Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirining
buyrugʻi
Idoraviy normativ-huquqiy hujjatni davlat reyestridan chiqarish toʻgʻrisida
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2019-yil 12-avgustda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 989-2]
Idoraviy normativ-huquqiy hujjatni davlat reyestridan chiqarish boʻyicha 2019-yil 7-avgustdagi xulosaga muvofiq hamda Oʻzbekiston Respublikasining “Normativ-huquqiy hujjatlar toʻgʻrisida”gi Qonuni, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 13-apreldagi PQ-3666-son “Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi faoliyatini yanada takomillashtirishga doir tashkiliy chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi qarori, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1997-yil 9-oktabrdagi 469-son “Vazirliklar, davlat qoʻmitalari va idoralar meʼyoriy hujjatlarining qonuniyligini taʼminlash chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qaroriga asosan, buyuraman:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar vazirligida Oʻzbekiston Respublikasi xoʻjalik yurituvchi subyektlari tomonidan tuziladigan barter kontraktlari (shartnoma, bitimlar)ni roʻyxatga olish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni (roʻyxat raqami 989, 2000-yil 2-dekabr) Idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarning davlat reyestridan chiqarish yuzasidan Oʻzbekiston Respublikasi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligining 2019-yil 2-avgustdagi 05-31-7404-son xati maʼlumot uchun qabul qilinsin.
2. Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar vazirligi tomonidan 2000-yil 30-iyunda EG-01/12-3411-son, Moliya vazirligi tomonidan 2000-yil 20-iyulda 79-son va Davlat bojxona qoʻmitasi tomonidan 2000-yil 30-iyunda 02/20-34-son bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar vazirligida Oʻzbekiston Respublikasi xoʻjalik yurituvchi subyektlari tomonidan tuziladigan barter kontraktlari (shartnoma, bitimlar)ni roʻyxatga olish tartibi toʻgʻrisidagi nizom (roʻyxat raqami 989, 2000-yil 2-dekabr) hamda Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar agentligi, Moliya vazirligi va Davlat bojxona qoʻmitasining 2004-yil 5-maydagi NN-01/10-1325, 72 va 01-02/19-26-son “Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar vazirligida Oʻzbekiston Respublikasi xoʻjalik yurituvchi subyektlari tomonidan tuziladigan barter kontraktlari (shartnoma, bitimlar)ni roʻyxatga olish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga oʻzgartirishlar kiritish haqida”gi qarori (roʻyxat raqami 989-1, 2004-yil 14-iyun) Idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarning davlat reyestridan chiqarilsin.
3. Mazkur buyruq davlat roʻyxatidan oʻtkazilsin va bu haqda Idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarning davlat reyestriga tegishli yozuv kiritilsin.
4. Qonun hujjatlarini tahlil qilish va turkumlash boshqarmasi ushbu idoraviy normativ-huquqiy hujjatni “Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami” — “Sobraniye zakonodatelstva Respubliki Uzbekistan”da hamda Oʻzbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasida eʼlon qilinishini taʼminlasin.
5. Mazkur buyruq rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Vazir R. DAVLETOV
Toshkent sh.,
2019-yil 12-avgust,
329-mh-son
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 13.08.2019-y., 10/19/989-2/3555-son)