1.05.00.00.00 Mehnat va aholining bandligi toʻgʻrisidagi qonunchilik / 05.01.00.00 Ishga joylash va aholi bandligi / 05.01.07.00 Boshqa masalalar;
2.05.00.00.00 Mehnat va aholining bandligi toʻgʻrisidagi qonunchilik / 05.01.00.00 Ishga joylash va aholi bandligi / 05.01.09.00 Mehnat migratsiyasi]
[TSZ:
1.Ijtimoiy-madaniy masalalar / Mehnat. Aholining bandligi]
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Farmoni
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Xorijda vaqtinchalik mehnat faoliyatini amalga oshirayotgan Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolari va ularning oila aʼzolarini himoya qilish kafolatlarini yanada kuchaytirish choralari toʻgʻrisida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Keyingi yillarda mamlakatimizda tashqi mehnat migratsiyasi jarayonlarini tartibga solish, vaqtinchalik mehnat faoliyatini amalga oshirish uchun xorijga joʻnab ketayotgan fuqarolarning (keyingi oʻrinlarda — mehnat migrantlari) huquq va manfaatlari himoya qilinishini taʼminlash, ularga zarur huquqiy, ijtimoiy, axborot-maslahat yordami koʻrsatish va moddiy qoʻllab-quvvatlash borasida izchil ishlar amalga oshirilmoqda.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Shu bilan birga, mehnat migrantlari va ularning oila aʼzolari uchun ishonchli, shu jumladan uy-joy va maishiy sharoitlarni yaxshilash, moliyaviy yordam, hayoti va sogʻligʻini himoya qilish masalalarida ijtimoiy qoʻllab-quvvatlash mexanizmlarini yaratishni nazarda tutuvchi kompleks chora-tadbirlarni qabul qilish talab etilmoqda.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bundan tashqari, mehnat migrantlari va ular oila aʼzolarining yashashi va mehnat faoliyati uchun munosib sharoitlar yaratish uchun vakolatli idoralar bilan respublikaning hamda xorijiy davlatlar mahalliy hokimiyat organlarining rahbarlari oʻrtasida samarali hamkorlikni yoʻlga qoʻyish, shuningdek, mazkur yoʻnalishda muvofiqlashgan faoliyatni taʼminlash zarur.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Mehnat migrantlari va ularning oila aʼzolarini qoʻllab-quvvatlashning samarali tizimini shakllantirish, davlat tomonidan ularning kundalik ehtiyojlari va orzu-umidlari toʻgʻrisida har tomonlama gʻamxoʻrlik qilish, mamlakat hududida ham, uning tashqarisida ham ishonchli ijtimoiy va huquqiy himoya kafolatlarini kuchaytirish maqsadida, shuningdek, Tadbirkorlar va ishbilarmonlar harakati — Oʻzbekiston Liberal-demokratik partiyasining takliflarini hisobga olib:
[OKOZ:
1.05.00.00.00 Mehnat va aholining bandligi toʻgʻrisidagi qonunchilik / 05.01.00.00 Ishga joylash va aholi bandligi / 05.01.09.00 Mehnat migratsiyasi]
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va sanoat vazirligi, Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi, Moliya vazirligi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari uy-joy sharoitlarini yaxshilashga ehtiyojmand mehnat migrantlariga 2020-yilda uy-joy qurilishi boʻyicha davlat dasturlarining ijrosi doirasida koʻp kvartirali uylardan 3 462 ta xonadonni 1-ilovaga muvofiq ajratsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyat Milliy bankining quyidagilar toʻgʻrisidagi takliflari maʼqullansin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
mehnat migrantlari tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi hududida olingan kredit toʻlovlarini “Aziya invest bank” aksiyadorlik jamiyati va Rossiyadagi boshqa hamkor-banklar orqali Rossiya rublida, shu jumladan elektron toʻlov tizimlari orqali amalga oshirish mexanizmini joriy qilish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi huzuridagi Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi (keyingi oʻrinlarda — Agentlik) tomonidan taqdim etilgan maʼlumotlar asosida Oʻzbekiston Respublikasidan ketgan mehnat migrantlari koʻproq yigʻilgan Rossiya Federatsiyasi hududlarida “Aziya invest bank” aksiyadorlik jamiyatining bank infratuzilmasini va mijozlarga xizmat koʻrsatishning masofaviy kanallarini kengaytirish choralarini koʻrish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. 2019-yil 1-oktabrdan boshlab Oʻzbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi huzuridagi Xorijda mehnat faoliyatini amalga oshirayotgan fuqarolarni qoʻllab-quvvatlash hamda ularning huquq va manfaatlarini himoya qilish jamgʻarmasi hamda Bandlikka koʻmaklashish davlat jamgʻarmasi hisobidan:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
mehnat migrantlariga — xorijda ishga joylashish bilan bogʻliq xarajatlarni toʻlash uchun beriladigan, bir bank kuni davomida tez rasmiylashtirilgan holda eng kam talab qilinadigan hujjatlar (pasport, ariza va mehnat organining iltimosnomasi) asosida 2019-2020-yillarda 10 foiz va 2021-yilda 12 foiz stavkada 2 mln. soʻm miqdorida bir yil muddatga, shu jumladan taqdim etilayotgan kredit foiz stavkasining 50 foizi miqdoridagi tijorat bankining marjasi bilan mikroqarzlar berish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
sugʻurta kompaniyalariga — yiliga bir marotaba xorijda vaqtinchalik mehnat faoliyatini amalga oshirish davrida fuqarolar hayoti va sogʻligʻini hamda boshqa tavakkalchiliklarni sugʻurtalash boʻyicha sugʻurta mukofoti summasini qoplash uchun sugʻurtalangan har bir mehnat migranti uchun 50 ming soʻm miqdorida bir martalik subsidiyalar taqdim etish amaliyoti joriy etilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi Moliya vazirligi hamda boshqa manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda ikki oy muddatda xorijda vaqtinchalik mehnat faoliyatini amalga oshirish davrida fuqarolar hayoti va sogʻligʻini hamda boshqa tavakkalchiliklarni sugʻurtalash boʻyicha sugʻurta mukofoti summasini qoplash uchun bir martalik subsidiyalar taqdim etish tartibini ishlab chiqsin va Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.
[OKOZ:
1.05.00.00.00 Mehnat va aholining bandligi toʻgʻrisidagi qonunchilik / 05.01.00.00 Ishga joylash va aholi bandligi / 05.01.09.00 Mehnat migratsiyasi]
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Tashqi mehnat migratsiyasi masalalari boʻyicha respublika komissiyasi (keyingi oʻrinlarda — Respublika komissiyasi) 2-ilovaga muvofiq tarkibda tashkil etilsin va quyidagilar uning asosiy vazifalari etib belgilansin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
davlat boshqaruvi organlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari va boshqa tashkilotlarning uyushgan mehnat migratsiyasi, mehnat migrantlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini samarali himoya qilish, ularni moddiy va ijtimoiy qoʻllab-quvvatlash masalalari boʻyicha faoliyatini muvofiqlashtirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tashqi mehnat migratsiyasi sohasidagi davlat dasturlarini ishlab chiqish va amalga oshirishni tashkillashtirish, mazkur sohadagi milliy qonunchilik va huquqni qoʻllash amaliyotini yanada takomillashtirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
xorijiy mamlakatlarning tashqi mehnat migratsiyasi masalalari boʻyicha vakolatli davlat organlari bilan hamkorlikni yoʻlga qoʻyish, mehnat migrantlari huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish boʻyicha xalqaro shartnomalarga Oʻzbekiston Respublikasining qoʻshilishi (ratifikatsiya qilishi) boʻyicha takliflarni koʻrib chiqish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolariga ularning xorijda mehnat faoliyatini amalga oshirish, adolatli va xavfsiz mehnat sharoitlariga boʻlgan huquqlarini roʻyobga chiqarishda koʻmaklashish, ularning ijtimoiy va huquqiy himoyasini, shuningdek, Vatanga qaytganlaridan soʻng jamiyatga qoʻshilishini taʼminlash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
davlat organlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari va boshqa tashkilotlar rahbarlarining tashqi mehnat migratsiyasi sohasida qilingan ishlar boʻyicha hisobotlarini tinglash, shu asosda ularni ragʻbatlantirish yoki javobgarlikka tortish boʻyicha qarorlar qabul qilish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tashqi mehnat migratsiyasi sohasidagi ishlarning ahvolini tizimli tahlil va monitoring qilish hamda uning yakunlari boʻyicha mehnat migrantlariga huquqiy, moliyaviy va moddiy koʻmaklashish vositalarining samaradorligini oshirishga yoʻnaltirilgan aniq chora-tadbirlarni ishlab chiqish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Belgilansinki, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi raisi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlari, shuningdek, vakolatli davlat organlari va tashkilotlari rahbarlari har olti oyda kamida bir marta mehnat migrantlari va ularning oila aʼzolarini qoʻllab-quvvatlash va huquqlarini himoya qilish sohasida amalga oshirilgan ishlar toʻgʻrisida Respublika komissiyasiga hisobot beradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tuzilmasida xodimlarining cheklangan soni 8 shtat birligidan iborat Xorijda vaqtinchalik mehnat faoliyatini amalga oshirayotgan Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolari huquqlarini himoya qilish va qoʻllab-quvvatlash masalalari departamenti (keyingi oʻrinlarda — Departament) 3-ilovaga muvofiq tashkil etilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Belgilansinki, Departamentning shtatlari soni Oʻzbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi va uning tashkiliy tuzilmasiga kiruvchi muassasalarning 8 ta shtat birligini qisqartirish hisobiga shakllantiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Vazirlar Mahkamasining ijro etuvchi tuzilmasiga Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining maslahatchisi — Xorijda vaqtinchalik mehnat faoliyatini amalga oshirayotgan Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolari huquqlarini himoya qilish va qoʻllab-quvvatlash masalalari departamentining mudiri lavozimi kiritilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. Quyidagilar Departament faoliyatining asosiy yoʻnalishlari etib belgilansin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
migratsiya jarayonlarini kompleks tahlil qilish, tashqi mehnat migratsiyasi sabablari va omillarini, mehnat migrantlarining huquq va qonuniy manfaatlarini taʼminlash, shuningdek, ularning xorijda boʻlish shart-sharoitlarini yaxshilash bilan bogʻliq tizimli muammolarni aniqlash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolarini uyushgan holda xorijda ishga joylashtirishni taʼminlash boʻyicha yillik rejalar va dasturlarni, mehnat migrantlarining huquq va qonuniy manfaatlari himoya qilinishini taʼminlash, ularning xorijda mehnat, maishiy va yashash sharoitlarini yaxshilash boʻyicha manzilli chora-tadbirlarni amalga oshirishni nazarda tutuvchi tashqi mehnat migratsiyasi sohasidagi ustuvor vazifalarni hal etish boʻyicha aniq chora-tadbirlar (“yoʻl xaritalari”) ishlab chiqish va amalga oshirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tashqi mehnat migratsiyasi sohasida xalqaro hamkorlikni kengaytirish, xorijiy davlatlarning vakolatli organlari bilan Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolarini xorijda vaqtincha ishga joylashtirish va ularning huquqlari va qonuniy manfaatlarini taʼminlash masalalari boʻyicha hamkorlik qilish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
vakolatli organlarning, shu jumladan Agentlikning xorijiy vakolatxonalari, Oʻzbekiston Respublikasining xorijiy davlatlardagi diplomatik va konsullik muassasalari tomonidan mehnat migrantlari murojaatlarini koʻrib chiqish, ular bilan toʻgʻridan-toʻgʻri va ochiq muloqot oʻrnatish boʻyicha samarali faoliyatini tashkil etish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ijtimoiy-maishiy masalalarni hal qilish, uy-joy sharoitini yaxshilash, mehnatga layoqatli oila aʼzolarini, ayniqsa ayollarni ish bilan taʼminlash va mehnat migrantlarining bolalarini ijtimoiy qoʻllab-quvvatlash orqali mehnat migrantlarining Oʻzbekiston Respublikasidagi oila aʼzolari daromadlari va turmush darajasini oshirishga qaratilgan kompleks chora-tadbirlarni ishlab chiqish va amalga oshirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
dastlabki kasbiy tayyorgarlik, moslashuv tadbirlarini amalga oshirish, mehnat migrantlarini xorijda ishga joylashtirish, ularga, shu jumladan oʻz Vataniga qaytib kelganidan soʻng huquqiy va ijtimoiy yordam koʻrsatish jarayonlarini samarali monitoring va nazorat qilish.
1.05.00.00.00 Mehnat va aholining bandligi toʻgʻrisidagi qonunchilik / 05.01.00.00 Ishga joylash va aholi bandligi / 05.01.09.00 Mehnat migratsiyasi]
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi raisi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlari xorijiy mamlakatlarning mahalliy davlat hokimiyati organlari rahbarlari bilan mehnat migrantlarining mehnat faoliyatini amalga oshirish va istiqomat qilishi uchun ruxsat beruvchi hujjatlarni rasmiylashtirish, ishga qabul qilishda ularning mehnat huquqlariga rioya etilishi, mehnat migrantlari uchun munosib yashash va maishiy shart-sharoitlarni yaratish, sogʻliqni saqlash va taʼlim muassasalari xizmatlaridan foydalanish, shuningdek, mehnat migrantlarining xorijda boʻlishi bilan bogʻliq ehtimoliy muammolarni hal qilish masalalari boʻyicha doimiy asosda yaqin hamkorlik munosabatlarini oʻrnatsin.
[OKOZ:
1.05.00.00.00 Mehnat va aholining bandligi toʻgʻrisidagi qonunchilik / 05.01.00.00 Ishga joylash va aholi bandligi / 05.01.09.00 Mehnat migratsiyasi]
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9. Shunday tartib amaliyotga joriy etilsinki, unga koʻra:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Agentlik oʻzida mavjud maʼlumotlar hamda xususiy bandlik agentliklari va Agentlikning xorijdagi vakolatxonalaridan olingan maʼlumotlar asosida har oyning 5-sanasiga qadar tashqi mehnat migratsiyasi sohasida qilingan ishlar va aniqlangan muammolar toʻgʻrisidagi axborotni, ularni hal etish boʻyicha aniq takliflar bilan birga Oʻzbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligiga kiritadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi Tashqi ishlar vazirligi bilan birgalikda har oyning 10-sanasiga qadar tashqi mehnat migratsiyasi holati, mehnat migrantlarini koʻllab-quvvatlash va ularning huquqlarini himoya qilish sohasida amalga oshirilgan ishlar haqida yigʻma-tahliliy maʼlumotni keyinchalik Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziriga axborot berish va Respublika komissiyasi majlislarida koʻrib chiqish uchun Departamentga kiritadi.
1.05.00.00.00 Mehnat va aholining bandligi toʻgʻrisidagi qonunchilik / 05.01.00.00 Ishga joylash va aholi bandligi / 05.01.09.00 Mehnat migratsiyasi]
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
10. Oʻzbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi ishlab chiqilayotgan “Yagona milliy mehnat tizimi” axborot tizimi doirasida, shu jumladan quyidagilarni nazarda tutuvchi “labor-migration” dasturiy majmuasini 2019-yil 1-oktabrga qadar joriy etsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
xorijda vaqtinchalik mehnat faoliyatini amalga oshirish istagini bildirgan fuqarolarga ish beruvchi mamlakatda boʻlish qoidalari, mehnat, ijtimoiy, uy-joy va maishiy taʼminot sharoitlari, xorijiy ish beruvchilar bilan mehnat shartnomalarini tuzishning huquqiy jihatlari, shuningdek, qonun hujjatlarida belgilangan moliyaviy yordam choralari toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni onlayn tarzda taqdim qilish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Agentlik va xususiy bandlik agentliklari faoliyati toʻgʻrisida, shu jumladan ular koʻrsatadigan xizmatlarning turlari va narxlari, xorijiy ish beruvchilarda mavjud boʻlgan boʻsh ish oʻrinlari, shuningdek, ushbu ish oʻrinlariga ishga joylashish tartibi toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni taqdim etish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolarining xorijda vaqtinchalik mehnat faoliyati monitoringi, shu jumladan kasbiy taʼlim, qayta tayyorlash va malaka oshirish, taqdim etilgan moliyaviy qoʻllab-quvvatlash choralari, koʻrsatilgan huquqiy va ijtimoiy yordam, shuningdek, xorijiy ish beruvchilar bilan tuzilgan mehnat shartnomalari toʻgʻrisidagi axborotlar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
chet elda ogʻir vaziyatga tushib qolgan va yordamga muhtoj mehnat migrantlari tomonidan masofadan turib murojaat yoʻllash imkoniyati;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
mehnat migrantlari, ishga joylashish geografiyasi, ularning faoliyat yoʻnalishlari va turlari toʻgʻrisidagi maʼlumotlar bazasini shakllantirish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Belgilab qoʻyilsinki, ushbu Farmonda nazarda tutilgan kreditlar, subsidiyalar, mikroqarzlar va koʻp kvartirali uylardagi xonadonlar “labor-migration” dasturiy majmuasida roʻyxatdan oʻtgan mehnat migrantlariga taqdim etiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
11. Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va sanoat vazirligi, Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi, Moliya vazirligi va Qurilish vazirligi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
a) 2019-yil 1-oktabrga qadar quyidagilarni:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
uy-joy sharoitlarini yaxshilashga ehtiyojmand mehnat migrantlari uchun 2020-yilda uy-joylar qurish parametrlari;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Uy-joy sharoitlarini yaxshilashga ehtiyojmand mehnat migrantlariga koʻp kvartirali uylardan xonadonlar ajratish tartibi toʻgʻrisida, shu jumladan ipoteka kreditlari olish huquqiga ega talabgorlarni saralab olish tartibini koʻzda tutuvchi nizomni Vazirlar Mahkamasiga tasdiqlash uchun kiritsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
b) 2021-yil va keyingi yillarda uy-joylar qurish parametrlarini shakllantirishda uy-joy sharoitlarini yaxshilashga ehtiyojmand mehnat migrantlari uchun koʻp kvartirali uylardan xonadonlar kiritilishini belgilangan tartibda nazarda tutsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
12. Oʻzbekiston Respublikasi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi Moliya vazirligi, Iqtisodiyot va sanoat vazirligi, ishtirokchi tijorat banklari, manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda mehnat migrantlari uchun koʻp kvartirali uylarda uy-joy qurish boʻyicha davlat dasturida nazarda tutilganidan ortiq miqdorda xonadonlar qurilishiga xalqaro moliyaviy institutlar va xorijiy hukumat moliya tashkilotlarining uzoq muddatli imtiyozli kreditlarini jalb qilish choralarini koʻrsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
13. Tashqi mehnat migratsiyasi tizimini yanada takomillashtirish, uning uyushgan shakllarini tubdan kengaytirish, respublikadan tashqariga ishlash uchun ketayotgan fuqarolarning mehnat, ijtimoiy va boshqa huquqlari himoya qilinishini taʼminlash, xorijdan qaytib kelgan mehnat migrantlarini tadbirkorlik va mehnat faoliyatiga jalb etish Oʻzbekiston Respublikasi bandlik va mehnat munosabatlari vaziri birinchi oʻrinbosarining asosiy vazifasi etib belgilansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
14. Mehnat migrantlarining ishlash va yashash sharoitlari bilan tanishish va ularga amaliy yordam koʻrsatish maqsadida Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining maslahatchisi — Departament mudiri boshchiligidagi vakolatli vazirlik va idoralar, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlarining rahbariyati va vakillaridan tarkib topgan delegatsiyalarning xorijiy davlatlarga, eng avvalo Rossiya Federatsiyasiga tizimli ravishda safar qilishi amaliyoti joriy etilsin.
1.05.00.00.00 Mehnat va aholining bandligi toʻgʻrisidagi qonunchilik / 05.01.00.00 Ishga joylash va aholi bandligi / 05.01.09.00 Mehnat migratsiyasi]
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
15. Oʻzbekiston Respublikasining xorijdagi diplomatik vakolatxonalari va konsullik muassasalari, Agentlikning xorijdagi vakolatxonalari mansabdor shaxslari va masʼul xodimlari mehnat migrantlarining murojaatlari bilan ishlashda, ayniqsa kechiktirib boʻlmaydigan choralar koʻrishni talab qiluvchi masalalarda va ularga zarur yordam koʻrsatish borasida sovuqqonlik, buyruqbozlik va sansalorlikka yoʻl qoʻyganlik uchun shaxsan javobgar ekanligi toʻgʻrisida qatʼiy ogohlantirilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
16. Oʻzbekiston Milliy axborot agentligi, Oʻzbekiston Milliy teleradiokompaniyasi ommaviy axborot vositalarida ushbu Farmonning maqsad va vazifalari keng miqyosda yoritilishini tashkil etsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
17. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi bir hafta muddatda:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining ijro etuvchi tuzilmasiga oʻzgartirishlar kiritish yuzasidan takliflar tayyorlasin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ushbu Farmonda belgilangan vazifalarning amaliy ijrosini taʼminlash boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorini qabul qilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
18. Mazkur Farmonning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N. Aripov va Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari — moliya vaziri J.A. Qoʻchqorov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri,Respublika komissiyasi raisi
2.
P.R. Bobojonov
—
Oʻzbekiston Respublikasi ichki ishlar vaziri,Respublika komissiyasi raisi oʻrinbosari
3.
K.K. Kuranbayev
—
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti maslahatchisining birinchi oʻrinbosari — Oʻzbekiston Yoshlar ittifoqi Markaziy Kengashi raisi
4.
kelishuv asosida
—
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmati raisi oʻrinbosari
5.
E.I. Basitxanova
—
Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri oʻrinbosari — Oʻzbekiston Xotin-qizlar qoʻmitasi raisi
6.
lavozimi boʻyicha
—
Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining maslahatchisi — Xorijda vaqtinchalik mehnat faoliyatini amalga oshirayotgan Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolari huquqlarini himoya qilish va qoʻllab-quvvatlash masalalari departamenti mudiri
7.
Sh.D. Kudbiyev
—
Oʻzbekiston Respublikasi bandlik va mehnat munosabatlari vaziri
8.
A.K. Shadmanov
—
Oʻzbekiston Re�publikasi sogʻliqni saqlash vaziri
9.
I.T. Neʼmatov
—
Oʻzbekiston Respublikasi tashqi ishlar vazirining birinchi oʻrinbosari
10.
B.I. Zakirov
—
Oʻzbekiston Respublikasi qurilish vazirining birinchi oʻrinbosari
11.
B.B. Ashrafxanov
—
Oʻzbekiston Respublikasi moliya vazirining oʻrinbosari
12.
U.N. Muxammadiyev
—
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Inson huquqlari boʻyicha vakili (Ombudsman)
13.
A.X. Saidov
—
Inson huquqlari boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Milliy markazi direktori
14.
Sh.S. Javlonov
—
Fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari faoliyatini muvofiqlashtirish boʻyicha respublika kengashi raisining birinchi oʻrinbosari
15.
K.M. Rafikov
—
Oʻzbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi Kengashi raisi
16.
lavozim boʻyicha
—
Xorijda vaqtinchalik mehnat faoliyatini amalga oshirayotgan Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolari huquqlarini himoya qilish va qoʻllab-quvvatlash masalalari departamenti mudiri oʻrinbosari, Respublika komissiyasi masʼul kotibi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Izoh: Respublika komissiyasi aʼzolari boshqa ishga oʻtgan taqdirda, uning tarkibiga ushbu lavozimlarga yangi tayinlangan yoki zimmasiga tegishli funksiyalarni bajarish yuklangan shaxslar kiritiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 20-avgustdagi PF-5785-son Farmoniga 3-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Xorijda vaqtinchalik mehnat faoliyatini amalga oshirayotgan Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolari huquqlarini himoya qilish va qoʻllab-quvvatlash masalalari departamenti
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tuzilmasi

Xodimlarning umumiy cheklangan soni — 8 nafar, shu jumladan boshqaruv xodimlari — 7 nafar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Departamentga biriktirilgan vazirliklar, idoralar va boshqa tashkilotlar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Oʻzbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi — tashqi mehnat migratsiyasi qismida;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi — tashqi mehnat migratsiyasi qismida;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi — tashqi mehnat migratsiyasi qismida;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Oʻzbekiston Respublikasi Transport vazirligi — mehnat migrantlarining transport xavfsizligi va respublikadan tashqarida ularni tashish qismida;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Oʻzbekiston Respublikasi Qurilish vazirligi — mehnat migrantlari va ular oilalarining yashash sharoitlarini yaxshilash hamda ularga uy-joy qurib berish qismida;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Vazirliklar, idoralar va boshqa tashkilotlar, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari — mehnat migrantlarini qaytarish va ularni reintegratsiya qilish qismida va boshqa masalalarda.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Departament bilan hamkorlik qilinishi taʼminlanadigan tashkilotlar roʻyxati
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Oʻzbekiston Xotin-qizlar qoʻmitasi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari faoliyatini muvofiqlashtirish boʻyicha respublika kengashi.