Hujjat kuchini yo‘qotgan 21.08.2003 19.02.1997 yildagi 89-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 21.08.2003
Hujjat 10.07.1998 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qarori
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
TRANSPORT VA ALOQA SOHASIDA FAOLIYAT KOʻRSATISh HUQUQI UChUN DAVLAT POShLINASI MIQDORLARINI TASDIQLASh TOʻGʻRISIDA
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 21-avgustdagi 360-sonli “Transport sohasidagi faoliyatning ayrim turlarini litsenziyalash toʻgʻrisidagi nizomlarni tasdiqlash haqida”gi qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Raqobat muhitini shakllantirish hamda transport va aloqa sohasidagi faoliyatni tartibga solishning bozor mexanizmlarini yanada takomillashtirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. 1997-yil 1-martdan boshlab yuqori rentabelli transport va aloqa xizmatlari koʻrsatish faoliyatini amalga oshirish huquqini beruvchi litsenziyalar berganlik uchun davlat poshlinasi miqdorlari ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Belgilansinki, transport va aloqa xizmatlari koʻrsatishga oid faoliyatni amalga oshirish huquqini beruvchi litsenziyalar berganlik uchun davlat poshlinasi Oʻzbekiston pochta va telekommunikatsiyalar agentligi, “Oʻzavtotrans” davlat korporatsiyasi, “Oʻzbekiston havo yoʻllari” milliy aviakompaniyasi, “Oʻzbekiston temir yoʻllari” davlat aksionerlik kompaniyasining maxsus hisob-kitob schyotlariga oʻtkaziladi hamda quyidagicha taqsimlanadi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
50 foiz shahar yoʻlovchi tashuvchilarini, qishloq joylarida aloqa xizmatlarini rivojlantirishga, aeroportlar va temir yoʻl vokzallarida yoʻlovchilarga xizmat koʻrsatishga;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
20 foizgacha litsenziyalangan faoliyat shartlariga rioya etilishini nazorat qiluvchi organlar xarajatlariga ushbu maqsadlarga yoʻnaltiriladigan mablagʻlarning aniq miqdorini har yili tegishli ravishda Oʻzbekiston pochta va telekommunikatsiyalar agentligi, “Oʻzavtotrans” davlat korporatsiyasi, “Oʻzbekiston havo yoʻllari” milliy aviakompaniyasi, “Oʻzbekiston temir yoʻllari” davlat aksionerlik kompaniyasi tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi bilan kelishilgan holda belgilanadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qolgan mablagʻlar davlat budjetiga yoʻnaltiriladi.
(2-bandning birinchi va uchinchi xatboshliri Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1997-yil 23-oktabrdagi 482-sonli qarori tahririda)
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Vazirlar Mahkamasining 1994-yil 19-apreldagi 215-son qarori bilan tasdiqlangan Korxonalar (tashkilotlar) ga faoliyatining ayrim turlari bilan shugʻullanish huquqini beradigan maxsus ruxsatnomalar (litsenziyalar) berish tartibi toʻgʻrisidagi Nizom 5-bandining ikkinchi va toʻrtinchi xatboshlari, yuqori rentabelli transport va aloqa xizmati sohasidagi korxonalar (tashkilotlar)dan olinadigan davlat poshlinasi miqdorlari hamda ularni oʻtkazish tartibiga oid qismi oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Bosh vazirning oʻrinbosarlari K.R. Rahimov va B.S. Hamidov zimmasiga yuklansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri Oʻ. SULTONOV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1997-yil 19-fevral,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
89-son
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlar Mahkamasining 1997-yil 19-fevraldagi 89-son qaroriga
ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Transport va aloqa xizmatlari koʻrsatish faoliyatini amalga oshirish huquqini beruvchi litsenziyalar berganlik uchun davlat poshlinasi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
MIQDORLARI
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish

‎Xizmat turlari

Poshlinalar miqdori (milliy valyutadagi ekvivalenti) ‎

‎‎1. Avtomobil trasportida tashuvchilar:

shahar atrofi va shaharlararo yoʻlovchi tashish‎ — 400 AQSh dollari*
xalqaro yoʻlovchilar tashish‎ — 800 AQSh dollari*
shahar atrofi va shaharlararo yuk tashish ‎ — 200 AQSh dollari*
xalqaro yuk tashish‎‎ — 900 AQSh dollari*‎‎

‎‎2. Havo trasportida tashuvchilar:

xalqaro yuk tashish‎ — 35 000 AQSh dollari*
xalqaro yoʻlovchi tashish‎ — 7500 AQSh dollari*

‎‎3. Temir yoʻl trasportida tashuvchilar:

xalqaro yuk tashish‎ — 1250 AQSh dollari*

‎‎4. Xalqaro transport-ekspeditorlik faoliyati – 50 000 AQSh dollari

‎‎5. Aloqa xizmatlari:

shaharlararo telefon aloqasi‎ — xalqaro telefon stansiyasining bir kommutatsiya nuqtasi uchun 50 AQSh dollari‎
xalqaro telefon aloqasi‎ — xalqaro telefon stansiyasining bir kommutatsiya nuqtasi uchun 120 AQSh dollari‎
umumiy foydalanishdagi uyali radioaloqa‎ — qamrov zonasining har bir yashovchi uchun 0,7 AQSh dollari‎
umumiy foydalanishdagi shaxsiy radiochaqiruv‎ — qamrov zonasining bir yashovchisi uchun 0,015 AQSh dollari‎
shu jumladan: ‎
Efirda‎ bir kanal boʻyicha uzatgichning 100 Vatt quvvati uchun 15 AQSh dollari‎
Kabelda‎ — bir kanal boʻyicha uzatgichning 100 Vatt quvvati uchun 45 AQSh dollari‎
Keyingi tahrirga qarang.
(ilovaning 5-bandi oltinchi va yettinchi xatboshilari Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1998-yil 10-iyuldagi 293-sonli qaroriga muvofiq oʻz kuchini yoʻqotgan)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ESLATMA:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Davlat poshlinasi mulkining kamida 26 foizi davlat ulushi boʻlgan korxonalar va tashkilotlardan undirilmaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Davlat poshlinalari miqdori tegishli transport turi, kommutatsiya nuqtasi, port, uzatgich quvvatining bir birligi hisobidan milliy valyutada Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy bankining toʻlov kunidagi kursi boʻyicha bir marta toʻlanadi va keyinchalik ularning soni koʻpayganda Davlat poshlinasi miqdori qayta koʻrib chiqilmaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
* — tegishli transport turining har bittasi uchun
(Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining qarorlari toʻplami, 1997-yil, 2-son, 6-modda; 1999-y., 7-son, 43-modda; Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2000-y., 9-10-son, 146-modda; 2001-y., 5-son, 24-modda; 20-son, 141-modda; 2003-y., 15-16-son, 131-modda)