Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirining
buyrugʻi
Idoraviy normativ-huquqiy hujjatni davlat reyestridan chiqarish toʻgʻrisida
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2019-yil 23-avgustda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 1451-1]
Idoraviy normativ-huquqiy hujjatni davlat reyestridan chiqarish boʻyicha 2019-yil 21-avgustdagi xulosaga muvofiq hamda Oʻzbekiston Respublikasining “Normativ-huquqiy hujjatlar toʻgʻrisida”gi Qonuni, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 13-apreldagi PQ-3666-son “Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi faoliyatini yanada takomillashtirishga doir tashkiliy chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi qarori, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1997-yil 9-oktabrdagi 469-son “Vazirliklar, davlat qoʻmitalari va idoralar meʼyoriy hujjatlarining qonuniyligini taʼminlash chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qaroriga asosan, buyuraman:
1. “Qishloq xoʻjaligi tovar ishlab chiqaruvchilariga ammiakli selitrani yetkazib berish shartnomalarini tuzish, saqlash va berish tartibi toʻgʻrisida nizomni tasdiqlash haqida”gi qarorni (roʻyxat raqami 1451, 2005-yil 16-fevral) Idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarning davlat reyestridan chiqarish yuzasidan Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va sanoat vazirligining 2019-yil 2-avgustdagi BU-1-7/6-3427-5-son xati maʼlumot uchun qabul qilinsin.
2. Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi, Moliya vazirligi, Ichki ishlar vazirligi va Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligining 2004-yil 14-dekabrdagi 49, 124, 15/1378 va 02-20/101-son “Qishloq xoʻjaligi tovar ishlab chiqaruvchilariga ammiakli selitrani yetkazib berish shartnomalarini tuzish, saqlash va berish tartibi toʻgʻrisida nizomni tasdiqlash haqida”gi qarori (roʻyxat raqami 1451, 2005-yil 16-fevral) Idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarning davlat reyestridan chiqarilsin.
3. Mazkur buyruq davlat roʻyxatidan oʻtkazilsin va bu haqda Idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarning davlat reyestriga tegishli yozuv kiritilsin.
4. Qonun hujjatlarini tahlil qilish va turkumlash boshqarmasi ushbu idoraviy normativ-huquqiy hujjatni “Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami” — “Sobraniye zakonodatelstva Respubliki Uzbekistan”da hamda Oʻzbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasida eʼlon qilinishini taʼminlasin.
5. Mazkur buyruq rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Vazir R. DAVLETOV
Toshkent sh.,
2019-yil 23-avgust,
356-mh-son
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 23.08.2019-y., 10/19/1451-1/3615-son)