Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori, 19.08.2019 yildagi 693-son
Kuchga kirish sanasi
20.08.2019
Рус
Ўзб
O’zb
O‘zb|Рус
Hujjat 13.05.2022 sanasi holatiga | Joriy versiya |
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining | Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining |
qarori | qarori |
Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining tegishli boʻlinmalarida ovqatlanishni tashkil etish boʻyicha autsorsing xizmatlari koʻrsatish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida | Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining tegishli boʻlinmalarida ovqatlanishni tashkil etish boʻyicha autsorsing xizmatlari koʻrsatish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida |
Vazirlar Mahkamasining “Ichki ishlar organlari tizimida ovqatlanishni tashkil etish tartibini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2019-yil 6-maydagi 379-son qaroriga muvofiq, shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining tegishli boʻlinmalarida ovqatlanish tizimini yanada takomillashtirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi: | Vazirlar Mahkamasining “Ichki ishlar organlari tizimida ovqatlanishni tashkil etish tartibini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2019-yil 6-maydagi 379-son qaroriga muvofiq, shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining tegishli boʻlinmalarida ovqatlanish tizimini yanada takomillashtirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi: |
1. Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining tegishli boʻlinmalarida ovqatlanishni tashkil etish boʻyicha autsorsing xizmatlari koʻrsatish tartibi toʻgʻrisidagi nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin. | 1. Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining tegishli boʻlinmalarida ovqatlanishni tashkil etish boʻyicha autsorsing xizmatlari koʻrsatish tartibi toʻgʻrisidagi nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin. |
2. Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vaziriga quyidagi huquqlar berilsin: | 2. Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vaziriga quyidagi huquqlar berilsin: |
davlat strategik zaxirasi va Ichki ishlar vazirligi Moddiy-texnika taʼminoti markaziy bazasida mahsulotlarni saqlash hamda ularni yangilash maqsadida Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligiga tegishli boʻlinmalarda ovqatlanishni taʼminlash uchun mahsulotlarni autsorserlarga, transport xarajatlarini qoplashni hisobga olgan holda, amalda xarid qilingan narxlarda berish (tarqatish); | davlat strategik zaxirasi va Ichki ishlar vazirligi Moddiy-texnika taʼminoti markaziy bazasida mahsulotlarni saqlash hamda ularni yangilash maqsadida Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligiga tegishli boʻlinmalarda ovqatlanishni taʼminlash uchun mahsulotlarni autsorserlarga, transport xarajatlarini qoplashni hisobga olgan holda, amalda xarid qilingan narxlarda berish (tarqatish); |
shaxsiy tarkibning uzluksiz ovqatlanishini (shu jumladan doimiy joylashish punktlarida, dala sharoitlarida, tabiiy va texnogen tusdagi favqulodda vaziyatlar yuzaga kelganda hamda boshqa holatlarda) tashkillashtirish maqsadida tegishli zarur lavozimlarni Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi boʻlinmalari shtatlariga kiritish yoʻli bilan saqlab turish; | shaxsiy tarkibning uzluksiz ovqatlanishini (shu jumladan doimiy joylashish punktlarida, dala sharoitlarida, tabiiy va texnogen tusdagi favqulodda vaziyatlar yuzaga kelganda hamda boshqa holatlarda) tashkillashtirish maqsadida tegishli zarur lavozimlarni Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi boʻlinmalari shtatlariga kiritish yoʻli bilan saqlab turish; |
ovqatlanishi autsorsing shartlari asosida amalga oshiriladigan Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi boʻlinmalarining roʻyxatini belgilash. | ovqatlanishi autsorsing shartlari asosida amalga oshiriladigan Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi boʻlinmalarining roʻyxatini belgilash. |
3. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining Ixtisoslashtirilgan maktab-internati faoliyatini tashkil etishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2019-yil 7-fevraldagi 107-son qarorining 2 va 3-bandlari hamda qarorga ilova oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin. | 3. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining Ixtisoslashtirilgan maktab-internati faoliyatini tashkil etishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2019-yil 7-fevraldagi 107-son qarorining 2 va 3-bandlari hamda qarorga ilova oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin. |
4. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi ichki ishlar vaziri P.R. Bobojonov zimmasiga yuklansin. | 4. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi ichki ishlar vaziri P.R. Bobojonov zimmasiga yuklansin. |
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV | Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV |
Toshkent sh., | Toshkent sh., |
2019-yil 19-avgust, | 2019-yil 19-avgust, |
693-son | 693-son |
Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 19-avgustdagi 693-son qaroriga ILOVA | Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 19-avgustdagi 693-son qaroriga ILOVA |
Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining tegishli boʻlinmalarida ovqatlanishni tashkil etish boʻyicha autsorsing xizmatlari koʻrsatish tartibi toʻgʻrisida | Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining tegishli boʻlinmalarida ovqatlanishni tashkil etish boʻyicha autsorsing xizmatlari koʻrsatish tartibi toʻgʻrisida |
NIZOM | NIZOM |
1-bob. Umumiyqoidalar | 1-bob. Umumiyqoidalar |
1. Ushbu Nizom Oʻzbekiston Respublikasi Ichkiishlar vazirligining tegishli boʻlinmalaridagi xodimlar va harbiy xizmatchilar, kursantlar, tinglovchilar, akademik litsey oʻquvchilari, maktab-internat tarbiyalanuvchilari va bolalar sogʻlomlashtirish oromgohi tarbiyalanuvchilari, shuningdek, vaqtincha saqlash hibsxonalarida saqlanadigan shaxslarning (keyingi oʻrinlarda ovqatlanuvchilar deb ataladi) ovqatlanishini autsorsing shartlarida tashkil etish tartibini belgilaydi. | 1. Ushbu Nizom Oʻzbekiston Respublikasi Ichkiishlar vazirligining tegishli boʻlinmalaridagi xodimlar va harbiy xizmatchilar, kursantlar, tinglovchilar, akademik litsey oʻquvchilari, maktab-internat, bolalar sogʻlomlashtirish oromgohi va maktabgacha taʼlim tashkiloti tarbiyalanuvchilari, shuningdek, vaqtincha saqlash hibsxonalarida saqlanadigan shaxslarning (keyingi oʻrinlarda ovqatlanuvchilar deb ataladi) ovqatlanishini autsorsing shartlarida tashkil etish tartibini belgilaydi. |
2. Ushbu Nizomda quyidagi asosiy tushunchalardan foydalaniladi: | 2. Ushbu Nizomda quyidagi asosiy tushunchalardan foydalaniladi: |
autsorsing — buyurtmachining ovqatlanuvchilarni ovqatlantirish vazifasini shartnoma asosida autsorserga oʻtkazish; | autsorsing — buyurtmachining ovqatlanuvchilarni ovqatlantirish vazifasini shartnoma asosida autsorserga oʻtkazish; |
autsorser — shartnoma asosida buyurtmachiga autsorsing xizmati koʻrsatuvchi yuridik shaxs; | autsorser — shartnoma asosida buyurtmachiga autsorsing xizmati koʻrsatuvchi yuridik shaxs; |
buyurtmachi — Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining tegishli boʻlinmalari. | buyurtmachi — Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining tegishli boʻlinmalari. |
3. Ovqatlanuvchilarni ovqatlantirish quyidagilarni oʻz ichiga oladi: | 3. Ovqatlanuvchilarni ovqatlantirish quyidagilarni oʻz ichiga oladi: |
statsionar va dala sharoitida oziq-ovqat taʼminoti; | statsionar va dala sharoitida oziq-ovqat taʼminoti; |
quruq mahsulotlar taʼminoti. | quruq mahsulotlar taʼminoti. |
4. Ovqatlanuvchilarni ovqatlantirish buyurtmachining oziq-ovqat xizmati tomonidan autsorser xizmatini jalb qilish orqali amalga oshiriladi. | 4. Ovqatlanuvchilarni ovqatlantirish buyurtmachining oziq-ovqat xizmati tomonidan autsorser xizmatini jalb qilish orqali amalga oshiriladi. |
5. Ovqatlanuvchilarni ovqatlantirish uchun pul mablagʻlari yillik buyurtmalar boʻyicha belgilanadi va autsorsing xizmatlari uchun kelishilgan hisob-kitoblar, oziq-ovqat meʼyori narxlari belgilangan meʼyorlar asosida yil boʻyicha rejalashtiriladi. | 5. Ovqatlanuvchilarni ovqatlantirish uchun pul mablagʻlari yillik buyurtmalar boʻyicha belgilanadi va autsorsing xizmatlari uchun kelishilgan hisob-kitoblar, oziq-ovqat meʼyori narxlari belgilangan meʼyorlar asosida yil boʻyicha rejalashtiriladi. |
6. Autsorsing xizmati buyurtmachining tasdiqlangan xarajatlar smetasi doirasida budjet mablagʻlari hisobiga moliyalashtiriladi. | 6. Autsorsing xizmati buyurtmachining tasdiqlangan xarajatlar smetasi doirasida budjet mablagʻlari hisobiga moliyalashtiriladi. |
7. Autsorsing xizmati koʻrsatish jarayonida maxfiylik tartibiga rioya qilish buyurtmachi tomonidan taʼminlanadi. | 7. Autsorsing xizmati koʻrsatish jarayonida maxfiylik tartibiga rioya qilish buyurtmachi tomonidan taʼminlanadi. |
2-bob. Autsorserni tanlash, shartnoma tuzish va hisob-kitoblarni amalga oshirish tartibi | 2-bob. Autsorserni tanlash, shartnoma tuzish va hisob-kitoblarni amalga oshirish tartibi |
8. Autsorserlar Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari tomonidan talabgorlarni oʻrganish hamda eng yaxshi takliflarni tanlash orqali tanlab olinadi. Bunda umumiy ovqatlanish sohasida katta ish tajribasiga, tegishli moliyaviy, moddiy-texnika va logistika bazasiga ega boʻlgan, oshxonalarning holatini yaxshilashga tayyor boʻlgan talabgorlarga ustunlik beriladi. | 8. Autsorserlar Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari tomonidan talabgorlarni oʻrganish hamda eng yaxshi takliflarni tanlash orqali tanlab olinadi. Bunda umumiy ovqatlanish sohasida katta ish tajribasiga, tegishli moliyaviy, moddiy-texnika va logistika bazasiga ega boʻlgan, oshxonalarning holatini yaxshilashga tayyor boʻlgan talabgorlarga ustunlik beriladi. |
9. Autsorser talabgorlariga nisbatan quyidagi talablar qoʻyiladi: | 9. Autsorser talabgorlariga nisbatan quyidagi talablar qoʻyiladi: |
yuridik shaxs ekanligi; | yuridik shaxs ekanligi; |
autsorsing xizmati boʻyicha kamida bir oylik shartnoma summasiga teng aylanma mablagʻlarga egaligi; | autsorsing xizmati boʻyicha kamida bir oylik shartnoma summasiga teng aylanma mablagʻlarga egaligi; |
moliyaviy ahvolining barqarorligi, soliq va yigʻimlardan qarzdorligi mavjud emasligi; | moliyaviy ahvolining barqarorligi, soliq va yigʻimlardan qarzdorligi mavjud emasligi; |
statsionar va dala sharoitida autsorsing xizmati koʻrsatish uchun yetarli moddiy-texnika va logistika bazasiga egaligi; | statsionar va dala sharoitida autsorsing xizmati koʻrsatish uchun yetarli moddiy-texnika va logistika bazasiga egaligi; |
shtatida yetarli ish tajribasiga va koʻnikmaga ega xodimlar mavjudligi. | shtatida yetarli ish tajribasiga va koʻnikmaga ega xodimlar mavjudligi. |
10. Autsorserlarni tanlab olish Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari tomonidan tanlov asosida amalga oshiriladi. | 10. Autsorserlarni tanlab olish Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari tomonidan tanlov asosida amalga oshiriladi. |
11. Autsorserlarni tanlash natijalari maxsus komissiyaning bayonnomasi bilan rasmiylashtiriladi va tasdiqlangan kunning ertasidan kechiktirmay ovqatlanuvchilarning ovqatlanishini tashkil qilish boʻyicha autsorsing xizmatlari koʻrsatish yuzasidan Ichki ishlar vazirligi tegishli boʻlinmalari bilan belgilangan tartibda shartnoma tuzish uchun buyurtmachiga yuboriladi. | 11. Autsorserlarni tanlash natijalari maxsus komissiyaning bayonnomasi bilan rasmiylashtiriladi va tasdiqlangan kunning ertasidan kechiktirmay ovqatlanuvchilarning ovqatlanishini tashkil qilish boʻyicha autsorsing xizmatlari koʻrsatish yuzasidan Ichki ishlar vazirligi tegishli boʻlinmalari bilan belgilangan tartibda shartnoma tuzish uchun buyurtmachiga yuboriladi. |
12. Oziq-ovqat mahsulotlari narxlarining bozordagi oʻrtacha koʻrsatkichlari tegishli hududda yuzaga kelgan narxlar darajasini har oy oʻrganish orqali Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari tomonidan belgilanadi. | 12. Oziq-ovqat mahsulotlari narxlarining bozordagi oʻrtacha koʻrsatkichlari tegishli hududda yuzaga kelgan narxlar darajasini har oy oʻrganish orqali Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari tomonidan belgilanadi. |
13. Agar oziq-ovqat mahsulotlarining amaldagi bozor narxlari Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklarining bayonnoma qarorida belgilangan narxlardan baland boʻlsa, buyurtmachi autsorser bilan birgalikda Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashiga, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklariga koʻrib chiqish va qaror qabul qilish uchun tegishli hududdagi amaldagi narxlarni oʻrganib chiqish dalolatnomasi ilova qilingan takliflarni belgilangan tartibda yuboradi. | 13. Agar oziq-ovqat mahsulotlarining amaldagi bozor narxlari Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklarining bayonnoma qarorida belgilangan narxlardan baland boʻlsa, buyurtmachi autsorser bilan birgalikda Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashiga, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklariga koʻrib chiqish va qaror qabul qilish uchun tegishli hududdagi amaldagi narxlarni oʻrganib chiqish dalolatnomasi ilova qilingan takliflarni belgilangan tartibda yuboradi. |
14. Oziq-ovqat mahsulotlarining Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari bayonnomalarida belgilangan narxlari ular tasdiqlangandan keyingi kundan eʼtiboran kuchga kiradi. | 14. Oziq-ovqat mahsulotlarining Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari bayonnomalarida belgilangan narxlari ular tasdiqlangandan keyingi kundan eʼtiboran kuchga kiradi. |
15. Bayonnoma qarorlarning toʻgʻri tuzilishi uchun javobgarlik Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklariga yuklanadi. | 15. Bayonnoma qarorlarning toʻgʻri tuzilishi uchun javobgarlik Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklariga yuklanadi. |
16. Autsorsing xizmati koʻrsatish boʻyicha shartnoma buyurtmachi va autsorser oʻrtasida kalendar yil uchun yozma shaklda ikki nusxada tuziladi. | 16. Autsorsing xizmati koʻrsatish boʻyicha shartnoma buyurtmachi va autsorser oʻrtasida kalendar yil uchun yozma shaklda ikki nusxada tuziladi. |
Shartnomada ovqatlanuvchilarning soni, bir nafar ovqatlanuvchi uchun tasdiqlangan meʼyorlardagi kunlik oziq-ovqat qiymati, kalendar kuni va jami yillik (yoki bir chorak) summa aks ettiriladi. | Shartnomada ovqatlanuvchilarning soni, bir nafar ovqatlanuvchi uchun tasdiqlangan meʼyorlardagi kunlik oziq-ovqat qiymati, kalendar kuni va jami yillik (yoki bir chorak) summa aks ettiriladi. |
17. Oziq-ovqat mahsulotlarining oʻrtacha bozor narxlari Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklaridan har oyning 1-kuniga qadar Ichki ishlar vazirligi boʻlinmalari tomonidan olinadi. | 17. Oziq-ovqat mahsulotlarining oʻrtacha bozor narxlari Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklaridan har oyning 1-kuniga qadar Ichki ishlar vazirligi boʻlinmalari tomonidan olinadi. |
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklaridan olingan oziq-ovqat mahsulotlari narxi oʻzgarganda yoki boshqa asosli holatlarda shartnomaga tegishli oʻzgartirish kiritilishi mumkin. | Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklaridan olingan oziq-ovqat mahsulotlari narxi oʻzgarganda yoki boshqa asosli holatlarda shartnomaga tegishli oʻzgartirish kiritilishi mumkin. |
18. Tegishli oy uchun umumiy summaning 15 foizi miqdoridagi oldindan toʻlov boshlangan oyning dastlabki oʻn bank kuni davomida xizmatlar koʻrsatish jadvaliga muvofiq amalga oshiriladi. Summaning qolgan qismi amalda koʻrsatilgan xizmatlar asosida shartnoma shartlariga koʻra toʻlanadi. | 18. Tegishli oy uchun umumiy summaning 15 foizi miqdoridagi oldindan toʻlov boshlangan oyning dastlabki oʻn bank kuni davomida xizmatlar koʻrsatish jadvaliga muvofiq amalga oshiriladi. Summaning qolgan qismi amalda koʻrsatilgan xizmatlar asosida shartnoma shartlariga koʻra toʻlanadi. |
Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi boʻlinmalarida ovqatlanishni tashkil etish uchun autsorserni tanlash, autsorser va buyurtmachi oʻrtasida hisob-kitoblar mazkur Nizomga 2 va 3-ilovalarga muvofiq sxemalar boʻyicha amalga oshiriladi. | Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi boʻlinmalarida ovqatlanishni tashkil etish uchun autsorserni tanlash, autsorser va buyurtmachi oʻrtasida hisob-kitoblar mazkur Nizomga 2 va 3-ilovalarga muvofiq sxemalar boʻyicha amalga oshiriladi. |
19. Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi boʻlinmalaridagi ovqatlanuvchilarning ovqatlanishini tashkil etishda autsorserlarga davlat strategik zaxirasidan olingan oziq-ovqat mahsulotlarini hamda boʻlinmalarining yordamchi xoʻjaliklarida yetishtirilgan qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini qayta ishlash asosida berishga yoki realizatsiya qilishga ruxsat beriladi. | 19. Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi boʻlinmalaridagi ovqatlanuvchilarning ovqatlanishini tashkil etishda autsorserlarga davlat strategik zaxirasidan olingan oziq-ovqat mahsulotlarini hamda boʻlinmalarining yordamchi xoʻjaliklarida yetishtirilgan qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini qayta ishlash asosida berishga yoki realizatsiya qilishga ruxsat beriladi. |
Autsorserlarga beriladigan yoki realizatsiya qilinadigan oziq-ovqat va qishloq xoʻjaligi mahsulotlarining narxi transport xarajatlarini qoplashni hisobga olgan holda amalda sotib olingan narx asosida belgilanadi. | Autsorserlarga beriladigan yoki realizatsiya qilinadigan oziq-ovqat va qishloq xoʻjaligi mahsulotlarining narxi transport xarajatlarini qoplashni hisobga olgan holda amalda sotib olingan narx asosida belgilanadi. |
20. Harbiy hududdan tashqarida xizmatni olib borayotgan shaxsiy tarkibga tayyor taomlarni yetkazib berish ichki ishlar organlari boʻlinmalarining kuch va vositalaridan foydalangan holda amalga oshirilishi mumkin. | 20. Harbiy hududdan tashqarida xizmatni olib borayotgan shaxsiy tarkibga tayyor taomlarni yetkazib berish ichki ishlar organlari boʻlinmalarining kuch va vositalaridan foydalangan holda amalga oshirilishi mumkin. |
3-bob. Autsorsing xizmati koʻrsatishda oziq-ovqatlar sifatiga va xavfsizlikka qoʻyiladigan talablar | 3-bob. Autsorsing xizmati koʻrsatishda oziq-ovqatlar sifatiga va xavfsizlikka qoʻyiladigan talablar |
21. Autsorsing xizmatlari asosida ovqat bilan taʼminlash qonunchilik hujjatlarida belgilangan xavfsizlik texnikasi va yongʻin xavfsizligi, mehnat muhofazasi hamda sanitariya qoidalari, normalari va gigiyena normativlariga rioya qilingan holda amalga oshirilishi lozim. | 21. Autsorsing xizmatlari asosida ovqat bilan taʼminlash qonunchilik hujjatlarida belgilangan xavfsizlik texnikasi va yongʻin xavfsizligi, mehnat muhofazasi hamda sanitariya qoidalari, normalari va gigiyena normativlariga rioya qilingan holda amalga oshirilishi lozim. |
22. Autsorser tomonidan foydalaniladigan oziq-ovqat mahsulotlari tegishli muvofiqlik sertifikatlari bilan tasdiqlanishi, shuningdek, xalqaro va milliy standartlar talablariga javob berishi shart. | 22. Autsorser tomonidan foydalaniladigan oziq-ovqat mahsulotlari tegishli muvofiqlik sertifikatlari bilan tasdiqlanishi, shuningdek, xalqaro va milliy standartlar talablariga javob berishi shart. |
23. Buyurtmachiga yetkazib berilayotgan oziq-ovqat mahsulotlari sifati yuzasidan nazorat autsorser ishtirokida buyurtmachining tibbiy hamda oziq-ovqat xizmatlari tomonidan amalga oshiriladi, bunda qabul qilish dalolatnomasi tuzilib, u mahsulot sifatini tekshirgan shaxslar tomonidan imzolanadi va buyurtmachi tomonidan tasdiqlanadi. | 23. Buyurtmachiga yetkazib berilayotgan oziq-ovqat mahsulotlari sifati yuzasidan nazorat autsorser ishtirokida buyurtmachining tibbiy hamda oziq-ovqat xizmatlari tomonidan amalga oshiriladi, bunda qabul qilish dalolatnomasi tuzilib, u mahsulot sifatini tekshirgan shaxslar tomonidan imzolanadi va buyurtmachi tomonidan tasdiqlanadi. |
24. Autsorser xodimlari: | 24. Autsorser xodimlari: |
sifatli oziq-ovqat mahsulotlarini qabul qilishi, ularni toʻgʻri saqlashi va belgilangan meʼyorlar asosida sarflashi; | sifatli oziq-ovqat mahsulotlarini qabul qilishi, ularni toʻgʻri saqlashi va belgilangan meʼyorlar asosida sarflashi; |
belgilangan meʼyorlar asosida taom tayyorlash texnologiyasiga qatʼiy amal qilishi, ortiqcha isrofgarchilikka yoʻl qoʻymasligi; | belgilangan meʼyorlar asosida taom tayyorlash texnologiyasiga qatʼiy amal qilishi, ortiqcha isrofgarchilikka yoʻl qoʻymasligi; |
taomlarni tayyorlashda, oziq-ovqat mahsulotlarini qabul qilish hamda saqlashda sanitariya qoidalari, normalari va gigiyena normativlariga qatʼiy rioya etishi; | taomlarni tayyorlashda, oziq-ovqat mahsulotlarini qabul qilish hamda saqlashda sanitariya qoidalari, normalari va gigiyena normativlariga qatʼiy rioya etishi; |
oshpazlik sohasida zarur bilim va koʻnikmalarga ega boʻlishi va oʻz malakasini doimiy ravishda oshirib borishi zarur. | oshpazlik sohasida zarur bilim va koʻnikmalarga ega boʻlishi va oʻz malakasini doimiy ravishda oshirib borishi zarur. |
Autsorser xodimlari qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda tibbiy koʻrikdan oʻtishi va tibbiy daftarchaga ega boʻlishi shart. | Autsorser xodimlari qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda tibbiy koʻrikdan oʻtishi va tibbiy daftarchaga ega boʻlishi shart. |
Mazkur bandda belgilangan talablarga rioya qilmagan shaxslarning autsorser tomonidan xizmat koʻrsatishga jalb etilishi taqiqlanadi. | Mazkur bandda belgilangan talablarga rioya qilmagan shaxslarning autsorser tomonidan xizmat koʻrsatishga jalb etilishi taqiqlanadi. |
25. Oziq-ovqat mahsulotlarini belgilangan tartibda saqlash qoidalariga rioya etilishi boʻyicha javobgarlik autsorserga yuklanadi. | 25. Oziq-ovqat mahsulotlarini belgilangan tartibda saqlash qoidalariga rioya etilishi boʻyicha javobgarlik autsorserga yuklanadi. |
4-bob. Ovqatlanuvchilarning ovqatlanish tartibini rejalashtirish, nazorat qilish va monitoringni amalga oshirish | 4-bob. Ovqatlanuvchilarning ovqatlanish tartibini rejalashtirish, nazorat qilish va monitoringni amalga oshirish |
26. Ovqatlanuvchilarning ovqatlanish tartibi buyurtmachi tomonidan ishlab chiqiladi. | 26. Ovqatlanuvchilarning ovqatlanish tartibi buyurtmachi tomonidan ishlab chiqiladi. |
27. Taomnoma sanitariya qoidalari, normalari va gigiyena normativlari asosida tuziladi, autsorser va buyurtmachi rahbari tomonidan imzo chekilib tasdiqlanadi. | 27. Taomnoma sanitariya qoidalari, normalari va gigiyena normativlari asosida tuziladi, autsorser va buyurtmachi rahbari tomonidan imzo chekilib tasdiqlanadi. |
28. Taomnoma uch nusxada tuziladi — birinchi nusxasi autsorserga, ikkinchi nusxasi buyurtmachiga hamda uchinchi nusxasi oshxonaga foydalanish uchun beriladi. | 28. Taomnoma uch nusxada tuziladi — birinchi nusxasi autsorserga, ikkinchi nusxasi buyurtmachiga hamda uchinchi nusxasi oshxonaga foydalanish uchun beriladi. |
29. Taomlar ovqatlanish texnologiyasi qoidalariga amal qilgan holda tayyorlanadi, saqlanadi va tarqatiladi. | 29. Taomlar ovqatlanish texnologiyasi qoidalariga amal qilgan holda tayyorlanadi, saqlanadi va tarqatiladi. |
30. Ovqatlanuvchilarning ovqatlanishi kun mobaynida sutkalik ovqatlanish meʼyorlari boʻyicha oziq-ovqat mahsulotlarining toʻgʻri taqsimlanishi, shuningdek, kun tartibi boʻyicha qatʼiy belgilangan vaqtda ovqatlanish tashkil etilishi lozim. | 30. Ovqatlanuvchilarning ovqatlanishi kun mobaynida sutkalik ovqatlanish meʼyorlari boʻyicha oziq-ovqat mahsulotlarining toʻgʻri taqsimlanishi, shuningdek, kun tartibi boʻyicha qatʼiy belgilangan vaqtda ovqatlanish tashkil etilishi lozim. |
31. Oziq-ovqat mahsulotlarini qozonga solish autsorser va buyurtmachi vakillari ishtirokida amalga oshiriladi. | 31. Oziq-ovqat mahsulotlarini qozonga solish autsorser va buyurtmachi vakillari ishtirokida amalga oshiriladi. |
32. Ovqatlarni tarqatish boshlangunga qadar buyurtmachi vakillari tomonidan ovqatlar sifati, shuningdek, oshxona binosining sanitariya holati, oshxona idishlari va inventarlari tekshiriladi. Buyurtmachi vakillari tekshiruv natijalarini ovqatlarni tayyorlash sifatining nazorat kitobida aks ettiradi. Bunda uning sifati toʻgʻrisidagi xulosa har bir ovqat pishirish (nonushta, tushlik, kechki ovqat) uchun alohida yoziladi va har bir tayyorlangan taomdan brokiraj olinadi. | 32. Ovqatlarni tarqatish boshlangunga qadar buyurtmachi vakillari tomonidan ovqatlar sifati, shuningdek, oshxona binosining sanitariya holati, oshxona idishlari va inventarlari tekshiriladi. Buyurtmachi vakillari tekshiruv natijalarini ovqatlarni tayyorlash sifatining nazorat kitobida aks ettiradi. Bunda uning sifati toʻgʻrisidagi xulosa har bir ovqat pishirish (nonushta, tushlik, kechki ovqat) uchun alohida yoziladi va har bir tayyorlangan taomdan brokiraj olinadi. |
33. Autsorsing xizmati koʻrsatilishi yuzasidan monitoring buyurtmachi tashkil etadigan komissiya (keyingi oʻrinlarda komissiya deb ataladi) tomonidan amalga oshiriladi. | 33. Autsorsing xizmati koʻrsatilishi yuzasidan monitoring buyurtmachi tashkil etadigan komissiya (keyingi oʻrinlarda komissiya deb ataladi) tomonidan amalga oshiriladi. |
34. Komissiya tarkibi Ichki ishlar vazirligi Moddiy-texnika taʼminoti boshqarmasi oziq-ovqat taʼminoti boʻlimi, buyurtmachining taʼminot va boshqa boʻlinmalari xodimlaridan shakllantiriladi. | 34. Komissiya tarkibi Ichki ishlar vazirligi Moddiy-texnika taʼminoti boshqarmasi oziq-ovqat taʼminoti boʻlimi, buyurtmachining taʼminot va boshqa boʻlinmalari xodimlaridan shakllantiriladi. |
35. Komissiya: | 35. Komissiya: |
autsorsing xizmati koʻrsatilishi yuzasidan doimiy monitoring olib boradi, jumladan, shaxsiy tarkib oʻrtasida soʻrovnomalar oʻtkazadi; | autsorsing xizmati koʻrsatilishi yuzasidan doimiy monitoring olib boradi, jumladan, shaxsiy tarkib oʻrtasida soʻrovnomalar oʻtkazadi; |
monitoring natijalaridan kelib chiqib buyurtmachi va autsorserga tegishli taklif va tavsiyalar kiritadi; | monitoring natijalaridan kelib chiqib buyurtmachi va autsorserga tegishli taklif va tavsiyalar kiritadi; |
oshxona va omborlarda sanitariya qoidalari, normalari va gigiyena normativlariga rioya qilinishi hamda epidemiyaga qarshi tadbirlar talablarining buzilishi holatlarini bartaraf etish choralarini koʻradi; | oshxona va omborlarda sanitariya qoidalari, normalari va gigiyena normativlariga rioya qilinishi hamda epidemiyaga qarshi tadbirlar talablarining buzilishi holatlarini bartaraf etish choralarini koʻradi; |
tayyor taom va oziq-ovqat mahsulotlarining belgilangan kunlik meʼyorlarga mos boʻlishini hamda sifatini oʻrganadi, zarur holatlarda chetdan mutaxassislar jalb etadi. | tayyor taom va oziq-ovqat mahsulotlarining belgilangan kunlik meʼyorlarga mos boʻlishini hamda sifatini oʻrganadi, zarur holatlarda chetdan mutaxassislar jalb etadi. |
Komissiya buyurtmachi tomonidan yuklangan boshqa vakolatlarni ham amalga oshirishi mumkin. | Komissiya buyurtmachi tomonidan yuklangan boshqa vakolatlarni ham amalga oshirishi mumkin. |
5-bob. Ovqatlanuvchilarni issiq ovqat bilan taʼminlash | 5-bob. Ovqatlanuvchilarni issiq ovqat bilan taʼminlash |
36. Autsorsing sharoitida ovqatlanuvchilarni issiq ovqat bilan taʼminlash ovqatlanuvchilar yetib kelishi va ketishini hisobga olgan holda belgilangan tartibda amalga oshiriladi. | 36. Autsorsing sharoitida ovqatlanuvchilarni issiq ovqat bilan taʼminlash ovqatlanuvchilar yetib kelishi va ketishini hisobga olgan holda belgilangan tartibda amalga oshiriladi. |
37. Ovqatlanuvchilarni ovqatlantirish boʻyicha hisobga kiritishda yoki hisobdan chiqarishda hisob-kitoblar belgilangan kunlik meʼyor summasiga nisbatan quyidagicha amalga oshiriladi: | 37. Ovqatlanuvchilarni ovqatlantirish boʻyicha hisobga kiritishda yoki hisobdan chiqarishda hisob-kitoblar belgilangan kunlik meʼyor summasiga nisbatan quyidagicha amalga oshiriladi: |
nonushta uchun — 25 %; | nonushta uchun — 25 %; |
tushlik uchun — 50 %; | tushlik uchun — 50 %; |
kechki taom uchun — 25 %. | kechki taom uchun — 25 %. |
38. Ichki ishlar vazirligi boʻlinmalari akademik litseyi oʻquvchilari, maktab internat tarbiyalanuvchilari hamda bolalar sogʻlomlashtirish oromgohi tarbiyalanuvchilarini ovqatlantirish boʻyicha hisobga kiritishda yoki hisobdan chiqarishda hisob-kitoblar belgilangan kunlik meʼyor summasiga nisbatan quyidagicha amalga oshiriladi: | 38. Ichki ishlar vazirligi boʻlinmalari akademik litseyi oʻquvchilari, maktab internat tarbiyalanuvchilari hamda bolalar sogʻlomlashtirish oromgohi tarbiyalanuvchilarini ovqatlantirish boʻyicha hisobga kiritishda yoki hisobdan chiqarishda hisob-kitoblar belgilangan kunlik meʼyor summasiga nisbatan quyidagicha amalga oshiriladi: |
nonushta uchun — 20 %; | nonushta uchun — 20 %; |
ikkinchi nonushta (yoki tushlik) uchun — 20 %; | ikkinchi nonushta (yoki tushlik) uchun — 20 %; |
tushlik uchun — 40 %; | tushlik uchun — 40 %; |
kechki ovqatlanish uchun — 20 %. | kechki ovqatlanish uchun — 20 %. |
39. Agar ovqatlanuvchilarning oziq-ovqat taʼminotini tashkil qilish boʻyicha jami xarajatlar ovqatlanish payogi oʻrniga pul kompensatsiyasining belgilangan miqdoridan oshib ketsa, mavjud tafovut ovqatlanuvchilardan undirilmaydi, xarajatlar esa — Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti va Ichki ishlar vazirligining budjetdan tashqari mablagʻlari hisobiga amalga oshiriladi. | 39. Agar ovqatlanuvchilarning oziq-ovqat taʼminotini tashkil qilish boʻyicha jami xarajatlar ovqatlanish payogi oʻrniga pul kompensatsiyasining belgilangan miqdoridan oshib ketsa, mavjud tafovut ovqatlanuvchilardan undirilmaydi, xarajatlar esa — Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti va Ichki ishlar vazirligining budjetdan tashqari mablagʻlari hisobiga amalga oshiriladi. |
40. Ovqatlanuvchilarni ovqatlantirish jismoniy va yuridik shaxslarning homiylik xayriyalari hisobiga tashkil etilganda ular uchun belgilangan bir kunlik ovqatlanish ratsioni sanitariya qoidalari, normalari va gigiyena normativlariga muvofiq belgilangan meʼyorlardan oshmasligi lozim. | 40. Ovqatlanuvchilarni ovqatlantirish jismoniy va yuridik shaxslarning homiylik xayriyalari hisobiga tashkil etilganda ular uchun belgilangan bir kunlik ovqatlanish ratsioni sanitariya qoidalari, normalari va gigiyena normativlariga muvofiq belgilangan meʼyorlardan oshmasligi lozim. |
6-bob. Autsorser va buyurtmachining huquqlari va majburiyatlari | 6-bob. Autsorser va buyurtmachining huquqlari va majburiyatlari |
41. Autsorser quyidagi huquqlarga ega: | 41. Autsorser quyidagi huquqlarga ega: |
ijaraga olingan mol-mulkdan foydalanish; | ijaraga olingan mol-mulkdan foydalanish; |
ijaraga olingan bino va inshootlarning ichki qismida texnik jihatdan jihozlash va taʼmirlash ishlarini amalga oshirish; | ijaraga olingan bino va inshootlarning ichki qismida texnik jihatdan jihozlash va taʼmirlash ishlarini amalga oshirish; |
ovqatlanuvchilarning soni va ovqatlanish jadvalini belgilangan tartibda olish; | ovqatlanuvchilarning soni va ovqatlanish jadvalini belgilangan tartibda olish; |
olingan oziq-ovqat mahsulotlari narxlarining oʻzgarishi munosabati bilan shartnomaga oʻzgartirish kiritish taklifi bilan chiqish; | olingan oziq-ovqat mahsulotlari narxlarining oʻzgarishi munosabati bilan shartnomaga oʻzgartirish kiritish taklifi bilan chiqish; |
koʻrsatilgan xizmatlar uchun oʻz vaqtida toʻlovlar amalga oshirilishini talab qilish; | koʻrsatilgan xizmatlar uchun oʻz vaqtida toʻlovlar amalga oshirilishini talab qilish; |
buyurtmachidan shartnoma shartlarining bajarilishini talab qilish; | buyurtmachidan shartnoma shartlarining bajarilishini talab qilish; |
ovqatlanuvchilar doirasiga kirmaydigan shaxsiy tarkibga pullik xizmat koʻrsatish. | ovqatlanuvchilar doirasiga kirmaydigan shaxsiy tarkibga pullik xizmat koʻrsatish. |
Autsorser qonunchilik hujjatlariga muvofiq boshqa huquqlarga ham ega boʻlishi mumkin. | Autsorser qonunchilik hujjatlariga muvofiq boshqa huquqlarga ham ega boʻlishi mumkin. |
42. Autsorser: | 42. Autsorser: |
ovqatlanuvchilarning oziq-ovqat taʼminotini uzluksiz, shu jumladan, zarur holatlarda, dam olish va bayram kunlari hamda dala sharoitida amalga oshirishi; | ovqatlanuvchilarning oziq-ovqat taʼminotini uzluksiz, shu jumladan, zarur holatlarda, dam olish va bayram kunlari hamda dala sharoitida amalga oshirishi; |
oziq-ovqat mahsulotlarining yangi va sifatli boʻlishini taʼminlashi; | oziq-ovqat mahsulotlarining yangi va sifatli boʻlishini taʼminlashi; |
sogʻliq uchun zararli va yaroqsiz oziq-ovqat mahsulotlaridan foydalanmasligi va taomlarni tarqatmasligi; | sogʻliq uchun zararli va yaroqsiz oziq-ovqat mahsulotlaridan foydalanmasligi va taomlarni tarqatmasligi; |
dala sharoitida koʻchma oshxona faoliyatini toʻliq tashkil etgan holda shaxsiy tarkibning oziq-ovqat taʼminotini amalga oshirishi; | dala sharoitida koʻchma oshxona faoliyatini toʻliq tashkil etgan holda shaxsiy tarkibning oziq-ovqat taʼminotini amalga oshirishi; |
ijaraga olingan bino va inshootlar, jihozlardan maqsadli hamda oqilona foydalanishi, saqlashi, nosoz holga kelganda ularni oʻz hisobidan taʼmirlashi, shuningdek, mulkni saqlash xarajatlarini qoplashi; | ijaraga olingan bino va inshootlar, jihozlardan maqsadli hamda oqilona foydalanishi, saqlashi, nosoz holga kelganda ularni oʻz hisobidan taʼmirlashi, shuningdek, mulkni saqlash xarajatlarini qoplashi; |
autsorsing xizmati koʻrsatishda xavfsizlik texnikasi, yongʻin xavfsizligi, mehnat muhofazasi hamda sanitariya qoidalari, normalari va gigiyena normativlariga qatʼiy rioya qilishi; | autsorsing xizmati koʻrsatishda xavfsizlik texnikasi, yongʻin xavfsizligi, mehnat muhofazasi hamda sanitariya qoidalari, normalari va gigiyena normativlariga qatʼiy rioya qilishi; |
oziq-ovqat mahsulotlarining sifatli saqlanishini taʼminlashi; | oziq-ovqat mahsulotlarining sifatli saqlanishini taʼminlashi; |
maxfiylik tartibiga qatʼiy rioya qilishi lozim. | maxfiylik tartibiga qatʼiy rioya qilishi lozim. |
Autsorserga qonunchilik hujjatlariga muvofiq boshqa majburiyatlar ham yuklanishi mumkin. | Autsorserga qonunchilik hujjatlariga muvofiq boshqa majburiyatlar ham yuklanishi mumkin. |
43. Buyurtmachi quyidagi huquqlarga ega: | 43. Buyurtmachi quyidagi huquqlarga ega: |
autsorserdan shartnoma shartlarini bajarish bilan bogʻliq jarayonda qatnashuvchi shaxslar (oshxona xodimlari) roʻyxatini olish; | autsorserdan shartnoma shartlarini bajarish bilan bogʻliq jarayonda qatnashuvchi shaxslar (oshxona xodimlari) roʻyxatini olish; |
oziq-ovqat mahsulotlarining sifatini tasdiqlovchi hujjatlarni talab qilish; | oziq-ovqat mahsulotlarining sifatini tasdiqlovchi hujjatlarni talab qilish; |
ovqatlanish jadvaliga oʻzgartirishlar kiritish; | ovqatlanish jadvaliga oʻzgartirishlar kiritish; |
autsorserning ishlab chiqarish faoliyatiga aralashmagan holda shartnoma shartlarining bajarilishini nazorat qilish. | autsorserning ishlab chiqarish faoliyatiga aralashmagan holda shartnoma shartlarining bajarilishini nazorat qilish. |
Buyurtmachi qonunchilik hujjatlariga muvofiq boshqa huquqlarga ham ega boʻlishi mumkin. | Buyurtmachi qonunchilik hujjatlariga muvofiq boshqa huquqlarga ham ega boʻlishi mumkin. |
44. Buyurtmachi: | 44. Buyurtmachi: |
autsorserga ovqatlanuvchilarning sonini va ularning ovqatlanish jadvalini oʻz vaqtida taqdim etishi; | autsorserga ovqatlanuvchilarning sonini va ularning ovqatlanish jadvalini oʻz vaqtida taqdim etishi; |
shartnomaga muvofiq belgilangan muddat va shartlar asosida autsorserga koʻrsatilgan xizmatlar uchun toʻlovlarni amalga oshirishi lozim. | shartnomaga muvofiq belgilangan muddat va shartlar asosida autsorserga koʻrsatilgan xizmatlar uchun toʻlovlarni amalga oshirishi lozim. |
Buyurtmachi zimmasiga qonunchilik hujjatlariga muvofiq boshqa majburiyatlar ham yuklanishi mumkin. | Buyurtmachi zimmasiga qonunchilik hujjatlariga muvofiq boshqa majburiyatlar ham yuklanishi mumkin. |
7-bob. Obyektlar va moddiy-texnika vositalaridan foydalanish | 7-bob. Obyektlar va moddiy-texnika vositalaridan foydalanish |
45. Oshxonada joylashgan moddiy-texnika vositalari buyurtmachi tomonidan tegishli dalolatnoma rasmiylashtirilgan holda autsorsyerga vaqtinchalik foydalanishga beriladi. Dalolatnoma ikki nusxada buyurtmachi komissiyasi va autsorser tomonidan imzolanadi. Dalolatnoma buyurtmachi tomonidan tasdiqlanadi. | 45. Oshxonada joylashgan moddiy-texnika vositalari buyurtmachi tomonidan tegishli dalolatnoma rasmiylashtirilgan holda autsorsyerga vaqtinchalik foydalanishga beriladi. Dalolatnoma ikki nusxada buyurtmachi komissiyasi va autsorser tomonidan imzolanadi. Dalolatnoma buyurtmachi tomonidan tasdiqlanadi. |
46. Quyidagilar autsorsyerga vaqtinchalik foydalanishga beriladigan oshxona binosiga qoʻyiladigan asosiy talablar hisoblanadi: | 46. Quyidagilar autsorsyerga vaqtinchalik foydalanishga beriladigan oshxona binosiga qoʻyiladigan asosiy talablar hisoblanadi: |
yetarli oʻringa ega boʻlgan, texnologik jihozlar bilan taʼminlangan, texnik holati belgilangan meʼyorlarga mos boʻlgan ovqatlanish binosining mavjudligi; | yetarli oʻringa ega boʻlgan, texnologik jihozlar bilan taʼminlangan, texnik holati belgilangan meʼyorlarga mos boʻlgan ovqatlanish binosining mavjudligi; |
mahsulotlarni saqlash uchun omborlarning mavjudligi; | mahsulotlarni saqlash uchun omborlarning mavjudligi; |
taom tayyorlash uskunalari, oshxona mebellari va ovqatlanish uchun zarur boʻlgan boshqa jihozlarning mavjudligi. | taom tayyorlash uskunalari, oshxona mebellari va ovqatlanish uchun zarur boʻlgan boshqa jihozlarning mavjudligi. |
47. Belgilangan foydalanish muddatini oʻtab boʻlgan va yaroqsiz holatga kelgan moddiy-texnika vositalari belgilangan tartibda buyurtmachi tomonidan hisobdan chiqariladi. | 47. Belgilangan foydalanish muddatini oʻtab boʻlgan va yaroqsiz holatga kelgan moddiy-texnika vositalari belgilangan tartibda buyurtmachi tomonidan hisobdan chiqariladi. |
8-bob. Yakunlovchi qoidalar | 8-bob. Yakunlovchi qoidalar |
48. Ovqatlanishning autsorsing shartlarida amalga oshiriladigan Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi boʻlinmalarining roʻyxati Oʻzbekiston Respublikasi ichki ishlar vaziri tomonidan belgilanadi. | 48. Ovqatlanishning autsorsing shartlarida amalga oshiriladigan Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi boʻlinmalarining roʻyxati Oʻzbekiston Respublikasi ichki ishlar vaziri tomonidan belgilanadi. |
49. Ushbu Nizomda nazarda tutilgan talablarning buzilishi buyurtmachi va autsorserning tuzilgan shartnomani belgilangan tartibda bekor qilishiga asos boʻladi. | 49. Ushbu Nizomda nazarda tutilgan talablarning buzilishi buyurtmachi va autsorserning tuzilgan shartnomani belgilangan tartibda bekor qilishiga asos boʻladi. |
50. Mazkur Nizom talablarining buzilishida aybdor boʻlgan shaxslar qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda javob beradilar. | 50. Mazkur Nizom talablarining buzilishida aybdor boʻlgan shaxslar qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda javob beradilar. |
Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirliginingtegishli boʻlinmalaridaovqatlanishni tashkil etish boʻyicha autsorsing xizmatlari koʻrsatish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga 2-ILOVA | Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirliginingtegishli boʻlinmalaridaovqatlanishni tashkil etish boʻyicha autsorsing xizmatlari koʻrsatish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga 2-ILOVA |
Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining tegishli boʻlinmalarida ovqatlanishni tashkil etish uchun autsorserlarni tanlash | Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining tegishli boʻlinmalarida ovqatlanishni tashkil etish uchun autsorserlarni tanlash |
SXEMASI | SXEMASI |
Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining tegishli boʻlinmalarida ovqatlanishni tashkil etish boʻyicha autsorsing xizmatlari koʻrsatish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga 3-ILOVA | Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining tegishli boʻlinmalarida ovqatlanishni tashkil etish boʻyicha autsorsing xizmatlari koʻrsatish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga 3-ILOVA |
Ichki ishlar vazirligining tegishli boʻlinmalari va autsorser oʻrtasida oʻzaro hisob-kitoblarni amalga oshirish | Ichki ishlar vazirligining tegishli boʻlinmalari va autsorser oʻrtasida oʻzaro hisob-kitoblarni amalga oshirish |
SXEMASI | SXEMASI |