1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xo‘jalik faoliyati / 09.10.00.00 Sanoat / 09.10.01.00 Umumiy qoidalar]
[TSZ:
1.Iqtisodiyot / Sanoat]
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qarori
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Davlat va xo‘jalik boshqaruvi hamda mahalliy ijroiya hokimiyati organlarining ishlab chiqarishni mahalliylashtirish va sanoat tarmoqlarida kooperatsiya aloqalarini jadallashtirishning yangi tizimini joriy etish bo‘yicha mas’uliyatini yanada oshirish to‘g‘risida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Mamlakatimizda sanoat mahsulotlarini ishlab chiqarish hajmini oshirish va turlarini kengaytirish, aholining iste’mol tovarlariga bo‘lgan ehtiyojini qondirish bo‘yicha izchil chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Shu bilan birga, respublikada sanoat mahsulotlarini ishlab chiqarishni mahalliylashtirish bo‘yicha yagona tizimning mavjud emasligi ishlab chiqarish quvvatlaridan to‘liq foydalanilmayotganligiga hamda mahalliy xom ashyoni chuqur qayta ishlash orqali qo‘shilgan qiymat zanjirini yaratish darajasining pasayishiga sabab bo‘lmoqda.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Xususan, respublikada ishlab chiqarilayotgan tovarlarga o‘xshash bo‘lgan tovarlarni chetdan import qilish “O‘zavtosanoat” AJ, “O‘zto‘qimachiliksanoat” uyushmasi, “O‘zmetkombinat” AJ, “O‘zeltexsanoat” uyushmasi, “O‘zcharmsanoat” uyushmasi korxonalari hamda Buxoro, Namangan, Sirdaryo, Farg‘ona viloyatlari va Toshkent shahridagi korxonalar hissasiga to‘g‘ri keladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Respublikada sanoat mahsulotlarini ishlab chiqarishni mahalliylashtirish bo‘yicha yagona tizim yaratish, tarmoq va hududlarda ishlab chiqarishni mahalliylashtirish jarayonlarini jadallashtirish, ishlab chiqarish quvvatlaridan to‘liq va samarali foydalanish orqali butlovchi buyumlar, ehtiyot qismlar va materiallarni ishlab chiqarishni o‘zlashtirish hamda sanoatda kooperatsiya aloqalarini kengaytirish va import hajmini optimallashtirish maqsadida:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Vazirlar Mahkamasi, davlat va xo‘jalik boshqaruvi hamda mahalliy ijroiya hokimiyati organlari rahbarlari faoliyatining investitsiyalar jalb qilinishini va eksportni rag‘batlantirish bilan birgalikda sanoat mahsulotlarini ishlab chiqarish jarayoniga ilmiy izlanish natijalarini va zamonaviy innovatsion texnologiyalarni joriy qilish orqali mahalliy xom ashyo hamda sanoat kooperatsiyasi negizida tayyor mahsulotlar, butlovchi buyumlar va materiallar ishlab chiqarishni mahalliylashtirish va sanoat tarmoqlarida kooperatsiya aloqalarini jadallashtirish eng muhim ustuvor yo‘nalishlaridan biri etib belgilansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari tuzilmalariga hokimning ishlab chiqarishni mahalliylashtirish va sanoatda kooperatsiya aloqalarini kengaytirish masalalari bo‘yicha yordamchisi lavozimi (keyingi o‘rinlarda ― hokim yordamchisi) joriy etilsin. Hokim yordamchisining asosiy vazifalari etib quyidagilar belgilansin:
[OKOZ:
1.10.00.00.00 Tashqi iqtisodiy faoliyat. Bojxona ishi / 10.01.00.00 Tashqi iqtisodiy faoliyat sohasidagi umumiy qoidalar / 10.01.04.00 Eksport va import / 10.01.04.02 Import]
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
respublika import hajmi va nomenklaturasini chuqur tahlil qilish asosida hamda hududdagi mavjud resurslarni hisobga olgan holda hududda mahalliylashtiriladigan tayyor mahsulotlar, butlovchi buyumlar, ehtiyot qismlar va materiallarning aniq ro‘yxatini shakllantirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
xorijiy kompaniyalar va tashkilotlarning takliflari va salohiyatini o‘rganish asosida import o‘rnini bosadigan mahsulotlarning eng ko‘p talab qilinadigan turlarini o‘zlashtirish bo‘yicha xorijiy sheriklarni sanoat kooperatsiyasiga keng jalb etishga doir takliflar ishlab chiqish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
hududiy mahalliylashtirish dasturlari loyihalarini shakllantirish, ularning amalga oshirilishini tashkil etishda, shuningdek hamkorlar topish, uzoq muddatli hamkorlik aloqalarini yo‘lga qo‘yishda loyiha tashabbuskorlariga doimiy ravishda amaliy yordam ko‘rsatish;
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xo‘jalik faoliyati / 09.10.00.00 Sanoat / 09.10.06.00 Sanoat ishlab chiqarishni mahalliylashtirish]
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
hududiy mahalliylashtirish dasturidagi loyihalarda belgilangan maqsadli parametrlarga erishishning tizimli monitoringini olib borish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
monitoring natijalari bo‘yicha aniqlangan tizimli muammo va kamchiliklarni bartaraf etish yuzasidan takliflarni O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va sanoat vazirligiga kiritib borish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
hududda ishlab chiqarilayotgan sanoat mahsulotlarining hajmi va texnik parametrlari yuzasidan axborotlarni elektron kooperatsiya portaliga joylashtirib va yangilab borish;
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xo‘jalik faoliyati / 09.17.00.00 Savdo / 09.17.05.00 Ko‘rgazma. Yarmarka. Kimoshdi savdolari. Birjalar]
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
hududdagi xo‘jalik yurituvchi subyektlarga respublikada ishlab chiqarilayotgan sanoat mahsulotlarining turlari, texnik tavsiflari va sifat ko‘rsatkichlari to‘g‘risida batafsil ma’lumot berish orqali hududiy sanoat kooperatsiyasini rivojlantirish bo‘yicha kompleks chora-tadbirlarni amalga oshirish va muntazam ravishda hududiy sanoat yarmarkalarini tashkil etish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Belgilansinki, hokim yordamchisi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
belgilangan vazifalarning samarali bajarilishi uchun viloyat hokimining birinchi o‘rinbosari va viloyat hokimining o‘rinbosari ― viloyatlar va Toshkent shahar investitsiyalar va tashqi savdo boshqarmasi boshlig‘i bilan hamkorlikda ishlarni amalga oshiradi;
[OKOZ:
1.05.00.00.00 Mehnat va aholining bandligi to‘g‘risidagi qonunchilik / 05.03.00.00 Mehnatga haq to‘lash / 05.03.01.00 Umumiy masalalar]
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
mehnatga haq to‘lash, tibbiy va transport xizmati ko‘rsatish shartlariga ko‘ra viloyatlar va Toshkent shahar hokimlarining o‘rinbosariga tenglashtiriladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
bitta shtat birligidan iborat o‘zining alohida kotibiyatiga ega bo‘ladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Hokim yordamchisi rahbarligida mahalliylashtirish va sanoatda kooperatsiya aloqalarini kengaytirish masalalari bo‘yicha doimiy asosda faoliyat ko‘rsatuvchi ishchi guruh tashkil etilsin va uning namunaviy tarkibi ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesiga Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi tuzilmasini ushbu qarorda belgilangan talablarga muvofiq qayta ko‘rib chiqib, yangi tuzilma va boshqaruv xodimlarining shtat birligini tasdiqlash tavsiya etilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. O‘zbekiston Respublikasi Davlat aktivlarini boshqarish agentligi, vazirlik va idoralar ikki oy muddatda ustav fondida (kapitalida) davlat ulushi 50 foiz va undan ortiq bo‘lgan yuridik shaxslar (keyingi o‘rinda ― davlat ulushi yuqori bo‘lgan korxonalar), shuningdek ustav fondining (kapitalining) 50 foizi va undan ortig‘i davlat ulushi yuqori bo‘lgan korxonalarga tegishli yuridik shaxslar boshqaruv organlari yig‘ilishlarida:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
korxona rahbarining axborot texnologiyalari va sun’iy intellektni joriy etish masalalari bo‘yicha o‘rinbosari lavozimini kiritish hamda mahalliylashtirish va sanoatda kooperatsiya aloqalarini kengaytirish masalalarini boshqaruv raisining amaldagi ishlab chiqarish bo‘yicha o‘rinbosariga (tegishliligi bo‘yicha Bosh muhandisga) yuklatish va ularning faoliyati samaradorligi va natijadorligining asosiy ko‘rsatkichlarini tasdiqlash;
(6-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 25-fevraldagi PQ-74-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 27.02.2026-y., 07/26/74/0175-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
mahsulotlar sotib olish bo‘yicha import shartnomalari (ularga qo‘shimcha shartnomalar) va ularning texnik talablarini korxona rahbarining ishlab chiqarish bo‘yicha o‘rinbosari (tegishliligi bo‘yicha Bosh muhandis) bilan kelishish;
(6-bandning uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 25-fevraldagi PQ-74-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 27.02.2026-y., 07/26/74/0175-son)
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xo‘jalik faoliyati / 09.04.00.00 Auditorlik faoliyati / 09.04.03.00 Audit o‘tkazish tartibi]
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
xaridlar jarayoni shaffofligi va asosliligi, shu jumladan mahalliy mahsulotlarning sifat va narx bo‘yicha belgilangan parametrlarga muvofiqligini hisobga olgan holda import xaridlarini, shuningdek valyuta resurslaridan samarali foydalanilishini har chorakda tashqi auditdan o‘tkazish mexanizmini joriy etish;
[OKOZ:
1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.08.00.00 Iqtisodiyot, ijtimoiy-madaniy qurilish sohasidagi davlat boshqaruvining umumiy masalalari / 02.08.07.00 Hisob. Hisobot. Statistika (shuningdek, 07.29.00.00 ga qarang);
2.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xo‘jalik faoliyati / 09.10.00.00 Sanoat / 09.10.06.00 Sanoat ishlab chiqarishni mahalliylashtirish]
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
korxonalarda ishlab chiqarishni mahalliylashtirish va sanoat kooperatsiyasini rivojlantirish chora-tadbirlari natijadorligi yuzasidan rahbar va xodimlar tomonidan amalga oshirilgan ishlar samaradorligidan kelib chiqib, ularni rag‘batlantirish yoki jazo choralarini ko‘rish maqsadida, boshqaruv organlari yig‘ilishlarida hisobotlarni tinglash amaliyotini joriy etish masalalarini ko‘rib chiqish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
korxonalarda zamonaviy axborot texnologiyalaridan keng foydalanish, ishlab chiqarish samaradorligini oshirishga qaratilgan dasturiy ta’minotlarni joriy qilish tashabbusi bilan chiqsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. O‘zbekiston Respublikasi Davlat aktivlarini boshqarish agentligi Iqtisodiyot va sanoat vazirligi hamda Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi bilan birgalikda ikki oy muddatda har yili yangilanib boriladigan mazkur qarorning 6-bandi talablari joriy etiladigan yuridik shaxslar (keyingi o‘rinlarda ― monitoring yuritiladigan korxonalar) ro‘yxatini shakllantirsin.
(8-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 30-oktabrdagi PF-6098-sonli Farmoniga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 31.10.2020-y., 06/20/6098/1432-son)
(9-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 31-oktabrdagi PF-186-sonli Farmoniga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
10. Belgilansinki:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining iqtisodiyot sohalarini rivojlantirish, investitsiya va tashqi savdo siyosatini amalga oshirish masalalari bo‘yicha maslahatchisi (R.A. Gulyamov) vazirliklar, idoralar, xo‘jalik birlashmalari, shuningdek hokim yordamchilarining mahalliylashtirishni hamda sanoatda kooperatsiya aloqalarini kengaytirish yo‘nalishidagi faoliyatlarini muvofiqlashtiradi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
mazkur qarorning 2, 3 va 9-bandlarida nazarda tutilgan shtat birliklari O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo‘mitasi tizimidagi 10 ta va Davlat soliq qo‘mitasi tizimidagi 21 ta shtat birliklarini qisqartirish hisobiga shakllantiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
11. O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va sanoat vazirligi ishlab chiqarishni mahalliylashtirish va sanoat kooperatsiyasini rivojlantirish jarayonlarini chuqurlashtirish bo‘yicha vakolatli organ sifatida belgilansin va vazirlikka quyidagi qo‘shimcha vazifalar yuklansin:
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xo‘jalik faoliyati / 09.10.00.00 Sanoat / 09.10.04.00 Ishlab chiqarishni modernizatsiyalash va texnik qayta jihozlash]
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tayyor mahsulotlar, butlovchi buyumlar, xom ashyo va materiallar ishlab chiqarish hajmini oshirish hamda sanoatda kooperatsiya aloqalarini kengaytirish bo‘yicha tarmoq va hududiy korxonalar tomonidan amalga oshirilayotgan tadbirlarni muvofiqlashtirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
import tovarlariga bo‘lgan respublika ehtiyojlarini doimiy ravishda o‘rganish orqali respublikada mavjud ishlab chiqarish quvvatlaridan samarali foydalanishni tashkil etish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
o‘zlashtirilishi tavsiya etiladigan talab yuqori bo‘lgan mahsulotlarning elektron ro‘yxatini yangilab borish orqali tadbirkorlik subyektlariga amaliy yordam berish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
iqtisodiyot tarmoqlari bo‘yicha mahalliylashtirish dasturlari loyihalarini shakllantirish, ularni amalga oshirishni tashkil etishda, sanoat kooperatsiyasi asosida hamkorlik aloqalarini rivojlantirishda amaliy yordam ko‘rsatish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
mahalliylashtirish dasturiga kiritilgan loyihalarning maqsadli ko‘rsatkichlari bajarilishini tizimli monitoring qilib borish va hisobotini yuritish, ishlab chiqarish bilan bog‘liq muammolarni vakolatli idoralar bilan birgalikda joyiga chiqqan holda bartaraf etish choralarini ko‘rish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Belgilab qo‘yilsinki, Iqtisodiyot va sanoat vazirligi ishlab chiqarishni mahalliylashtirish va sanoat tarmoqlarida kooperatsiya aloqalarini jadallashtirishning yangi tizimini joriy etishdagi ustuvor vazifalarni Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi bilan hamkorlikda amalga oshiradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
12. O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va sanoat vazirligi, Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda 10 kun muddatda sanoat kooperatsiyasi asosida tayyor mahsulotlar, butlovchi buyumlar va materiallar ishlab chiqarishni mahalliylashtirish dasturini shakllantirish, amalga oshirish va hisobot tizimini yuritish hamda ushbu jarayonda davlat boshqaruvi organlari va loyihalar tashabbuskorlarining o‘zaro hamkorlik qilish tartibi to‘g‘risidagi nizomni ishlab chiqib, Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
13. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi, Moliya vazirligi, Iqtisodiyot va sanoat vazirligi, Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi, Adliya vazirligi va Davlat aktivlarini boshqarish agentligi manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda bir oy muddatda mazkur qaror talablaridan kelib chiqib, davlat xaridlarini amalga oshirish tartibini takomillashtirish yuzasidan, shu jumladan ochiqlik, shaffoflikni ta’minlash, mahalliy ishlab chiqaruvchilarni keng jalb etish hamda samaradorlik va natijadorlik tahlili borasidagi talablarni strategik ahamiyatga ega bo‘lgan, tovarlar (ishlar, xizmatlar)ni xarid qilishning alohida tartibi belgilangan xo‘jalik jamiyatlari va korxonalar tomonidan amalga oshiriladigan davlat xaridlarining barcha turlariga nisbatan tatbiq etishni nazarda tutuvchi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti qarori loyihasini kiritsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
14. O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va sanoat vazirligi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi, manfaatdor vazirlik va idoralar hamda hokim yordamchilari bilan birgalikda ikki oy muddatda mahalliylashtirilgan mahsulotlarni ishlab chiqarish hajmini 2020-2021-yillar davomida kamida 20 foizga oshirishni, xususan import ulushi yuqori bo‘lgan tovarlarning respublikada o‘zlashtirilishini yo‘lga qo‘yish bo‘yicha yangi loyihalarni ishga tushirish bo‘yicha dasturlar tasdiqlanishini nazarda tutuvchi Vazirlar Mahkamasining tegishli qarori loyihasini kiritsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qaror loyihasida respublikada mavjud polimer, ip-kalava, charm, jun, ipak, mis, tabiiy tosh, qishloq xo‘jaligi va boshqa birlamchi xom ashyolarni chuqur qayta ishlash orqali qo‘shilgan qiymat zanjirini yaratish hamda texnologik asbob-uskunalarning tez ishdan chiquvchi butlovchi buyumlari, ehtiyot qismlari va materiallarini mahalliylashtirish nazarda tutilsin.
(15-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 10-noyabrdagi PF-193-sonli Farmoniga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 11.11.2023-y., 06/23/193/0844-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
16. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi bir oy muddatda qonun hujjatlariga ushbu qarordan kelib chiqadigan o‘zgartirish va qo‘shimchalar to‘g‘risida takliflar kiritsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
17. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N. Aripov, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining maslahatchisi R.A. Gulyamov va O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri o‘rinbosari ― moliya vaziri J.A. Qo‘chqorov zimmasiga yuklansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2019-yil 24-avgust,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
PQ-4426-son
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 24-avgustdagi PQ-4426-son qaroriga ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Mahalliylashtirish va sanoatda kooperatsiya aloqalarini kengaytirish masalalari bo‘yicha doimiy asosda faoliyat ko‘rsatuvchi ishchi guruhning
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
lavozimiga ko‘ra
―
viloyat (Toshkent shahri) hokimining ishlab chiqarishni mahalliylashtirish va sanoatda kooperatsiya aloqalarini kengaytirish masalalari bo‘yicha yordamchisi, ishchi guruh rahbari
lavozimiga ko‘ra
―
hududiy iqtisodiyot va sanoat bosh boshqarmasi boshlig‘i, ishchi guruh rahbarining o‘rinbosari
lavozimiga ko‘ra
―
viloyat hokimining o‘rinbosari ― hududiy investitsiyalar va tashqi savdo boshqarmasi boshlig‘i, ishchi guruh rahbarining o‘rinbosari
lavozimiga ko‘ra
―
hududiy statistika boshqarmasi boshlig‘i
lavozimiga ko‘ra
―
hududiy bojxona boshqarmasi boshlig‘i
lavozimiga ko‘ra
―
hududiy raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish boshqarmasi boshlig‘i
lavozimiga ko‘ra
―
Savdo-sanoat palatasi hududiy boshqarmasi boshlig‘i
lavozimiga ko‘ra
―
hududiy davlat soliq boshqarmasi boshlig‘i
lavozimiga ko‘ra
―
hududiy g‘aznachilik boshqarmasi boshlig‘i
lavozimiga ko‘ra
―
Markaziy bank hududiy bosh boshqarmasi boshlig‘i
lavozimiga ko‘ra
―
“O‘zstandart” agentligi hududiy inspektorlari
lavozimiga ko‘ra
―
Davlat aktivlarini boshqarish agentligi hududiy boshqarmasi boshlig‘i
lavozimiga ko‘ra
―
hududiy iqtisodiyot va sanoat bosh boshqarmasi bo‘lim boshlig‘i ― ishchi guruh kotibi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Izoh: Ishchi guruh a’zolari boshqa ishga o‘tgan taqdirda uning tarkibiga ushbu lavozimga yangidan tayinlangan yoki tegishli funksiyalarni bajarish zimmasiga yuklangan shaxslar kiritiladi.
(ilova O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 6-iyuldagi PF-108-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 07.07.2023-y., 06/23/108/0460-son)
(Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 24.08.2019-y., 07/19/4426/3632-son; 31.10.2020-y., 06/20/6098/1432-son; Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 07.07.2023-y., 06/23/108/0460-son; 11.11.2023-y., 06/23/193/0844-son; 27.02.2026-y., 07/26/74/0175-son)