05.08.2019 yildagi 649-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qarori
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston yoshlari umumjahon assotsiatsiyasi faoliyatini qo‘llab-quvvatlash va samaradorligini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2017 — 2021-yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasini “Faol investitsiyalar va ijtimoiy rivojlanish yili”da amalga oshirishga oid Davlat dasturi ijrosini ta’minlash, shuningdek, xorijiy mamlakatlarda o‘qiyotgan va mehnat qilayotgan O‘zbekistonlik yoshlarning huquq va manfaatlarini himoya qilish, ularni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash va rag‘batlantirish, Vatanga sadoqat ruhida tarbiyalash hamda jamiyatda o‘z o‘rnini topishiga ko‘maklashish borasidagi ishlar samaradorligini oshirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. “O‘zbekiston yoshlari umumjahon assotsiatsiyasi” nodavlat notijorat tashkiloti (keyingi o‘rinlarda Assotsiatsiya deb yuritiladi) O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat ro‘yxatidan o‘tkazilganligi ma’lumot uchun qabul qilinsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Assotsiatsiyaga yuklangan vazifalarni amalga oshirishda yaqindan ko‘maklashish, uning tizimli faoliyatini yo‘lga qo‘yish va har tomonlama qo‘llab-quvvatlash maqsadida O‘zbekiston yoshlari umumjahon assotsiatsiyasi Maslahat kengashi tashkil etilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Quyidagilar:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston yoshlari umumjahon assotsiatsiyasi Maslahat kengashi to‘g‘risidagi nizom 1-ilovaga muvofiq;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston yoshlari umumjahon assotsiatsiyasi Maslahat kengashining tarkibi 2-ilovaga muvofiq;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston yoshlari umumjahon assotsiatsiyasi faoliyatini qo‘llab-quvvatlash va samaradorligini oshirish bo‘yicha amalga oshiriladigan chora-tadbirlar dasturi 3-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasining xorijiy mamlakatlardagi diplomatik vakolatxonalari va konsullik muassasalari Assotsiatsiyaning xorijiy mamlakatlardagi vakolatxonalari va filiallari bilan hamkorlikda faoliyat olib borishini tashkil etsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Assotsiatsiyaning murojaatiga asosan uning xorijiy mamlakatlardagi vakolatxonalari va filiallarini ochish, xorijiy mamlakatlarning vakolatli organlaridan belgilangan tartibda ro‘yxatdan o‘tkazish va faoliyatini tashkil etish, bino va boshqa zarur moddiy-texnika vositalari bilan ta’minlash choralarini ko‘rsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Mazkur bandda nazarda tutilgan masalalarni amalga oshirish bilan bog‘liq xarajatlar Assotsiatsiyaning mablag‘lari hisobidan qoplanishi inobatga olinsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. O‘zbekiston yoshlar ittifoqi O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi bilan birgalikda uch oy muddatda Assotsiatsiya vakolatiga kiradigan masalalar yuzasidan amaliy, konsultativ va metodik yordam ko‘rsatish uchun kunu tun xizmat ko‘rsatuvchi ishonch telefoni ishlashini va maxsus veb-portalning ishga tushirilishini ta’minlasin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Assotsiatsiya Toshkent shahri, Mirzo Ulug‘bek tumani, Buyuk ipak yo‘li ko‘chasi, 1-uy manzilidagi binoda bepul foydalanish huquqi asosida joylashtirilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Vazirlar Mahkamasining Yoshlar siyosati, madaniyat, ma’naviyat, ommaviy axborot vositalari, ijodiy va jamoat tashkilotlari masalalari kotibiyatiga yuklansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2019-yil 5-avgust,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
649-son
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 5-avgustdagi 649-son qaroriga
1-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston yoshlari umumjahon assotsiatsiyasi Maslahat kengashi to‘g‘risida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
NIZOM
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1-bob. Umumiy qoidalar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Ushbu Nizom O‘zbekiston yoshlari umumjahon assotsiatsiyasi Maslahat kengashining (keyingi o‘rinlarda Maslahat kengashi deb ataladi) asosiy maqsadi va vazifalarini, huquq va majburiyatlarini, shuningdek, faoliyatini tashkil etish tartibini belgilaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Maslahat kengashi O‘zbekiston yoshlari umumjahon assotsiatsiyasiga (keyingi o‘rinlarda Assotsiatsiya deb ataladi) yuklangan vazifalarni amalga oshirishda yaqindan ko‘maklashuvchi, uning tizimli faoliyatini yo‘lga qo‘yishda har tomonlama qo‘llab-quvvatlovchi kollegial organ hisoblanadi.
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Maslahat kengashi o‘z faoliyatida O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlariga, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qarorlariga, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlariga, Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlariga, ushbu Nizomga hamda boshqa qonunchilik hujjatlariga amal qiladi.
(3-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2-bob. Maslahat kengashining asosiy maqsadi va vazifalari
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Maslahat kengashining asosiy maqsadi — Assotsiatsiyaga yuklatilgan vazifalarni amalga oshirishda yaqindan ko‘maklashish, faoliyatini yo‘lga qo‘yish yuzasidan amaliy yordam ko‘rsatish, har tomonlama qo‘llab-quvvatlash va zarur maslahatlar berishdan iborat.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Quyidagilar Maslahat kengashining asosiy vazifalari hisoblanadi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Assotsiatsiyani xorijiy mamlakatlarga ta’lim olish va mehnat qilish uchun chiqib ketgan hamda chiqishni rejalashtirgan o‘zbekistonlik yoshlarning ko‘makchisi va tayanchiga aylantirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Assotsiatsiyaga o‘z faoliyatini samarali yo‘lga qo‘yishga doir metodik tavsiyalar berish, uning faoliyatida yuzaga kelayotgan muammo va kamchiliklarni bartaraf etishda ko‘maklashish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Assotsiatsiyaga davlat organlari va muassasalari, nodavlat notijorat tashkilotlar va fuqarolik jamiyati boshqa institutlari, shuningdek, xalqaro va xorijiy tashkilotlar bilan o‘zaro hamkorlik qilish rejalarini belgilashda, tadbirlarni tashkil etish va o‘tkazishda amaliy yordam ko‘rsatish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Assotsiatsiyaning faoliyati borasida keng jamoatchilik fikrini o‘rganish, tahlil qilish, ushbu sohadagi ishlarni yanada takomillashtirishga doir takliflar ishlab chiqish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Assotsiatsiyaning xorijiy mamlakatlarga ta’lim olish va mehnat qilish uchun chiqib ketgan hamda chiqishni rejalashtirgan o‘zbekistonlik yoshlar bilan ishlashga oid dasturlarining ishlab chiqilishi va amalga oshirilishini nazorat qilish, shuningdek, ijrosi yuzasidan axborotlarini eshitish;
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
sohaga oid qonunchilik hujjatlarining mas’ul idora va tashkilotlar tomonidan ijro etilishi yuzasidan jamoatchilik nazorati amalga oshirilishi holatini tahlil qilish;
(5-bandning yettinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
sohaga oid chora-tadbirlarning samaradorligini oshirish uchun o‘zbekistonlik yoshlarning ehtiyoji monitoringi olib borilishini va baholanishini tashkil etish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Maslahat kengashi o‘ziga yuklangan vazifalarning samarali bajarilishi yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi va Vazirlar Mahkamasiga har olti oyda axborot kiritadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3-bob. Maslahat kengashining huquq va majburiyatlari
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Maslahat kengashi quyidagi huquqlarga ega:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Assotsiatsiyaning faoliyati samaradorligini oshirishga doir qarorlar qabul qilish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
sohadagi ishlarning holatini o‘rganish uchun ishchi (ekspert) guruhlar tashkil etish, shuningdek, ushbu guruhlar faoliyatiga tegishli mutaxassislarni Assotsiatsiyaning moliyaviy manbalari hisobiga shartnoma asosida jalb qilish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
xorijiy mamlakatlarga ta’lim olish va mehnat qilish uchun chiqib ketgan hamda chiqishni rejalashtirgan o‘zbekistonlik yoshlar bilan ishlashda faollik ko‘rsatayotgan shaxslarni rag‘batlantirish tashabbusi bilan chiqish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
sohaga doir normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini ishlab chiqish yuzasidan takliflar berish.
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Maslahat kengashi qonunchilik hujjatlariga muvofiq boshqa huquqlarga ham ega bo‘lishi mumkin.
(6-bandning oltinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. Maslahat kengashi o‘ziga yuklangan vazifalarning samarali bajarilishi uchun javob beradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4-bob. Maslahat kengashi faoliyatini tashkil etish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. Maslahat kengashi raisi va a’zolaridan iborat Maslahat kengashining tarkibi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9. Maslahat kengashi o‘z faoliyatini doimiy asosda amalga oshiradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Maslahat kengashining majlislari har chorakda kamida bir marta o‘tkaziladi va ularda a’zolarning uchdan ikki qismi ishtirok etganda vakolatli hisoblanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
10. Maslahat kengashi raisi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Maslahat kengashi faoliyatiga umumiy rahbarlik qiladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Maslahat kengashi a’zolari o‘rtasida vazifalarni taqsimlaydi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Maslahat kengashi yig‘ilishlarini chaqiradi va ularga raislik qiladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Maslahat kengashi yig‘ilishlari kun tartibini tasdiqlaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Maslahat kengashining samarali ishlashini ta’minlash bo‘yicha boshqa vazifalarni amalga oshiradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
11. Maslahat kengashi a’zolari ko‘rib chiqilayotgan masalalar bo‘yicha muhokamada qatnashish va qaror qabul qilishda ovoz berish huquqiga ega.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
12. Maslahat kengashi mas’ul kotibi funksiyasini lavozimiga ko‘ra Assotsiatsiya raisi bajaradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
13. Mas’ul kotib:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Maslahat kengashi joriy faoliyatini tashkil etadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Maslahat kengashi yig‘ilishlari kun tartibiga kiritiladigan masalalar bo‘yicha materiallarning tayyorlanishini tashkil qiladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Maslahat kengashi o‘z vakolati doirasiga kiruvchi masalalar yuzasidan qarorlar va boshqa hujjatlar loyihalarini tayyorlaydi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Maslahat kengashi faoliyatini tashkiliy-texnik ta’minlashni amalga oshiradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
14. Maslahat kengashi tarkibiga kiruvchi vazirliklar, idoralar va tashkilotlar vakillari Maslahat kengashi yig‘ilishlarida belgilangan vazifalar yuzasidan mas’ul kotib so‘roviga muvofiq amalga oshirilgan ishlar to‘g‘risida zarur ma’lumotlarni taqdim etib boradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
15. Maslahat kengashi majlislarida zaruratga qarab boshqa davlat organlari, nodavlat notijorat tashkilotlar va fuqarolik jamiyati institutlarining vakillari ishtirok etishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
16. Maslahat kengashi qarorlari kengash a’zolarining oddiy ko‘pchilik ovozi bilan qabul qilinadi. Ovozlar teng bo‘lgan taqdirda, Maslahat kengashi raisining ovozi hal qiluvchi ovoz hisoblanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
17. Maslahat kengashi qarorlari yig‘ilishda ishtirok etgan a’zolar tomonidan imzolanadigan va Maslahat kengashi raisi tomonidan tasdiqlanadigan bayonnoma bilan rasmiylashtiriladi. Bayonnomani imzolashda Maslahat kengashi a’zolari o‘zlarining alohida fikrlarini yozma ravishda bildirish huquqiga ega.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5-bob. Yakunlovchi qoida
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
18. Ushbu Nizom talablari buzilishida aybdor bo‘lgan shaxslar qonunchilik hujjatlariga muvofiq javob beradilar.
(18-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 5-avgustdagi 649-son qaroriga
2-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston yoshlari umumjahon assotsiatsiyasi Maslahat kengashining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
TARKIBI
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish

1.

Kuranbayev Kaxramon Kuchkarovich

O‘zbekiston yoshlar ittifoqi Markaziy Kengashi raisi, Maslahat kengashi raisi

2.

Uzakov Jamoliddin Erkinovich

Vazirlar Mahkamasi kotibiyati bosh mutaxassisi

3.

Ne’matov Ilhomjon To‘ychiyevich

tashqi ishlar vazirining birinchi o‘rinbosari

4.

Tashpo‘latov Aziz Anvarovich

ichki ishlar vazirining birinchi o‘rinbosari

5.

Xolmuxamedov Murodullo Maxmudovich

oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirining birinchi o‘rinbosari — Kasb-hunar ta’limi markazi direktori

6.

Muxitdinov Erkin Madorbekovich

bandlik va mehnat munosabatlari vazirining birinchi o‘rinbosari

7.

Nazarbekov Ozodbek Axmadovich

madaniyat vazirining birinchi o‘rinbosari

8.

Umarov Olimjon Muxammadjanovich

axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirining birinchi o‘rinbosari

9.

Mansurov Yulbarsxon Nabiyevich

innovatsion rivojlanish vaziri o‘rinbosari

10.

Rahimov Baxtiyor Abdug‘ani o‘g‘li

Davlat bojxona qo‘mitasi raisining o‘rinbosari

11.

Z.M. Ziyayev

Milliy statistika qo‘mitasi raisining o‘rinbosari

12.

Akbarov Saidakbarxon Toxir o‘g‘li

Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi raisi o‘rinbosari v. b.

13.

Tashkenbayev Ulug‘bek Negmatovich

Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Ta’lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi boshlig‘i

14.

Kurbanov Rustam Djavdatovich

Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Millatlararo munosabatlar va xorijiy mamlakatlar bilan do‘stlik aloqalari qo‘mitasi raisi

15.

Abulhasan Nuriymon Abdurahim

Din ishlari qo‘mitasi raisining o‘rinbosari

16.

Tursunqulov O‘tkir Nazirovich

“O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ boshqaruvi raisi o‘rinbosari

17.

Lavozimga ko‘ra

Mutaxassislarni xorijda tayyorlash va vatandoshlar bilan muloqot qilish bo‘yicha “El-yurt umidi” jamg‘armasi ijrochi direktori

18.

Javlonov Shavkat Sardorovich

Fuqarolarni o‘zini o‘zi boshqarish organlari faoliyatini muvofiqlashtirish bo‘yicha respublika kengashi raisining birinchi o‘rinbosari

19.

Jalilov Aktam Tashnazarovich

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat boshqaruvi akademiyasi qoshidagi Yoshlar muammolarini o‘rganish va istiqbolli kadrlarni tayyorlash instituti direktori

20.

Nuritdinov Xayrulla Bokidjonovich

O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasi raisining birinchi o‘rinbosari

21.

Melikulov Jumanazar Xaitovich

Milliy axborot agentligi bosh direktori o‘rinbosari

22.

Ilhomjonov Bahrom Mahkamjonovich

“Yosh huquqshunoslar kengashi” NNT raisi

23.

Lavozimga ko‘ra

O‘zbekiston yoshlari umumjahon assotsiatsiyasi raisi, Maslahat kengashi kotibi

Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Izoh: Maslahat kengashi a’zolari boshqa ishga o‘tgan taqdirda, uning tarkibiga ushbu lavozimga yangidan tayinlangan (saylangan) yoki tegishli funksiyalar zimmasiga yuklangan shaxslar kiritiladi.
(2-ilova O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 6-oktabrdagi 627-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 07.10.2025-y., 09/25/627/0901-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 5-avgustdagi 649-son qaroriga
3-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston yoshlari umumjahon assotsiatsiyasi faoliyatini qo‘llab-quvvatlash va samaradorligini oshirish bo‘yicha amalga oshiriladigan chora-tadbirlar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
DASTURI
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish

T\r

Tadbirlar nomi

Amalga oshirish shakli

Ijro muddati

Moliyalashtirish manbalari

Mas’ul ijrochilar

I. Xorijiy mamlakatlarda o‘qiyotgan, mehnat qilayotgan yoshlar bilan ishlash, ularning huquq va manfaatlarini
himoya qilish, har tomonlama qo‘llab-quvvatlash borasidagi ishlarni tizimli yo‘lga qo‘yish

1.

Xorijiy mamlakatlardagi o‘zbekistonlik yoshlar bilan ochiq muloqotlar tashkil etish, ularning muammolarini o‘rganish va hal etish choralarini ko‘rish maqsadida ishchi guruh tarkibini shakllantirish, AQSH, Yevropa mamlakatlari, Kanada, Yaponiya, Koreya Respublikasi, Xitoy, Turkiya, Avstraliya, Rossiya, Qozog‘iston va Tojikistonga xizmat safarlarini tashkil etish.

tashkiliy tadbirlar

2019-2020 yy.

O‘zbekiston yoshlar ittifoqi mablag‘lari

O‘zbekiston yoshlari umumjahon assotsiatsiyasi,

O‘zbekiston yoshlar ittifoqi,
Tashqi ishlar vazirligi,
O‘zbekiston Respublikasining xorijiy mamlakatlardagi diplomatik vakolatxonalari
va konsullik muassasalari

2.

O‘zbekiston respublikasining xorijiy mamlakatlardagi diplomatik vakolatxonalari va konsullik muassasalari tomonidan har chorakda bir marotaba “Yoshlar bilan ochiq muloqot kunlari” ni tashkil etish va ular bilan dolzarb mavzularda suhbatlar o‘tkazilishi.

tashkiliy tadbirlar

har chorakda

Tashqi ishlar vazirligi,
O‘zbekiston Respublikasining xorijiy mamlakatlardagi diplomatik vakolatxonalari
va konsullik muassasalari,
Bandlik va mehnat
munosabatlari vazirligi,
O‘zbekiston yoshlari
umumjahon assotsiatsiyasi,

Millatlararo munosabatlar
va xorijiy mamlakatlar bilan do‘stlik aloqalari qo‘mitasi

3.

Xorijda ta’lim olayotgan va mehnat qilayotgan o‘zbekistonlik yoshlarga amaliy yordam ko‘rsatish maqsadida turkum qo‘llanmalar, videoroliklar tayyorlash va tarqatish.

tashkiliy tadbirlar

2019-yil davomida

O‘zbekiston yoshlari
umumjahon assotsiatsiyasi mablag‘lari

O‘zbekiston yoshlari
umumjahon assotsiatsiyasi,
O‘zbekiston yoshlar ittifoqi,
Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi,
Tashqi ishlar vazirligi,
Adliya vazirligi, Millatlararo munosabatlar
va xorijiy mamlakatlar bilan do‘stlik aloqalari qo‘mitasi

4.

Xorijda hibsga olingan yoki ozodlikdan mahrum qilingan o‘zbekistonlik yoshlarga huquqiy yordam ko‘rsatish va advokat yollash bo‘yicha amaliy ko‘mak berish.

tashkiliy tadbirlar

doimo

O‘zbekiston yoshlari
umumjahon assotsiatsiyasi mablag‘lari

O‘zbekiston yoshlari
umumjahon assotsiatsiyasi,
O‘zbekiston yoshlar ittifoqi,

Tashqi ishlar vazirligi,

Millatlararo munosabatlar
va xorijiy mamlakatlar bilan do‘stlik aloqalari qo‘mitasi

5.

Chet elda vafot etgan o‘zbekistonlik yoshlarning jasadlarini yurtimizga qaytarish tizimini yanada takomillashtirish bo‘yicha taklif tayyorlash va Vazirlar Mahkamasiga kiritish.

tahliliy ma’lumot

2019-yil
avgust

Maslahat kengashi,

O‘zbekiston yoshlar ittifoqi,
Tashqi ishlar vazirligi,

Adliya vazirligi,
Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi, Millatlararo munosabatlar
va xorijiy mamlakatlar bilan do‘stlik aloqalari qo‘mitasi

II. O‘zbekiston yoshlari umumjahon assotsiatsiyasining moddiy-texnika bazasini takomillashtirish

6.

Assotsiatsiyani ichki lokal tarmoq, Internet tarmog‘iga ulanish tezligi kamida 100mb/s bo‘lgan Internet xizmati, sifatli aloqa, zamonaviy kompyuter vositalari, xalqaro videoaloqa va himoya tizimi bilan belgilangan tartibda ta’minlash.

tashkiliy tadbirlar

2019-yil
avgust

O‘zbekiston yoshlar ittifoqi mablag‘lari

O‘zbekiston yoshlar ittifoqi,
Axborot texnologiyalari
va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi

7.

Assotsiatsiyaning murojaatiga asosan uning xorijiy mamlakatlardagi vakolatxonalari va filiallarini ochish, xorijiy mamlakatlarning vakolatli organlaridan belgilangan tartibda ro‘yxatdan o‘tkazish va faoliyatini tashkil etish, bino va boshqa zarur moddiy-texnika vositalari bilan ta’minlash choralarini ko‘rish.

tashkiliy tadbirlar

doimo

O‘zbekiston yoshlari
umumjahon assotsiatsiyasi mablag‘lari

Tashqi ishlar vazirligi,
O‘zbekiston yoshlar ittifoqi,
O‘zbekiston yoshlari umumjahon assotsiatsiyasi,
Millatlararo munosabatlar
va xorijiy mamlakatlar bilan do‘stlik aloqalari qo‘mitasi

8.

Assotsiatsiya vakolatiga kiradigan masalalar yuzasidan amaliy, konsultativ va metodik yordam ko‘rsatish uchun kunu tun xizmat ko‘rsatuvchi ishonch telefoni va maxsus veb-portalning ishga tushirilishini ta’minlash hamda ularning tahlilini yo‘lga qo‘yish.

tashkiliy tadbirlar

2019-yil
sentabr

O‘zbekiston yoshlar ittifoqi mablag‘lari

O‘zbekiston yoshlar ittifoqi,
O‘zbekiston yoshlari
umumjahon assotsiatsiyasi,
Axborot texnologiyalari
va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi,
manfaatdor vazirlik
va idoralar

9.

Xorijdagi o‘zbekistonlik yoshlarga qulaylik yaratish maqsadida belgilangan tartibda maxsus veb-portal orqali interaktiv xizmatlar ko‘rsatish tizimini yo‘lga qo‘yish, O‘zbekiston Respublikasining mutasaddi vazirlik, idora va tashkilotlari, xorijiy mamlakatlardagi diplomatik vakolatxonalari va konsullik muassasalari veb-sahifalarini veb-portalga bog‘lash, tezkor savol-javoblar sahifasini joriy etish hamda yoshlarning xorijdagi faoliyatiga doir qonunchilik bazasini joylashtirish.

tashkiliy tadbirlar

2019-yil
avgust

O‘zbekiston yoshlari
umumjahon assotsiatsiyasi,
O‘zbekiston yoshlar ittifoqi,
Axborot texnologiyalari
va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi,
manfaatdor vazirlik
va idoralar

III. Xorijiy mamlakatlarda o‘qiyotgan, mehnat qilayotgan yoshlar bilan madaniy-ma’rifiy tadbirlar o‘tkazish

10.

Xorijda ta’lim olayotgan va mehnat qilayotgan, ma’lum natijalarni qo‘lga kiritgan o‘zbekistonlik yoshlar ishtirokida “Yosh vatandoshlar” xalqaro festivalini tashkil etish.

tashkiliy tadbirlar

2020-yil
fevral

O‘zbekiston yoshlar ittifoqi mablag‘lari

Maslahat kengashi,

O‘zbekiston yoshlar ittifoqi,
O‘zbekiston yoshlari
umumjahon assotsiatsiyasi,
Tashqi ishlar vazirligi
,
“El-yurt umidi” jamg‘armasi

11.

Xorijda ta’lim olayotgan va mehnat qilayotgan O‘zbekistonlik yoshlar orasida madaniy-ma’rifiy tadbirlar (konsertlar, filmlar namoyishi, taniqli shaxslar va olimlar bilan uchrashuvlar), shuningdek, ularni O‘zbekistonning turizm salohiyatini targ‘ib qilishga chorlovchi tadbirlar tashkil etish.

tashkiliy tadbirlar

doimo

Ijrochilar mablag‘lari

O‘zbekiston yoshlar ittifoqi,
O‘zbekiston yoshlari
umumjahon assotsiatsiyasi,
Madaniyat vazirligi,
“O‘zbekkino” milliy agentligi,
Turizmni rivojlantirish
davlat qo‘mitasi,
“El-yurt umidi” jamg‘armasi,
Tashqi ishlar vazirligi

12.

Xorijda ta’lim olgan va olayotgan o‘zbekistonlik yosh mutaxassislarni tanlov asosida vazirlik va idoralarga hamda
oliy ta’lim muassasalariga jalb etish va ularga munosib ish o‘rinlarini izlab topish tizimini yo‘lga qo‘yish maqsadida “Career bridge” ish o‘rinlari yarmarkasini tashkil qilish.

tashkiliy tadbirlar

2019-yil
sentabr

Ijrochilar mablag‘lari

Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi,
O‘zbekiston yoshlari
umumjahon assotsiatsiyasi,
O‘zbekiston yoshlar ittifoqi,
Tashqi ishlar vazirligi, Millatlararo munosabatlar
va xorijiy mamlakatlar bilan do‘stlik aloqalari qo‘mitasi

13.

Xorijiy mamlakatlarga ta’lim olish va mehnat qilish uchun jo‘nab ketayotgan yoshlar ishtirokida Andijon, Qarshi, Termiz, Samarqand, Urganch shaharlarida “Life abroad” forumini tashkil etish va o‘tkazish.

tashkiliy tadbirlar

2019-yil sentabr-oktabr

O‘zbekiston yoshlar ittifoqi mablag‘lari

O‘zbekiston yoshlari
umumjahon assotsiatsiyasi, O‘zbekiston yoshlar ittifoqi,
Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi

14.

Xorijda turli sohalarda faoliyat olib borayotgan, yuqori natijalarga erishayotgan chet el fuqarosi bo‘lgan etnik o‘zbeklar hamda O‘zbekiston fuqarolariga bag‘ishlangan kitob tayyorlash va chop etish

tashkiliy tadbirlar

2020-yil fevral

O‘zbekiston yoshlari umumjahon assotsiatsiyasi mablag‘lari

O‘zbekiston yoshlar ittifoqi,
O‘zbekiston yoshlari umumjahon assotsiatsiyasi

(Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 06.08.2019-y., 09/19/649/3628-son; Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 13.08.2021-y., 09/21/511/0793-son; 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son; 08.05.2023-y., 09/23/193/0260-son; 07.10.2025-y., 09/25/627/0901-son)