Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirining
buyrugʻi
Idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarni davlat reyestridan chiqarish toʻgʻrisida
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2019-yil 23-avgustda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 1677-3]
Idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarni davlat reyestridan chiqarish boʻyicha 2019-yil 19-avgustdagi xulosaga muvofiq hamda Oʻzbekiston Respublikasining “Normativ-huquqiy hujjatlar toʻgʻrisida”gi Qonuni, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 13-apreldagi PQ-3666-son “Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi faoliyatini yanada takomillashtirishga doir tashkiliy chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi qarori, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1997-yil 9-oktabrdagi 469-son “Vazirliklar, davlat qoʻmitalari va idoralar meʼyoriy hujjatlarining qonuniyligini taʼminlash chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qaroriga asosan, buyuraman:
1. “Birja savdolarida sement sotish tartibi haqidagi nizomni tasdiqlash toʻgʻrisida”gi qarorni (roʻyxat raqami 1677, 2007-yil 2-may) Idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarning davlat reyestridan chiqarish yuzasidan Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va sanoat vazirligining 2019-yil 2-avgustdagi BU-1-7/6-3427-5-son xati maʼlumot uchun qabul qilinsin.
2. Quyidagilar Idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarning davlat reyestridan chiqarilsin:
Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi, Moliya vazirligi va Davlat mulkini boshqarish davlat qoʻmitasining 2007-yil 9-apreldagi 23, 50 va 01/UzRTSB-18/11-son “Birja savdolarida sement sotish tartibi haqidagi nizomni tasdiqlash toʻgʻrisida”gi qarori (roʻyxat raqami 1677, 2007-yil 2-may);
Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi, Moliya vazirligi va Davlat mulkini boshqarish davlat qoʻmitasining 2010-yil 3-sentabrdagi 99, 73 va 01/19-18/06-son “Birja savdolarida sementni sotish tartibi haqidagi nizomga oʻzgartirish kiritish toʻgʻrisida”gi qarori (roʻyxat raqami 1677-1, 2010-yil 16-sentabr);
Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi, Moliya vazirligi va Davlat mulkini boshqarish davlat qoʻmitasining 2012-yil 8-fevraldagi 3, 14 va 01/19-18/03-son “Birja savdolarida sementni sotish tartibi haqidagi nizomga oʻzgartirish kiritish toʻgʻrisida”gi qarori (roʻyxat raqami 1677-2, 2012-yil 2-mart).
3. Mazkur buyruq davlat roʻyxatidan oʻtkazilsin va bu haqda Idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarning davlat reyestriga tegishli yozuv kiritilsin.
4. Qonun hujjatlarini tahlil qilish va turkumlash boshqarmasi ushbu idoraviy normativ-huquqiy hujjatni “Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami” — “Sobraniye zakonodatelstva Respubliki Uzbekistan”da hamda Oʻzbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasida eʼlon qilinishini taʼminlasin.
5. Mazkur buyruq rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Vazir R. DAVLETOV
Toshkent sh.,
2019-yil 23-avgust,
358-mh-son
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 23.08.2019-y., 10/19/1677-3/3619-son)