08.07.2019 yildagi 564-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qarori
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent viloyatida “Angren Pack” XK AJ bazasida qogʻoz mahsulotlari ishlab chiqarishni qayta tiklash va modernizatsiya qilish chora-tadbirlari toʻgʻrisida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasi “Oʻzbekiston Respublikasi va Rossiya Federatsiyasi oʻrtasidagi ikki tomonlama strategik hamkorlik va ittifoqchilik munosabatlarini yanada kengaytirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2018-yil 3-noyabrdagi PQ-3997-son qaroriga muvofiq, shuningdek, Toshkent viloyatida qogʻoz mahsulotlari, shu jumladan gofrlangan karton ishlab chiqarishni qayta tiklash va modernizatsiya qilish, yangi ish oʻrinlari tashkil etish va sanoat tarmogʻiga toʻgʻridan toʻgʻri xorijiy investitsiyalarni jalb qilish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Quyidagilar:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Iqtisodiyotda xususiy mulkning ulushi va ahamiyatini oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2015-yil 28-apreldagi PQ-2340-son qaroriga muvofiq “Angren Pack” XK AJ ustav kapitalidagi birja savdolariga qoʻyilgan qiymati 5,39 mln AQSh dollari miqdoridagi davlat aksiyalari paketining 25 foizi (101 598 dona aksiya) sotilmagani;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2018-yil 20-oktabrda Toshkent viloyati hokimligi va Rossiyaning “Nikol Pak UK” kompaniyasi MChJ (keyingi oʻrinlarda investor deb ataladi) oʻrtasida “Angren Pack” XK AJ ustav kapitalidagi davlat aksiyalari paketining 25 foizini (101 598 dona aksiya) investitsiya va ijtimoiy majburiyatlarni qabul qilish sharti bilan “nol” xarid qiymatida sotib olish toʻgʻrisida kelishuvga erishilgani maʼlumot uchun qabul qilinsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Oʻzbekiston Respublikasi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi, Davlat aktivlarini boshqarish agentligi va Toshkent viloyati hokimligining “Angren Pack” XK AJ ustav kapitalidagi davlat aksiyalari paketining 25 foizini (101 598 dona aksiya) investorga toʻgʻridan toʻgʻri shartnomalar tuzish orqali quyidagi investitsiya majburiyatlarini qabul qilish sharti bilan “nol” xarid qiymatida sotish toʻgʻrisidagi taklifiga rozilik berilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
a) kamida 25,0 mln AQSh dollari, jumladan, “Angren Pack” XK AJ infratuzilmasi va binolarini qayta tiklash, shuningdek, qogʻoz mahsulotlari ishlab chiqarishni modernizatsiya qilish uchun 11,5 mln AQSh dollari va jamiyat aylanma mablagʻlarini toʻldirish uchun 13,5 mln AQSh dollari miqdorida toʻgʻridan toʻgʻri xorijiy investitsiyalar kiritish hamda ushbu mablagʻlarni investitsiya majburiyatlari bajarilgandan soʻng “Angren Pack” XK AJ ustav fondiga kapitallashtirgan holda, 2019-2020-yillarda “Angren Pack” XK AJ bazasida qogʻoz mahsulotlarini ishlab chiqarishni qayta tiklash va modernizatsiya qilish (birinchi bosqich);
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
b) kamida 25,0 mln AQSh dollari miqdorida toʻgʻridan toʻgʻri xorijiy investitsiyalar kiritgan holda, 2020-2021-yillarda yiliga 6,0 mln kvadrat metr bitum, tom yopish va gidroizolatsiya materiallari ishlab chiqarishni tashkil etish (ikkinchi bosqich);
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
v) kamida 25,0 mln AQSh dollari miqdorida toʻgʻridan toʻgʻri xorijiy investitsiyalar kiritgan holda, 2020-2021-yillarda yiliga 300,0 ming kub metr ekstruzion penopolistirol ishlab chiqarishni tashkil etish (uchinchi bosqich).
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Belgilab qoʻyilsinki:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Angren Pack” XK AJ ustav kapitalidagi davlat aksiyalari paketining 25 foizi (101 598 dona aksiya) investor ushbu qarorning 2-bandi “a” kichik bandida qayd etilgan investitsiya majburiyatlarini toʻliq bajargandan soʻng unga tasarruf etish huquqi bilan oʻtkaziladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ushbu qarorning 2-bandi “b” va “v” kichik bandlariga muvofiq loyihaning ikkinchi va uchinchi bosqichlarini amalga oshirishni boshlash taʼminlanmagan holatda, “Angren Pack” XK AJ yer uchastkasining foydalanilmaydigan qismi Toshkent viloyati hokimligining zaxira fondiga keyinchalik foydalanish uchun olib qoʻyiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat aktivlarini boshqarish agentligi Toshkent viloyati hokimligi bilan birgalikda:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
bir oy muddatda “Angren Pack” XK AJ ustav kapitalidagi davlat aksiyalari paketining 25 foizini (101 598 dona aksiya) ushbu qarorda belgilangan shartlar asosida “nol” xarid qiymati boʻyicha investor bilan, jumladan, aksiyadorlik jamiyati boshqaruv organlarining majlislarida kelishiladigan masalalar belgilanishini nazarda tutuvchi oldi-sotdi shartnomasi tuzilishini;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Angren Pack” XK AJ maxsus hisobraqamiga 25,0 mln AQSh dollari miqdoridagi mablagʻ tushgandan soʻng “Angren Pack” XK AJ ustav kapitalidagi davlat aksiyalari paketining 25 foizini (101 598 dona aksiya) boshqarish huquqi investorga berilishini;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
investor tomonidan ushbu qarorning 2-bandi “a” kichik bandida qayd etilgan investitsiya majburiyatlari tegishli ravishda bajarilishining monitoringini taʼminlasin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Oʻzbekiston Respublikasi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi Toshkent viloyati hokimligi bilan birgalikda:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
uch oy muddatda ushbu qarorga muvofiq loyihaning ikkinchi va uchinchi bosqichini amalga oshirish toʻgʻrisidagi investitsiya bitimini tuzsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
investor tomonidan ushbu qarorning 2-bandi “b” va “v” kichik bandlarida qayd etilgan investitsiya va ijtimoiy majburiyatlar tegishli ravishda bajarilishining monitoringini taʼminlasin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining investitsiyalar va tashqi iqtisodiy aloqalar masalalari boʻyicha oʻrinbosari E.M. Ganiyev, Oʻzbekiston Respublikasi investitsiyalar va tashqi savdo vaziri S.U. Umurzakov va Toshkent viloyati hokimi vazifasini bajaruvchi R.K. Xolmatov zimmasiga yuklansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2019-yil 8-iyul,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
564-son
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 09.07.2019-y., 09/19/564/3393-son)