OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI ADLIYA VAZIRINING
buyrugʻi
Idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarni davlat reyestridan chiqarish toʻgʻrisida
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2019-yil 26-avgustda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 1679-3]
Idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarni davlat reyestridan chiqarish boʻyicha 2019-yil 24-avgustdagi xulosaga muvofiq hamda Oʻzbekiston Respublikasining “Normativ-huquqiy hujjatlar toʻgʻrisida”gi Qonuni, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 13-apreldagi PQ-3666-son “Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi faoliyatini yanada takomillashtirishga doir tashkiliy chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi qarori, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1997-yil 9-oktabrdagi 469-son “Vazirliklar, davlat qoʻmitalari va idoralar meʼyoriy hujjatlarining qonuniyligini taʼminlash chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qaroriga asosan, buyuraman:
1. “Birja savdolarida shifer sotish tartibi haqidagi nizomni tasdiqlash toʻgʻrisida”gi qarorni (roʻyxat raqami 1679, 2007-yil 8-may) Idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarning davlat reyestridan chiqarish yuzasidan Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va sanoat vazirligining 2019-yil 2-avgustdagi BU-1-7/6-3427-5-son xati maʼlumot uchun qabul qilinsin.
2. Quyidagilar Idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarning davlat reyestridan chiqarilsin:
Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi, Moliya vazirligi va Davlat mulkini boshqarish davlat qoʻmitasining 2007-yil 9-apreldagi 24, 51 va 01/UzRTSB-18/10-son “Birja savdolarida shifer sotish tartibi haqidagi nizomni tasdiqlash toʻgʻrisida”gi qarori (roʻyxat raqami 1679, 2007-yil 8-may);
Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi, Moliya vazirligi va Davlat mulkini boshqarish davlat qoʻmitasining 2010-yil 3-sentabrdagi 98, 74 va 01/19-18/07-son “Birja savdolarida shifer sotish tartibi haqidagi nizomga oʻzgartirish kiritish toʻgʻrisida”gi qarori (roʻyxat raqami 1679-1, 2010-yil 16-sentabr);
Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi, Moliya vazirligi va Davlat mulkini boshqarish davlat qoʻmitasining 2012-yil 8-fevraldagi 4, 13 va 01/19-18/04-son “Birja savdolarida shifer sotish tartibi haqidagi nizomga oʻzgartirish kiritish toʻgʻrisida”gi qarori (roʻyxat raqami 1679-2, 2012-yil 2-mart).
3. Mazkur buyruq davlat roʻyxatidan oʻtkazilsin va bu haqda Idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarning davlat reyestriga tegishli yozuv kiritilsin.
4. Qonun hujjatlarini tahlil qilish va turkumlash boshqarmasi ushbu idoraviy normativ-huquqiy hujjatni “Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami” — “Sobraniye zakonodatelstva Respubliki Uzbekistan”da hamda Oʻzbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasida eʼlon qilinishini taʼminlasin.
5. Mazkur buyruq rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Vazir R. DAVLETOV
Toshkent sh.,
2019-yil 26-avgust,
370-mh-son
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 26.08.2019-y., 10/19/1679-3/3642-son)