Hujjat kuchini yo‘qotgan 24.08.2022 30.08.2019 yilda ro‘yxatdan o‘tgan, ro‘yxat raqami 3179
ONLINE TRANSLATE
Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokurorining buyrugʻi, 30.08.2019 yilda ro‘yxatdan o‘tgan, ro‘yxat raqami 3179
Kuchga kirish sanasi
30.08.2019
Hujjat kuchini yo‘qotgan 24.08.2022
Hujjat 29.04.2020 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokurorining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
buyrugʻi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi Akademiyasi magistraturasiga qabul qilish va oʻqitishni tashkil etish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2019-yil 30-avgustda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 3179]
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
 LexUZ sharhi
Mazkur buyruq Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokurorining 2022-yil 13-avgustdagi 270-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi Akademiyasi magistraturasiga qabul qilish va oʻqitishni tashkil etish toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi buyrugʻiga (roʻyxat raqami 3381, 24.08.2022-y.) asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasining “Prokuratura toʻgʻrisida”gi Qonuni, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 8-maydagi PF-5438-son “Prokuratura organlari kadrlarini tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Farmoniga muvofiq buyuraman:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi Akademiyasi magistraturasiga qabul qilish va oʻqitishni tashkil etish tartibi toʻgʻrisidagi nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Mazkur buyruq rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bosh prokuror N. YOʻLDOShEV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2019-yil 23-avgust,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
217-son
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokurorining 2019-yil 23-avgustdagi 217-son buyrugʻiga
ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi Akademiyasi magistraturasiga qabul qilish va oʻqitishni tashkil etish tartibi toʻgʻrisidagi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
NIZOM
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Mazkur Nizom Oʻzbekiston Respublikasining “Prokuratura toʻgʻrisida”gi Qonuni, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 8-maydagi PF-5438-son “Prokuratura organlari kadrlarini tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Farmoniga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi Akademiyasi (bundan buyon matnda Akademiya deb yuritiladi) magistraturasiga qabul qilish va oʻqitishni tashkil etish tartibini belgilaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1-bob. Umumiy qoidalar
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Akademiya magistraturasiga (bundan buyon matnda magistratura deb yuritiladi) oʻqishga qabul qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi hamda Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi tomonidan tasdiqlanadigan qabul kvotalariga muvofiq amalga oshiriladi.
(1-band Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokurorining 2020-yil 17-apreldagi 220-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3179-1, 29.04.2020-y.) tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 29.04.2020-y., 10/20/3179-1/0524-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Magistraturaga quyidagi shaxslar tanlov asosida qabul qilinadilar:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Yurisprudensiya” taʼlim yoʻnalishi boʻyicha tayanch oliy yuridik maʼlumotga ega boʻlgan fuqarolar (bundan buyon matnda tashqi nomzodlar deb yuritiladi);
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Yurisprudensiya” taʼlim yoʻnalishi boʻyicha tayanch oliy yuridik maʼlumotga ega boʻlgan prokuratura organlarining xodimlari (shu jumladan, amaldagi kadrlar zaxirasidagi xodimlari), shuningdek boshqa taʼlim yoʻnalishlari boʻyicha oliy maʼlumotga va bevosita prokuratura organlarida kamida 5 yillik mehnat stajiga ega boʻlgan prokuratura organlari xodimlari (bundan buyon matnda ichki nomzodlar deb yuritiladi).
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Ushbu Nizomda quyidagi asosiy tushunchalardan foydalaniladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Akademiya qabul komissiyasi — magistraturaga oʻqishga qabul qilish boʻyicha tanlovni oʻtkazish, nomzodlardan hujjatlarni qabul qilish va ularga konsultatsiyalar berish hamda boshqa tashkiliy masalalarni hal etish uchun har yili Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokurori oʻrinbosari buyrugʻi bilan Akademiya boshligʻi raisligida tashkil etiladigan komissiya;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
apellatsiya komissiyasi — imtihon natijalari boʻyicha nomzodlarning shikoyatlarini koʻrib chiqish uchun maxsus komissiya faoliyatida ishtirok etmagan shaxslar orasidan Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokurori buyrugʻi bilan tashkil etiladigan komissiya;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
maxsus komissiya — yozma imtihon javoblari xolis tekshirilishi va baholanishi uchun har yili Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokurori oʻrinbosari buyrugʻi bilan tashkil etiladigan komissiya;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
suhbat boʻyicha komissiya — nomzodlar bilan suhbat oʻtkazish uchun har yili Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokurori oʻrinbosari buyrugʻi bilan 11 — 13 nafar aʼzolardan iborat tarkibda tashkil etiladigan komissiya;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ekspert guruhi — imtihon savollari va vazifalarini tuzish maqsadida Akademiya xodimlari va tegishli sohaning malakali mutaxassislaridan iborat tarkibda Akademiya boshligʻi tomonidan tashkil etiladigan guruh.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ushbu bandda qayd etilgan komissiyalar faoliyatiga Akademiya va prokuratura organlari xodimlari, shuningdek boshqa tashkilot va taʼlim muassasalari vakillari, tegishli fanlar boʻyicha ekspertlar jalb qilinishi (shu jumladan shartnoma asosida) mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Akademiya qabul komissiyasining joriy ishlari Akademiya qabul komissiyasi masʼul kotibi (bundan buyon matnda masʼul kotib deb yuritiladi) tomonidan tashkil etiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Akademiya qabul komissiyasi faoliyatida uning uch va undan ortiq aʼzolari hamda komissiya raisi ishtirok etganda vakolatli hisoblanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Magistratura bitiruvchilariga tegishli mutaxassisliklar boʻyicha davlat namunasidagi diplom va “huquq magistri” darajasi beriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Magistraturada oʻqish muddati bir yil.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. Magistraturaga oʻqishga qabul qilingan prokuratura organlari xodimlarining egallab turgan lavozimi va oʻrtacha oylik ish haqi oʻqish davri mobaynida saqlab qolinadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. Magistraturaga kirish uchun hujjatlar har yili 10-iyundan 10-avgustga qadar qabul qilinadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9. Magistraturaga oʻqishga qabul qilish nomzodlar uchun teng huquqlilik, qabulning yagona qoidalari va tanlov asosida amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Tasdiqlangan kvotalar doirasida kirish imtihonlarida eng yuqori ball toʻplagan nomzodlar davlat grantlari boʻyicha birinchi navbatda, qolganlar reyting ballari asosida toʻlov-kontrakt asosida magistraturaga oʻqishga qabul qilinadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toʻlov-kontrakt asosida oʻqitishning toʻlov miqdorini belgilash bir talabani oʻqitish bilan bogʻliq asoslangan xarajatlar miqdoridan kelib chiqib Akademiya tomonidan amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
10. Kirish imtihonlari yozma imtihon va suhbat shaklida oʻtkaziladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Kirish imtihonlari har yili, qoida tariqasida, avgust oyida, bir hafta muddatda, magistraturada oʻqitiladigan tilda oʻtkaziladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
11. Yozma imtihon mutaxassislik fanlari va chet tili boʻyicha oʻtkaziladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Yozma imtihon nomzodlarning mutaxassislik fanlari boʻyicha tahlil, huquqiy manbalar bilan mustaqil ishlash hamda huquqiy masalalar boʻyicha xulosalarni bayon etish borasida qobiliyatlarini, shuningdek chet tillarini bilishning tegishli darajasini aniqlashga qaratilgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
12. Suhbat nomzodlarning:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
yurisprudensiya sohasida professional bilim darajasi va koʻnikmalarini, xususan nazariy bilim va amaliy koʻnikmalarini mustahkamlash, huquqiy manbalar bilan ishlash, normativ-huquqiy hujjatlarni sharhlash va qoʻllash, aniq huquqiy qaror qabul qilish uchun mavjud dalil va holatlarni yuridik jihatdan toʻgʻri baholash qobiliyatini aniqlashga;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ilmiy-tadqiqot olib borish, xususan tahlil qilish, fikrlash, yurisprudensiyaga oid muammolarni aniqlay olish, ilmiy-tadqiqot faoliyatini olib borish, asosiy ilmiy tushunchalar va ilmiy-tadqiqot ishlari usullarini tushunish qobiliyatini baholashga;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
salohiyat darajasini, xususan muammolarni hal qilishga noanʼanaviy yondashuvni qoʻllashi, oʻz ustida ishlashi va malakasini oshirishga boʻlgan intilishini aniqlashga qaratilgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
13. Magistraturaga qabul qilishni tashkil etish ushbu Nizomning ilovasiga muvofiq sxema boʻyicha amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2-bob. Hujjatlarni qabul qilish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
14. Akademiya qabul komissiyasi tomonidan har yili 10-maydan boshlab oʻqishga qabul qilish muddatlari, mutaxassislik nomlari, qabul kvotalari toʻgʻrisidagi maʼlumotlar Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi va Akademiyaning rasmiy veb-saytlarida joylashtirilishi hamda ommaviy axborot vositalarida eʼlon qilinishi taʼminlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
15. Magistraturaga oʻqishga qabul qilish uchun nomzodlar tomonidan Akademiya qabul komissiyasi raisi nomiga ariza topshiriladi. Arizaga quyidagi hujjatlar ilova qilinadi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
soʻrovnoma;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tarjimai hol;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
pasport yoki uning oʻrnini bosuvchi hujjat nusxasi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3,5 x 4,5 sm oʻlchamli 4 dona rangli fotosurat;
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
oliy maʼlumot toʻgʻrisidagi diplom (ilovasi bilan) yoki diplomdan koʻchirma (Oʻzbekiston Respublikasi oliy taʼlim muassasalarini davlat granti boʻyicha oʻqib tugatganlar uchun);
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
chet tilini bilish darajasini tasdiqlovchi belgilangan darajadagi milliy yoki xalqaro sertifikatlarning asl nusxasi (mavjud boʻlganda);
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ichki nomzod uchun, bundan tashqari, bevosita rahbari tomonidan yozilgan tavsiyanoma.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Mazkur bandda qayd etilgan hujjatlar ariza bilan birga nomzod tomonidan Akademiya qabul komissiyasi aʼzosi — tegishli prokuratura organlarining kadrlar tarmoqlariga topshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
16. Akademiya qabul komissiyasi tomonidan belgilanadigan tartibda nomzodlar tomonidan hujjatlar elektron shaklda Internet xalqaro axborot tarmogʻi orqali ham taqdim etilishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
17. Nomzodlar maʼlumoti, chet tilini bilish darajasi, ish tajribasi va kasb malakasiga oid qoʻshimcha maʼlumotlarni taqdim etishlari mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
18. Nomzodlar tomonidan hujjatlar toʻliq taqdim etilgandan soʻng, ularga shu kunning oʻzida hujjatlar qabul qilinganligi toʻgʻrisida Akademiya qabul komissiyasi aʼzosi — tegishli prokuratura organining kadrlar tarmogʻi tomonidan bildirishnoma beriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
19. Hujjatlar belgilangan muddatda toʻliq taqdim etilmagan taqdirda, nomzodga kamchiliklarni bartaraf etish va hujjatlarni qabul qilishning belgilangan muddati tugagunga qadar ularni takroran taqdim etish imkoniyati beriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatlarni qabul qilishning belgilangan muddati tugagandan soʻng ularga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish taqiqlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
20. Nomzodlarning arizalari raqamlangan va muhrlangan kitobda roʻyxatga olinadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
21. Ichki nomzodlarning nazariy bilim va amaliy salohiyati darajasi, shuningdek ilmiy-tadqiqot faoliyati bilan shugʻullanish uchun zarur boʻlgan qobiliyat va koʻnikmalarga ega ekanligini aniqlash maqsadida ular xizmat olib borayotgan joydagi qonun hujjatlarida belgilangan tartibda tashkil etiladigan prokuratura organlarining attestatsiya komissiyasi tomonidan suhbat oʻtkaziladi va ichki nomzodlarga oid hujjatlar oʻrganiladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
22. Ichki nomzodlar bilan oʻtkazilgan suhbat hamda ularga oid hujjatlarni oʻrganish natijasiga koʻra, attestatsiya komissiyasi tomonidan quyidagi qarorlardan biri qabul qilinadi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ichki nomzodni magistratura kirish imtihonlarida ishtirok etishga tavsiya etish toʻgʻrisida;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ichki nomzodni magistratura kirish imtihonlarida ishtirok etishga tavsiya etishni rad qilish toʻgʻrisida.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
23. Attestatsiya komissiyalari tomonidan kirish imtihonlarida ishtirok etishi tavsiya etilayotgan ichki nomzodlar roʻyxati, ularning arizalari va ichki nomzodning bevosita rahbari tomonidan yozilgan tavsiyanoma attestatsiya komissiyasi qaroriga ilova qilingan holda Akademiya qabul komissiyasiga yuboriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
24. Ichki nomzodlar roʻyxatini shakllantirish, attestatsiya komissiyalarida koʻrib chiqish, ularning hujjatlarini Akademiya qabul komissiyasiga yuborish magistraturaga kirish uchun hujjatlarni qabul qilish muddati tugaguniga qadar amalga oshirilishi lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3-bob. Kirish imtihonlarini oʻtkazish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1-§. Umumiy qoidalar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
25. Kirish imtihonlarini ushbu Nizomga qatʼiy rioya qilgan holda tashkil etish Akademiya qabul komissiyasiga yuklatiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
26. Masʼul kotib kirish imtihonlarini oʻtkazish sanasini belgilash hamda unda ishtirok etish huquqiga ega boʻlgan nomzodlar roʻyxatini tasdiqlash toʻgʻrisida Akademiya qabul komissiyasi raisiga taqdimnoma kiritadi va bu haqda Akademiya qabul komissiyasi raisining buyrugʻi qabul qilinadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
27. Kirish imtihonlariga kiritilgan fanlar dasturi, qoida tariqasida, imtihon boshlanishidan bir oy oldin Akademiya rasmiy veb-saytida joylashtiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
28. Kirish imtihonlari boshlangunga qadar Akademiya qabul komissiyasi raisi tomonidan tasdiqlanadigan jadvalga muvofiq konsultatsiyalar tashkil etiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
29. Kirish imtihonlarini oʻtkazish jarayoni videotasvirga olinadi, undan nusxa koʻchirish taqiqlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
30. Kirish imtihonlari oʻtkaziladigan binoda kirish imtihonlari materiallarini tarqatish, yigʻib olish va saqlash uchun imtihon vaqtida seyflar bilan jihozlangan maxsus xona-shtab tayyorlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
31. Kirish imtihonlari oʻtkaziladigan bino va auditoriyalarda ularni oʻtkazish uchun sanitariya va yongʻin xavfsizligi qoidalariga toʻliq javob beradigan zarur texnik, tibbiy va maishiy sharoitlar yaratiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
32. Kirish imtihonlari Akademiya qabul komissiyasi va (yoki) u tomonidan belgilangan boshqa vakolatli tashkilot tomonidan oʻtkaziladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Akademiya qabul komissiyasi raisi tomonidan komissiya aʼzolari, Akademiyaning boshqa xodimlari va kelishuv asosida jamoatchilik vakillari auditoriyalarga masʼul (auditoriya kuzatuvchisi) etib jalb qilinadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Akademiya qabul komissiyasi qaroriga asosan kirish imtihonlarini oʻtkazish jarayoni Akademiya rasmiy veb-saytida toʻgʻridan toʻgʻri namoyish etib borilishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
33. Magistraturaning barcha mutaxassisliklari boʻyicha kirish imtihonlari topshiriqlari ekspert guruhi tomonidan mutaxassislik fanlari va chet tillari boʻyicha savollar va vazifalar shaklida tuziladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
34. Ekspert guruhi tomonidan kirish imtihonlari savollari va vazifalarini tuzishda quyidagi talablarga alohida eʼtibor qaratiladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
a) mutaxassislik fanlari boʻyicha:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
nomzodlarda tahliliy fikrlash darajasini, huquqiy manbalar bilan mustaqil ishlash, shuningdek huquqiy masalalar boʻyicha xulosalarni bayon etish qobiliyatini aniqlashga qaratilishi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tegishli fan oʻquv dasturiga, shuningdek tegishli sohada qabul qilingan normativ-huquqiy hujjatlarga muvofiqligi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
mamlakatda oʻtkazilayotgan islohotlarning maqsad va vazifalarini aks ettirishi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
loʻnda, oddiy va ravon tilda bayon etilishi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
foydalanilgan tushuncha va atamalarni turlicha izohlash imkoniyatini istisno etishi, shuningdek ularning qonun hujjatlarida va fanda qabul qilingan maʼnosiga muvofiq yagona shaklda qoʻllanilishi;
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
umumqabul qilingan grammatik, orfografik, punktuatsiya qoidalariga muvofiq rasmiy til uslublari va yuridik terminologiyadan foydalangan holda tuzilishi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
b) chet tillari boʻyicha:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
nomzodlarning matn va atamalarni tushunish va ulardan foydalana olish darajasini aniqlashga qaratilishi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qisqa, aniq va tushunarli til bilan ifodalanishi va V2 darajasiga muvofiqligi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
umumqabul qilingan grammatik, orfografik va punktuatsiya qoidalariga muvofiqligi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
35. Kirish imtihonlari savollari va vazifalarining sifati hamda toʻgʻri tuzilganligi boʻyicha masʼuliyat ekspert guruhi rahbariga yuklanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
36. Chet tilidan kirish imtihonlari savollari va vazifalari ingliz, nemis, fransuz yoki Akademiya qabul komissiyasi qaroriga koʻra, nomzodning xohishini inobatga olib, boshqa tilda ham tuzilishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
37. Ekspert guruhi tomonidan biletlar shaklida tuzilgan kirish imtihonlari savollari va vazifalari masʼul kotibga saqlash uchun topshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
38. Kirish imtihonlarini oʻtkazish vaqti va joyi toʻgʻrisidagi maʼlumotlar Akademiya qabul komissiyasi tomonidan kirish imtihonlari boshlanishidan kamida bir hafta oldin nomzodlar eʼtiboriga yetkazilishi lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
39. Kirish imtihonlarini topshirish uchun nomzodlar shaxsini tasdiqlovchi hujjat bilan belgilangan vaqt va joyga kelishlari lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Belgilangan vaqtdan kech qolgan nomzodlar imtihonga kiritilmaydi, shuningdek kelmagan nomzodlar uchun qoʻshimcha imtihon oʻtkazilmaydi va bunday nomzodlarga tegishli imtihon uchun “0” ball qoʻyiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
40. Kirish imtihonlarini topshirish uchun nomzodlar mutaxassisliklar boʻyicha guruhlarga boʻlinadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
41. Imtihon kuni auditoriyaga oʻquv adabiyoti, lugʻat, maʼlumotnoma, jadval, konspekt, yozuv daftari, qogʻoz yoki elektron shakldagi shpargalkalar, normativ-huquqiy hujjatlar, aloqa vositalari, audio, foto va video yozish qurilmalarini olib kirish hamda ulardan foydalanish, shuningdek imtihon savollari va vazifalari yuzasidan nomzodlarning oʻzaro suhbatlashishi taqiqlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
42. Nomzodlarning kirish imtihonlari davomida auditoriyadan chiqishi taqiqlanadi. Sogʻligʻining yomonlashishi va boshqa zarur holatlarda nomzodlarga imtihon materiallarini qoldirib, kuzatuv ostida auditoriyadan chiqishga ruxsat beriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
43. Kirish imtihonlarini oʻtkazishning belgilangan tartibini buzgan nomzod kirish imtihonlaridan chetlashtiriladi, bunda auditoriya kuzatuvchisi tomonidan dalolatnoma rasmiylashtirilib, ushbu nomzodning imtihon javoblari baholanmaydi hamda u imtihonda ishtirok etmagan hisoblanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
44. Kirish imtihonlari oʻtkazilayotgan vaqtda begona shaxslarning kirish imtihonlari oʻtkaziladigan binoga (auditoriyaga) kirishi taqiqlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
45. Kirish imtihonlari uchun maksimal ball 250 ballni tashkil etadi, ushbu ballar quyidagilardan tashkil topadi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
mutaxassislik fanlari boʻyicha yozma imtihon — 0 balldan 100 ballgacha;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
suhbat — 0 balldan 100 ballgacha.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bunda har bir javob 100 ballik tizimda baholanib, ushbu ballar qoʻshiladi hamda savollar va vazifalar soniga boʻlinadi, hosil boʻlgan qiymat tegishincha imtihon va suhbatdan olingan yakuniy ball hisoblanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
chet tili boʻyicha yozma imtihon — 0 balldan 50 ballgacha.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
46. Kirish imtihonlari natijalari Akademiya qabul komissiyasi tomonidan tasdiqlanadigan baholash mezonlariga muvofiq baholanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
47. Kirish imtihonlari natijalari Akademiya qabul komissiyasi tomonidan Akademiya rasmiy veb-saytida darhol eʼlon qilinadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2-§. Yozma imtihonni oʻtkazish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
48. Yozma imtihon mutaxassislik fanlari va chet tilidan oʻtkaziladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
49. Ekspert guruhi tomonidan yozma imtihonni oʻtkazish uchun mutaxassislik fanlari va chet tili boʻyicha savol va vazifalar tuziladi. Bunda mutaxassislik fanlaridan yozma ish, qoida tariqasida, 3 ta savol va vazifadan, chet tili — 30 ta savol va vazifadan iborat boʻladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
50. Shakllantirilgan yozma ish biletlari konvertlarga solinadi, ular oʻz navbatida tegishli mutaxassisliklar boʻyicha auditoriyalar sonini hisobga olgan holda alohida paketlarga solinadi. Konvertlar va paketlar Akademiya qabul komissiyasining muhri bilan tasdiqlanadi va shtabda saqlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
51. Auditoriya kuzatuvchilari nomzodlar guvohligida yozma ish biletlari solingan konvertlar muhrlanganligiga ishonch hosil qilgach, ularni ochadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Auditoriya kuzatuvchilari yozma ish biletlariga javob yozish uchun moʻljallangan qatʼiy hisobda turuvchi raqamlanib muhrlangan daftarlarni tartib bilan tarqatadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bunda daftarlarning varaqlari almashtirish imkonini istisno qiladigan tarzda Akademiya qabul komissiyasi muhri va komissiya raisining imzosi bilan tasdiqlangan boʻlishi lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
52. Auditoriya kuzatuvchilari nomzodlarga daftar muqovasida oʻz familiyasi, ismi, otasining ismini koʻrsatishi, daftar varaqlarini buklamaslik, farq qiluvchi belgilar qoʻymaslik, yozuvlar tagiga chizmaslik, javoblarni belgilashda koʻk havorang sharikli ruchkadan boshqa ruchkadan foydalanmaslik haqida tushuntirish berishi, shuningdek ushbu talablarni buzish yozma imtihon oʻtkazish tartibini buzish deb hisoblanishi haqida ularni ogohlantirishi lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
53. Yozma ishni yozishga, qoida tariqasida, toʻrt soat vaqt beriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
54. Yozma ish yakunlangach, auditoriya kuzatuvchilari har bir daftarning muqovasi va birinchi varagʻiga maxsus shifrlar qoʻyib, daftarlar muqovasini yirtib oladi va daftarlar solingan qutilarni, shuningdek muhrlanib, imzolangan konvertga solingan daftarlar muqovalarini masʼul kotibga topshiradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
55. Yozma ishlarni tekshirish va baholash maqsadida imtihon yakunlangan kunning oʻzida maxsus komissiya tashkil etiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
56. Maxsus komissiya aʼzolari tomonidan yozma ishlarni tekshirish va baholash uchun ajratilgan xonaga uyali telefonlar, boshqa aloqa va telekommunikatsiya vositalarini olib kirish taqiqlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Yozma ishlarni tekshirish jarayonini onlayn kuzatib borishni taʼminlash maqsadida mazkur jarayon Akademiya rasmiy veb-saytida toʻgʻridan toʻgʻri namoyish etib borilishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
57. Maxsus komissiya raisi daftarlar solingan qutilarni masʼul kotibdan qabul qilib olib, maxsus komissiya aʼzolari ishtirokida ochadi va daftarlarning muqovalari ajratilganligi va shifrlanganligini tekshiradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Muqovasi ajratilmagan, shifrlanmagan yoki nomzodning shaxsini aniqlash imkonini beruvchi boshqa belgilar mavjud boʻlgan daftarlar aniqlangan taqdirda, dalolatnoma tuziladi. Bunday ishlar tekshirilmaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
58. Yozma ish natijalari tegishli shifrlar bilan alohida qaydnomaga kiritiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Daftarlar va yozma ish natijalari qaydnomasi qutilarga solinadi hamda maxsus komissiya raisi tomonidan masʼul kotibga topshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
59. Yozma ish natijalari Akademiya qabul komissiyasining raisi tomonidan tasdiqlanadigan bayonnoma shaklidagi qaror bilan rasmiylashtiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Yozma ish uchun belgilangan maksimal ballning 55 foizi va undan kam ball toʻplagan nomzodlar suhbatga kiritilmaydi va ular magistraturaga kirish imtihonlaridan oʻta olmagan hisoblanadilar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
60. Chet tili boʻyicha imtihon Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat test markazi tomonidan oʻtkazilishi mumkin. Bunday holda imtihon ushbu Nizom qoidalarini inobatga olgan holda, Akademiya bilan kelishilgan tartibda oʻtkaziladi va baholanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
61. Milliy sertifikat yoki xalqaro sertifikatlarning quyidagi darajalariga ega boʻlgan nomzodlarga chet tilidan imtihonlarsiz maksimal ball beriladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ingliz tili uchun — B2 va undan yuqori darajadagi milliy sertifikat yoki International English Language Testing System (IELTS 5.5), Test of English as a Foreign Language (TOEFL IBT 72), Cambridge Assessment English FCE xalqaro imtihon tizimlari boʻyicha tilni bilish darajalari B2 va undan yuqori;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
nemis tili uchun — B2 va undan yuqori darajadagi milliy sertifikat yoki Goethe-Zertifikat, Deutsches Sprachdiplom (DSD), Test Deutsch als Fremdsprache (Test DAF) xalqaro imtihon tizimlari boʻyicha tilni bilish darajalari B2 va undan yuqori;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
fransuz tili uchun — B2 va undan yuqori darajadagi milliy sertifikat yoki Diplôme d'Etudes en Langue Française (DELF), Test de Connaissance du Français (TCF) xalqaro imtihon tizimlari boʻyicha tilni bilish darajalari B2 va undan yuqori;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
yapon tili uchun — B2 va undan yuqori darajadagi milliy sertifikat yoki Japanese Language Proficiency Test (JLPT № 2) xalqaro imtihon tizimlari boʻyicha tilni bilish darajalari B2 va undan yuqori;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
boshqa tillar uchun — B2 va undan yuqori darajadagi milliy sertifikat yoki xalqaro imtihon tizimlari boʻyicha tilni bilish darajalari B2 va undan yuqori.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3-§. Suhbat oʻtkazish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
62. Suhbat boʻyicha komissiya oʻz faoliyatini kollegiallik, oshkoralik, xolislik va betaraflik tamoyillari asosida amalga oshiradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Suhbat boʻyicha komissiya raisi komissiya faoliyatini muvofiqlashtiradi, uning faoliyatini tashkiliy taʼminlash komissiya kotibiga yuklatiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
63. Ekspert guruhi tomonidan suhbatni oʻtkazish uchun mutaxassislik fanlari boʻyicha, qoida tariqasida, 3 ta savoldan iborat imtihon biletlari shakllantiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
64. Akademiya qabul komissiyasi tomonidan suhbat boshlanishidan avval nomzodga maxsus shifr beriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
65. Nomzod savollar berilgan biletni tanlaydi. Suhbatga tayyorlanish uchun nomzodga 20 daqiqa ajratiladi. Bunda suhbatga tayyorlanish uchun nomzod qogʻoz varaqlardan hamda qalam yoki ruchkadan foydalanishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
66. Suhbat jarayonida nomzod oʻzining familiyasi, ismi va otasining ismi oʻrniga unga Akademiya qabul komissiyasi tomonidan berilgan maxsus shifrni aytib, savollarga javob beradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
67. Suhbatdan oʻtish jarayonida nomzodga biletdagi savollar mazmuni boʻyicha qoʻshimcha 3 tagacha savol berilishi mumkin. Bitta nomzod bilan suhbat 20 daqiqagacha davom etadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
68. Suhbat natijalarini baholash uchun suhbat boʻyicha komissiyaning har bir aʼzosi boshqa aʼzolardan mustaqil ravishda baholash varagʻini nomzodning maxsus shifri bilan birga toʻldirib, uni imzolaydi hamda suhbat boʻyicha komissiya kotibiga topshiradi. Komissiya kotibi nomzodga suhbat boʻyicha komissiya aʼzolari tomonidan qoʻyilgan oʻrtacha ballni hisoblab chiqadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
69. Suhbat jarayoni va natijalari suhbat boʻyicha komissiyaning barcha aʼzolari tomonidan imzolanadigan va Akademiya qabul komissiyasi raisi tomonidan tasdiqlanadigan yigʻilish bayonnomasida qayd etiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4-§. Kirish imtihonlari natijalari boʻyicha shikoyatlarni koʻrib chiqish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
70. Yozma imtihonlar va suhbat natijalaridan norozi boʻlgan nomzodlar javoblar Akademiya rasmiy veb-saytida eʼlon qilingan kundan boshlab ikki ish kuni davomida apellatsiya komissiyasiga shikoyat berish huquqiga ega.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Shikoyatlar apellatsiya komissiyasi tomonidan ikki ish kuni ichida koʻrib chiqiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Nomzod shikoyatini koʻrib chiqish jarayonida ishtirok etish huquqiga ega.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
71. Apellatsiya komissiyasi tomonidan shikoyatlarni koʻrib chiqishda kirish imtihonlarining toʻgʻri oʻtkazilganligi, javoblarning xolis tekshirilganligi va toʻgʻri baholanganligiga baho beriladi va uning natijasi boʻyicha apellatsiya komissiyasi aʼzolarining oddiy koʻpchilik ovozi bilan quyidagi qarorlardan biri qabul qilinadi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
nomzodning shikoyatini qanoatlantirish toʻgʻrisida;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
kirish imtihoni natijalarini oʻzgarishsiz qoldirish va shikoyatni qanoatlantirishni rad qilish toʻgʻrisida.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qaror nomzodga darhol yetkaziladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Apellatsiya komissiyasi qarori komissiya raisi, aʼzolari va kotibi tomonidan imzolanadigan bayonnomada rasmiylashtiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
72. Zarur hollarda, apellatsiyani koʻrib chiqish jarayoniga maxsus komissiya aʼzolari, auditoriya kuzatuvchilari va boshqa shaxslar jalb qilinishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
73. Nomzodning shikoyati qanoatlantirilgan taqdirda, apellatsiya komissiyasi nomzodning imtihon ishiga uzil-kesil ball qoʻyadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Apellatsiya komissiyasi qarori ustidan belgilangan tartibda shikoyat qilinishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4-bob. Magistraturaga qabul qilish va oʻqitishni tashkil etish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
74. Akademiya qabul komissiyasi tomonidan nomzodlarning kirish imtihonlaridan olgan ballari jamlanib, umumiy qaydnomada har bir mutaxassislik boʻyicha tashqi va ichki nomzodlarning alohida roʻyxati shakllantiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Roʻyxatda nomzodlar har bir mutaxassislik boʻyicha toʻplangan eng yuqori balldan boshlab kamayib borish tartibida hamda davlat granti va toʻlov-kontrakt asosida oʻqishga qabul qilinganlar ketma-ketlikda joylashtiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
75. Kirish imtihonlari natijalari hamda qabul kvotalarini hisobga olgan holda, Akademiya qabul komissiyasi tomonidan minimal oʻtish ballari belgilanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
76. Magistraturaga oʻqishga qabul qilish jarayonida kirish imtihonlari natijalariga koʻra, kvota boʻyicha belgilangan roʻyxatda oxirgi oʻrinda turuvchi nomzodning toʻplagan jami bali bilan undan keyingi oʻrinda turuvchi nomzodlarning toʻplagan ballari bir xil boʻlsa, ularning barchasi oʻqishga qabul qilinadilar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
77. Umumiy qaydnoma asosida Akademiya qabul komissiyasi tomonidan 12-sentabrga qadar nomzodlarni magistraturaga oʻqishga qabul qilishga tavsiya etish toʻgʻrisida bayonnoma rasmiylashtirilib, Akademiya qabul komissiyasi raisi tomonidan tasdiqlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
78. Har yili 15-sentabrga qadar Akademiya boshligʻining Akademiya qabul komissiyasi bayonnomasiga asosan nomzodlarni davlat granti asosida magistratura tinglovchilari safiga qabul qilish hamda toʻlov-kontrakt asosida nomzodlarni darsga qoʻyish haqidagi buyrugʻi chiqariladi hamda bu haqdagi maʼlumot Akademiya rasmiy veb-saytiga joylashtiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toʻlov-kontrakt asosida oʻqishga qabul qilish tavsiya etilgan nomzodlar shartnomada belgilangan toʻlov summasining yarmini 1-oktabrga qadar toʻlagan taqdirda Akademiya boshligʻining magistratura tinglovchilari safiga qabul qilish haqida buyrugʻi chiqariladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
79. Toʻlov-kontrakt asosida darsga qoʻyilgan nomzodlar shartnomada belgilangan muddatda toʻlov summasini toʻliq amalga oshirishlari lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toʻlov-kontrakt boʻyicha shartnoma shartlarini belgilangan muddatda bajarmagan nomzodlar oʻqishdan chetlashtiriladi va bu haqda Akademiya boshligʻining buyrugʻi chiqariladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻqishdan chetlashtirilgan nomzodning oʻrniga Akademiya qabul komissiyaning qaroriga asosan ballar ketma-ketligi boʻyicha roʻyxatdagi keyingi nomzod toʻlov-kontrakt asosida oʻqishga qabul qilinadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
80. Magistraturaga oʻqishga qabul qilingan nomzodlarning kirish imtihonlari bilan bogʻliq hujjatlari ularning shaxsiy hujjatlari yigʻmajildiga tikib qoʻyiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Magistraturaga oʻqishga qabul qilinmagan nomzodlarning hujjatlari olti oy davomida saqlanadi va keyinchalik belgilangan tartibda yoʻq qilinadi, ularning shaxsiy hujjatlari oʻziga yoki ishonchli vakiliga qaytarib beriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
81. Magistraturada oʻqitishni tashkil etish jarayoni magistratura boʻlimi tomonidan Akademiyaning kafedra, markaz va boʻlimlari bilan birgalikda amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
82. Magistraturada oʻqitish tinglovchilarni prokuratura organlari faoliyatining asosiy yoʻnalishlari boʻyicha ilmiy-tadqiqot ishlarini olib borishga tayyorlash maqsadida, ularni zarur oʻquv-metodik va moddiy-texnik baza bilan taʼminlagan holda tashkil etiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
83. Magistraturada akademik kredit tizimining joriy etilishi, Akademiya xodimlari, professor-oʻqituvchilar hamda tinglovchilarning huquq va majburiyatlari, oʻquv metodik, ilmiy-pedagogik faoliyati, amaliyot oʻtashi, magistrlik dissertatsiyasini tayyorlashi va oʻqitishni tashkil etish bilan bogʻliq boshqa masalalar Akademiya tomonidan belgilanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5-bob. Yakuniy qoidalar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
84. Mazkur Nizomda nazarda tutilgan tadbirlarni amalga oshirish bilan bogʻliq xarajatlar prokuratura organlarining budjetdan tashqari jamgʻarmalari mablagʻlari hisobidan qoplanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
85. Ushbu Nizom talablari buzilishida aybdor boʻlgan shaxslar qonun hujjatlarida belgilangan tartibda javobgar boʻladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
86. Mazkur Nizom Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat test markazi bilan kelishilgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Moliya vaziri vazifasini bajaruvchi T. IShMETOV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2019-yil 20-avgust
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Davlat test markazi direktori M. KARIMOV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2019-yil 20-avgust
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi Akademiyasi magistraturasiga qabul qilish va oʻqitishni tashkil etish tartibi toʻgʻrisida nizomga
ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi Akademiyasi magistraturasiga qabul qilishni tashkil etish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
SXEMASI
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish

Bosqichlar

Masʼullar

Oʻtkaziladigan tadbirlar

Bajarish muddatlari

1-bosqich

Bosh prokuratura Akademiyasi, Akademiya qabul komissiyasi

Bosh prokuratura Akademiyasi magistraturasiga oʻqishga qabul qilish muddatlari, mutaxassislik nomlari va qabul kvotalari toʻgʻrisida Bosh prokuratura va Akademiya rasmiy veb-saytlari hamda ommaviy axborot vositalarida eʼlon berish

10-maydan boshlab

2-bosqich

Bosh prokuratura Akademiyasi, Akademiya qabul komissiyasi aʼzosi — prokuratura organlarining kadrlar tarmoqlari, Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar prokurorlari, prokuratura organlari attestatsiya komissiyalari

Nomzodlar tomonidan ariza va tegishli hujjatlar Akademiya qabul komissiyasi aʼzosi-prokuratura organlarining kadrlar tarmoqlariga topshirish;

10-iyun 10-avgust

Attestatsiya komissiyalari tomonidan ichki nomzodlar bilan suhbat oʻtkazish va ularning kirish imtihonida ishtirok etishiga oid attestatsiya komissiyasi qarorini qabul qilish.

Kirish imtihonida ishtirok etadigan nomzodlarning arizalari va ularga ilova qilingan hujjatlarni Akademiya qabul komissiyasiga yuborish.

3-bosqich

Bosh prokuratura Akademiyasi, Akademiya qabul komissiyasi masʼul kotibi

Kirish imtihonlari olinadigan fanlar dasturini Akademiya rasmiy veb-saytiga joylashtirish

Kirish imtihoni boshlanishidan bir oy oldin

4-bosqich

Bosh prokuratura Akademiyasi, Akademiya qabul komissiyasi

Kirish imtihonlari

1. Yozma imtihon (yozma ish va chet tilidan imtihon) ni oʻtkazish.

2. Yozma ishni muvaffaqiyatli topshirgan nomzodlar bilan suhbat oʻtkazish.

Qoida tariqasida, bir hafta ichida

5-bosqich

Nomzodlar

1. Kirish imtihoni natijalari boʻyicha shikoyat qilish;

Kirish imtihoni javoblari eʼlon qilingan kundan boshlab 2 ish kuni mobaynida

Apellatsiya komissiyasi

2. Shikoyatlarni koʻrib chiqish.

2 ish kunida

6-bosqich

Bosh prokuratura Akademiyasi, Akademiya qabul komissiyasi

Kirish imtihonlaridan muvaffaqiyatli oʻtgan nomzodlarni magistraturaga oʻqishga qabul qilishga tavsiya etish

12-sentabrga qadar

7-bosqich

Bosh prokuratura Akademiyasi boshligʻi

Qabul qilishni rasmiylashtirish

1. Nomzodlarni davlat grantlari asosida magistraturaga qabul qilish va toʻlov-kontrakt asosida nomzodlarni darsga qoʻyish haqida buyruq chiqarish;

15-sentabrga qadar

2. Nomzodlarni toʻlov-kontrakt asosida magistraturaga qabul qilish haqida buyruq chiqarish.

1-oktabrga qadar, shartnomada belgilangan toʻlov summasining yarmi toʻlangandan soʻng

(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 30.08.2019-y., 10/19/3179/3675-son; 29.04.2020-y., 10/20/3179-1/0524-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 28.07.2021-y., 10/21/3313/0724-son; 27.01.2022-y., 10/22/3179-2/0081-son)