Hujjat kuchini yo‘qotgan 08.08.2021 29.08.2019 yilda ro‘yxatdan o‘tgan, ro‘yxat raqami 1642-5
ONLINE TRANSLATE
Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining qarori, 29.08.2019 yilda ro‘yxatdan o‘tgan, ro‘yxat raqami 1642-5
Kuchga kirish sanasi
29.08.2019
Hujjat kuchini yo‘qotgan 08.08.2021
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qarori

Mikrokredit tashkilotlari tomonidan moliyaviy operatsiyalarni amalga oshirish qoidalariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish haqida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2019-yil 29-avgustda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 1642-5]
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 2021-yil 2-apreldagi 5/10-sonli “Mikrokredit tashkilotlari va lombardlar faoliyatini muvofiqlashtirish va tartibga solish toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi qaroriga (roʻyxat raqami 3300, 07.05.2021-y.) asosan 2021-yil 8-avgustdan oʻz kuchini yoʻqotadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasining “Oʻzbekiston Respublikasining Markaziy banki toʻgʻrisida”gi, “Mikrokredit tashkilotlari toʻgʻrisida”gi qonunlari va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 23-iyuldagi PQ-4400-son “Mikromoliyaviy xizmatlar ommabopligini oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qaroriga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvi qaror qiladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2006-yil 7-oktabrdagi 24/3-son qarori (roʻyxat raqami 1642, 2006-yil 23-noyabr) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2006-y., 46-47-son, 470-modda) bilan tasdiqlangan Mikrokredit tashkilotlari tomonidan moliyaviy operatsiyalarni amalga oshirish qoidalariga ilovaga muvofiq oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Mazkur qaror rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Markaziy bank raisi M. NURMURATOV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2019-yil 10-avgust,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
18/5-son

Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2019-yil 10-avgustdagi 18/5-son qaroriga
ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Mikrokredit tashkilotlari tomonidan moliyaviy operatsiyalarni amalga oshirish qoidalariga kiritilayotgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. 2-band quyidagi mazmundagi xatboshi bilan toʻldirilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Mikrokredit tashkilotlari banklar, sugʻurta kompaniyalari va boshqa moliya tashkilotlarning agenti sifatida agentlik xizmatlarini faqat naqdsiz shaklda koʻrsatish va agentlik bitimining mavjudligi toʻgʻrisida axborotlarni oshkor qilish, shuningdek jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirgʻin qurolini tarqatishni moliyalashtirishga qarshi kurashish boʻyicha qonun hujjatlari normalarini bajarish sharti bilan qatnashish huquqiga ega.”.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. 6-band quyidagi mazmundagi xatboshilar bilan toʻldirilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“jismoniy shaxslarga xorijiy valyutada mikrokreditlar (mikroqarzlar) berish va mikrokreditlar (mikroqarzlar) boʻyicha ularning majburiyatlarini xorijiy valyutada hisobga olishga;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ilgari olingan mikrokreditlar (mikroqarzlar) boʻyicha soʻndirilmagan muddati oʻtgan qarzdorlik mavjud boʻlgan taqdirda jismoniy shaxslarga yangi mikromoliyaviy xizmatlar koʻrsatishga.”.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. 71-band oʻz kuchini yoʻqotgan deb topilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. 9 va 91-bandlar quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“9. Bir qarzdorga berilgan mikroqarz miqdori 50 mln soʻmdan oshishi mumkin emas.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bir qarzdorga berilgan mikrokredit miqdori 300 mln soʻmdan oshishi mumkin emas.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
91. Mikrokredit tashkilotlari barcha ishonchli (blankli) kreditlarning ular shakllantirgan ustav fondiga foiz nisbatini mustaqil ravishda belgilaydi.”.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. 10-band quyidagi mazmundagi xatboshi bilan toʻldirilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Bunda, mikrokredit tashkilotlariga jismoniy shaxslardan qisqa muddatli mikromoliyaviy xizmatlar taʼminotiga koʻchmas turar joy mulkini garov sifatida qabul qilish taqiqlanadi.”.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Quyidagi mazmundagi 101-band bilan toʻldirilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“101. Mikrokredit tashkilotlari potensial qarz oluvchini masofadan turib identifikatsiyalash, maʼlumotlar xavfsiz almashuvini amalga oshirish va skoring modeli asosida qarz oluvchining kredit qobiliyatini baholashni taʼminlash sharti bilan jismoniy shaxslarga onlayn-kreditlar (mikroqarzlar) berish huquqiga ega.”.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. 12-banddagi “eng kam ish haqining ikki ming baravari miqdoridan” degan soʻzlar “600 mln soʻmdan” degan soʻz bilan almashtirilsin.
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 29.08.2019-y., 10/19/1642-5/3668-son)