Oʻzbekiston Respublikasi bilan Afgʻoniston Islom Respublikasi oʻrtasida
Bitim
Ushlab berish toʻgʻrisida
Oʻzbekiston Respublikasi va Afgʻoniston Islom Respublikasi, keyingi oʻrinlarda “Ahdlashuvchi Tomonlar” deb ataluvchilar,
milliy suverenitet, bir-birlarining ichki ishlariga aralashmaslik va oʻzaro manfaatlarni himoya qilish prinsiplari asosida ikki tomonlama munosabatlarni mustahkamlash va ushlab berish sohasida samarali hamkorlikni oʻrnatishga boʻlgan oʻzaro manfaatlarni nazarda tutgan holda,
quyidagilar toʻgʻrisida kelishib oldilar:
1-modda
Ushlab berish majburiyati
Ushlab berish majburiyati
Ahdlashuvchi Tomonlardan birining soʻroviga koʻra boshqa Ahdlashuvchi Tomon uning hududida aniqlangan, soʻrayotgan Ahdlashuvchi Tomonning vakolatli organlari tomonidan sodir etgan jinoyati uchun javobgarlikka tortish yoki hukmni ijro etish uchun taʼqib etilayotgan har qanday shaxsni ushbu Bitim qoidalariga muvofiq ushlab berish majburiyatini oladi.
2-modda
Ushlab berish uchun asos boʻladigan jinoyatlar
Ushlab berish uchun asos boʻladigan jinoyatlar
Ushlab berish quyidagi holatlarda amalga oshirilishi mumkin:
a) har ikkala Ahdlashuvchi Tomon qonunchilik hujjatlariga muvofiq jinoyat deb topiladigan va ozodlikdan mahrum qilish jazosining eng koʻp muddati 1 (bir) yildan kam boʻlmagan muddat koʻzda tutilgan jinoyat uchun shaxs ushlab berilishi mumkin;
b) mazkur moddaning a) bandida qayd etilgan muddatdan ortiq boʻlmagan jazo nazarda tutilgan jinoyat sodir etgan shaxsning ushlab berilishi soʻralayotgan boʻlsa va chiqarilgan hukm 6 (olti) oydan kam boʻlmagan muddatga ozodlikdan mahrum qilish yoki boshqa yanada ogʻirroq jazo qoʻllanilishi nazarda tutilsa.
3-modda
Ushlab berishni rad etish
Ushlab berishni rad etish
1.Ushlab berish haqidagi soʻrovnoma quyidagi hollarda rad etiladi:
a) ushlab berish soʻralgan shaxs soʻralayotgan Ahdlashuvchi Tomon fuqarosi boʻlsa;
b) agar shaxs siyosiy yoki harbiy jinoyat uchun ushlab berilishi soʻralgan boʻlsa, jinoyat tabiatini soʻralayotgan Ahdlashuvchi Tomon belgilaydi;
v) jinoyat soʻralayotgan Ahdlashuvchi Tomon hududida yoki protsessual harakatlar soʻralayotgan Ahdlashuvchi Tomon yurisdiksiyasi doirasida oʻtkaziladigan ushbu Tomon hududidan tashqarida sodir etilgan boʻlsa;
g) Ahdlashuvchi Tomonlardan birining qonun va qoidalariga muvofiq ushlab berish soʻralishiga sabab boʻlayotgan jinoyat uchun jinoiy taʼqib qilinmasa;
d) ushlab berish soʻralayotgan Ahdlashuvchi Tomon milliy qonunchilik hujjatlariga muvofiq boʻlmasa yoki uning manfaatlari yoki xavfsizligiga zarar yetkazishi mumkin boʻlsa.
2. Ushlab berish toʻgʻrisidagi soʻrovnoma qisman yoki toʻliq rad etilgan boʻlsa, soʻralayotgan Tomon soʻrayotgan Tomonni rad qilish sabablari toʻgʻrisida xabardor qiladi.
4-modda
Oʻlim jazosi
Oʻlim jazosi
Agar shaxs ushlab berish soʻralishiga sabab boʻlayotgan jinoyat uchun soʻrayotgan Ahdlashuvchi Tomon qonun hujjatlarida oʻlim jazosi belgilangan boʻlsa, ushlab berish rad etilishi mumkin, basharti soʻrayotgan Ahdlashuvchi Tomon oʻlim jazosi tayinlanmasligi yoki ijro etilmasligi uchun soʻralayotgan Ahdlashuvchi Tomon yetarli deb bilgan kafolatlar taqdim etmasa.
5-modda
Ushlab berish toʻgʻrisida soʻrovnoma tayyorlash
Ushlab berish toʻgʻrisida soʻrovnoma tayyorlash
1. Mazkur Bitimda nazarda tutilgan ushlab berish toʻgʻrisida soʻrovnoma yozma shaklda tuziladi hamda quyidagi maʼlumotlarni oʻz ichiga olishi va quyidagi dalillar bilan birga taqdim etilishi lozim:
a) soʻrayotgan organning nomi;
b) sodir etilgan qilmishni jinoyat deb topish va tegishli jazo tayinlash uchun asos boʻlgan soʻrayotgan Ahdlashuvchi Tomon har qanday qonun hujjatlarining qoidasi matni;
v) ushlab berilishi soʻralayotgan shaxsning familiyasi, ismi va fuqaroligi, shuningdek otasining ismi, tugʻilgan sanasi, turar joyi, alohida belgilari, fotosurati, barmoq izlari va har qanday boshqa zarur maʼlumot, basharti imkoni boʻlsa;
g) shaxsni ushlab berish soʻralishiga sabab boʻlayotgan jinoyatning batafsil bayoni, jinoyatni sodir etish joyi va vaqti toʻgʻrisida maʼlumot, uning yuridik tafsiloti va imkon qadar tegishli qonun hujjatlari normalariga havolalar;
d) yakuniy ayblov xulosasi, qamoqqa olish toʻgʻrisida qaror yoki sud hukmi chiqarilgan davrda oʻsha yuridik kuchga ega boʻluvchi boshqa dalil. Agar ushlab berish soʻralayotgan shaxsga nisbatan hibsga olish yoki boshqa ehtiyot choralari qoʻllanilgan holatda soʻralayotgan Ahdlashuvchi Tomon qoʻshimcha maʼlumot yoki izoh yoxud milliy qonunchilik talablariga muvofiq boʻlgan hujjatlarni soʻralayotgan Ahdlashuvchi Tomon soʻrayotgan Ahdlashuvchi Tomondan soʻralayotgan maʼlumot yoki izoh yoxud hujjatlarni 30 (oʻttiz) kun ichida taqdim etilishini soʻrashi mumkin. Soʻrayotgan Ahdlashuvchi Tomon soʻrovnomasiga asosan va uzrli sabablar mavjud boʻlganda mazkur muddat yana 30 (oʻttiz) kunga uzaytirilishi mumkin.
2. Agar soʻrayotgan Ahdlashuvchi Tomon qoʻshimcha maʼlumot yoki izohlarni oʻz vaqtida taqdim etmasa, soʻralayotgan Ahdlashuvchi Tomon ushlab berish soʻralayotgan shaxsni ushlab turishni tugatadi. Biroq, bu qoʻshimcha maʼlumot va izohlar olinganda mazkur shaxsning qayta ushlanishiga toʻsqinlik qilmaydi.
6-modda
Hujjatlar tarjimasi
Hujjatlar tarjimasi
1. Yuqorida koʻrsatilgan hujjatlar soʻrayotgan Ahdlashuvchi Tomon qonun hujjatlariga muvofiq tuzilishi va soʻralayotgan Ahdlashuvchi Tomonning tiliga yoki ingliz tiliga tegishli tarjima bilan birga taqdim etilishi lozim.
2. Soʻrayotgan Ahdlashuvchi Tomonning diplomatik vakolatxonasi yoki konsullik muassasasi yoki/va mazkur davlat yoki/va soʻralayotgan Ahdlashuvchi Tomonning rasmiy tarjimoni ushbu hujjatlarning tarjimasini tasdiqlaydi.
7-modda
Ushlab berish soʻralayotgan shaxsni ushlab turish
Ushlab berish soʻralayotgan shaxsni ushlab turish
Ushlab berish toʻgʻrisida soʻrovnoma olingandan soʻng, mazkur Bitimning 3-moddasida koʻzda tutilgan hujjatlardan tashqari, soʻralayotgan Ahdlashuvchi Tomon oʻz ichki qonunchiligiga muvofiq soʻralayotgan shaxsni hibsga olish va ushlab turish uchun zarur choralarni koʻradi.
8-modda
Ushlab berish toʻgʻrisida soʻrovnoma olingunga qadar ushlab turish
Ushlab berish toʻgʻrisida soʻrovnoma olingunga qadar ushlab turish
1.Favqulodda holatlarda soʻrayotgan Ahdlashuvchi Tomonning vakolatli organlari oʻz ichki qonunchiligiga muvofiq soʻralayotgan shaxsni vaqtincha ushlab turishni soʻrashi mumkin.
2. Ushlab turish toʻgʻrisidagi soʻrovnomada soʻrayotgan Ahdlashuvchi Tomon hibsga olish toʻgʻrisidagi hukm yoki sanksiyaga asoslanib mazkur shaxsni ushlab berish soʻralishi va soʻralayotgan Ahdlashuvchi Tomonga ushlab berishi toʻgʻrisidagi hujjatlar tez orada taqdim etilishi koʻrsatilishi lozim.
3. Ushlab turilgan shaxs ushlangan vaqtdan eʼtiboran 45 (qirq besh) kun ichida ushlab berish toʻgʻrisida soʻrovnoma kelib tushmasa, mazkur shaxs ozod qilinadi. Mazkur muddat tugagunga qadar soʻrayotgan Ahdlashuvchi Tomondan olingan tegishli soʻrovnoma asosida, ushbu muddat yana 15 (oʻn besh) kunga uzaytirilishi mumkin.
4. Shaxsning mazkur modda 3-bandiga muvofiq ozod qilinishi ushlab berish toʻgʻrisida soʻrovnoma va zarur hujjatlar olinganda uning ushlab berish maqsadida qayta ushlanishi va hibsga olinishiga toʻsqinlik qilmaydi.
9-modda
Ushlab berishni kechiktirish
Ushlab berishni kechiktirish
1. Soʻralayotgan Ahdlashuvchi Tomon ushlab berish soʻralayotgandan boshqa jinoyat yuzasidan tergov olib borish yoki shaxsga nisbatan soʻralayotgan Ahdlashuvchi Tomon hududida jazo ijro etilayotgan boʻlsa ushlab berish kechiktirilishi mumkin.
2. Ushlab berishni kechiktirish oʻrniga soʻralayotgan Ahdlashuvchi Tomon soʻralayotgan shaxsni boshqa Ahdlashuvchi Tomonga har ikkala Ahdlashuvchi Tomon oʻrtasida oʻzaro kelishilgan muddat va shartlarda vaqtincha topshirishi mumkin.
3. Vaqtincha ushlab berilgan shaxs jinoyat ishi boʻyicha zarur protsessual harakatlar amalga oshirilganidan soʻng, biroq 3 (uch) oydan koʻp boʻlmagan muddat ichida soʻralayotgan Ahdlashuvchi Tomonga qaytarilishi lozim.
10-modda
Ushlab berish rad etilgan holatda sud muhokamasi
Ushlab berish rad etilgan holatda sud muhokamasi
1. Agar mazkur Bitimning 3-moddasi 1 bandining a) kichik bandiga muvofiq ushlab berish rad etilgan boʻlsa, soʻralayotgan Ahdlashuvchi Tomon soʻrayotgan Ahdlashuvchi Tomon soʻroviga asosan ayblanuvchiga nisbatan jinoiy taʼqibni amalga oshirishi va oʻzining vakolatli organlarida unga nisbatan jinoiy ish qoʻzgʻatishi mumkin. Bunday holatlarda soʻrayotgan Ahdlashuvchi Tomon soʻralayotgan Ahdlashuvchi Tomonga jinoyatga doir materiallar va dalillarni taqdim etadi.
2. Soʻralayotgan Ahdlashuvchi Tomon soʻrayotgan Ahdlashuvchi Tomonni tergov jarayoni va yakuniy natijalari toʻgʻrisida xabardor qiladi.
11-modda
Bir necha davlatning ushlab berish toʻgʻrisidagi bir vaqtdagi soʻrovi
Bir necha davlatning ushlab berish toʻgʻrisidagi bir vaqtdagi soʻrovi
Agar bir vaqtning oʻzida birdan ortiq davlat aynan bir yoki har xil jinoyatlar uchun ushlab berishni soʻrayotgan boʻlsa, soʻralayotgan Ahdlashuvchi Tomon barcha holatlarni, xususan jinoyatning ogʻirlik darajasi, jinoyatni sodir etish joyi, soʻrovnomalarning tegishli sanalari, ushlab berilishi soʻralayotgan shaxsning fuqaroligi va kelgusida boshqa davlatga ushlab berish mumkinligini inobatga olgan holda, ish boʻyicha qaror qabul qiladi.
12-modda
Ushlab berilgan shaxsni jinoiy taʼqib qilish
Ushlab berilgan shaxsni jinoiy taʼqib qilish
1. Ushlab berilgan shaxs u ushlab berilguniga qadar sodir etgan va ushlab berish amalga oshirilishiga asos boʻlganidan boshqa jinoyati uchun jinoiy taʼqib qilinishi yoki unga nisbatan hukm ijro etilishi mumkin emas, basharti quyidagi holatlarni mustasno qilganda soʻralayotgan Ahdlashuvchi Tomon roziligi olinmagan boʻlsa:
a) ushlab berilgan shaxs jinoiy taʼqib tugatilganidan soʻng 15 (oʻn besh) kun ichida soʻrayotgan Ahdlashuvchi Tomon hududini tark etmagan va/yoki ushbu davlat hududini tark etganidan soʻng ixtiyoriy ravishda qaytib kelgan boʻlsa;
b) taʼqib qilish yoki hukmni ijro etish davomida sodir etilgan jinoyatning jinoiy tavsifi oʻzgargan boʻlsa va ushbu yangi jinoyat, uning tarkibiga koʻra mazkur Bitimning 2-moddasida keltirilgan shartlarga muvofiq boʻlsa.
2. Ushlab berilgan shaxs u ushlab berilguniga qadar sodir etgan jinoyati uchun uchinchi bir davlatga ushlab berilishi mumkin emas, basharti bunga soʻralayotgan Ahdlashuvchi Tomonning roziligi olinmagan boʻlsa.
3. Ahdlashuvchi Tomonlar ushlab berilgan shaxsga nisbatan yuritiladigan jinoyat ishi natijalari toʻgʻrisida bir-birlarini xabardor qiladilar; qabul qilingan qaror nusxasi soʻrovnoma asosida yuboriladi.
13-modda
Ushlab berishni amalga oshirish
Ushlab berishni amalga oshirish
1. Soʻralayotgan Ahdlashuvchi Tomon ushlab berish toʻgʻrisidagi soʻrovnoma yuzasidan oʻz qarori haqida soʻrayotgan Ahdlashuvchi Tomonni xabardor qiladi.
2. Agar ushlab berish kelishilgan boʻlsa, soʻralayotgan Ahdlashuvchi Tomon shaxsni topshirish joyi va vaqti, shuningdek ushlab berish soʻralayotgan shaxs topshirilguniga qadar ushlab turilgan muddat toʻgʻrisida soʻrayotgan Ahdlashuvchi Tomonni xabardor qiladi.
3. Mazkur moddaning 4-bandi qoidalariga muvofiq agar ushlab berilishi soʻralayotgan shaxs kelishilgan muddatlarda topshirilmagan boʻlsa, soʻralayotgan Ahdlashuvchi Tomon uni 15 (oʻn besh) kun ichida ozod qilishi shart, har qanday holatda ham shaxsni ushlab turish muddati topshirish kelishilgan muddatdan 30 (oʻttiz) kundan oshmasligi lozim. Bunday holatlarda soʻralayotgan Ahdlashuvchi Tomon oʻzining oldingi qarori bilan chegaralanmaydi va aynan shu jinoyat uchun ushlab berish toʻgʻrisidagi soʻrovnomani qayta koʻrib chiqishi mumkin.
4. Agar Ahdlashuvchi Tomonlardan biri oʻziga bogʻliq boʻlmagan shartlar va holatlarga koʻra ushlab berilishi soʻralayotgan shaxsni topshirmayotgan yoki qabul qilmayotgan boʻlsa, boshqa Ahdlashuvchi Tomonga bu haqida xabar berishi lozim. Bunday holatlarda Ahdlashuvchi Tomonlar topshirishning yangi sanasini kelishib oladilar. Mazkur moddaning 3-bandi qoidalari yangi sanaga nisbatan ham tatbiq etiladi.
14-modda
Takroran ushlab berish
Takroran ushlab berish
Agar ushlab berilgan shaxs jinoiy taʼqib, protsessual harakatlar tugatilishidan yoki hukm ijro etilishidan oldin boshqa Ahdlashuvchi Tomonning hududiga qaytib kelsa, u soʻrayotgan Ahdlashuvchi Tomonning soʻrovnomasiga koʻra takroran ushlab beradi. Bunday holatlarda mazkur Bitimning 5-moddasida koʻrsatilgan hujjatlarning taqdim etilishi talab etilmaydi.
15-modda
Ashyolarni topshirish
Ashyolarni topshirish
1. Mazkur Bitimning 2-moddasiga muvofiq soʻralayotgan Ahdlashuvchi Tomon jinoiy dalillar deb topilgan yoki jinoyat quroli yoxud jinoyat natijasida egallangan barcha ashyolar va buyumlarni soʻrayotgan Ahdlashuvchi Tomonga topshirishi lozim. Koʻrsatilgan ashyolar, buyumlar va hujjatlar ushlab berish soʻralgan shaxsning oʻlimi yoki qochishi natijasida yoki boshqa sabablarga asosan ushlab berish amalga oshirilmaydigan holatda ham topshirilishi lozim.
2. Ahdlashuvchi Tomon mazkur moddaning 1-bandida qayd etilgan ashyo va buyumlarni topshirishni boshqa jinoyat ishi boʻyicha tergovni olib borish uchun vaqtinchalik kechiktirishi yoki qaytarib berish sharti bilan topshirishi mumkin.
3. Yuqorida koʻrsatilgan ashyo va buyumlarga nisbatan uchinchi shaxslarning huquqlariga rioya etilishi va bunday ashyo va buyumlar soʻralayotgan Ahdlashuvchi Tomonga qaytarilishi lozim.
16-modda
Tranzit
Tranzit
1. Ushlab berishni tartibga soluvchi qonun va qoidalarga muvofiq bir Ahdlashuvchi Tomon boshqa Ahdlashuvchi Tomonga ushlab berayotgan shaxslarni uchinchi davlatdan tranzit olib oʻtishga ruxsat berishi mumkin.
2. Tranzit olib oʻtishga ruxsat berish toʻgʻrisidagi soʻrovnoma mazkur Bitimning 5-moddasida koʻzda tutilgan hujjatlar bilan birga taqdim etiladi.
3. Har bir holatda Ahdlashuvchi Tomonlarning vakolatli organlari tranzit usuli, yoʻnalishi va boshqa shartlarini muvofiqlashtiradilar.
17-modda
Xarajatlar
Xarajatlar
Ushlab berish bilan bogʻliq barcha xarajatlar ular hududida vujudga kelgan Ahdlashuvchi Tomon tarafidan qoplanadi. Hibsda saqlanayotgan yoki ozodlikdan mahrum qilish jazosini oʻtayotgan shaxslarni tranzit oʻtkazish bilan bogʻliq xarajatlar soʻrayotgan Ahdlashuvchi Tomon tarafidan qoplanadi.
18-modda
Aloqa vositalari
Aloqa vositalari
Ushlab berish bilan bogʻliq Ahdlashuvchi Tomonlar oʻrtasida har qanday aloqa bir tarafdan Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi va ikkinchi tarafdan Afgʻoniston Islom Respublikasi Bosh prokuraturasi orqali bevosita yoki diplomatik kanallar yoxud Jinoyat qidiruv politsiyasining xalqaro tashkiloti (Interpol) orqali amalga oshiriladi.
19-modda
Nizolarni hal etish
Nizolarni hal etish
Ushbu Bitimni amalga oshirish va talqin qilishda yuzaga keladigan barcha nizolar Ahdlashuvchi Tomonlar oʻrtasida bevosita muzokaralar yoki diplomatik kanallar orqali hal qilinadi.
20-modda
Oʻzgartirishlar kiritish
Oʻzgartirishlar kiritish
Ahdlashuvchi Tomonlarning oʻzaro roziligiga koʻra ushbu Bitimga uning ajralmas qismi boʻlgan alohida bayonnomalar bilan rasmiylashtiriladigan oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilishi mumkin va ular ushbu Bitimning 21-moddasi 1-bandida belgilangan tartibda kuchga kiradi.
21-modda
Kuchga kirishi va amal qilishining tugatilishi
Kuchga kirishi va amal qilishining tugatilishi
1. Mazkur Bitim ratifikatsiya qilinishi lozim va ratifikatsiya yorliqlari almashingan sanadan soʻng 30 (oʻttizinchi) kunda kuchga kiradi.
2. Mazkur Bitim nomuayyan muddatga tuziladi.
3. Ahdlashuvchi Tomonlardan biri boshqa Ahdlashuvchi Tomonni yozma shaklda xabardor qilish orqali mazkur Bitimning amal qilishini tugatishi mumkin. Boshqa Ahdlashuvchi Tomonning bunday xabarnomasi olinganidan 6 (olti) oy oʻtgach Bitim tugatiladi.
4. Mazkur Bitim uning kuchga kirishidan avval va kuchga kirganidan soʻng sodir etilgan jinoyatlarga tatbiq etiladi.
Toshkent shahrida 2016-yil 17-oktabrda, ikki asl nusxada, har biri oʻzbek, dori va ingliz tillarida tuzildi, bunda barcha matnlar teng autentikdir.
Talqin qilishda kelishmovchiliklar yuzaga kelgan taqdirda, ingliz tilidagi matn ustuvor hisoblanadi.
(imzolar)