Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
Toshkent shahridagi foydalanilmayotgan davlat mulki obyektlaridan samarali foydalanish toʻgʻrisida
Toshkent shahridagi davlat mulki obyektlaridan samarali foydalanish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi va Toshkent shahar hokimligining Toshkent shahri, Yakkasaroy tumani, Rakatboshi koʻchasi, 15-uy manzilida joylashgan Ichki ishlar vazirligi xoʻjalik boshqarmasi operativ boshqaruvidagi bino va inshootlarni (keyingi oʻrinlarda obyekt deb ataladi) Toshkent shahar hokimligiga tekin berish toʻgʻrisidagi takliflariga rozilik berilsin.
2. Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi obyektni belgilangan tartibda topshirsin, Toshkent shahar hokimligi qabul qilib olsin hamda undan maqsadli foydalanish choralarini koʻrsin.
3. Toshkent shahar hokimligi obyekt oʻrniga Toshkent shahar hududidan teng maydon va xonalar hajmidagi maʼmuriy binoni ikki oy muddatda Ichki ishlar vazirligiga belgilangan tartibda oʻtkazib berilishini taʼminlasin.
4. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Toshkent shahrida Xalqaro yoʻl harakati tashkilotining mintaqaviy vakolatxonasini ochish toʻgʻrisida” 1994-yil 26-oktabrdagi 518-son qarori oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
5. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi oʻrinbosari — transport vaziri A.J. Ramatov, Ichki ishlar vaziri P.R. Bobojonov hamda Toshkent shahar hokimi J.A. Artikxodjayev zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Toshkent sh.,
2019-yil 18-iyul,
601-son
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 19.07.2019-y., 09/19/601/3447-son)