Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirining
buyrugʻi
Idoraviy normativ-huquqiy hujjatni davlat reyestridan chiqarish toʻgʻrisida
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2019-yil 30-avgustda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 3044-1]
Idoraviy normativ-huquqiy hujjatni davlat reyestridan chiqarish boʻyicha 2019-yil 28-avgustdagi xulosaga muvofiq hamda Oʻzbekiston Respublikasining “Normativ-huquqiy hujjatlar toʻgʻrisida”gi Qonuni, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 13-apreldagi PQ-3666-son “Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi faoliyatini yanada takomillashtirishga doir tashkiliy chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi qarori, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1997-yil 9-oktabrdagi 469-son “Vazirliklar, davlat qoʻmitalari va idoralar meʼyoriy hujjatlarining qonuniyligini taʼminlash chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qaroriga asosan, buyuraman:
1. “Oʻzbekiston avtomobil transporti agentligining avtomobil transportini rivojlantirish jamgʻarmasi haqidagi nizomni tasdiqlash toʻgʻrisida”gi buyruqni (roʻyxat raqami 3044, 2018-yil 27-iyul) Idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarning davlat reyestridan chiqarish yuzasidan Oʻzbekiston Respublikasi Transport vazirligining 2019-yil 23-avgustdagi 3/3437-4625-son xati maʼlumot uchun qabul qilinsin.
2. Oʻzbekiston avtomobil transporti agentligi boshligʻining 2018-yil 26-iyundagi 369-son “Oʻzbekiston avtomobil transporti agentligining avtomobil transportini rivojlantirish jamgʻarmasi haqidagi nizomni tasdiqlash toʻgʻrisida”gi buyrugʻi (roʻyxat raqami 3044, 2018-yil 27-iyul) Idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarning davlat reyestridan chiqarilsin.
3. Mazkur buyruq davlat roʻyxatidan oʻtkazilsin va bu haqda Idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarning davlat reyestriga tegishli yozuv kiritilsin.
4. Qonun hujjatlarini tahlil qilish va turkumlash boshqarmasi ushbu idoraviy normativ-huquqiy hujjatni “Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami” — “Sobraniye zakonodatelstva Respubliki Uzbekistan”da hamda Oʻzbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasida eʼlon qilinishini taʼminlasin.
5. Mazkur buyruq rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Vazir R. DAVLETOV
Toshkent sh.,
2019-yil 30-avgust,
381-mh-son
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 30.08.2019-y., 10/19/3044-1/3674-son)