1.05.00.00.00 Mehnat va aholining bandligi toʻgʻrisidagi qonunchilik / 05.02.00.00 Mehnat / 05.02.25.00 Ish vaqti / 05.02.25.01 Ish vaqtining muddati]
[TSZ:
1.Ijtimoiy-madaniy masalalar / Mehnat. Aholining bandligi]
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
farmoyishi

Davlatimiz mustaqilligining yigirma sakkiz yillik bayramini munosib nishonlashga tayyorgarlik koʻrish, yurtimizda amalga oshirilayotgan bunyodkorlik ishlarida aholining dahldorlik hissini shakllantirish, xalqimiz orasida milliy qadriyatlarimizga xos boʻlgan oʻzaro mehr-oqibat va hamjihatlikni yanada kuchaytirish, begʻaraz yordam, mehr-muruvvat kabi ezgu fazilatlarni yuksaltirish, yoshlarimizni vatanparvar va fidoiy etib tarbiyalash, mahallalar, aholi turar joylarini obodonlashtirish va tozalik, respublikaning barcha hududlarida sanitariya holatini yaxshilash hamda 2019-yil “Faol investitsiyalar va ijtimoiy rivojlanish yili” Davlat dasturida nazarda tutilgan vazifalarni amalga oshirish maqsadida:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Oʻzbekiston “Mahalla” xayriya jamoat fondi, Oʻzbekiston faxriylarining ijtimoiy faoliyatini qoʻllab-quvvatlash “Nuroniy” jamgʻarmasi, Oʻzbekiston yoshlar ittifoqi, Oʻzbekiston Respublikasi Uy-joy kommunal xizmat koʻrsatish vazirligi, mahalliy davlat hokimiyati organlari, jamoatchilik vakillarining 2019-yilning 15 — 30-avgust kunlari mamlakatimizning barcha hududlarida obodonlashtirish va tozalik oyligi deb eʼlon qilish hamda 17-18-avgust kunlari umumxalq xayriya hasharini oʻtkazish toʻgʻrisidagi takliflari maʼqullansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. 2019-yilning 15 — 30-avgust kunlari obodonlashtirish va tozalik oyligi hamda 17-18-avgust kunlari umumxalq xayriya hasharini oʻtkazish boʻyicha ishchi guruhi tarkibi ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Ishchi guruhi (A. Ramatov), Oʻzbekiston “Mahalla” xayriya jamoat fondi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari obodonlashtirish va tozalik oyligi hamda umumxalq xayriya hasharini oʻtkazish doirasida quyidagi tadbirlarni amalga oshirishni nazarda tutsinlar:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
mahallalar, aholi punktlari, koʻp qavatli uylar va binolar, taʼlim muassasalari, hovlilar atrofi, guzarlar, xiyobonlar, ziyoratgohlar va qabristonlar, ariqlar, koʻcha va yoʻlaklarni hamda bolalar maydonchalarini tartibga keltirish, daraxtlarni oqlash va shakl berish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ijtimoiy himoyaga muhtoj keksalar, pensionyerlar va nogironlar, yolgʻiz qariyalar, kam taʼminlangan va boquvchisini yoʻqotgan oilalarning uy-joy sharoitlarini yaxshilashga koʻmaklashish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
joylarda obodonlashtirish jarayonida toʻplangan chiqindilarning mahalliy davlat hokimiyati organlari va boshqa mutasaddi idoralar tomonidan alohida belgilangan joylarga olib chiqilishini taʼminlash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
umumxalq xayriya hashari qatnashchilarini zarur texnika vositalari va anjomlar bilan taʼminlash.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Fuqarolarning oʻzini oʻzi boshkarish organlari faoliyatini muvofiqlashtirish boʻyicha respublika kengashi, Oʻzbekiston yoshlar ittifoqi va mahalliy davlat hokimiyati organlariga obodonlashtirish va tozalik oyligi hamda umumxalk xayriya hasharini oʻtkazish tadbirlariga fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari, xususiy uy-joy mulkdorlari shirkatlari, harbiy qismlar va boshqa tashkilotlarni, shuningdek, respublikaning barcha aholisini, ayniqsa, yoshlarni keng jalb qilish choralarini koʻrish tavsiya etilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Umumxalq xayriya hashari munosabati bilan vazirliklar, idoralar va boshqa tashkilotlarda mehnat qilayotgan xodimlarning ixtiyoriy mablagʻlari Oʻzbekiston “Mahalla” xayriya jamoat fondining respublika boshqaruvi hamda Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar boʻlimi, tuman va shahar boʻlinmalari boshqaruvlarining bankdagi hisob raqamlariga oʻz tashabbusiga koʻra oʻtkazilishi belgilab qoʻyilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Oʻzbekiston “Mahalla” xayriya jamoat fondi umumxalq xayriya hasharidan tushgan mablagʻlarni 2019-yil “Faol investitsiyalar va ijtimoiy rivojlanish yili” Davlat dasturida belgilangan tadbirlarni amalga oshirish, kam taʼminlangan, boquvchisini yoʻqotgan oilalarga, ijtimoiy himoyaga muhtoj keksalar, nogironlar va yolgʻiz qariyalarga, pensionyerlarga moddiy va maʼnaviy yordam koʻrsatish, uy xoʻjaligi ishlariga koʻmaklashishda qoʻllab-quvvatlash, fuqarolar yigʻinlarining moddiy-texnika bazasini yaxshilash, Fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari faoliyatini muvofiqlashtirish boʻyicha respublika va hududiy kengashlarni qoʻllab-quvvatlash kabi tadbirlarga sarflanishini nazarda tutsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi obodonlashtirish va tozalik oyligi davomida, ayniqsa umumxalq xayriya hashari kunlari jamoat tartibini saqlash va yoʻl harakati xavfsizligini taʼminlash choralarini koʻrsin hamda texnik jihatdan soz boʻlgan texnika vositalaridan foydalanishni nazoratga olsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. Oʻzbekiston milliy teleradiokompaniyasi, Oʻzbekiston Milliy axborot agentligi va boshqa ommaviy axborot vositalariga 17-18-avgust kunlari oʻtkaziladigan umumxalq xayriya hasharini hamda obodonlashtirish va tozalik oyligining borishini keng yoritish tavsiya etilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9. Mazkur farmoyishning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi oʻrinbosari — transport vaziri A.J. Ramatov zimmasiga yuklansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2019-yil 10-avgust,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
672-F-son
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 10-avgustdagi 672-F-son farmoyishiga ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2019-yilning 15 — 30-avgust kunlari obodonlashtirish va tozalik oyligi hamda 17-18-avgust kunlari umumhalq xayriya hasharini oʻtkazish boʻyicha ishchi guruhi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
TARKIBI
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi oʻrinbosari — transport vaziri, ishchi guruhi rahbari
2.
Sh.S. Javlonov
—
Fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari faoliyatini muvofiqlashtirish boʻyicha respublika kengashi boshqaruvi raisi, ishchi guruhi rahbarining oʻrinbosari
3.
I.U. Madjidov
—
oliy va oʻrta maxsus taʼlim vaziri
4.
A.Q. Shadmanov
—
sogʻliqni saqlash vaziri
5.
M.X. Saliyev
—
uy-joy kommunal xizmat koʻrsatish vaziri
6.
O.R. Isakov
—
moliya vaziri oʻrinbosari
7.
M.U. Joʻrayev
—
ichki ishlar vaziri oʻrinbosari
8.
Sh.I. Jalilov
—
Oʻzbekiston faxriylarining ijtimoiy faoliyatini qoʻllab-quvvatlash “Nuroniy” jamgʻarmasi raisi
9.
A.Z. Saʼdullayev
—
Oʻzbekiston yoshlar ittifoqi markaziy kengashi raisining birinchi oʻrinbosari
10.
B.X. Maxmadaliyev
—
Oʻzbekiston Kasaba uyushmalari federatsiyasi kengashi raisi oʻrinbosari
11.
lavozimi boʻyicha
—
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisining, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlarining sanoatni rivojlantirish, kapital qurilish, kommunikatsiyalar va ko�munal xoʻjalik masalalari boʻyicha oʻrinbosarlari
12.
J.E. Uzakov
—
Vazirlar Mahkamasining masʼul xodimi, ishchi guruhi masʼul kotibi