15.06.2019 yildagi 501-son
ONLINE TRANSLATE
Norasmiy tarjima
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qarori
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Jizzax viloyatining forish tumanida sement zavodi qurilishini tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Jizzax viloyatining Forish tumanida ichki va tashqi bozorlarda barqaror talabga ega boʻlgan zamonaviy qurilish materiallari ishlab chiqarishni koʻpaytirish, yangi turdagi mahsulotlar ishlab chiqarishni oʻzlashtirish, eksport salohiyatini yanada kengaytirishni taʼminlash, shuningdek, yangi ish oʻrinlari tashkil etish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:

1. Oʻzbekiston Respublikasi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi, Iqtisodiyot va sanoat vazirligi, “Oʻzsanoatqurilishmateriallari” uyushmasi va Jizzax viloyati hokimligining 2019 — 2021-yillar davrida umumiy qiymati 400 mln AQSH dollari boʻlgan “Jizzax viloyatining Forish tumanida yiliga 4,0 mln tonna portlandsement ishlab chiqarish quvvatiga ega boʻlgan sement zavodini qurish” investitsiya loyihasini (keyingi oʻrinlarda investitsiya loyihasi deb ataladi) amalga oshirish toʻgʻrisidagi taklifiga rozilik berilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Muassislari “Phoenix Consulting GmbN” (GFR) va “Medianet in N.M. Nermsen” (GFR) kompaniyalari boʻlgan “UTD-Nolding” MCHJ (keyingi oʻrinlarda investor deb ataladi) investitsiya loyihasini amalga oshirish maqsadida masʼuliyati cheklangan jamiyat shaklidagi “UTD Cement” korxonasi tashkil etilganligi maʼlumot uchun qabul qilinsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Oʻzbekiston Respublikasi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi belgilangan tartibda:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
bir oy muddatda investor bilan investitsiya shartnomasini tuzish, unda investorning aniq huquq va majburiyatlari, investitsiyalar hajmi, tashkil etiladigan ish oʻrinlarining rejalashtirilayotgan soni, investorga beriladigan imtiyozlar va preferensiyalar, shuningdek, ilovaga muvofiq dastlabki texnik-iqtisodiy parametrlarni hisobga olgan holda boshqa investitsiyaviy va ijtimoiy majburiyatlarni nazarda tutish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
investitsiya shartnomasidan kelib chiqadigan majburiyatlarning taraflar tomonidan bajarilishini nazorat qilish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Jizzax viloyati hokimligi Oʻzbekiston Respublikasi Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qoʻmitasi bilan birgalikda bir oy muddatda investitsiya loyihasini amalga oshirish doirasida Jizzax viloyatining Forish tumani hududida sement zavodi qurilishi uchun 74 gektar yer uchastkasi belgilangan tartibda ajratilishini taʼminlasin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Investitsiya loyihasini amalga oshirish doirasida qurilish-montaj ishlarini loyiha hujjatlarini ishlab chiqish bilan bir vaqtda amalga oshirishga istisno tariqasida ruxsat berilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Oʻzbekiston Respublikasi Transport vazirligi, Uy-joy kommunal xizmat koʻrsatish vazirligi, Energetika vazirligi qurilayotgan sement zavodini tashqi muhandislik va transport kommunikatsiyalariga ulashda “UTD Cement” MCHJga belgilangan tartibda zarur yordam koʻrsatsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat geologiya va mineral resurslar qoʻmitasi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“UTD Cement” MCHJga Jizzax viloyati Forish tumanida joylashgan Olmaz-1 uchastkasidagi ohaktoshlarni geologik oʻrganish uchun noruda foydali qazilmalarni oʻz ichiga olgan yer qaʼri uchastkalaridan foydalanish huquqi uchun litsenziya bersin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
keyinchalik “UTD Cement” MCHJning soʻroviga koʻra boshqa yer qaʼri uchastkalariga nisbatan toʻgʻridan toʻgʻri muzokaralar asosida sement ishlab chiqarish uchun foydalaniladigan xomashyoni qazib olish uchun noruda foydali qazilmalarni oʻz ichiga olgan yer qaʼri uchastkalaridan foydalanish huquqi uchun litsenziyalar berilishini taʼminlasin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. Oʻzbekiston Respublikasi Qurilish vazirligi investitsiya loyihasini amalga oshirish doirasida qurilish-montaj ishlarining sifatli bajarilishi ustidan tegishli davlat arxitektura-qurilish nazoratini oʻrnatsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9. Oʻzbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi investitsiya loyihasining loyiha hujjatlari belgilangan tartibda davlat ekologik ekspertizasidan oʻtkazilishini va uni amalga oshirishda tabiatni muhofaza qilish toʻgʻrisidagi qonun hujjatlariga rioya etilishi lozim darajada nazorat qilinishini taʼminlasin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
10. Investitsiya loyihasini amalga oshirish doirasida:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
a) “UTD Cement” MCHJ mahsulot ishlab chiqarish boshlanganidan keyin 2025-yil 1-yanvarga qadar yuridik shaxslardan olinadigan foyda soligʻi, yuridik shaxslarning mol-mulkiga solinadigan soliqni toʻlashdan;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
b) obyektni qurish davrida (biroq 2022-yil 1-yanvardan kechiktirmay):
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
belgilangan tartibda shakllantiriladigan roʻyxatlar boʻyicha “UTD Cement” MCHJ va uning subpudrat tashkilotlari tomonidan, shu jumladan “vaqtincha olib kirish” bojxona rejimida olib kiriladigan asbob-uskunalar, xomashyo va materiallar, mashina va mexanizmlar, maxsus transport vositalari, ehtiyot qismlar va butlovchi buyumlar va uzellar, priborlar va asboblar, dasturiy taʼminot, texnik va loyiha hujjatlari — bojxona toʻlovlari toʻlashdan (bojxona yigʻimlaridan tashqari);
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi norezidentlari tomonidan bajariladigan ishlar (xizmatlar) hajmi uchun qoʻshilgan qiymat soligʻi toʻlashdan;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
koʻrsatiladigan xizmatlar, olib kiriladigan tovarlar, materiallar, uskunalar, mashinalar va mexanizmlar, butlovchi buyumlar va uzellar, texnologik jihozlar, priborlar, transport vositalari, ehtiyot qismlar, asboblar, yoqilgʻi-moylash materiallarini Oʻzbekiston Respublikasining vakolatli organlarida litsenziyalash va sertifikatlashda yigʻimlar, davlat bojlari va belgilangan toʻlovlari toʻlashdan;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
import qilinadigan materiallar, uskunalar, mashinalar va mexanizmlar, butlovchi buyumlar va uzellar, texnologik asbob-uskunalar, priborlar, ehtiyot qismlar, asboblar, respublikada tegishli akkreditatsiya qilingan sinov laboratoriyalari mavjud boʻlmagan taqdirda — majburiy sertifikatlashtirish tartib-taomillaridan oʻtishdan ozod etilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
11. Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi “UTD Cement” MCHJning buyurtmanomalari boʻyicha investitsiya loyihasini amalga oshirishda ishtirok etuvchi xorijiy mutaxassislarga koʻp martalik kirish vizalari konsullik va boshqa yigʻimlar undirilmasdan, zarur hollarda — Islom Karimov nomidagi Toshkent xalqaro aeroportida belgilangan tartibda rasmiylashtirilishini taʼminlasin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
12. Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi “UTD Cement” MCHJ buyurtmanomalariga binoan investitsiya loyihasini amalga oshirishda ishtirok etayotgan xorijiy mutaxassislarga davlat boji undirilmasdan koʻp martalik vizalar berilishi va muddati uzaytirilishini, shuningdek, ularning vaqtincha turgan joyi boʻyicha vaqtincha roʻyxatdan oʻtkazilishi va uning muddati uzaytirilishini belgilangan tartibda taʼminlasin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
13. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining investitsiyalar va tashqi iqtisodiy aloqalar masalalari boʻyicha oʻrinbosari E.M. Gʻaniyev va Jizzax viloyati hokimi E.A. Saliyev zimmasiga yuklansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2019-yil 15-iyun,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
501-son
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 15-iyundagi 501-son qaroriga
ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Jizzax viloyati forish tumanida yiliga 4,0 mln tonna portlandsement ishlab chiqarish quvvatiga ega boʻlgan sement zavodi qurilishi” investitsiya loyihasining dastlabki
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
TEXNIK-IQTISODIY PARAMETRLARI*
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish

T/r

Koʻrsatkich nomi

Moliyalashtirish manbai

Jami

shu jumladan investorning toʻgʻridan toʻgʻri xorijiy investitsiyalari

1.

Loyihaning umumiy qiymati

400 000,0

400 000,0

2.

Kapital qoʻyilmalar summasi

400 000,0

400 000,0

shu jumladan:

2.1.

mashina va uskunalar

280 000,0

280 000,0

2.2.

qurilish-montaj ishlari

105 000,0

105 000,0

2.3.

investitsiya davridagi moliyaviy xarajatlar

8 000,0

8 000,0

2.4.

boshlangʻich aylanma kapital

4 000,0

4 000,0

2.5.

boshqa xarajatlar

3 000,0

3 000,0

3.

Korxonaning quvvati

shu jumladan ishlab chiqariladigan mahsulotning yillik hajmi

980 ming tonna M500 markali,

1,220 ming tonna M600 markali,

940 ming tonna M900,

860 ming tonna oq sement

4.

Eksportning moʻljallanayotgan yillik hajmi

ishlab chiqarilayotgan mahsulot umumiy hajmining kamida 25 foizi miqdorida

5.

Yaratiladigan ish oʻrinlari

1500 nafar

6.

Loyihani amalga oshirish muddati

30 oy

(quvvatlarni ishga tushirish muddati — 2021-yil dekabr)

Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
* Loyihaning yakuniy qiymati, iqtisodiy va texnik parametrlari loyiha hujjatlarini ishlab chiqish va ekspertizadan oʻtkazish natijalariga koʻra aniqlashtirilishi lozim.