlari bilan almashtirilsin;
b) toʻrtinchi xatboshidagi “oʻsimliklarni himoya qilish markazlari” soʻzlari “Oʻzagrokimyohimoya” AJning Qoraqalpogʻiston Respublikasi va viloyatlar “Agrokimyohimoya” hududiy aksiyadorlik jamiyatlari” soʻzlari bilan almashtirilsin.
3. 6-banddagi “Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Fan va texnologiyalarni rivojlantirishni muvofiqlashtirish qoʻmitasi” soʻzlari “Oʻzbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligi” soʻzlari bilan almashtirilsin.
4. 7-band quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“7. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari:
Markaz tomonidan termitlarning tabiiy oʻchoqlari boʻlgan va qurilish uchun xavfli deb belgilangan hududlarda termitlar bartaraf etilmagunga qadar qurilish uchun yer maydonlari ajratilishini taqiqlasinlar;
tegishli hududda termitlar tarqalishining oldini olish va ularga qarshi kurashish tadbirlari tegishlicha Qoraqalpogʻiston Respublikasi budjeti, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklarining mahalliy budjetlari mablagʻlari doirasida moliyalashtirilishini taʼminlasinlar”.
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 05.09.2019-y., 09/19/725/3689-son)