Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Maktabgacha taʼlim tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2017-yil 9-sentabrdagi PQ-3261-son qarorining 3-bandiga muvofiq Toshkent shahrida joylashgan davlat maktabgacha taʼlim tashkilotlariga tadbirkorlik subyektlari tomonidan tayyor ovqatlarni yetkazib berish boʻyicha eksperiment oʻtkazildi.
(muqaddimaning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 20-maydagi 320-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.05.2021-y., 09/21/320/0482-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Eksperiment jarayonida 60 nafar tadbirkor va 266 ta maktabgacha taʼlim tashkiloti ishtirok etib, jami 63760 nafar tarbiyalanuvchini autsorsing usulida (maktabgacha taʼlim tashkilotiga tayyor ovqat yetkazib berish yoʻli bilan) ovqatlantirish tashkil etildi.
(muqaddimaning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 20-maydagi 320-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.05.2021-y., 09/21/320/0482-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Eksperiment jarayonida tarbiyalanuvchilarning ishtirok etgan 3 358 nafar ota-onasi oʻrtasida oʻtkazilgan soʻrovnomalar natijalariga koʻra, 2 921 nafar (87%) ota-onalar autsorserlar tomonidan tayyorlagan taomlarga ijobiy baho berdi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Davlat maktabgacha taʼlim tashkilotlarida tarbiyalanuvchilarni sogʻlom ovqatlantirishni tashkil etish ishlarini yanada takomillashtirish, belgilangan sanitariya qoidalari, normalari va gigiyena normativlariga muvofiq holda ovqatlantirishni tashkil etish orqali bolalarning sogʻlom va barkamol oʻsishini taʼminlash, sogʻlom ovqatlantirishning zamonaviy usullarini joriy etgan holda taʼlim-tarbiya sifati va samaradorligini oshirish uchun keng imkoniyatlar yaratish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
(muqaddimaning toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 20-maydagi 320-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.05.2021-y., 09/21/320/0482-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Maktabgacha taʼlim tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2017-yil 9-sentabrdagi PQ-3261-son qaroriga muvofiq Toshkent shahridagi davlat maktabgacha taʼlim tashkilotlarida tadbirkorlik subyektlari tomonidan autsorsing usulida sogʻlom ovqatlantirishni tashkil etish boʻyicha oʻtkazilgan eksperiment natijalari jamoatchilik va ota-onalar tomonidan ijobiy baholanganligi maʼlumot uchun qabul qilinsin.
(1-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 20-maydagi 320-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.05.2021-y., 09/21/320/0482-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(2-bandning uchinchi xatboshisi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 6-yanvardagi 1-sonli qaroriga asosan chiqarilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 10.01.2025-y., 09/25/1/0020-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2019 — 2021-yillarda davlat maktabgacha taʼlim tashkilotlarida sogʻlom ovqatlantirishni tashkil etishni takomillashtirish chora-tadbirlari rejasi 3-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
(2-bandning ikkinchi — toʻrtinchi xatboshilari Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 20-maydagi 320-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.05.2021-y., 09/21/320/0482-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Belgilansinki, davlat maktabgacha taʼlim tashkilotlarida autsorsing usulida sogʻlom ovqatlantirish Oʻzbekiston Respublikasi Maktabgacha taʼlim vazirligi tomonidan oʻtkaziladigan tanlov natijalariga koʻra tashkil qilinadi.
(3-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 20-maydagi 320-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.05.2021-y., 09/21/320/0482-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari Qoraqalpogʻiston Respublikasi Maktabgacha taʼlim vazirligi, viloyatlar maktabgacha taʼlim boshqarmalari va Toshkent shahar maktabgacha taʼlim bosh boshqarmasining soʻrovi boʻyicha oziq-ovqat mahsulotlarining amaldagi oʻrtacha bozor narxlari toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni muntazam ravishda oʻzlarining Internet jahon axborot tarmogʻidagi veb-saytlarida joylashtirilishi va taqdim etilishini taʼminlasinlar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ovqatlantirish autsorsing usulida tashkil etiladigan davlat maktabgacha taʼlim tashkilotlarida autsorser tomonidan ovqatlantirishni tashkil etish uchun foydalaniladigan kommunal xizmatlar toʻlovlari maktabgacha taʼlim tashkilotiga ajratilgan Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablagʻlari doirasida qoplanadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
davlat maktabgacha taʼlim tashkilotida ovqatlantirish autsorsing usulida tashkil etilganda, ijara shartnomasi doirasida autsorserga vaqtincha foydalanishga beriladigan oshxonaning ishlab chiqarish xonalari, asbob-uskunalari, idish-tovoqlari va mebelidan foydalanganlik uchun toʻlov nol stavka boʻyicha belgilanadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ovqatlantirish autsorsing usulida tashkil etilishi munosabati bilan tejalgan pul mablagʻlari, birinchi navbatda, davlat maktabgacha taʼlim tashkilotlari tarbiyalanuvchilarining ovqatlanish shart-sharoitlarini yaxshilashga yoʻnaltiriladi.
(5-bandning ikkinchi — toʻrtinchi xatboshilari Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 20-maydagi 320-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.05.2021-y., 09/21/320/0482-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi huzuridagi Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qoʻmitasi Maktabgacha taʼlim vazirligi bilan birgalikda:
(6-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 29-yanvardagi 48-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 30.01.2025-y., 09/25/48/0093-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tuman (shahar) kesimida davlat maktabgacha taʼlim tashkilotlaridagi oziq-ovqat mahsulotlari va tayyorlanayotgan taomlar, shuningdek, ularda foydalaniladigan texnologik jihozlarning sanitariya qoidalari, normalari va gigiyena normativlariga mosligi, oshxonalar xodimlari tomonidan sanitariya-gigiyena tadbirlari bajarilishiga rioya etilishini aniqlash yuzasidan tasdiqlangan jadval asosida har oyda sanitariya holatni oʻrganib borilishini tashkil etsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
davlat maktabgacha taʼlim tashkilotlarida toʻliq va xavfsiz ovqatlantirishni tashkil etish uchun gigiyenik talablarni uch oy muddatda qayta koʻrib chiqib, tasdiqlasin.
(6-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 30-iyundagi 407-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 30.06.2021-y., 09/21/407/0621-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi Iqtisodiyot va sanoat vazirligi bilan birgalikda 2019-2020 oʻquv yilidan boshlab, oliy taʼlim muassasalarida tegishli yil uchun tasdiqlangan umumiy kvotalar doirasida “Umumiy ovqatlanish texnologiyasi va uni tashkil etish” yoʻnalishi boʻyicha talabni inobatga olgan holda oliy maʼlumotli mutaxassislarni tayyorlash tizimini yoʻlga qoʻysin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. Oʻzbekiston Respublikasi Maktabgacha taʼlim vazirligi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
maktabgacha taʼlim tashkilotlarida tarbiyalanuvchilarga isteʼmol uchun berilayotgan taomlar sifati boʻyicha qatʼiy nazoratni taʼminlasin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Oshpazlar uyushmasi, Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi bilan birgalikda davlat maktabgacha taʼlim tashkilotlari tomonidan ovqatlantirish tashkil etilganda oshpazlar va oshpaz yordamchilarining har uch yilda bir marta malakasini oshirish ishlarini tashkil etsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi hamda Oʻzbekiston Milliy teleradiokompaniyasi bilan birgalikda ommaviy axborot vositalarida maktabgacha taʼlim tashkilotlarida tarbiyalanuvchilarni sogʻlom ovqatlantirish yuzasidan targʻibot-tashviqot ishlarini olib borsin.
(8-bandning ikkinchi — toʻrtinchi xatboshilari Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 20-maydagi 320-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.05.2021-y., 09/21/320/0482-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti parametrlarida ushbu qarorning amalga oshirilishi uchun zarur mablagʻlarni nazarda tutsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
10. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Maktabgacha taʼlim muassasalarining faoliyatini takomillashtirish toʻgʻrisida” 2017-yil 19-iyuldagi 528-son qarori 1-bandi va 4-ilovasi (Oʻzbekiston Respublikasi QHT, 2017-y., 30-son, 732-modda) oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
11. Oʻzbekiston Respublikasi Maktabgacha taʼlim vazirligi manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda oʻzlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni bir oy muddatda ushbu qarorga muvofiqlashtirsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
12. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining ijtimoiy rivojlantirish masalalari boʻyicha oʻrinbosari A.A. Abduxakimov va Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari — moliya vaziri J.A. Qoʻchqorov, Oʻzbekiston Respublikasi maktabgacha taʼlim vaziri A.V. Shin va Oʻzbekiston Respublikasi sogʻliqni saqlash vaziri A.Q. Shadmanov zimmasiga yuklansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2019-yil 25-iyul,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
626-son
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 25-iyuldagi 626-son qaroriga 1-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Davlat maktabgacha taʼlim tashkilotlarida sogʻlom ovqatlantirishni tashkil etish tartibi toʻgʻrisida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
NIZOM
(1-ilovaning nomi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 20-maydagi 320-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.05.2021-y., 09/21/320/0482-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Mazkur Nizom davlat maktabgacha taʼlim tashkilotlarida sogʻlom ovqatlantirishni tashkil etish tartibini belgilaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ushbu Nizom talablari davlat maktabgacha taʼlim tashkilotlariga (keyingi oʻrinlarda maktabgacha taʼlim tashkilotlari deb ataladi) nisbatan tatbiq etiladi.
(1-bandning birinchi — ikkinchi xatboshilari Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 20-maydagi 320-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.05.2021-y., 09/21/320/0482-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Tarbiyalanuvchilarning sogʻlom ovqatlanishini tashkil etish maktabgacha taʼlim tashkilotlarining oshxonalarida (keyingi oʻrinlarda oshxona deb ataladi) sanitariya qoidalari, normalari va gigiyena normativlariga muvofiq shart-sharoitlar yaratilgan holda amalga oshiriladi.
(2-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 20-maydagi 320-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.05.2021-y., 09/21/320/0482-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2-bob. Maktabgacha taʼlim tashkilotlarida sogʻlom ovqatlantirishni tashkil etishning maqsad va vazifalari
(2-bobning nomi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 20-maydagi 320-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.05.2021-y., 09/21/320/0482-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Maktabgacha taʼlim tashkilotlarida sogʻlom ovqatlantirishni tashkil etishning maqsadi tarbiyalanuvchilarning sogʻlom va barkamol oʻsishini taʼminlash, oshxonalarda sifatli taomlar tayyorlash, taomlarni isteʼmol qilish uchun gigiyenik talablarga muvofiq sharoitlar yaratish hisoblanadi.
(3-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 20-maydagi 320-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.05.2021-y., 09/21/320/0482-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Quyidagilar maktabgacha taʼlim tashkilotlarida sogʻlom ovqatlantirishni tashkil etishning asosiy vazifalari hisoblanadi:
(4-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 20-maydagi 320-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.05.2021-y., 09/21/320/0482-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tarbiyalanuvchilarning belgilangan sanitariya qoidalari, normalari va gigiyena normativlariga muvofiq holda ovqatlanishni tashkil etish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tarbiyalanuvchilarni sifatli oziq-ovqat mahsulotlari bilan taʼminlash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
oziq-ovqat mahsulotlari hamda taomlarning xavfsizligi va sifatini kafolatlash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tarbiyalanuvchilarda ovqatlantirish bilan bogʻliq yuqumli kasalliklarning tarqalishiga yoʻl qoʻymaslik;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tarbiyalanuvchilar oʻrtasida sogʻlom ovqatlantirish koʻnikmalarini shakllantirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
taomlarni tayyorlashda, oziq-ovqat mahsulotlarini qabul qilish hamda saqlashda sanitariya qoidalari, normalari va gigiyena normativlariga qatʼiy rioya qilish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3-bob. Maktabgacha taʼlim tashkilotlarida sogʻlom ovqatlantirishni tashkil etishga qoʻyiladigan asosiy talablar
(3-bobning nomi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 20-maydagi 320-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.05.2021-y., 09/21/320/0482-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Quyidagilar maktabgacha taʼlim tashkilotlarida sogʻlom ovqatlantirishni tashkil etishga qoʻyiladigan asosiy talablar hisoblanadi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tarbiyalanuvchilarni sogʻlom ovqatlantirishni autsorsing korxonalari jalb qilinmagan hollarda bevosita maktabgacha taʼlim tashkilotlari tomonidan tashkil etish;
(5-bandning birinchi-ikkinchi xatboshilari Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 20-maydagi 320-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.05.2021-y., 09/21/320/0482-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tarbiyalanuvchilarni sogʻlom ovqatlantirishni sanitariya-gigiyena tadbirlari va epidemiyaga qarshi tadbirlar bajarilishiga qatʼiy rioya qilgan holda tashkil etish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
oshpazlar tomonidan taom tayyorlash jarayonida texnologiya va texnika xavfsizligi qoidalariga amal qilinishi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
taom tayyorlash, oziq-ovqat mahsulotlarini sifatli qabul qilish, saqlash uchun zarur sharoitlar yaratish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
taomnomaga muvofiq mahsulotlar toʻliq yetkazilishi va sarflanishini taʼminlash choralarini koʻrish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
oshpazlarning har uch yilda bir marta malaka oshirishi, tibbiy koʻrikdan oʻtgan holda ishga qoʻyilishi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Tarbiyalanuvchilarni sogʻlom ovqatlantirishni tashkil etish uchun tegishli tuman (shahar) hokimlari, tuman (shahar) maktabgacha taʼlim boʻlimlari mudirlari hamda maktabgacha taʼlim tashkilotlari direktorlari masʼul hisoblanadi.
(5-bandning sakkizinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 20-maydagi 320-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.05.2021-y., 09/21/320/0482-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4-bob. Maktabgacha taʼlim tashkilotlarida sogʻlom ovqatlantirishni tashkil etish
(4-bobning nomi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 20-maydagi 320-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.05.2021-y., 09/21/320/0482-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Oshxonalarda sogʻlom ovqatlantirish tarbiyalanuvchilarning fiziologik yoshiga muvofiq ravishda tuzilgan, ushbu Nizomga 1-ilovada keltirilgan taomnoma asosida tashkil etiladi. Bunda:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
kunlik taomnomalar Maktabgacha taʼlim vazirligi tomonidan tuzilib, tasdiqlangan hamda Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmati bilan kelishilgan namunaviy, mavsumiy taomnomalar asosida tuziladi;
(6-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 30-iyundagi 407-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 30.06.2021-y., 09/21/407/0621-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
taomnoma joriy kundagi tarbiyalanuvchilar sonidan kelib chiqib, keyingi ish kuni uchun soat 16.00 ga qadar hamshira tomonidan maktabgacha taʼlim tashkiloti oshpazi va xoʻjalik mudiri ishtirokida tuziladi;
(6-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 20-maydagi 320-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.05.2021-y., 09/21/320/0482-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
taomnoma asosida keyingi kun uchun oziq-ovqat mahsulotlari xoʻjalik mudiri tomonidan hamshira yoki navbatchi tarbiyachi ishtirokida ish kuni yakunlangunga qadar oshxonaga beriladi;
(6-bandning toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 20-maydagi 320-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.05.2021-y., 09/21/320/0482-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
taomnoma bir kun oldingi tarbiyalanuvchilar soniga mutanosib ravishda har bir tarbiyalanuvchi uchun bir kunlik oʻrtacha sarflanadigan oziq-ovqat mahsulotlari miqdori va ularning qiymati chiqarilgan holda ikki nusxada tuziladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
joriy kunda ertalab soat 9.00 ga qadar maktabgacha taʼlim tashkilotiga kelgan tarbiyalanuvchilar soni taomnomada nazarda tutilgan tarbiyalanuvchilar sonidan 10 nafar va undan koʻp boʻlsa, guruh tarbiyachilarining tarbiyalanuvchilar soni toʻgʻrisidagi bildirishnomalari asosida taomnomaga oʻzgartirish kiritilishi toʻgʻrisida dalolatnoma tuziladi va sanitariya normalari, qoidalari va gigiyena normativlarida belgilangan tartibda mahsulotlar omborga qaytariladi yoki qoʻshimcha ajratiladi;
(6-bandning oltinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 20-maydagi 320-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.05.2021-y., 09/21/320/0482-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
taomnoma sanitariya qoidalari, normalari va gigiyena normativlari asosida toʻgʻri tuzilganligi hamshira va maktabgacha taʼlim tashkiloti direktori tomonidan imzo bilan tasdiqlanadi;
(6-bandning yettinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 20-maydagi 320-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.05.2021-y., 09/21/320/0482-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
taomnomaning bitta nusxasi hamshiraga, ikkinchi nusxasi oshxonaga foydalanish uchun beriladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
kunlik tayyorlanadigan taom turlari va bir tarbiyalanuvchi uchun taom miqdori maxsus ovqat tarqatish joyiga yozib qoʻyiladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tarbiyalanuvchilar uchun taomlar ovqatlanish texnologiyasi qoidalariga amal qilgan holda tayyorlanadi, saqlanadi va tarqatiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. Kunlik taomnomalar tuzishda bir nafar tarbiyalanuvchiga sarflanadigan oziq-ovqat mahsulotlarining kunlik miqdori sanitariya normalari, qoidalari va gigiyena normativlari asosida belgilanishi talab etiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. Maktabgacha taʼlim tashkilotidagi qisqa muddatli guruhlar uchun taomnoma alohida tuziladi va tashkilot direktori tomonidan tasdiqlanadi.
(8-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 20-maydagi 320-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.05.2021-y., 09/21/320/0482-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9. Maktabgacha taʼlim tashkiloti uchun har oʻn kunlik taomnomalar blankalari ip oʻtkazib bogʻlangan holda oldindan raqamlanadi, tuman (shahar) maktabgacha taʼlim boʻlimi mudiri va bosh hisobchi tomonidan raqamlanib imzolanadi, muhrlanadi va alohida daftarda roʻyxatdan oʻtkaziladi.
(9-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 20-maydagi 320-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.05.2021-y., 09/21/320/0482-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
10. Maktabgacha taʼlim tashkilotida oziq-ovqat mahsulotlari va taomlar sifatini oʻrganish boʻyicha brakeraj komissiyasi (keyingi oʻrinlarda brakeraj komissiyasi deb ataladi) tashkil etiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Maktabgacha taʼlim tashkiloti direktorining brakeraj komissiyasini tasdiqlash toʻgʻrisidagi buyrugʻi har yil uchun alohida qabul qilinadi.
(10-bandning birinchi-ikkinchi xatboshilari Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 20-maydagi 320-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.05.2021-y., 09/21/320/0482-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
11. Maktabgacha taʼlim tashkiloti hamshirasi brakeraj komissiyasining raisi boʻlib, uning tarkibiga tarbiyachi, oshpaz, tashkilot kasaba uyushmasi qoʻmitasi raisi va tarbiyalanuvchilarning ota-onalari yoki ularning oʻrnini bosuvchi shaxslar (keyingi oʻrinlarda ota-onalar deb ataladi) vakillari aʼzo sifatida kiritiladi.
(11-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 20-maydagi 320-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.05.2021-y., 09/21/320/0482-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
12. Brakeraj komissiyasi oshxonaga qabul qilinadigan oziq-ovqat mahsulotlari va tayyorlanayotgan taomlar sifatini doimiy ravishda oʻrganib boradi. Oʻrganish natijalari alohida yuritiladigan, ushbu Nizomga 2 va 6-ilovalarga muvofiq shakldagi brakeraj daftarlarida qayd etiladi.
(12-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 30-iyundagi 407-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 30.06.2021-y., 09/21/407/0621-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
13. Brakeraj daftari oziq-ovqat mahsulotlarining sifati, mazasi, kunlik sinama olinganligi, ovqatni tarqatishga ruxsat berilganligi haqidagi maʼlumotlar belgilangan tartibda toʻldirilib, har kuni hamshiraning imzosi bilan tasdiqlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Brakeraj komissiyasi aʼzolari tomonidan brakeraj daftari yuritilishining doimiy monitoringi olib boriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
14. Brakeraj daftari tikilgan, raqamlangan, tashkilot direktori tomonidan imzolangan va muhrlangan boʻlishi shart.
(14-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 20-maydagi 320-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.05.2021-y., 09/21/320/0482-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
15. Brakeraj daftarining birinchi sahifasida brakeraj komissiyasini tasdiqlash haqidagi buyruqdan koʻchirma boʻlishi, daftar raqamlangan, ip oʻtkazib tikilgan va maktabgacha taʼlim boʻlimi mudiri tomonidan uning familiyasi, ismi, otasining ismi va sana koʻrsatilgan holda imzolanib, muhrlangan boʻlishi lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
16. Maktabgacha taʼlim tashkilotida tarbiyalanuvchilarni sogʻlom ovqatlantirishni taʼminlash maqsadida ushbu Nizomga 3-ilovaga muvofiq shakldagi sifati tez buziluvchi oziq-ovqat mahsulotlarini qayd etish daftari tashkilot hamshirasi tomonidan yuritiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Sifati tez buziluvchi oziq-ovqat mahsulotlarini qayd etish daftarida mahsulotlarning ishlab chiqarilgan vaqti, maktabgacha taʼlim tashkilotiga qabul qilingan vaqti va oxirgi ishlatish muddati haqidagi maʼlumotlar qayd etib boriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Daftar raqamlangan, ip oʻtkazib tikilgan va maktabgacha taʼlim tashkiloti direktori tomonidan uning familiyasi, ismi, otasining ismi va sana koʻrsatilgan holda imzolanib, muhrlangan boʻlishi lozim. Daftarning birinchi sahifasida tez buziluvchi mahsulotlarning saqlanish muddatlari haqidagi jadval koʻrsatilgan boʻlishi lozim.
(16-bandning birinchi — uchinchi xatboshilari Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 20-maydagi 320-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.05.2021-y., 09/21/320/0482-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
17. Sifati tez buziluvchi oziq-ovqat mahsulotlarini qayd etish daftarining yuritilishi uchun maktabgacha taʼlim tashkiloti direktori va hamshira bevosita masʼul hisoblanadi.
(17-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 20-maydagi 320-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.05.2021-y., 09/21/320/0482-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
18. Oshxonada tayyor boʻlgan taom tarbiyalanuvchilarga tarqatilishidan 15 — 20 daqiqa oldin undan maktabgacha taʼlim tashkiloti hamshirasi tomonidan kunlik sinama olinadi.
(18-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 20-maydagi 320-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.05.2021-y., 09/21/320/0482-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
19. Olingan sinama toza idishga solinib, idishning ustki qismiga taomning nomi, tayyorlangan va sinama olingan vaqti yozilgan yorliq yopishtirilgan holda, sovutgich yoki boshqa sinama sifatiga taʼsir qilmaydigan sharoitda toʻliq bir sutka saqlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
20. Davlat maktabgacha taʼlim tashkilotiga taʼminotchi tashkilotlar tomonidan keltirilgan oziq-ovqat mahsulotlari brakeraj komissiyasi tomonidan koʻrib chiqilganidan keyin tashkilotning xoʻjalik mudiri tomonidan omborxonaga qabul qilib olinadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ombor kitobi va brakeraj daftari maktabgacha taʼlim tashkilotida 3 yil davomida saqlanadi.
(20-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 30-iyundagi 407-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 30.06.2021-y., 09/21/407/0621-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
21. Oziq-ovqat mahsulotlarini qabul qilishda brakeraj komissiyasi aʼzolari tomonidan mahsulotlarning sifatini kafolatlovchi hujjatlar (sertifikat, markirovka) mavjudligi, shartnomada belgilangan narxi va mahsulotning tavsifiga muvofiqligi koʻrib chiqiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
22. Qabul qilingan oziq-ovqat mahsulotlari sanitariya qoidalari, normalari va gigiyena normativlariga muvofiq holda saqlanadi va sarflanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
23. Omborxonaga keltirilgan va kunlik taomnoma asosida oshxonaga berilgan oziq-ovqat mahsulotlari ushbu Nizomga 4-ilovaga muvofiq shakldagi omborxonada saqlanayotgan oziq-ovqat mahsulotlarini qayd etish daftariga yozib qoʻyiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Daftarning yuritilishi uchun xoʻjalik mudiri bevosita masʼul hisoblanadi.
(23-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 20-maydagi 320-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.05.2021-y., 09/21/320/0482-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
24. Omborxonada saqlanayotgan oziq-ovqat mahsulotlarini qayd etish daftarida omborxonaga keltirilgan va oshxonaga topshirilgan oziq-ovqat mahsulotlari nomma-nom yozib boriladi. Bunda har bir oziq-ovqat mahsuloti uchun alohida varaq yuritiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Omborxonada saqlanayotgan oziq-ovqat mahsulotlarining qoldigʻi har kuni belgilab boriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
25. Omborxonada saqlanayotgan oziq-ovqat mahsulotlarini qayd etish daftari raqamlangan, ip oʻtkazib tikilgan va maktabgacha taʼlim boʻlimi mudiri tomonidan, uning familiyasi, ismi, otasining ismi va sana koʻrsatilgan holda imzolanib, muhrlangan boʻlishi lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
26. Maktabgacha taʼlim tashkilotlarida sanitariya qoidalari, normalari va gigiyena normativlariga nisbatan tarbiyalanuvchilarning oziq-ovqat mahsulotlari bilan taʼminlanish darajasi oyma-oy tahlil qilib boriladi hamda choraklik tahlil natijalari chorak yakunlanganidan keyingi oyning 5-kuniga qadar maktabgacha taʼlim tuman (shahar) boʻlimlariga topshiriladi.
(26-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 20-maydagi 320-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.05.2021-y., 09/21/320/0482-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Tuman (shahar) maktabgacha taʼlim boʻlimlari tomonidan muassasalarda tarbiyalanuvchilarning oziq-ovqat mahsulotlari bilan taʼminlanish darajasi toʻgʻrisidagi umumlashtirilgan hisobotlar chorak yakunlanganidan keyingi oyning 10-kuniga qadar tegishlicha Qoraqalpogʻiston Respublikasi Maktabgacha taʼlim vazirligi, viloyatlar maktabgacha taʼlim boshqarmalariga va Toshkent shahar maktabgacha taʼlim bosh boshqarmasiga taqdim etiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Maktabgacha taʼlim vazirligi, viloyatlar maktabgacha taʼlim boshqarmalari va Toshkent shahar maktabgacha taʼlim bosh boshqarmasi tomonidan maktabgacha taʼlim tashkilotlarida tarbiyalanuvchilarning oziq-ovqat bilan taʼminlanish darajasi toʻgʻrisidagi umumlashtirilgan hisobotlar chorak yakunlanganidan keyingi oyning 15-kuniga qadar Oʻzbekiston Respublikasi Maktabgacha taʼlim vazirligiga topshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Maktabgacha taʼlim vazirligi tomonidan maktabgacha taʼlim tashkilotlarida tarbiyalanuvchilarning oziq-ovqat mahsulotlari bilan taʼminlanish darajasi toʻgʻrisidagi umumlashtirilgan hisobotlarni chorak yakunlanganidan keyingi oyning 25-kuniga qadar oʻrganib chiqiladi, oʻrganish natijasida aniqlangan kamchilik va muammolarni Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, Toshkent shahar va viloyatlar hokimliklari bilan hamkorlikda bartaraf etish choralari koʻriladi.
(26-bandning uchinchi-toʻrtinchi xatboshilari Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 20-maydagi 320-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.05.2021-y., 09/21/320/0482-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
27. Davlat maktabgacha taʼlim tashkilotlarining oziq-ovqat mahsulotlari bilan taʼminlanish darajasi toʻgʻrisidagi hisobotlar ushbu Nizomga 5-ilovada keltirilgan sxemaga muvofiq tarzda yuritiladi.
(27-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 20-maydagi 320-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.05.2021-y., 09/21/320/0482-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5-bob. Maktabgacha taʼlim tashkilotlarida tarbiyalanuvchilarni kunlik ovqatlantirish xarajatlarni qoplash
(5-bobning nomi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 30-iyundagi 407-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 30.06.2021-y., 09/21/407/0621-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
28. Tarbiyalanuvchining maktabgacha taʼlim tashkilotida boʻlgan davri uchun badal toʻlovlari belgilangan tartibda tarbiyalanuvchilarni ovqatlantirishni tashkil etishga yoʻnaltiriladi. Bunda sanitariya qoidalari, normalari va gigiyena normativlarini toʻliq bajarish uchun ota-onalar toʻlovlari bilan qoplanmagan qismi Oʻzbekiston Respublikasi budjeti mablagʻlari hisobiga qoplanadi.
(28-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 20-maydagi 320-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.05.2021-y., 09/21/320/0482-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
29. Maktabgacha taʼlim tashkilotida tarbiyalanuvchilarni ovqatlantirish jismoniy va yuridik shaxslarning homiylik xayriyalari yoki muassasaning budjetdan tashqari mablagʻlari hisobiga tashkil etilgan taqdirda, tarbiyalanuvchilar uchun belgilangan bir kunlik ovqatlanish ratsioni sanitariya qoidalari, normalari va gigiyena normativlariga muvofiq belgilangan normalardan oshmasligi lozim.
(29-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 20-maydagi 320-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.05.2021-y., 09/21/320/0482-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6-bob. Maktabgacha taʼlim tashkilotlari xodimlarining ovqatlanishini tashkil etish
(6-bobning nomi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 20-maydagi 320-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.05.2021-y., 09/21/320/0482-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
30. Maktabgacha taʼlim tashkiloti xodimlarining ushbu muassasada ovqatlanishi maktabgacha taʼlim tashkiloti direktori bilan xodim oʻrtasida tuzilgan shartnomaga muvofiq toʻlov asosida tashkil etiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Faoliyati bolalar tarbiyasi bilan uzluksiz ravishda bogʻliq boʻlgan xodimlar (direktor, hamshira, tarbiyachi va yordamchi tarbiyachi) shartnoma asosida ovqatlanadi.
(30-bandning birinchi-ikkinchi xatboshilari Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 20-maydagi 320-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.05.2021-y., 09/21/320/0482-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
31. Maktabgacha taʼlim tashkiloti xodimlari alohida taomnoma boʻyicha ovqatlanadilar.
(31-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 20-maydagi 320-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.05.2021-y., 09/21/320/0482-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
32. Taomnomada ovqatlangan xodimlar soni, ular uchun sarflangan oziq-ovqat mahsulotlarining miqdori va qiymati koʻrsatiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Joriy oyda xodimlarning maktabgacha taʼlim tashkiloti hisobiga ovqatlanishi uchun bir oylik toʻlov miqdori oldingi oyda tuzilgan taomnoma boʻyicha xodimlarga sarflangan oziq-ovqat mahsulotlarini ovqatlangan xodimlar oʻrtacha soniga boʻlish orqali aniqlanadi.
(32-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 20-maydagi 320-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.05.2021-y., 09/21/320/0482-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
33. Xodimlarning maktabgacha taʼlim tashkilotida ovqatlanganligi uchun toʻlovlar joriy oyning 10-kunidan kechiktirmay banklarga toʻlanadi hamda toʻlov toʻlanganligini tasdiqlovchi hujjat (kvitansiya) nusxasi maktabgacha taʼlim tashkilotiga taqdim etiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Xodimlarning maktabgacha taʼlim tashkilotida ovqatlanganligi uchun toʻlangan mablagʻlar tuman (shahar) maktabgacha taʼlim boʻlimlari hisob-varaqlarida ulardan keyinchalik foydalanish uchun hisobga olinadi.
(33-bandning birinchi-ikkinchi xatboshilari Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 20-maydagi 320-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.05.2021-y., 09/21/320/0482-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
34. Xodimlarning maktabgacha taʼlim tashkilotida ovqatlanganligi uchun toʻlovlar miqdorini hisoblashda xodimning faqat ishda boʻlgan kunlari eʼtiborga olinadi.
(34-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 20-maydagi 320-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.05.2021-y., 09/21/320/0482-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Xodimning ishda boʻlmagan kunlari uchun undirilgan toʻlovlar keyingi oy uchun toʻlov amalga oshirilayotganida hisobga olinadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
35. Xodimlarning maktabgacha taʼlim tashkilotida ovqatlanganligi uchun amalga oshirgan toʻlovlari toʻliq oziq-ovqat xarajatlariga yoʻnaltiriladi.
(35-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 20-maydagi 320-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.05.2021-y., 09/21/320/0482-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7-bob. Maktabgacha taʼlim tashkilotlari tarbiyalanuvchilarini sogʻlom ovqatlantirishni tashkil etishda ishtirok etadigan xodimlarning vazifalari
(7-bobning nomi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 20-maydagi 320-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.05.2021-y., 09/21/320/0482-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
36. Tuman (shahar) maktabgacha taʼlim boʻlimining mudiri:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tasarrufidagi maktabgacha taʼlim tashkilotlari tarbiyalanuvchilarini sogʻlom ovqatlantirishni tashkil etishga hamda ularni sifatli oziq-ovqat mahsulotlari bilan uzluksiz taʼminlash ishlariga umumiy rahbarlik qiladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tarbiyalanuvchining tashkilotda boʻlgan davri uchun tashkilot hisob-raqamiga tushgan badal toʻlovlari va davlat budjetidan ajratilgan mablagʻlar hisobiga oziq-ovqat mahsulotlarini xarid qilish yuzasidan shartnomalar tuzadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
xarid qilish uchun tuzilgan shartnomalarda oziq-ovqat mahsulotlari muvofiqlik va gigiyenik sertifikatlar asosida tasarrufidagi tashkilotga sifatli yetkazib berilishini taʼminlaydi;
(36-bandning ikkinchi-toʻrtinchi xatboshilari Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 20-maydagi 320-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.05.2021-y., 09/21/320/0482-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
bir nafar tarbiyalanuvchiga kunlik ovqatlanish narxlarini belgilashni, taomnoma blankalarini raqamlash, muhrlash, oziq-ovqat mahsulotlari yetkazib beruvchilar bilan tuzilgan shartnomalar shartlari bajarilishini taʼminlaydi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tarbiyalanuvchilarni sogʻlom ovqatlantirish sanitariya qoidalari, normalari va gigiyena normativlarini toʻliq taʼminlagan holda amalga oshirilishiga shaxsan masʼuldir.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oziq-ovqat mahsulotlarini xarid qilish normativ-huquqiy hujjatlarda belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasining “Davlat xaridlari toʻgʻrisida”gi Qonuni.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
37. Maktabgacha taʼlim tashkilotining direktori:
(37-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 20-maydagi 320-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.05.2021-y., 09/21/320/0482-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tarbiyalanuvchilarni sogʻlom va toʻlaqonli ovqatlantirishni tashkil etishga javobgar hisoblanadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
maktabgacha taʼlim tashkilotiga yetkazib berilayotgan oziq-ovqat mahsulotlari sifat tavsifiga mos ravishda qabul qilinishini taʼminlaydi;
(37-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 20-maydagi 320-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.05.2021-y., 09/21/320/0482-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tarbiyalanuvchilarning tashkilotda boʻlgan davri uchun badal toʻlovlari oʻz vaqtida va toʻliq toʻlab borilishini taʼminlaydi;
(37-bandning toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 20-maydagi 320-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.05.2021-y., 09/21/320/0482-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ota-onalar yigʻilishlarida tarbiyalanuvchilarni sogʻlom ovqatlantirish uchun tayyorlanayotgan taomlarning sifati, sanitariya qoidalari, normalari va gigiyena normativlarida belgilangan oziq-ovqat mahsulotlari bilan taʼminlanish darajasi toʻgʻrisida har chorakda bir marta hisobot berib boradi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tarbiyalanuvchilarni sogʻlom ovqatlantirishni tashkil etish darajasini baholash maqsadida har yarim yilda kamida bir marta ota-onalar oʻrtasida soʻrovnomalar oʻtkazadi va uning natijalarini muhokama qilib boradi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
maktabgacha taʼlim tashkilotidagi brakeraj komissiyasining tarkibini tasdiqlaydi, zarur hollarda tarkibga oʻzgartirishlar kiritadi, brakeraj komissiyasining ishini muvofiqlashtiradi.
(37-bandning yettinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 20-maydagi 320-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.05.2021-y., 09/21/320/0482-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
38. Maktabgacha taʼlim tashkiloti hamshirasi:
(38-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 20-maydagi 320-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.05.2021-y., 09/21/320/0482-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
taomnomalarning xilma-xilligi va sanitariya qoidalari, normalari va gigiyena normativlariga asosan tuzilishi, oshxona va omborxonaning sanitariya qoidalari, normalari va gigiyena normativlariga rioya qilgan holda faoliyat yuritishini nazorat qiladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
oziq-ovqat mahsulotlarining sifatini, saqlanish qoidalariga amal qilinishini hamda isteʼmolga berilishini, tayyorlangan taomlar sifatini, mahsulotlarning taomlarni tayyorlashda toʻgʻri taqsimlanishini, taom vaznini va sifatini, oziq-ovqat mahsulotlarining belgilangan meʼyorlar asosida sarflanishini taʼminlaydi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tarbiyalanuvchilarni ovqatlantirishni maktabgacha taʼlim tashkiloti tomonidan tasdiqlangan kun tartibiga asosan tashkil etadi;
(38-bandning toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 20-maydagi 320-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.05.2021-y., 09/21/320/0482-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
asosiy oziq-ovqat mahsulotlarining sanitariya qoidalari, normalari va gigiyena normativlari boʻyicha taʼminlanishi yuzasidan har oʻn kunlik hisobotini yuritadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
yigʻma hisobotlardan kelib chiqib, taomlar ratsioniga kiritilgan oziq-ovqat mahsulotlarining tarkibiy qismi va energetik qiymatini doimiy ravishda tahlil qilib boradi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tayyor taomlardan sinama olish, ularning organoleptik (hid bilish, taʼm bilish, koʻrish) usul asosida baholanishini va jurnalga qayd etishni hamda taomlardan olingan sinamalar talab etilgan darajada saqlanishini taʼminlaydi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
xoʻjalik mudiri va oshpaz bilan hamkorlikda taomnoma tuzadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
har uch yilda bir marta belgilangan tartibda maktabgacha taʼlim tashkilotlarida sogʻlom ovqatlantirishni tashkil etish boʻyicha malaka oshiradi.
(38-bandning sakkizinchi-toʻqqizinchi xatboshilari Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 20-maydagi 320-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.05.2021-y., 09/21/320/0482-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
39. Maktabgacha taʼlim tashkiloti oshpazi eng kamida 3-razryadli oshpaz darajasiga oid maxsus kasbiy maʼlumotga ega boʻlishi zarur va quyidagi vazifalarni bajaradi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
taomlarni maktabgacha taʼlim tashkilotidagi taomnoma asosida tayyorlash texnologiyasiga amal qilgan holda tayyorlaydi;
(39-bandning birinchi-ikkinchi xatboshilari Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 20-maydagi 320-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.05.2021-y., 09/21/320/0482-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tarbiyalanuvchilarning yoshiga muvofiq tarzda taomlarni porsiyalarga boʻladi va tarqatadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
kunlik taomnomani tuzishda ishtirok etadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
oziq-ovqat mahsulotlarining belgilangan tartibda saqlanishi va taomnoma asosida toʻgʻri sarflanishini taʼminlaydi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
taomlarni tayyorlashda mahsulotlarga dastlabki va issiqlik ishlov berishni amalga oshiradi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
turli xildagi oziq-ovqat mahsulotlarining tavsifi va biologik qiymatini oʻrganadi hamda organoleptik usul orqali ularning sifat koʻrsatkichlarini farqlaydi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
issiqlik ishlov beruvchi, vazn oʻlchovchi, muzlatgich va boshqa jihozlardan foydalanishda texnika xavfsizligi qoidalariga qatʼiy amal qiladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
har uch yilda bir marta maktabgacha taʼlim tashkilotlarida sogʻlom ovqatlantirishni tashkil etish boʻyicha malaka oshiradi.
(39-bandning toʻqqizinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 20-maydagi 320-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.05.2021-y., 09/21/320/0482-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
40. Maktabgacha taʼlim tashkilotining oziq-ovqat mahsulotlari xoʻjalik mudiri eng kamida oʻrta maxsus maʼlumotga ega boʻlishi zarur va quyidagi vazifalarni bajaradi:
(40-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 20-maydagi 320-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.05.2021-y., 09/21/320/0482-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
oziq-ovqat mahsulotlarini qabul qilishni tashkil etadi, omborxonaga joylashtiradi va ularni saqlashda sanitariya qoidalari, normalari va gigiyena normativlariga amal qiladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
kunlik taomnomani tuzishda ishtirok etadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
oziq-ovqat mahsulotlarining omborxonadagi qoldiq miqdoridan kelib chiqib, yetkazib beruvchilarga buyurtmalarni shakllantirishda ishtirok etadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
kunlik taomnomada belgilangan barcha turdagi oziq-ovqat mahsulotlarini oshxonaga beradi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
yetkazib beruvchilar tomonidan topshirilgan oziq-ovqat mahsulotlarining yukxatiga mosligini tekshiradi, ularning vaznini oʻlchaydi va sifatini koʻzdan kechiradi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
omborxonadagi oziq-ovqat mahsulotlarining hisobini yuritadi, mahsulotlarni sifat tavsifiga, foydalanish muddatlariga amal qilgan holda saqlaydi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
omborxonada saqlanayotgan oziq-ovqat mahsulotlarini qayd etish daftarini yuritadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
har uch yilda bir marta maktabgacha taʼlim tashkilotlarida sogʻlom ovqatlanishni tashkil etish boʻyicha malaka oshiradi.
(40-bandning toʻqqizinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 20-maydagi 320-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.05.2021-y., 09/21/320/0482-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
41. Maktabgacha taʼlim tashkilotida sogʻlom ovqatlantirishni tashkil etishga masʼul xodimlarning malakasini oshirish Oʻzbekiston Respublikasi Maktabgacha taʼlim vazirligi tomonidan tashkil etiladi hamda Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi bilan kelishgan holda ishlab chiqilgan oʻquv rejasi va dasturi asosida amalga oshiriladi.
(41-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 20-maydagi 320-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.05.2021-y., 09/21/320/0482-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8-bob. Maktabgacha taʼlim tashkilotlarida sogʻlom ovqatlantirishni tashkil etish monitoringini olib borish
(8-bobning nomi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 20-maydagi 320-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.05.2021-y., 09/21/320/0482-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
42. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Maktabgacha taʼlim vazirligi, viloyatlar maktabgacha taʼlim boshqarmalari va Toshkent shahar maktabgacha taʼlim bosh boshqarmasi, tuman (shahar) maktabgacha taʼlim boʻlimlari maktabgacha taʼlim tashkilotida sogʻlom ovqatlantirishni tashkil etish monitoringini olib borishda:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
maktabgacha taʼlim tashkilotida sogʻlom ovqatlantirishni tashkil etish yuzasidan doimiy monitoring olib boradi, jumladan, tarbiyalanuvchilarning oziq-ovqat mahsulotlari bilan taʼminlanganlik darajasini tahlil qilib boradi;
(42-bandning birinchi-ikkinchi xatboshilari Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 20-maydagi 320-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.05.2021-y., 09/21/320/0482-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tegishli mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlariga oshxonalarning moddiy-texnik bazasini mustahkamlash boʻyicha takliflar kiritadi;
(42-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 15-dekabrdagi 791-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 16.12.2025-y., 09/25/791/1167-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
monitoring natijalarini har chorakda hududiy tuman (shahar) hokimliklari huzuridagi yigʻilishlarda prokuratura, moliya, sogʻliqni saqlash, maktabgacha taʼlim boʻlimlari rahbarlari ishtirokida muhokama qilib boradi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
oshxonalarda sanitariya qoidalari, normalari va gigiyena normativlariga muvofiq boʻlmagan holatlarni zudlik bilan bartaraf etish choralarini koʻradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
43. Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi huzuridagi Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qoʻmitasining hududiy boʻlimlari tomonidan maktabgacha taʼlim tashkilotlari oshxonalarida sanitariya qoidalari, normalari va gigiyena normativlari hamda sanitariya-gigiyena va epidemiyaga qarshi tadbirlarning bajarilishiga rioya qilinishi yuzasidan nazorat ishlari amalga oshiriladi.
(43-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 29-yanvardagi 48-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 30.01.2025-y., 09/25/48/0093-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
44. Ushbu Nizom talablari buzilishida aybdor boʻlgan shaxslar qonunchilikka muvofiq javob beradilar.
(44-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Davlat maktabgacha taʼlim tashkilotlarida sogʻlom ovqatlantirishni tashkil etish toʻgʻrisidagi nizomga 1-ILOVA
Bir nafar tarbiyalanuvchi uchun sarflangan mablagʻ miqdori ____________________
* 12 va 24 soatli ish tartibi joriy etilgan maktabgacha taʼlim tashkilotlariga nisbatan tadbiq etiladi.
Hamshira ______________
Xoʻjalik mudiri ___________________________
Oshpaz ___________________
(imzo)
(imzo)
(imzo)
(1-ilovaning matni Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 20-maydagi 320-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.05.2021-y., 09/21/320/0482-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Davlat maktabgacha taʼlim tashkilotlarida sogʻlom ovqatlantirishni tashkil etish toʻgʻrisidagi nizomga 2-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oziq-ovqat mahsulotlari va tayyorlanayotgan taomlar sifati haqidagi maʼlumotlarni qayd etish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
BRAKERAJ DAFTARI
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Tayyor taomning nomi
Baholanishi
Sinama olingan vaqti
Tibbiyot xodimining ruxsati
Imzo
taomnomaning bajarilishi
sifati
ovqat tayyorlash texnologiyasiga rioya qilinganligi
20___ yil ____ ____________
Nonushta
Tushlik
Ikkinchi tushlik
Kechki ovqat
20___ yil ____ ____________
Nonushta
Tushlik
Ikkinchi tushlik
Kechki ovqat
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Davlat maktabgacha taʼlim tashkilotlarida sogʻlom ovqatlantirishni tashkil etish toʻgʻrisidagi nizomga 3-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Sifati tez buziluvchi oziq-ovqat mahsulotlarini qayd etish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
DAFTARI
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
T/r
Taʼminotchi yuridik shaxsning nomlanishi
Yukxati raqami, mahsulotning kelgan vaqti va sanasi
Sifati tez buziluvchi mahsulotlar va ularning miqdori
Sifati haqida maʼlumot
Ishlatish muddatining oxirgi sanasi va vaqti
Imzo
1.
2.
3.
4.
5.
...
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Davlat maktabgacha taʼlim tashkilotlarida sogʻlom ovqatlantirishni tashkil etish toʻgʻrisidagi nizomga 4-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Omborxonada saqlanayotgan oziq-ovqat mahsulotlarini qayd etish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
DAFTARI
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(goʻsht)
Sana
Ishonchnoma raqami
Yukxati raqami
Narxi
Kirim
Chiqim
Qoldiq
(sut)
Sana
Ishonchnoma raqami
Yukxati raqami
Narxi
Kirim
Chiqim
Qoldiq
(Yogʻ)

Davlat maktabgacha taʼlim tashkilotlarida sogʻlom ovqatlantirishni tashkil etish toʻgʻrisidagi nizomga 5-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Davlat maktabgacha taʼlim tashkilotlarining oziq-ovqat mahsulotlari bilan taʼminlanish darajasi toʻgʻrisidagi hisobotlarni yuritish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
SXEMASI
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bosqichlar
Masʼullar
Tadbirlar
Muddati
1-bosqich
Maktabgacha taʼlim tashkiloti
Sanitariya qoidalari, normalari va gigiyena normativlariga asosan tarbiyalanuvchilarning oziq-ovqat mahsulotlari bilan taʼminlanish darajasini tahlil qilib borish hamda choraklik tahlil natijalarini maktabgacha taʼlim tuman (shahar) boʻlimlariga topshirish
Chorak yakunlanganidan keyingi oyning 5-kuniga qadar
2-bosqich
Tuman (shahar) maktabgacha taʼlim boʻlimlari
Tarbiyalanuvchilarning oziq-ovqat mahsulotlari bilan taʼminlanish darajasi toʻgʻrisidagi umumlashtirilgan hisobotlarni tegishlicha Qoraqalpogʻiston Respublikasi Maktabgacha taʼlim vazirligiga, viloyatlar maktabgacha taʼlim boshqarmalariga va Toshkent shahar maktabgacha taʼlim bosh boshqarmasiga taqdim etish
Chorak yakunlanganidan keyingi oyning 10-kuniga qadar
3-bosqich
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Maktabgacha taʼlim vazirligi, viloyatlar maktabgacha taʼlim boshqarmalari va Toshkent shahar maktabgacha taʼlim bosh boshqarmasi
Chorak yakunlanganidan keyingi oyning 15-kuniga qadar
4-bosqich
Oʻzbekiston Respublikasi Maktabgacha taʼlim vazirligi
Maktabgacha taʼlim tashkilotlarida tarbiyalanuvchilarning oziq-ovqat mahsulotlari bilan taʼminlanish darajasi toʻgʻrisidagi umumlashtirilgan hisobotlarni oʻrganib chiqish, oʻrganish natijasida aniqlangan kamchilik va muammolarni Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, Toshkent shahar va viloyatlar hokimliklari bilan hamkorlikda bartaraf etish choralarini koʻrish
Chorak yakunlanganidan keyingi oyning 25-kuniga qadar
(5-ilovaning matni Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 20-maydagi 320-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.05.2021-y., 09/21/320/0482-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Davlat maktabgacha taʼlim tashkilotlarida sogʻlom ovqatlantirishni tashkil etish toʻgʻrisidagi nizomga 6-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Maktabgacha taʼlim tashkilotlariga keltirilgan xom oziq-ovqat mahsulotlari sifati haqidagi maʼlumotlarni qayd etish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
BRAKERAJ DAFTARI
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Mahsulot yetkazib beruvchi taʼminotchi tashkilotnomi
Mahsulot keltirilgan sana
Mahsulot nomi
Miqdori (kg, litr, dona)
Baholash
Brakeraj komissiyasi ruxsati
Brakeraj komissiyasi aʼzosi imzosi
Mahsulot sifatini organoleptik usulda baholash
Sifatsizlik alomatlarini izohlash
(6-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 30-iyundagi 407-sonli qaroriga asosan kiritilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 30.06.2021-y., 09/21/407/0621-son)
(2-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 6-yanvardagi 1-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 10.01.2025-y., 09/25/1/0020-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 25-iyuldagi 626-son qaroriga 3-ILOVA
I. Maktabgacha taʼlim tashkilotlarida tarbiyalanuvchilarni sogʻlom ovqatlantirishning zamonaviy usullarini joriy etish
1.
Maktabgacha taʼlim tashkilotlarida autsorsing usulida sogʻlom ovqatlantirishni tashkil etishni kengaytirish.
1. Maktabgacha taʼlim tashkilotlarida autsorsing usulida ovqatlantirishni tashkil etish rejalarini tumanlar boʻyicha ishlab chiqish.
2. Reja asosida maktabgacha taʼlim tashkilotlarida autsorsing usulida ovqatlantirishni tashkil etish.
2019-yil iyul-avgust
2019-2020
yillar
Maktabgacha taʼlim vazirligi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari
2.
Bolalarni ovqatlantirishni tashkil etish yuzasidan chet el tajribasini oʻrganish boʻyicha xizmat safarlarini tashkil etish.
1. Bolalarni ovqatlantirishni tashkil etish yuzasidan chet el tajribasini oʻrganish boʻyicha mutaxassislar ishchi guruhini shakllantirish.
2. Bolalarni ovqatlantirishni tashkil etish yuzasidan chet el tajribasini oʻrganish boʻyicha xizmat safarlariga yuborish va xalqaro tajribani oʻrganish natijalari yuzasidan takliflar kiritish.
2019-yil iyul
2019-2020
yillar
Maktabgacha taʼlim vazirligi, manfaatdor vazirlik va idoralar
Maktabgacha taʼlim vazirligi, manfaatdor vazirliklar va idoralar
II. Maktabgacha taʼlim tizimida umumiy ovqatlanish texnologiyasi va uni tashkil etish yoʻnalishi boʻyicha kadrlar tayyorlash sifatini oshirish, qayta tayyorlash va malakasini oshirish tizimini takomillashtirish
3.
Umumiy ovqatlanish texnologiyasi va uni tashkil etish yoʻnalishi boʻyicha oliy maʼlumotli mutaxassislarni tayyorlash va qayta tayyorlashni yoʻlga qoʻyish.
1. Umumiy ovqatlanish texnologiyasi va uni tashkil etish yoʻnalishida mutaxassislar tayyorlash boʻyicha respublikadagi oliy taʼlim muassasalaridan kerakli shart-sharoitlari va mutaxassislari mavjud oliy taʼlim muassasalarini tanlash va 2019-2020 oʻquv yilidan ushbu yoʻnalishlarni ochish boʻyicha takliflarni Vazirlar Mahkamasiga kiritish.
2. 2019-2020-yildan belgilangan oliy taʼlim muassasalarida umumiy ovqatlanish texnologiyasi va uni tashkil etish yoʻnalishi boʻyicha oliy maʼlumotli mutaxassislarni tayyorlash va qayta tayyorlashni yoʻlga qoʻyish.
2019-yil iyul-avgust
2019-2020 oʻquv yili
Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi,
Iqtisodiyot va sanoat vazirligi
Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi
4.
Maktabgacha taʼlim tashkilotlari oshxonalarida faoliyat yuritayotgan oshpazlarning sohaga oid maxsus kasbiy maʼlumotga ega boʻlishini taʼminlash.
Maktabgacha taʼlim tizimida faoliyat yuritayotgan oshpazlarning kasbiy bilimlarini oshirish.
2019-2020-yillar
Maktabgacha taʼlim vazirligi,
Oʻzbekiston Oshpazlar uyushmasi
5.
Maktabgacha taʼlim tashkilotlari oshxonalarida faoliyat yuritayotgan oshpazlarning 3 yilda bir marta bolalar uchun taomlar tayyorlash texnologiyasi qoidalari va sogʻlom ovqatlantirishni tashkil etish boʻyicha malakasini oshirish.
Maktabgacha taʼlim tizimida faoliyat yuritayotgan oshpazlarning malaka oshirishini tashkil etish.
2019 — 2021
yillar
Maktabgacha taʼlim vazirligi,
Oʻzbekiston Oshpazlar uyushmasi
III. Maktabgacha taʼlim tashkilotlarida oshxonalarida sanitariya qoidalari, normalari va gigiyena normativlariga mos sharoitlarni yaratish
6.
Maktabgacha taʼlim tashkilotlari oshxonalarini sanitariya qoidalari, normalari va gigiyena normativlariga muvofiq jihozlash.
1. Maktabgacha taʼlim tashkilotlari oshxonalarining texnologik jihozlar, sovutgichlar, oshxona jihozlari, omborxonada mahsulotlarni saqlash sharoitlari yuzasidan xatlov oʻtkazish.
2. Xatlov natijalariga koʻra maktabgacha taʼlim tashkilotlari oshxonalarida sanitariya qoidalari, normalari va gigiyena normativlariga mos sharoitlarni yaratish.
2019-2020-yillar
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari
7.
Maktabgacha taʼlim tashkilotlarining oshxonalari faoliyati, xarid qilinayotgan oziq-ovqat mahsulotlari va tayyorlanayotgan taomlar, shuningdek, ularda foydalaniladigan texnologik jihozlarning sanitariya qoidalari, normalari va gigiyena normativlariga mosligini, oshxonalar xodimlari tomonidan sanitariya-gigiyena tadbirlari va epidemiyaga qarshi tadbirlar bajarilishini taʼminlash.
1. Har bir Maktabgacha taʼlim tashkilotiga Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi huzuridagi Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qoʻmitasining tuman (shahar) boʻlimlari xodimini buyruq bilan biriktirish va ushbu xodimlarni sanitariya-gigiyena tadbirlari va epidemiyaga qarshi tadbirlar bajarilishiga masʼul etib belgilash.
2. Maktabgacha taʼlim tashkilotlarining oshxonalari faoliyati xarid qilinayotgan oziq-ovqat mahsulotlari va tayyorlanayotgan taomlar, shuningdek, ularda foydalaniladigan texnologik jihozlarning sanitariya qoidalari, normalari va gigiyena normativlariga mosligini, oshxonalar xodimlarining sanitariya-gigiyena tadbirlari va epidemiyaga qarshi tadbirlar bajarilishiga rioya etishini aniqlash yuzasidan tasdiqlangan jadval asosida har oyda bir marta barcha Maktabgacha taʼlim tashkilotlarida monitoring ishlarini oʻtkazish boʻyicha tasdiqlangan jadval asosida oʻrganishni tashkil etish.
2019-yil iyuldan
doimiy
2019-yil iyuldan doimiy
Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi huzuridagi Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qoʻmitasi
Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi huzuridagi Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qoʻmitasi
IV. Maktabgacha taʼlim tashkilotlarida tarbiyalanuvchilarining sogʻlom ovqatlanishini tashkil etish ishlarini yanada takomillashtirish tadbirlarini moliyalashtirish
8.
Davlat maktabgacha taʼlim tashkilotlari oshpazlari va oshpaz yordamchilari lavozim maoshlarini ularning malaka razryadlaridan kelib chiqib belgilash tizimini joriy etish.
1. Davlat maktabgacha taʼlim tashkilotlari oshpazlari va oshpaz yordamchilariga malaka toifalari berish.
2. Davlat maktabgacha taʼlim tashkilotlari oshpazlari va oshpaz yordamchilarining malaka toifalari boʻyicha lavozim maoshlarini belgilash.
2019-yil
iyul
2019-yil
avgust
Oʻzbekiston Oshpazlar uyushmasi,
Maktabgacha taʼlim vazirligi,
Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi, Moliya vazirligi
V. Maktabgacha taʼlim tashkilotlarida sogʻlom ovqatlantirishni tashkil etishga doir targʻibot-tashviqot ishlari
9.
Maktabgacha taʼlim tashkilotlarida sogʻlom ovqatlantirishni tashkil etish yuzasidan keng targʻibot-tashviqot ishlarini olib borish.
1. Tarbiyalanuvchilar uchun ovqatlantirishni tashkil etishda taomlarni tayyorlash usullari, ularni isteʼmol qilishning ijobiy taʼsiri, ovqatlanish rejimi, ovqatlantirishni tashkil etishni zamonaviy usullarini targʻib qilish.
2019-yil iyuldan doimiy
Maktabgacha taʼlim vazirligi,
Sogʻliqni saqlash vazirligi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari
10.
Maktabgacha taʼlim tashkiloti tarbiyalanuvchilari uchun “Toʻgʻri ovqatlanish mashgʻulotlari” taʼlim dasturini joriy etish.
Tarbiyalanuvchilarni sogʻlom hayot tarzi va toʻgʻri ovqatlanish qoidalari bilan tanishtirish.
2019-2020 oʻquv yilidan
Maktabgacha taʼlim vazirligi, Sogʻliqni saqlash vazirligi
11.
Tarbiyalanuvchilar, pedagog xodimlar, ota-onalarning sogʻlom ovqatlanish qoidalariga amal qilinishi yuzasidan bilim va koʻnikmalarini yanada rivojlantirish boʻyicha davra suhbatlari oʻtkazish.
Tarbiyalanuvchilar, pedagog xodimlar, ota-onalar oʻrtasida sogʻlom ovqatlanish qoidalariga amal qilinishi yuzasidan davra suhbatlari oʻtkazish.
2019-yil iyuldan doimiy
Maktabgacha taʼlimi vazirligi, Sogʻliqni saqlash vazirligi
(3-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 29-yanvardagi 48-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 30.01.2025-y., 09/25/48/0093-son)
(qaror nomi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 20-maydagi 320-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.05.2021-y., 09/21/320/0482-son)
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 26.07.2019-y., 09/19/626/3481-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.05.2021-y., 09/21/320/0482-son, 30.06.2021-y., 09/21/407/0621-son, 20.11.2021-y., 09/21/694/1075-son, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son, 13.05.2022-y., 09/22/255/0412-son; 10.01.2025-y., 09/25/1/0020-son; 30.01.2025-y., 09/25/48/0093-son; 16.12.2025-y., 09/25/791/1167-son)