12.08.2019 yildagi 663-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qarori

Inson huquqlari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Milliy markazi huzurida inson huquqlariga rioya etish va uni himoya qilish sohasida kadrlar malakasini oshirish bo‘yicha o‘quv kurslarini tashkil qilish to‘g‘risida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Inson huquqlari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Milliy markazi faoliyatini takomillashtirish to‘g‘risida” 2018-yil 10-dekabrdagi PQ-4056-son qaroriga muvofiq Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Inson huquqlari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Milliy markaziga (keyingi o‘rinlarda Markaz deb ataladi) inson huquqlari masalalari bo‘yicha davlat organlari xodimlarini o‘qitish va ularning malakasini oshirishning samarali mexanizmlari va tartibotlarini shakllantirish, davlat organlari va fuqarolik jamiyati institutlarining vakillari uchun BMTning ustav va shartnomaviy organlariga inson huquqlari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasining milliy ma’ruzalarini, shuningdek, muqobil ma’ruzalarni tayyorlash, inson huquqlarini himoya qilish bo‘yicha xalqaro va mintaqaviy tuzilmalar so‘rovlariga javoblar yuborish yuzasidan o‘quv kurslarini o‘tkazish yuklanganligi ma’lumot uchun qabul qilinsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Quyidagilar:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Inson huquqlari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Milliy markazi huzuridagi Inson huquqlariga rioya etish va uni himoya qilish sohasida kadrlar malakasini oshirish bo‘yicha o‘quv kurslari to‘g‘risidagi nizom 1-ilovaga muvofiq;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Inson huquqlari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Milliy markazi huzuridagi Inson huquqlariga rioya etish va uni himoya qilish sohasida kadrlar malakasini oshirish bo‘yicha o‘quv kurslarida Malaka oshirganlik to‘g‘risidagi sertifikat namunasi 2-ilovaga muvofiqtasdiqlansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Quyidagilar Inson huquqlari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Milliy markazi huzuridagi Inson huquqlariga rioya etish va uni himoya qilish sohasida kadrlar malakasini oshirish bo‘yicha o‘quv kurslarining (keyingi o‘rinlarda O‘quv kurslari deb ataladi) asosiy vazifalari etib belgilansin:
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
davlat organlari va fuqarolik jamiyati institutlari vakillarida inson huquqlari va erkinliklari sohasidagi davlat siyosatining maqsad va vazifalari, inson huquqlari xalqaro standartlarini qonunchilikka va huquqni qo‘llash amaliyotiga implementatsiya qilish usullari va vositalari to‘g‘risida aniq tushunchani shakllantirish;
(3-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ilg‘or xalqaro va xorijiy tajribani o‘rganish asosida inson huquqlari bo‘yicha xalqaro shartnomalarning bajarilishini tashkil etish tartibotlarini o‘rganish;

O‘quv kurslari tinglovchilarida o‘z faoliyatida xalqaro inson huquqlari standartlarini tatbiq etishning huquqiy va tashkiliy mexanizmlarini takomillashtirish masalalari bo‘yicha tahliliy ko‘nikmalarni shakllantirish;

davlat boshqaruvining alohida sektorlarida vaziyatni tizimli nazorat filish va monitoring olib borish, inson huquqlari va erkinliklarining tegishli sohasidagi taraqqiyotdan dalolat qiluvchi miqdor va sifat ko‘rsatkichlari (indikatorlari)ni aniqlash ko‘nikmalarini o‘rgatish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
inson huquqlari masalalari bo‘yicha samarali axborot-ma’rifiy va ta’lim faoliyatini amalga oshirish ko‘nikmalarini shakllantirish, shuningdek, inson huquqlari bo‘yicha milliy harakatlar rejalarini bajarish sohasida samarali xalqaro hamkorlikni tashkil qilish;

inson huquqlariga rioya etish va uni himoya qilishning dolzarb masalalari muhokamasi bo‘yicha tadbirlarni muntazam asosda o‘tkazish.

4. Belgilansinki:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘quv kurslariga o‘quv-metodik rahbarlik qilish va bu kurslar faoliyatini tashkil qilish Markaz tomonidan amalga oshiriladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘quv kurslari tinglovchilarining kontingenti va o‘qitish jadvali davlat organlari va fuqarolik jamiyati institutlarining buyurtmanomalari bo‘yicha boshqaruv xodimlari orasidan Markaz tomonidan shakllantiriladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘quv kurslarida o‘quv mashg‘ulotlarini o‘tkazish mehnatga soatbay haq to‘lash shartlarida Markaz, yetakchi ta’lim va ilmiy-tadqiqot muassasalari xodimlari, shuningdek, amaliyotchi mutaxassislar tomonidan amalga oshiriladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘quv kurslariga o‘qishga yuborilgan tinglovchilarning asosiy ish joyi bo‘yicha o‘rtacha oylik ish haqi o‘qish davrida saqlanib qoladi;
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
boshqa shaharlik tinglovchilarga turar joyni ijaraga olish va ta’lim olish joyiga bir marta borib kelish bo‘yicha sarflagan yo‘l xarajatlari, sutkalik to‘lovlar ularni yuborayotgan tashkilot tomonidan xizmat safari to‘g‘risidagi qonunchilikda belgilangan normalar va tartibda qoplanadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘quv kurslarini tashkil qilish va o‘tkazish, shu jumladan, o‘quv, tarqatma materiallar va idora ashyolarini sotib olish bilan bog‘liq xarajatlarni moliyalashtirish O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablag‘lari, xalqaro tashkilotlarning grantlari va donorlik mablag‘lari, shuningdek, qonunchilikda taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobiga amalga oshiriladi.
(4-bandning oltinchi va yettinchi xatboshilari O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Markaz ikki oy muddatda:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi bilan kelishgan holda O‘quv kurslari uchun o‘quv dasturlarini ishlab chiqsin va tasdiqlasin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘quv kurslarida mashg‘ulotlarni o‘tkazish uchun yetakchi ta’lim va ilmiy-tadqiqot muassasalarining yuqori malakali professor-o‘qituvchilar tarkibi va yetakchi amaliyotchi mutaxassislar jalb etilishini, shuningdek, o‘quv jarayoni o‘qitishning zamonaviy shakl va usullari, ilg‘or pedagogik va innovatsion texnologiyalardan foydalangan holda tashkil etilishini ta’minlasin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Xodimlarni qo‘shimcha moddiy rag‘batlantirish va qo‘llab-quvvatlash maqsadida 2019-yil 15-avgustdan boshlab Markaz xodimlari (shu jumladan, yordamchi xodimlar) lavozim maoshiga 50 foiz miqdordagi har oylik ustamalar belgilansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bunda boshqaruv xodimlari va yordamchi xodimlarning har oylik ustamalarini belgilash bo‘yicha qaror belgilangan tartibda Markaz direktori tomonidan qabul qilinadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. O‘zbekiston Respublikasining inson huquqlari sohasidagi xalqaro majburiyatlarini bajarishda ishtirok etayotgan davlat organlari va boshqa tashkilotlar boshqaruv xodimlaridan iborat mutaxassislarini har yili Markazga yo‘naltirish yo‘li bilan inson huquqlari xalqaro standartlari bo‘yicha professional o‘qitish uchun ularning kasbiy darajasini muntazam oshirishni amaliyotga joriy etsinlar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Markazning asoslangan hisob-kitoblari bo‘yicha 2019-yilda ushbu qarorni amalga oshirish, shu jumladan, mini-bosmaxona sotib olish va O‘quv kurslari tashkil etish xarajatlari bilan bog‘liq budjet mablag‘lari ajratilishini ta’minlasin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjeti parametrlarida 2020-yildan boshlab Markaz xarajatlarini moliyalashtirish uchun zarur mablag‘larni nazarda tutsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining ijtimoiy rivojlantirish masalalari bo‘yicha o‘rinbosari A.A. Abduxakimov va Inson huquqlari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Milliy markazi direktori A.X. Saidov zimmasiga yuklansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2019-yil 12-avgust,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
663-son

Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 12-avgustdagi 663-son qaroriga
1-ILOVA

Inson huquqlari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Milliy markazi huzuridagi Inson huquqlariga rioya etish va uni himoya qilish sohasida kadrlar malakasini oshirish bo‘yicha o‘quv kurslarin to‘g‘risida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
NIZOM

1-bob. Umumiy qoidalar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Ushbu Nizom Inson huquqlari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Milliy markazi huzuridagi Inson huquqlariga rioya etish va uni himoya qilish sohasida kadrlar malakasini oshirish bo‘yicha o‘quv kurslari (keyingi o‘rinlarda O‘quv kurslari deb ataladi)ning maqsad va vazifalarini, faoliyatini tashkil etish tartibini belgilaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. O‘quv kurslari davlat organlarining boshqaruv xodimlari va fuqarolik jamiyati institutlari mutaxassislarining inson huquqlariga rioya etish va uni himoya qilish masalalari bo‘yicha kasbiy malakasini oshirishga qaratilgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Inson huquqlariga rioya etish va uni himoya qilish sohasida faoliyat olib boruvchi fuqarolik jamiyati institutlari xodimlarini O‘quv kurslarida o‘qitish tavsiyaviy tusga ega.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. O‘quv kurslari uchun tinglovchilar tarkibini shakllantirish davlat organlari va fuqarolik jamiyati institutlarining buyurtma nomalari asosida Inson huquqlari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Milliy markazida (keyingi o‘rinlarda Markaz deb ataladi) amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Xodimlarni O‘quv kurslarida o‘qitish O‘zbekiston Respublikasining inson huquqlari sohasidagi xalqaro majburiyatlarini bajarishda ishtirok etayotgan davlat organlari va boshqa tashkilotlar (keyingi o‘rinlarda buyurtmachi tashkilotlar deb ataladi) tashabbusi bo‘yicha tashkil qilinadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2-bob. O‘quv kurslarining maqsad va vazifalari
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. O‘quv kurslarining maqsadi inson huquqlariga rioya etish va uni himoya qilish bo‘yicha kadrlarning kasbiy bilimlari, mahorat va ko‘nikmalarini muntazam yangilash, BMTning ustav va shartnomaviy organlariga O‘zbekiston Respublikasining inson huquqlari bo‘yicha milliy ma’ruzalarini tayyorlash, inson huquqlarini himoya qilish bo‘yicha xalqaro va mintaqaviy tuzilmalarning tavsiyalarini bajarishdan iboratdir.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Quyidagilar O‘quv kurslarining vazifalari hisoblanadi:
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
davlat organlari va fuqarolik jamiyati institutlari vakillarida inson huquqlari va erkinliklari sohasidagi davlat siyosatining maqsad va vazifalari, inson huquqlari xalqaro standartlarini qonunchilikka va huquqni qo‘llash amaliyotiga implementatsiya qilish usullari va vositalari to‘g‘risida aniq tushunchalarni shakllantirish;
(6-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ilg‘or xalqaro va xorijiy tajribani o‘rganish asosida inson huquqlari bo‘yicha xalqaro shartnomalarning bajarilishini tashkil etish tartibotlarini o‘rganish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘quv kurslari tinglovchilarida o‘z faoliyatida xalqaro inson huquqlari standartlarini tatbiq etishning huquqiy va tashkiliy mexanizmlarini takomillashtirish masalalari bo‘yicha tahliliy ko‘nikmalarni shakllantirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
davlat boshqaruvining alohida sektorlarida vaziyatni tizimli nazorat qilish va monitoring olib borish, inson huquqlari va erkinliklarining tegishli sohasidagi taraqqiyotdan dalolat qiluvchi miqdor va sifat ko‘rsatkichlari (indikatorlari)ni aniqlash ko‘nikmalarini o‘rgatish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
inson huquqlari masalalari bo‘yicha samarali axborot-ma’rifiy va ta’lim faoliyatini amalga oshirish ko‘nikmalarini shakllantirish, shuningdek, inson huquqlari bo‘yicha milliy harakatlar rejalarini bajarish sohasida samarali xalqaro hamkorlikni tashkil qilish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
inson huquqlariga rioya etish va uni himoya qilishning dolzarb masalalari muhokamasi bo‘yicha tadbirlarni muntazam asosda o‘tkazish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3-bob. O‘quv kurslari faoliyatini tashkil qilish tartibi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. Tinglovchilarning O‘quv kurslarida ta’lim olishi ishdan ajralgan holda tegishli yo‘nalishlar bo‘yicha tasdiqlangan o‘quv dasturlariga muvofiq Markaz tomonidan tashkil qilinadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. O‘quv kurslarida o‘qitish hajmi 36 soatni tashkil etadi. O‘quv yuklamasini rejalashtirishda tinglovchilarning mustaqil ishlashiga alohida e’tibor qaratiladi. O‘quv yuklamasining umumiy hajmi inson huquqlari bo‘yicha xalqaro standartlar talablari, BMTning shartnomaviy organlari va BMT Inson huquqlari bo‘yicha kengashining Universal davriy hisoboti bo‘yicha bergan tavsiyalaridan kelib chiqqan holda fanlar bloklari bo‘yicha taqsimlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9. Buyurtmachi tashkilotlar har yili 20-noyabrgacha bo‘lgan muddatda sanasiga qadar Markazga nomzodlar ro‘yxatini taqdim etadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Markaz buyurtmachi tashkilotlar bilan birgalikda har yili 1-dekabrgacha O‘quv kurslari tinglovchilarining kontingentini shakllantiradi va tasdiqlaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
10. Tinglovchilar O‘quv kurslariga tasdiqlangan reja-jadval asosida Markaz direktorining buyrug‘i bilan qabul qilinadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
11. O‘quv kurslariga o‘qishga yuborilgan tinglovchilarning o‘rtacha oylik ish haqi o‘qish davrida asosiy ish joyi bo‘yicha saqlab qolinadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
12. Markaz:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘quv kurslarining faoliyatiga o‘quv-metodik rahbarlik qiladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi bilan kelishgan holda O‘quv kurslarida malaka oshirish o‘quv dasturlarini ishlab chiqadi va tasdiqlaydi, shuningdek, ularning muntazam yangilanishini ta’minlaydi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
malaka oshirish tizimi mexanizmlari va usullarini takomillashtirish choralarini qo‘radi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
malaka oshirish tizimiga ta’limning zamonaviy shakllari va usullarini, ilg‘or pedagogik, axborot-kommunikatsiya va innovatsion texnologiyalarni joriy qiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
13. Buyurtmachi tashkilotlar:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
kadrlar malakasini oshirish qamrovining to‘liqligi va o‘z vaqtida amalga oshirilganligi uchun mas’ul hisoblanadilar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
inson huquqlari bo‘yicha asosiy konvensiyalarning qoidalarini bajarish bo‘yicha milliy ma’ruzalar uchun axborot tayyorlovchi xodimlar orasidan o‘qitish uchun kadrlarga bo‘lgan ehtiyojni aniqlaydilar va ular kontingentini shakllantiradilar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
nazariy o‘qitishning huquqni qo‘llash amaliyoti bilan uzviy bog‘liqligini, amaliy mashg‘ulotlar va stajirovkalar o‘tkazilishini ta’minlaydilar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Markazga statistik, axborot-tahliliy materiallarni, huquqni qo‘llash amaliyoti umumlashmalari va materiallarini taqdim etadilar, axborot-resurs bazasini rivojlantirishga ko‘maklashadilar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4-bob. O‘quv jarayonini tashkil qilish va tinglovchilar bilimini baholash
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
14. O‘quv kurslari inson huquqlari sohasidagi dolzarb muammolar inobatga olingan holda tasdiqlangan o‘quv dasturlari asosida tashkil etiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘quv dasturlari har yili inson huquqlariga rioya etish va uni himoya qilish sohasida davlat siyosatining ustuvor yo‘nalishlari asosida takomillashtiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
15. O‘quv kurslarida o‘quv mashg‘ulotlarining quyidagi asosiy turlari qo‘llaniladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ma’ruza;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
interaktiv seminar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
amaliy mashg‘ulot;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
sayyor mashg‘ulot;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tajriba almashish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
mustaqil ta’lim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
16. Mashg‘ulotlar asosan interaktiv shaklda, shu jumladan, “aqliy hujumlar”, “keys stadi”, “jamoa bo‘lib ishlash”, “davra suhbatlari” hamda bilimlar va ko‘nikmalar berishning boshqa zamonaviy shakllarida o‘tkaziladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘quv kurslari tegishli axborot-metodik va tashkiliy-texnik baza asosida masofadan o‘qitish usullari qo‘llanilgan holda tashkil qilinishi ham mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
17. Barcha turdagi auditoriya mashg‘ulotlarining davomiyligi 80 daqiqani tashkil etadi, o‘quv mashg‘ulotlari oralig‘idagi tanaffus ― kamida 10 daqiqadan iborat bo‘ladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
18. Malaka oshirish kurslaridagi o‘quv jarayoni tinglovchilarining soni, qoidga ko‘ra, guruhlarning to‘ldirilishiga bog‘liq holda kamida 15 ― 20 kishidan iborat akademik guruhlarda tashkil qilinadi. Mashg‘ulotlar tinglovchilarning qaysi tilni afzal ko‘rishlariga bog‘liq holda davlat tilida va rus tilida ham olib boriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
19. Uzrli sabablar bilan (hujjatlar asosida tasdiqlangan kasallik yoki boshqa sabablar) o‘qishni davom ettira olmaydigan tinglovchilar o‘z arizasiga ko‘ra tinglovchilar safidan chiqariladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Kurslar tinglovchilari uzrsiz sabablar bilan 12 soatdan ko‘p hajmdagi mashg‘ulotlarda qatnashmaganligi uchun tinglovchilar safidan chiqariladi. Kursdan chiqarilgan tinglovchilar kursni o‘tmagan hisoblanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
20. Kursga kelmaganligining xolisona sabablari bo‘lganda tinglovchi keyingi guruhlarda kursni o‘tish jadvaliga kiritiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
21. O‘quv kurslarida mashg‘ulotlar o‘tkazishga shartnoma asosida yetakchi ta’lim va ilmiy-tadqiqot muassasalarining hodimlari, xorijiy mutaxassislar va amaliyotchi mutaxassislar jalb qilinadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
22. Kurslar tinglovchilarining bilimi suhbat (test sinovi) asosida baholanadi. O‘quv kurslari tinglovchilarining bilimini baholashni tashkil etish va o‘tkazish uchun inson huquqlari sohasidagi yetakchi mutaxassislar orasidan kamida 3 ― 5 kishidan iborat komissiya shakllantiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
23. Bilimlarni baholash jarayoniga uzrli sabab bilan ishtirok etmagan tinglovchilar navbatdagi guruh tinglovchilari bilan birgalikda ishtirok etishlari mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
24. O‘qitish ta’lim dasturlarini muvaffaqiyatli o‘tgan tinglovchilarga davlat namunasidagi sertifikat beriladi. Suhbatdan (test sinovidan) o‘tmagan tinglovchilarga malaka oshirish o‘quv dasturini o‘zlashtirmagan shaxslar uchun ma’lumotnoma beriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5-bob. Yakunlovchi qoidalar
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
25. O‘quv kurslarini tashkil etish va o‘tkazish bilan bog‘liq xarajatlarni, shu jumladan, kurslar tinglovchilari uchun o‘quv, tarqatma materiallar va idora anjomlarini xarid qilish xarajatlarini moliyalashtirish O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablag‘lari, xalqaro tashkilotlarning grantlari va donorlik mablag‘lari, shuningdek, qonunchilikda taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobiga amalga oshiriladi.
(25-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
26. Davlat organlari xodimlarini O‘quv kurslarida o‘qitish xarajatlari O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablag‘lari hisobiga amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Fuqarolik jamiyati institutlari va boshqa tashkilotlar vakillarini O‘quv kurslarida o‘qitish xarajatlari shartnoma asosida amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Asosiy ish joyidan ajralgan holda boshqa hududlardan o‘qishga yuborilgan shaxslarning ta’lim olish joyiga bir marta borib-kelish xarajatlari, xizmat safari xarajatlari buyurtmachi tashkilotlarning budjet va budjetdan tashqari mablag‘lari hisobiga qoplanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
27. O‘quv kurslarida ta’lim olish to‘lovi miqdori O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi bilan kelishgan holda Markaz tomonidan belgilanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 12-avgustdagi 663-son qaroriga
2-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish

‎Malaka oshirish haqida
‎SERTIFIKAT
‎(tavsifi)
‎‎‎‎

‎‎‎Davlat namunasidagi malaka oshirish to‘g‘risidagi sertifikat A4 formatli oq qog‘ozdagi varaqda ofset usulida besh xil rangdan foydalangan holda: matn uchun ― qora rangda, rasmlar tasviri uchun — yashil, ko‘k, qizil ranglarda, fon uchun ― och kulrang rangda bosib chiqariladi.
‎Varaqning chap qismida chetidan 10 mm chekingan holda eni 32 mm bo‘lgan O‘zbekiston Respublikasi Davlat bayrog‘i tasvirlangan tasma joylashtiriladi. Tasmaning yuqori qismida diametri 30 mm bo‘lgan O‘zbekiston Respublikasi Davlat gerbi tasviri, past qismida esa — 35 mm o‘lchamli ikkita kvadrat qo‘shilishidan hosil bo‘lgan sakkiz qirrali yulduz, yulduzning o‘rtasida muhr uchun 25 mm diametrli oq aylana joylashgan.
‎Varaqning yuqori qismi markazida lotin yozuvi harflarida “INSON HUQUQLARI BO’YICHA O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI MILLIY MARKAZI” so‘zlari bosiladi, pastroqda ― “Malaka oshirish haqida SERTIFIKAT”, pastroqda ― lotin yozuvi harflarida MO qisqartmasi va olti raqamli sondan iborat sertifikat raqami bosiladi. Barcha matn naqshli rastrdan iborat och kul rang fonda bosib chiqariladi.
‎Sertifikat:
‎bosib chiqarishning ikki usuli ― ofset va yuqori usuli;
‎yorug‘lik vositasida nusxa ko‘chirishni qiyinlashtirish uchun ochiq ranglar;
‎naqshli rastr;
‎har xil rangli rastrlardan foydalanish yo‘li bilan turli ranglarni tashkil etish;
‎maxsus qog‘ozlar;
‎o‘zgaradigan raqamlardan iborat tartib raqami qo‘llangan holda oltita himoyaga ega.

‎‎‎‎

‎‎‎INSON HUQUQLARI BO’YICHA O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI MILLIY MARKAZI

‎‎
‎Malaka oshirish haqida‎

SERTIFIKAT
‎‎MO № 000000

‎‎____________________________________________________________________________________________

‎‎(Mutaxassisning familiyasi, ismi, otasining ismi)

‎‎20___ yil ___________________ dan 20 ___ yil ________ gacha

‎Inson huquqlari boiycha O’zbekiston Respublikasi Milliy markazda jami ___ soatli

‎‎____________________________________________________________________________________________

‎‎(Malaka oshirish kursining nomi)

‎‎bo`yicha malakasini oshirdi.

Muhr o`rni‎

‎‎Markaz direktori ______________

‎‎Sana ________________
‎Qayd raqami ________________

(Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 13.08.2019-y., 09/19/663/3551-son; Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)