3-ILOVA
|
Chora-tadbirlar |
Amalga oshirish mexanizmi |
Ijro muddati |
Masʼul ijrochilar | |
|
1. |
Oʻzbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligi huzuridagi Yoshlar akademiyasi (keyingi oʻrinlarda — Yoshlar akademiyasi) nizomini ishlab chiqish va tasdiqlash. Nizomda shu jumladan: nomzodlarni tanlab olish va aʼzolikka qabul qilish mezonlarni aniq koʻrsatib oʻtish; Yoshlar akademiyasining Vasiylik kengashi faoliyatini samarali yoʻlga qoʻyish. |
Buyruq loyihasini ishlab chiqish va uni tasdiqlash. |
2019-yil |
Innovatsion rivojlanish vazirligi |
|
2. |
Oʻzbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligi huzurida Yoshlar akademiyasining Iqtidorli yoshlarni qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi (keyingi oʻrinlarda — Jamgʻarma) faoliyatini samarali tashkil etish. |
1. Jamgʻarma toʻgʻrisida nizomni ishlab chiqish va tasdiqlash. 2. Jamgʻarmani Oʻzbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligi markaziy tuzilmasi binosida joylashtirish. |
2019-yil |
Innovatsion rivojlanish vazirligi |
|
3. |
Jamgʻarmaga tegishli manbalardan mablagʻlarni uzluksiz kelishini taʼminlash. |
1. Innovatsion faoliyatni qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmalarini tashkil etgan xoʻjalik boshqaruvi organlari va davlat ulushi mavjud korxonalar roʻyxatini mazkur qaror talablaridan kelib chiqib shakllantirish va tasdiqlash. 2. Tasdiqlangan roʻyxatni tegishli xoʻjalik boshqaruvi organlari va davlat ulushi mavjud korxonalarga yuborish. 3. Xoʻjalik boshqaruvi organlari va davlat ulushi mavjud korxonalarning Innovatsion faoliyatni qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmalari sof foydasining 10 foizi miqdoridagi ajratmalarni doimiy ravishda Jamgʻarma hisobiga oʻtkazish. |
2019-yil |
Innovatsionrivojlanishvazirligi xoʻjalik boshqaruvi organlari va davlat ulushi mavjud korxonalar |
|
Har yil davomida | ||||
|
4. |
Oʻzbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligining markaziy apparati tuzilmasida Iqtidorli yoshlar bilan ishlash boshqarmasini (keyingi oʻrinlarda — Boshqarma) tashkil etish va uning faoliyatini yoʻlga qoʻyish. |
1. Boshqarmani yuqori malakali mutaxassislar bilan toʻldirish. 2. Boshqarmani 2019-yil yakuniga qadar boʻlgan ish rejasini tasdiqlash. 3. Boshqarma ishini doimiy ravishda tahlil qilib borish, uning faoliyati samaradorligini oshirish boʻyicha zarur choralarni koʻrish. |
2019-yil |
Innovatsion |
|
5. |
Yoshlar akademiyasi faoliyatiga hamda akademiya aʼzoligiga qabul qilish shartlariga doir materiallarni ommaviy axborot vositalari orqali yoritish ishlarini tashkil etish. |
1. Yoshlar akademiyasi faoliyatini ommaviy axborot vositalarida keng yoritish, teleradiokanallarda intellektual yoʻnalishdagi teleradiodasturlarni tashkil etish va efirga uzatish boʻyicha media-rejani ishlab chiqish va tasdiqlash. 2. Vazirlik va idoralar, xoʻjalik boshqaruvi organlari, ilmiy-tadqiqot va taʼlim muassasalari bilan hamkorlikda yoshlarni ijodiy, intellektual va tadbirkorlik salohiyatini oshirish boʻyicha uchrashuvlar tashkil etish. 3. Yoshlar akademiyasi faoliyati boʻyicha maqolalar chop etish, reklama roliklari, tematik koʻrsatuvlar va eshittirishlar tayyorlash va efirga uzatish. |
2019-yil |
Oʻzbekiston milliy teleradiokompaniyasi |
|
6. |
Iqtidorli yoshlarni Yoshlar akademiyasi faoliyatiga maqsadli jalb etish. |
1. Iqtidorli yoshlar va talabalar, 40 yoshgacha boʻlgan olimlar va tadbirkorlardan tashkil topgan jamoalarni saralash boʻyicha tanlov eʼlon qilish va oʻtkazish. 2. Iqtidorli va tashabbuskor yoshlar boʻyicha yagona maʼlumotlar bazasini shakllantirish. |
2020-yil |
Innovatsion rivojlanish vazirligi
|
|
7. |
Yoshlar akademiyasi aʼzolari uchun zamonaviy infratuzilmaga ega sharoitlar yaratish hamda ularning intellektual va tadbirkorlik salohiyatini oshirish. |
1. Innovatsion rivojlanish vazirligi huzuridagi Innovatsion ishlanmalarni joriy etish ilmiy-amaliy markazi, Ilgʻor texnologiyalar markazi va “Yashnobod” innovatsion texnoparkining binolari, laboratoriyalari, akseleratori va kovorking markazlarini Yoshlar akademiyasiga bepul foydalanishga berish boʻyicha tashkiliy-amaliy choralarni koʻrish. 2. Tanlov natijalariga koʻra Yoshlar akademiyasining aʼzolarini “Gʻoyalar generatorlari”, “Startaplar”, “Biznes vakillari” va “Boʻlajak akademiklar” platformalariga biriktirish. |
2020-yil |
Innovatsion rivojlanish vazirligi |
|
8. |
Yoshlar akademiyasi faoliyati doirasida mamlakatimiz kelajagi uchun muhim ahamiyatga ega boʻlgan sunʼiy intellekt, qayta tiklanuvchi energiya manbalari, robototexnika va mexatronika, farmatsevtika, biotexnologiya, dasturlash, sanoat dizayni, 3D modellash va boshqa istiqbolli yoʻnalishlarda amaliy, innovatsion va startap loyihalarni amalga oshirish. |
Xoʻjalik boshqaruvi organlari va davlat ulushi mavjud korxonalarning ishlab chiqarish sohasida innovatsiyalarni keng targʻib qilish va yuqori texnologiyalarni jalb qilish maqsadida Yoshlar akademiyasi bilan yaqindan hamkorlik qilish boʻyicha memorandumlarni tuzish. |
2019-2020 |
Innovatsion rivojlanish vazirligi |
|
9. |
Toshkent viloyati Nurafshon shahrida barpo etilayotgan “aqlli shahar” hududida zamonaviy infratuzilmaga ega kichik va ixcham “Science Park” (Saynspark) tashkil etish boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritish. |
Tashkiliy-amaliy choralar. |
2020-yil |
Innovatsion rivojlanish vazirligi |
|
10. |
Oʻzbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasi tomonidan Yoshlar akademiyasi aʼzolariga biznesni tashkil etish va rivojlantirish, shu jumladan, biznes-rejalar va taʼsis hujjatlarini tayyorlash, sugʻurta, buxgalteriya, hisobot berish, biznes sheriklarni, mini-texnologiyalar va uskunalarni topish bilan bogʻliq xizmatlarini tashkil etish boʻyicha mahorat darslarini tashkil etish. |
1. Yoshlar akademiyasi aʼzolarining roʻyxatini va oʻquv rejasini shakllantirish (yoʻnalishlar boʻyicha) va Oʻzbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasiga taqdim etish. |
2020-yil |
Innovatsion rivojlanish vazirligi |
|
2. Oʻzbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasi masʼul xodimlarini jalb etgan holda mahorat darslarini tashkil qilish. |
Reja asosida | |||
|
11. |
Iqtisodiyotning real sektori tashkilotlari faoliyatiga innovatsiyalarni keng joriy etish choralarini koʻrish. |
Iqtisodiyotning real sektori tashkilotlarining muammolarini oʻrganish va ularning yechimiga qaratilgan takliflarni ishlab chiqish. |
2020-yil |
Iqtisodiyot va sanoat vazirligi (B. Xodjayev), |
|
12. |
Yoshlar akademiyasi aʼzolarining ilmiy-ijodiy salohiyatini roʻyobga chiqarish, ularni qoʻllab-quvvatlash va ragʻbatlantirishga yoʻnaltirilgan tadbirlarni amalga oshirish. |
1. Davlat ilmiy-texnika dasturlari doirasida yosh olimlar ilmiy-texnik loyihalari tanlovini oʻtkazish. 2. Yoshlar akademiyasining Iqtidorli yoshlarni qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi, “Yoshlar-kelajagimiz” Davlat dasturi asosida ajratilgan mablagʻlar hamda boshqa manbalar hisobidan Yoshlar akademiyasi aʼzolarining loyihalarini moliyalashtirish. 3. Yoshlar akademiyasi aʼzolari tomonidan innovatsion, amaliy va startap loyihalarni amalga oshirish yuzasidan mahorat darslarini tashkil etish. 4. Yoshlar akademiyasiga xorijiy va mahalliy yetakchi olimlar, mutaxassislar hamda vatandoshlarni jalb qilish. 5. Yoshlar akademiyasining iqtidorli va faol aʼzolarini aniqlash va ragʻbatlantirib borish. |
2020-yil davomida |
Innovatsion rivojlanish vazirligi |
|
13. |
“Innoweek” innovatsion gʻoyalar haftaligi doirasida Yoshlar akademiyasi aʼzolarining ishlanmalari va mahsulotlari koʻrgazmasini, shuningdek, “Yosh akademiklar forumini” tashkil qilish. |
1. Yoshlar akademiyasi aʼzolarining ishlanmalari va mahsulotlarini tanlab olish va koʻrgazmaga tayyorlash. 2. Koʻrgazma va forumni tashkil qilishda zamonaviy texnologiyalar, shu jumladan “sunʼiy intellekt”dan foydalanish. 3. Chet eldagi yosh olimlar, akademiklar va innovatorlarni koʻrgazmaga hamda forumga taklif etish. |
Tadbir doirasida |
Innovatsion rivojlanish vazirligi |
|
14. |
Yoshlarni aniq fanlar boʻyicha bilimlarini yanada kuchaytirish hamda mamlakatimizning xalqaro hamjamiyatda nufuzini oshirish maqsadida Islom Hamkorlik Tashkilotiga aʼzo mamlakatlar oʻrtasida “International Robotics Challenge” xalqaro robototexnika tanlovini yuqori saviyada tashkil qilish. |
1. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi farmoyishi loyihasini ishlab chiqish va kiritish. 2. Xalqaro robototexnika tanlovini oʻtkazish boʻyicha dasturini shakllantirish, shu jumladan chet eldan tashrif buyuradigan mehmonlar roʻyxatini tuzish. 3. Xalqaro robototexnika tanlovini yuqori saviyada oʻtkazish va uni milliy va xorijiy ommaviy axborot vositalari orqali keng yoritish, shuningdek, mazkur jarayonga Oʻzbekistonning chet eldagi diplomatik vakolatxonalarining faol ishtirokini taʼminlash. |
2019-yil |
Innovatsion rivojlanish vazirligi |
|
15. |
Yoshlar akademiyasining xalqaro aloqalarini rivojlantirish. |
Xalqaro va mahalliy darajada eʼtirof etilgan tashkilotlar, universitetlar, ilmiy markazlar bilan yaqindan aloqalar oʻrnatish, ularning olimlari va mutaxassislari ishtirokida mahorat darslari, treninglar, shuningdek, dolzarb ilmiy-innovatsion yoʻnalishlar boʻyicha konferensiyalar, seminarlar va tanlovlar oʻtkazish boʻyicha rejani ishlab chiqish va tasdiqlash. |
Rejani tasdiqlash — 2019-yil |
Innovatsion rivojlanish vazirligi |
|
Tadbirlarni oʻtkazish — reja asosida | ||||
|
16. |
Yoshlar akademiyasi aʼzolarining malakasini oshirish va xorijiy stajirovkalarga yuborish. |
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Mutaxassislarni xorijda tayyorlash va vatandoshlar bilan muloqot qilish boʻyicha “El-yurt umidi” jamgʻarmasi va Innovatsion rivojlanish va novatorlik gʻoyalarini qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi mablagʻlari doirasida Yoshlar akademiyasi aʼzolarining rivojlangan xorijiy mamlakatlarning nufuzli ilmiy markazlari, universitetlari, texnoparklari va ishlab chiqarish korxonalarida malakasini oshirish va ularni xorijiy stajirovkalarga yuborish boʻyicha rejani ishlab chiqish va tasdiqlash. |
Rejani tasdiqlash — 2020-yil |
Innovatsion rivojlanish vazirligi |
|
Tadbirlarni oʻtkazish — reja asosida | ||||
|
17. |
Yoshlar akademiyasini joylashtirish, uning moddiy-texnik bazasini mustahkamlash boʻyicha tegishli choralarni koʻrish. |
Buyruq loyihasini ishlab chiqish va uni tasdiqlash. |
2019-yil |
Innovatsion rivojlanish vazirligi |
|
18. |
Yoshlarni Oʻzbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligi huzuridagi “Yoshlar akademiyasi” faoliyatiga 2019-2020-yillarda jalb etish boʻyicha “Yoʻl xarita”da koʻrsatilgan chora-tadbirlarning ijrosini oʻz vaqtida va sifatli bajarish. |
Buyruq loyihasini ishlab chiqish va uni tasdiqlash. |
2019-yil |
Innovatsion rivojlanish vazirligi |