1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.14.00.00 Qishloq xoʻjaligi / 09.14.17.00 Qishloq xoʻjaligidagi shartnomalar / 09.14.17.05 Agrosanoat ishlab chiqarish sohasidagi kreditlash, hisob-kitob, sugʻurta (shuningdek, 07.22.06.01 ga qarang)]
[TSZ:
1.Iqtisodiyot / Sanoat]
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qarori
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Paxta xomashyosi va boshoqli don ekinlarining boʻlgʻusi hosilini sugʻurtalash tizimini takomillashtirish toʻgʻrisida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Paxta xomashyosi va boshoqli don ekinlarining boʻlgʻusi hosilini sugʻurtalash tartibi toʻgʻrisidagi nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. “Oʻzagrosugʻurta” AJ tomonidan paxta xomashyosi va boshoqli don ekinlari yetishtiruvchi tadbirkorlik subyektlariga paxta xomashyosi va boshoqli don ekinlari yetishtirish uchun beriladigan imtiyozli kreditlarning 4 foizi miqdorida sugʻurta xarajatlariga ajratish boʻyicha har yili:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
boshoqli don ekinlari hosili uchun — 1-fevralgacha;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
paxta hosili uchun — 1-iyungacha boʻlgan muddatlarda sugʻurta shartnomalarini rasmiylashtirish tartibi belgilanganligi maʼlumot uchun qabul qilinsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligiga paxta xomashyosi va boshoqli don ekinlarining boʻlgʻusi hosili sugʻurtasining zararlilik darajasidan kelib chiqqan holda, mazkur qarorning 2-bandida nazarda tutilgan sugʻurta xarajatlari miqdoriga oʻzgartirish kiritib borish huquqi berilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Belgilansinki:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
paxta xomashyosi va boshoqli don ekinlarining boʻlgʻusi hosilini sugʻurtalash boʻyicha rasmiylashtirilgan sugʻurta shartnomalariga asosan toʻlanishi lozim boʻlgan sugʻurta tovonlari, paxta xomashyosi va boshoqli don ekinlari yetishtiruvchi xoʻjalik subyektlaridan tushgan jami sugʻurta mukofotlarining 80 foizgacha boʻlgan qismi “Oʻzagrosugʻurta” AJ tomonidan qoplanadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
sugʻurta tovonlarining qolgan qismi Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan “Oʻzagrosugʻurta” AJga ajratiladigan budjet subsidiyasi orqali qoplanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar hokimliklari Oʻzbekiston fermer, dehqon xoʻjaliklari va tomorqa yer egalari Kengashi bilan birgalikda Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi Qishloq xoʻjaligini davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi tomonidan paxta xomashyosi va boshoqli don ekinlari yetishtirishni moliyalashtirish uchun ajratiladigan imtiyozli kreditlar hajmini tasdiqlashda kreditlashning dastlabki ikki oyida sugʻurta qilish xarajatlari uchun yetarli miqdorda mablagʻlar ajratilishini taʼminlasin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari — moliya vaziri J.A. Qoʻchqorov zimmasiga yuklansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2019-yil 17-iyun,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
505-son
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 17-iyundagi 505-son qaroriga ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Paxta xomashyosi va boshoqli don ekinlarining boʻlgʻusi hosilini sugʻurtalash tartibi toʻgʻrisida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
NIZOM
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1-bob. Umumiy qoidalar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Mazkur Nizom paxta xomashyosi va boshoqli don ekinlarining boʻlgʻusi hosilini sugʻurtalash tartibini belgilaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Ushbu Nizom paxta xomashyosi va boshoqli don ekinlarini yetishtiruvchi barcha tadbirkorlik subyektlariga, jumladan, paxta-toʻqimachilik ishlab chiqaruvchilar va klasterlarga nisbatan tatbiq etiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Ushbu Nizomda quyidagi asosiy tushunchalardan foydalaniladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ariza — sugʻurta qildiruvchining sugʻurta shartnomasini tuzish istagi bildirilgan yozma murojaati;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ishchi guruhlar — Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 28-fevraldagi 149-son qarori bilan tasdiqlangan Paxta xomashyosi va boshoqli don yetishtirish boʻyicha xarajatlarni kreditlash va topshirilgan mahsulot uchun yakuniy hisob-kitoblarni amalga oshirish tartibi toʻgʻrisidagi nizom asosida tuman hokimining oʻrinbosari rahbarligida tashkil etiladigan ishchi guruh;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
monitoring — paxta xomashyosi va boshoqli don ekinlarini yetishtirish uchun yer maydonlarining ekishga tayyorgarligi, ekinlar ekilishi, rivojlanishi va hosil yigʻib olinishi davrida olib boriladigan kuzatish jarayoni;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
monitoring dalolatnomasi — ishchi guruhlar tomonidan tuziladigan davriy yozma hujjat;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
sugʻurtalovchi — tegishli turdagi sugʻurtani amalga oshirish uchun litsenziyaga ega boʻlgan va sugʻurta shartnomasiga muvofiq sugʻurta tovoni (sugʻurta puli) toʻlovini amalga oshirish majburiyatini oluvchi tijorat tashkiloti boʻlgan yuridik shaxs;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
sugʻurta davri — sugʻurtalovchi sugʻurta shartnomasi amalda boʻlgan davrda sodir boʻlgan sugʻurta hodisalari boʻyicha majburiyatlarni oʻz zimmasiga oladigan davr;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
sugʻurta mukofoti — sugʻurta qildiruvchi sugʻurta shartnomasida belgilangan tartibda va muddatlarda sugʻurtalovchiga toʻlashi shart boʻlgan sugʻurta haqi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
sugʻurta polisi — sugʻurta shartnomasi tuzilganligini tasdiqlovchi va sugʻurta qildiruvchiga sugʻurta mukofotini yoki uning birinchi qismini toʻlagandan keyin beriladigan hujjat;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
sugʻurta summasi — sugʻurta qildiruvchi va sugʻurtalovchining kelishuviga muvofiq belgilanadigan pul mablagʻlari miqdori boʻlib, sugʻurtalovchi sugʻurta shartnomasi boʻyicha sugʻurta tovonini undan oshmagan miqdorda toʻlash majburiyatini oladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
sugʻurta tavakkalchiliklari — boʻron, doʻl, kuchli yomgʻir (jala), qurgʻoqchilik va garmsel, tuproqning oʻta namligi, kuchli qor yogʻishi, qorasovuq, suv sathining past boʻlishi, suv sathining baland boʻlishi (suv toshqini), yashin urishi, yongʻin, zararkunandalar, paxta xomashyosi va boshoqli don ekinlari kasalliklari;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
sugʻurta tovoni — sugʻurtalovchi sugʻurta shartnomasida kelishilgan sugʻurta hodisasi sodir boʻlganda sugʻurta qildiruvchi koʻrgan zararlarini sugʻurta summasidan oshmagan miqdorda toʻlaydigan pul mablagʻlari miqdori;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
sugʻurta shartnomasi — yozma kelishuv boʻlib, unga koʻra sugʻurtalovchi kelishuvda shartlashilgan haq (sugʻurta mukofoti) evaziga kelishuvda nazarda tutilgan voqea (sugʻurta hodisasi) sodir boʻlganda sugʻurta qildiruvchiga sugʻurta tovonini toʻlash majburiyatini oladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
sugʻurta qiymati — sugʻurta qildiruvchining butun paxta xomashyosi va boshoqli don ekinlari maydonidan oladigan hosil qiymati;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
sugʻurta qildiruvchi — sugʻurtalovchi bilan tuzilgan sugʻurta shartnomasiga muvofiq ushbu shartnomada kelishilgan sugʻurta mukofotini (sugʻurta toʻlovini) toʻlovchi va sugʻurtalovchi bilan aniq sugʻurta munosabatlariga kiruvchi har qanday tashkiliy-huquqiy shakldagi tadbirkorlik subyekti;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
sugʻurta hodisasi — sugʻurta shartnomasida koʻrsatilgan va u sodir boʻlishi bilan sugʻurtalovchining sugʻurta qildiruvchiga sugʻurta tovoni (sugʻurta puli) toʻlovini amalga oshirish majburiyati kelib chiqadigan yuz bergan voqea;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ekin — paxta xomashyosi va boshoqli don ekinlari.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Sugʻurta shartnomasida belgilangan sugʻurta tavakkalchiliklari oqibatida ekin hosildorligining kamayishi yoki nobud boʻlishi natijasida sugʻurta qildiruvchining zarar koʻrishi bilan bogʻliq mulkiy manfaatlari sugʻurta obyekti hisoblanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2-bob. Sugʻurta shartnomasini tuzish tartibi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Paxta xomashyosi va boshoqli don ekinlarining boʻlgʻusi hosilini sugʻurtalash va sugʻurta hodisasi yuz berganda ularga sugʻurta tovonlarini toʻlash ushbu Nizomga 1-ilovada keltirilgan sxemaga muvofiq amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Har yili tuman hokimliklari, tuman fermer, dehqon xoʻjaliklari va tomorqa yer egalari kengashlari hamda sugʻurtalovchi tomonidan paxta xomashyosi va boshoqli don ekinlarini yetishtirishni moliyalashtirish uchun ajratiladigan imtiyozli kreditlar hajmini tasdiqlashda ushbu ekinlarni yetishtirish uchun rejalashtirilgan ekin maydoni, hosildorlik, kafolatlangan xarid narxlari asosida hisoblangan yalpi hosil qiymatidan kelib chiqib, jami ekinlar hosilini sugʻurtalash uchun zarur boʻlgan sugʻurta mukofotlari hajmi belgilanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. Paxta xomashyosi va boshoqli don ekinlari yetishtiruvchi tadbirkorlik subyektlari ekin maydoni, hosildorlik rejasi toʻgʻrisida maʼlumotlarni ilova qilgan holda boʻlgʻusi ekindan kam hosil olishi natijasida koʻradigan moliyaviy zararini sugʻurtalash toʻgʻrisida sugʻurtalovchining hududiy boʻlinmalariga ariza beradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. Sugʻurtalovchi sugʻurta qildiruvchi tomonidan taqdim etilgan ariza va maʼlumotlar asosida sugʻurta qiymati, sugʻurta puli va sugʻurta mukofoti miqdorini hisoblaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ushbu maʼlumotlar asosida sugʻurtalovchi va sugʻurta qildiruvchi oʻrtasida ikki nusxada sugʻurta shartnomasi tuziladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9. Tijorat banki tomonidan paxta xomashyosi va boshoqli don ekinlari yetishtiruvchi tadbirkorlik subyektiga paxta xomashyosi va boshoqli don yetishtirishni moliyalashtirish uchun imtiyozli kredit ajratishda uning boʻlgʻusi hosilni sugʻurtalash boʻyicha sugʻurta shartnomasi mavjudligi talab qilinadi va ushbu shartnoma boʻyicha rasmiylashtirilgan polis imtiyozli kreditning taʼminoti sifatida qabul qilinadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bunda imtiyozli kredit mablagʻlari hisobidan, birinchi navbatda, paxta xomashyosi va boshoqli don ekinlarining boʻlgʻusi hosilini sugʻurtalash uchun sugʻurta mukofoti toʻlangandan soʻng imtiyozli kredit mablagʻlari hisobidan hosil yetishtirish bilan bogʻliq boshqa xarajatlar boʻyicha toʻlovlarni amalga oshirishga ruxsat etiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
10. Sugʻurta shartnomasi tuzilgandan soʻng 30 ish kuni ichida sugʻurta qildiruvchi tomonidan sugʻurtalovchining hisobraqamiga sugʻurta mukofotlari (sugʻurta qildiruvchining oʻz mablagʻi, tijorat banklarining kreditlari va qonunchilikda taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobidan) oʻtkazib beriladi. Sugʻurtalovchining majburiyatlari sugʻurta mukofoti toʻlangandan soʻng kuchga kiradi. Shartnomada koʻrsatilgan muddatda sugʻurta mukofoti toʻlanmasa, sugʻurtalovchining majburiyatlari kuchga kirmaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
11. Sugʻurtalovchi sugʻurta mukofotlarini toʻliq toʻlagandan soʻng sugʻurta qildiruvchiga 3 ish kuni ichida sugʻurta polisini rasmiylashtirib beradi. Sugʻurta qildiruvchi tomonidan sugʻurta mukofoti qisman toʻlangan taqdirda, sugʻurta polisi toʻlangan sugʻurta mukofotiga mutanosib ravishda rasmiylashtirilib beriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
12. Ekinlar ekilganidan soʻng 30 kun ichida sugʻurtalovchi va tijorat banki (sugʻurta qildiruvchi imtiyozli kredit olgan holda) tomonidan joyiga chiqqan holda ekin maydonlari monitoringi oʻtkaziladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
13. Monitoring natijasida ekin maydonlarida ekinlar ekilmaganligi yoki boshqa qishloq xoʻjaligi mahsulotlari ekilganligi aniqlangan taqdirda, monitoring dalolatnomasi tuziladi va sugʻurta shartnomasi muddatidan oldin bekor qilinadi. Bunda ekinlar qisman ekilgan taqdirda, sugʻurta javobgarligi haqiqatda ekilgan maydonga nisbatan olib boriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Monitoring natijasida ekinlar sugʻurta shartnomasida belgilangan sugʻurta tavakkalchiliklari natijasida unib chiqmaganligi aniqlangan taqdirda sugʻurta javobgarligi ushbu ekin maydoni uchun ekish xarajatlariga ajratilgan mablagʻlardan oshmagan miqdorda olib boriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3-bob. Ekinlar holatining monitoringini oʻtkazish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
14. Ishchi guruh tomonidan monitoring paxta xomashyosi va boshoqli don ekinlari yetishtiruvchi har bir tadbirkorlik subyekti boʻyicha ekinlarning holatini hamda tijorat banklari tomonidan berilgan imtiyozli kreditlarning qaytarilishini taʼminlash uchun boʻlgʻusi hosilning yetarliligini aniqlash maqsadida doimiy ravishda oʻtkaziladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
15. Ishchi guruh sugʻurta shartnomasini tuzish davrida paxta xomashyosi va boshoqli don ekinlari yetishtiruvchi tadbirkorlik subyektlariga tijorat banklari tomonidan berilgan imtiyozli kreditlarning maqsadli ishlatilishini hamda ekinlarning butun rivojlanish davrida monitoring oʻtkazish muddatlarini kelishib oladi va monitoring jadvalini tasdiqlaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
16. Ishchi guruh haqiqatda sarflangan xarajatlar oʻrganib chiqilganidan soʻng paxta xomashyosi va boshoqli don ekinlari yetishtiruvchi tadbirkorlik subyektlarining ekin yer maydoni (dalasi)ga chiqib, agrotexnik ishlar haqiqatda bajarilganligi boʻyicha monitoring oʻtkazadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
17. Sugʻurtalovchi tomonidan ekinlar holati doimiy monitoring qilib boriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4-bob. Monitoring natijalarini rasmiylashtirish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
18. Ishchi guruh tomonidan oʻtkazilgan monitoring natijasi boʻyicha har bir tadbirkorlik subyekti uchun alohida monitoring dalolatnomasi tuziladi. Monitoring dalolatnomasini tuzishda quyidagi tadbirlarni amalga oshirish lozim:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ekin rejada belgilangan maydonga toʻliq ekilganligi (maydon butligi, boshqa ekin ekilganligi, qisman yoki umuman ekilmaganligi);
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
mineral va mahalliy oʻgʻitlar berilganligi va oziqlantirish agrotexnikasiga rioya qilinganligi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ekin maydonlarini begona oʻtlar bosganligi va qarshi kurashish choralarini koʻrilganligi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
sugʻorish inshoatini mavjudligi, ariq va zovurlar tozalanganligi va oʻz vaqtida sugʻorilganligi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ekin zararkunanda va kasalliklari tushishining oldini olish boʻyicha ishlar olib borilgani hamda ularga qarshi kurashilganligi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
gʻoʻza orasiga ishlov berish ishlari oʻz vaqtida amalga oshirilganini oʻrganish va kerakli tavsiyalar berish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ushbu agrotexnik tadbirlar meʼyor doirasida olib borilgan boʻlsa monitoring dalolatnomasida ijobiy xulosa beriladi va sugʻurta javobgarligi davom ettiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Agar ushbu agrotexnik tadbirlar bajarilishi yetarli darajada olib borilmagan boʻlsa (monitoring dalolatnomasi xulosa qismida koʻrsatiladi) monitoring dalolatnomasida salbiy xulosa beriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ushbu monitoring dalolatnomasiga har bir ishtirokchi oʻz imzosini va muhrini (mavjud boʻlganda) qoʻyishi talab etiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
19. Monitoring oʻtkazuvchi vakillar, ekin maydonlari va ekin holatini toʻliq aks ettirish maqsadida monitoring dalolatnomasiga qoʻshimcha ravishda alohida oʻz xulosalarini ham yozishlari mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
20. Monitoring dalolatnomasida ishchi guruh tomonidan agrotexnik tadbirlarning oʻtkazilishi boʻyicha qishloq xoʻjaligi ekinlarini yetishtiruvchi tadbirkorlik subyektlariga tavsiyalar beriladi. Navbatdagi monitoring davrida oldingi monitoring dalolatnomasida berilgan tavsiyalarning bajarilishi oʻrganiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5-bob. Sugʻurta hodisasi va sugʻurta tovonini toʻlash tartibi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
21. Sugʻurta shartnomasi amal qilgan davrda sugʻurta hodisasini keltirib chiqaruvchi hodisalar oqibatida ekinlar zararlanishi yoki nobud boʻlishi natijasida hosilni olish imkoniyati kamaysa yoki yoʻqolsa, sugʻurta qildiruvchi sugʻurtalovchiga 10 ish kuni ichida boʻlib oʻtgan hodisa toʻgʻrisida xabarnoma beradi. Shuningdek, monitoring oʻtkazgan sugʻurtalovchining masʼul mutaxassislari ham ushbu hodisalar toʻgʻrisida sugʻurta qildiruvchiga maʼlumot berishlari lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
22. Xabarnomaga asosan sugʻurtalovchi va ishchi guruhlar tomonidan ekinga yetkazilgan zarar 10 kun ichida joyida oʻrganib chiqiladi va dalolatnoma tuziladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
23. Sugʻurta qildiruvchi yigʻishtirib olgan hosildorlik qiymati sugʻurtaga qabul qilingan hosildorlik qiymatidan kam boʻlganda, quyidagi hujjatlarni sugʻurtalovchiga taqdim etadi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
sugʻurta polisining nusxasi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
boʻlib oʻtgan hodisalar natijasida ekin zararlanganligi yoki nobud boʻlganligini tuman hokimligi ishchi guruhi tomonidan tasdiqlab tuzilgan dalolatnoma (agar mavjud boʻlsa);
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
hodisa (hodisa tavsifi va yetkazilgan zarar sabablariga koʻra) ushbu Nizomning 24-bandida koʻrsatilgan tashkilotlar tomonidan tasdiqlangan maʼlumotnoma.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
24. Hodisa tavsifi va yetkazilgan zarar sabablariga koʻra hodisani tasdiqlovchi maʼlumotnoma quyidagilar hisoblanadi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
agar zarar boʻron, doʻl, kuchli yomgʻir (jala), qurgʻoqchilik va garmsel, tuproqning oʻta namligi, kuchli qor yogʻishi, qorasovuq, suv sathining past boʻlishi, suv sathining baland boʻlishi (suv toshqini) yashin urishi natijasida roʻy bersa — gidrometeorologiya xizmati markazining (hududiy boʻlinmasi) maʼlumotnomasi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
agar zarar yongʻin natijasida roʻy bersa — tuman ichki ishlar boʻlimining yongʻinga qarshi kurash boʻlimi maʼlumotnomasi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
agar zarar zararkunandalar yoki ekinlarga kasalliklar tushishi natijasida roʻy bersa — ekin maydonlariga haqiqatdan ham zararkunandalar tomonidan zarar yetkazilganligini va ularga qarshi kurashilganligini tasdiqlash boʻyicha vakolatli tashkilot maʼlumotnomasi hamda ushbu tashkilot bilan tuzilgan shartnoma nusxasi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
agar zarar mineral oʻgʻitlarning oʻz vaqtida va toʻliq yetkazib berilmaganligi natijasida roʻy bersa — paxta xomashyosi va boshoqli don ekinlari yetishtiruvchi tadbirkorlik subyektiga belgilangan va haqiqatda olingan mineral oʻgʻit miqdori boʻyicha vakolatli tashkilot maʼlumotnomasi hamda ushbu tashkilot bilan tuzilgan shartnoma nusxasi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
yetishtirilgan ekin toʻliq yigʻishtirib olinganligini tasdiqlovchi tuman qishloq xoʻjaligi boʻlimi maʼlumotnomasi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
yetishtirilgan ekin tayyorlov tashkilotiga topshirilganligini tasdiqlovchi tayyorlovchi (qabul qiluvchi) tashkilot hamda tuman statistika boʻlimi maʼlumotnomalari.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ushbu bandda koʻrsatilgan hujjatlardan boshqa qoʻshimcha hujjatlar talab qilinishiga yoʻl qoʻyilmaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
25. Sugʻurta qildiruvchining sugʻurtaga qabul qilingan bir gektar ekin maydoni uchun hosildorlik qiymati bilan joriy yilda bir gektar ekin maydonidan haqiqatda olingan hosildorlik qiymati (sugʻurta mukofotini hisoblashda tasdiqlangan oʻrtacha xarid narx asos qilib olinadi) orasidagi farqi ekindan koʻrilgan zarar deb hisoblanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
26. Sugʻurta tovoni miqdori ushbu Nizomga 2-ilovada keltirilgan jadval asosida, sugʻurta qildiruvchining jami ekin maydonidan olingan yalpi hosili (tayyorlov korxonasi maʼlumotnomalari asosida) va tushgan sugʻurta mukofoti miqdori hisobga olingan holda, sugʻurta puli (sugʻurta javobgarligi) doirasida hisoblanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
27. Sugʻurta qildiruvchi tomonidan ekinni ekish, parvarishlash va hosilni yigʻishtirib olish davrida agrotexnika talablariga rioya qilmaganligi aniqlanganda, sugʻurta tovoni quyidagi miqdorlarda kamaytiriladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
oʻgʻit belgilangan meʼyordan kam berilgan boʻlsa 5 (besh) foiz;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
begona oʻtlar bosib ketgan boʻlsa 5 (besh) foiz;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
oʻz vaqtida sugʻorilmagan (suv berilmagan) boʻlsa 5 (besh) foiz.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Sugʻurta tovoni chamalangan (aprobatsiyadan oʻtkazilgan) hosil olinmagan boʻlsa 5 (besh) foiz miqdorlarda kamaytirilishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
28. Sugʻurta qildiruvchi tomonidan ushbu Nizomning 23-bandida nazarda tutilgan hujjatlar hamda yozma ariza sugʻurta davri yakuni boʻyicha sugʻurtalovchining toʻlov komissiyasiga taqdim etiladi. Taqdim etilgan hujjatlar sugʻurtalovchining toʻlov komissiyasi tomonidan oʻrganib chiqilib, sugʻurta tovonini toʻlash yoki toʻlashni rad etish toʻgʻrisida 15 kun muddatda qaror qabul qilinadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
29. Sugʻurtalovchining sugʻurta tovonini toʻlash yoki toʻlashni rad etish toʻgʻrisidagi qarori sugʻurta qildiruvchiga u sugʻurta tovoni toʻlash toʻgʻrisida ariza taqdim etgan vaqtdan boshlab ushbu Nizomning 28-bandida koʻrsatilgan muddatdan kechiktirmay xabar qilinishi kerak va tovon toʻlash rad etilganda, qarorda rad etishning asoslantirilgan sabablari koʻrsatilishi lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
30. Sugʻurtalovchining sugʻurta tovonini toʻlash toʻgʻrisidagi qarori qabul qilinganda sugʻurtalovchi va sugʻurta qildiruvchi oʻrtasida sugʻurta hodisasi tan olinganligi toʻgʻrisida dalolatnoma tuziladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
31. Dalolatnoma asosida belgilangan sugʻurta tovoni 5 ish kuni ichida sugʻurta qildiruvchining hisobraqamiga oʻtkazib beriladi.
(31-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 21-dekabrdagi 717-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 23.12.2022-y., 09/22/717/1112-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
32. Sugʻurta davri yakuni boʻyicha sugʻurta hodisasi yuzasidan sugʻurta qildiruvchilar tomonidan taqdim qilingan hujjatlar sugʻurtalovchining toʻlov komissiyasi tomonidan oʻrganib chiqilib, sugʻurta tovonini toʻlash toʻgʻrisida qabul qilingan qaror asosida ekin hosili uchun jami aniqlangan sugʻurtatovonlari hajmi yigʻilgan sugʻurta mukofotlarining 80 foizigacha boʻlgan qismi doirasida sugʻurtalovchi oʻz mablagʻlari hisobidan qoplaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
33. Hisob-kitoblarga asosan aniqlangan sugʻurta tovonlari hajmi yigʻilgan sugʻurta mukofotlarining 80 foizidan oshgan qismini qoplash uchun Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan sugʻurtalovchiga budjet subsidiyasi ajratiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bunda budjet subsidiyasi sugʻurtalovchi tomonidan belgilangan tartibda aniqlangan sugʻurta tovonlarining umumiy summasi (sugʻurtalovchining xarajatlarini inobatga olgan holda) sugʻurta mukofotlari hisobidan toʻliq qoplanmagan xollarda ajratiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
34. Budjet subsidiyasi mablagʻlarini olish uchun sugʻurtalovchi Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligiga ushbu Nizomga 3-ilovaga muvofiq jadval asosida hisob-kitoblarni taqdim qiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
35. Sugʻurtalovchi tomonidan taqdim qilingan maʼlumotlar Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan 15 kun muddatda oʻrganib chiqilib, sugʻurtalovchiga aniqlangan sugʻurta tovonlarini toʻlash uchun budjet subsidiyasi mablagʻlarini ajratish toʻgʻrisida xulosa tayyorlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
36. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tayyorlangan xulosa asosida 10 kun muddat ichida sugʻurtalovchiga aniqlangan sugʻurta tovonlarini toʻlash uchun budjet subsidiyasini ajratadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
37. Ajratilgan budjet subsidiyasi hisobidan sugʻurtalovchi tomonidan 5 kun muddat ichida sugʻurta tovoni aniqlangan sugʻurta qildiruvchilarga toʻliq toʻlab beriladi hamda bu haqda sugʻurtalovchi tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligiga hisobot taqdim etiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
38. Ushbu Nizom boʻyicha zimmaga olingan majburiyatlarning bajarilmaganligi yoki zarur darajada bajarilmaganligi uchun tomonlar qonunchilik hujjatlariga muvofiq javob beradilar.
(38-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
39. Mazkur Nizomdan kelib chiqadigan barcha nizolar oʻzaro kelishuv yoʻli bilan, kelishuvga erishilmagan taqdirda esa qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda hal etiladi.
(39-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Paxta xomashyosi va boshoqli don ekinlarining boʻlgʻusi hosilini sugʻurtalash tartibi toʻgʻrisidagi nizomga 1-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Paxta xomashyosi va boshoqli don ekinlarining boʻlgʻusi hosilini sugʻurtalash va sugʻurta hodisasi yuz berganda ularga sugʻurta tovonlarini toʻlash
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
SXEMASI
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bosqich
Masʼullar
Chora-tadbirlar
Muddat
1-bosqich
Paxta xomashyosi va boshoqli don ekinlari yetishtiruvchi tadbirkorlik subyekti, sugʻurta tashkiloti, tijorat banki
Sugʻurtalovchiga sugʻurta mukofotini toʻlaydi
Sugʻurta shartnomasi tuzilgandan soʻng 30 ish kuni ichida
2-bosqich
Sugʻurta tashkiloti
Sugʻurta qildiruvchiga sugʻurta polisini taqdim etadi
Sugʻurta mukofoti toʻlangandan soʻng 3 ish kuni ichida
3-bosqich
Paxta xomashyosi va boshoqli don ekinlari yetishtiruvchi tadbirkorlik subyekti, sugʻurta tashkiloti
Sugʻurta hodisasini keltirib chiqaruvchi holatlar toʻgʻrisida sugʻurtalovchiga xabarnoma beradi
Sugʻurta hodisa aniqlangan kundan soʻng 10 ish kuni ichida
4-bosqich
Sugʻurta tashkiloti, Ishchi guruhlar
Ekinga yetkazilgan zararni joyida oʻrganib chiqadi va dalolatnoma tuzadi
Xabarnoma berilgan soʻng 10 kun ichida
5-bosqich
Paxta xomashyosi va boshoqli don ekinlari yetishtiruvchi tadbirkorlik subyekti, sugʻurta tashkiloti
Hosildan koʻrilgan zararni qoplash boʻyicha sugʻurtalovchiga yozma ariza bilan murojaat qiladi
Sugʻurta davri yakuni boʻyicha
6-bosqich
Sugʻurta tashkiloti
Sugʻurta qildiruvchining taqdim etgan hujjatlari asosida tegishli qaror (sugʻurta tovoni toʻlash yoki toʻlashni rad etish) qabul qiladi
Ariza taqdim etilgan kundan boshlab 15 kun muddatda
7-bosqich
Sugʻurta tashkiloti, paxta xomashyosi va boshoqli don ekinlari yetishtiruvchi tadbirkorlik subyekti
Sugʻurta qildiruvchiga aniqlangan tovonni toʻlab beradi (jami tushgan sugʻurta mukofotining 80 foizigacha miqdorda)
5 ish kuni ichida
8-bosqich
Sugʻurta tashkiloti
Sugʻurtalovchi tomonidan aniqlangan jami sugʻurta tovonlarining 80 foizdan oshgan qismini qoplash maqsadida budjet subsidiyasi ajratilishi uchun Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligiga tegishli hisob-kitobni taqdim etadi
Zaruratga koʻra
9-bosqich
Moliya vazirligi
Maʼlumotni oʻrganib chiqib, sugʻurtalovchiga sugʻurta tovonlarini toʻlash uchun budjet subsidiyasini ajratish toʻgʻrisida xulosa tayyorlaydi
15 kun muddatda
10-bosqich
Moliya vazirligi
Aniqlangan sugʻurta tovonlarining 80 foizdan oshgan qismini qoplash uchun sugʻurtalovchiga budjet subsidiyasini ajratadi
10 kun muddatda
11-bosqich
Sugʻurta tashkiloti, paxta xomashyosi va boshoqli don ekinlari yetishtiruvchi tadbirkorlik subyekti
Budjet subsidiyasi hisobidan sugʻurta qildiruvchiga sugʻurta tovonini toʻlab beradi hamda Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligiga hisobot taqdim etadi
5 kun muddatda
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Paxta xomashyosi va boshoqli don ekinlarining boʻlgʻusi hosilini sugʻurtalash tartibi toʻgʻrisidagi nizomga 2-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
20___ yil “____” ___________da tuzilgan _______-son sugʻurta shartnomasiga asosan paxta xomashyosi (boshoqli don ekinlari) hosili boʻyicha sugʻurta tovonini hisoblash
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
jadvali
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1 ga maydondagi rejalashtirilgan hosildorlik (sentner)
1 ts hosilning preyskurant narxi
1 ga maydonga rejalashtirilgan hosilning qiymati
(3 ust* 4 ust)
Olingan yalpi hosil (sentner)
Jami maydondan olingan hosilning qiymati
(4 ust* 6 ust)
1 ga maydondan olingan hosil qiymati
(7 ust/ 2 ust)
1 ga maydondan koʻrilgan zarar
(5 ust-8 ust)
Jami ekin maydonidan koʻrilgan zarar summasi
(9 ust* 2 ust)
Agrotexnika talablariga rioya qilmaganligi uchun kamaytirilgan summa
Tan olingan sugʻurta tovoni
1
2
3
4
5
6
7
8
9
10
11
12
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Paxta xomashyosi va boshoqli don ekinlarining boʻlgʻusi hosilini sugʻurtalash tartibi toʻgʻrisidagi nizomga 3-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
______ yil hosili uchun aniqlangan sugʻurta tovonlarini toʻlash uchun Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan ajratiladigan subsidiya mablagʻlari
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
hisob-kitobi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Sugʻurta tovonining sugʻurtalovchi oʻz mablagʻlari hisobidan qoplangan qismi
Ajratilishi lozim boʻlgan subsidiya mablagʻi
A
1
2
3 (1*80%)
4 (2-3)
JAMI
Qoraqalpogʻiston
Andijon
Buxoro
Jizzax
Qashqadaryo
Navoiy
Namangan
Samarqand
Surxondaryo
Sirdaryo
Toshkent
Fargʻona
Xorazm
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 18.06.2019-y., 09/19/505/3298-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son; 23.12.2022-y., 09/22/717/1112-son)