O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
TOShKENT ShAHRIDA XAlQARO YO‘L HARAKATI TAShKILOTINING MINTAQAVIY VAKOLATXONASINI OChISh TO‘G‘RISIDA
Mazkur qaror O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 18-iyuldagi 601-sonli “Toshkent shahridagi foydalanilmayotgan davlat mulki obyektlaridan samarali foydalanish to‘g‘risida”gi qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan.
Markaziy Osiy mintaqasida xalqaro tashishlarni va transport infrastrukturasini rivojlantirish, bu muammolarni hal etishda Xalqaro yo‘l harakati tashkiloti (XYHT) doirasida sa’y-harakatlarni birlashtirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. XYHT Bosh Assambleyasining faoliyatini o‘z mablag‘lari hisobidan amalga oshirgan holda Toshkent shahrida XYHT mintaqaviy vakolatxonasini ochish to‘g‘risida 1994-yil 15-avgustdagi qarori ma’lumot uchun qabul qilinsin.
2. O‘rta Osiyo Temir yo‘l boshqarmasi bir oy muddatda Toshkent shahar, Shpilkov ko‘chasi 15-uydagi binoni XYHT mintaqaviy vakolatxonasini joylashtirish uchun bo‘shatsin va balansdan O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi balansiga tekin o‘tkazsin.
3. Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki XYHT mintaqaviy vakolatxonasiga milliy va chet el valyutalarida schyotlar ochsin.
4. Tashqi ishlar vazirligi XYHT mintaqaviy vakolatxonasiga diplomatik korpusga mos keluvchi immunitet bersin, uni Diplomatik servis xizmatida ro‘yxatdan o‘tkazsin.
5. Aloqa vazirligi va Ichki ishlar vazirligi XYHT mintaqaviy vakolatxonasi uchun umumdavlat aloqa tarmog‘ining shahar telefonlari va Ichki ishlar vazirligining maxsus aloqasi o‘rnatilishini ta’minlasinlar.
6. Ichki ishlar vazirligi attestatsiyadan o‘tkazilgan xodimlarni Xalqaro Yo‘l harakati tashkiloti tuzilmasiga xizmatga yuborganda ularni kadrlarning amaldagi rezervida qoldirsin.
7. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Bosh vazirning o‘rinbosari O‘.T.Sultonov zimmasiga yuklansin.
O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.MUTALOV
Toshkent sh.,
1994-yil 26-oktabr,
518-son