Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirining
buyrugʻi
Idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarni davlat reyestridan chiqarish toʻgʻrisida
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2019-yil 15-avgustda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 1319-2]
Idoraviy normativ-huquqiy hujjatni davlat reyestridan chiqarish boʻyicha 2019-yil 15-avgustdagi xulosaga muvofiq hamda Oʻzbekiston Respublikasining “Normativ-huquqiy hujjatlar toʻgʻrisida”gi Qonuni, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 13-apreldagi PQ-3666-son “Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi faoliyatini yanada takomillashtirishga doir tashkiliy chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi qarori, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1997-yil 9-oktabrdagi 469-son “Vazirliklar, davlat qoʻmitalari va idoralar meʼyoriy hujjatlarining qonuniyligini taʼminlash chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qaroriga asosan, buyuraman:
1. “Tijorat banklari tomonidan “Qishloqxoʻjalikkimyo” hududiy aksiyadorlik jamiyatlariga mineral oʻgʻit va oʻsimliklarni himoya qilishning kimyoviy vositalari xaridi uchun qisqa muddatli maqsadli kreditlar ajratish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi qarorni (roʻyxat raqami 1319, 2004-yil 2-mart) Idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarning davlat reyestridan chiqarish yuzasidan Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy bankining 2019-yil 7-avgustdagi 17-25/367-son xati maʼlumot uchun qabul qilinsin.
2. Quyidagilar Idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarning davlat reyestridan chiqarilsin:
Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvi va Moliya vazirligining 2004-yil 21-fevraldagi 246-V, 33-son “Tijorat banklari tomonidan “Qishloqxoʻjalikkimyo” hududiy aksiyadorlik jamiyatlariga mineral oʻgʻit va oʻsimliklarni himoya qilishning kimyoviy vositalari xaridi uchun qisqa muddatli maqsadli kreditlar ajratish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi qarori (roʻyxat raqami 1319, 2004-yil 2-mart);
Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvi va Moliya vazirligining 2010-yil 23-yanvardagi 3/1, 7-son “Tijorat banklari tomonidan “Qishloqxoʻjalikkimyo” hududiy aksiyadorlik jamiyatlariga mineral oʻgʻit va oʻsimliklarni himoya qilishning kimyoviy vositalari xaridi uchun qisqa muddatli maqsadli kreditlar ajratish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga oʻzgartirish kiritish haqida”gi qarori (roʻyxat raqami 1319-1, 2010-yil 8-fevral).
3. Mazkur buyruq davlat roʻyxatidan oʻtkazilsin va bu haqda Idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarning davlat reyestriga tegishli yozuv kiritilsin.
4. Qonun hujjatlarini tahlil qilish va turkumlash boshqarmasi ushbu idoraviy normativ-huquqiy hujjatni “Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami” — “Sobraniye zakonodatelstva Respubliki Uzbekistan”da hamda Oʻzbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasida eʼlon qilinishini taʼminlasin.
5. Mazkur buyruq rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Vazir R. DAVLETOV
Toshkent sh.,
2019-yil 15-avgust,
342-mh-son
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 15.08.2019-y., 10/19/1319-2/3565-son)