14.06.2019 yildagi 497-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qarori
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Suv xoʻjaligi vazirligining “Oʻzsuvqurilishtaʼminot” respublika birlashmasi tarkibidagi “Gidromexanizatsiya” davlat unitar korxonasini tugatish toʻgʻrisida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Suv xoʻjaligi vazirligining “Oʻzsuvqurilishtaʼminot” respublika birlashmasi tarkibidagi “Gidromexanizatsiya” davlat unitar korxonasi tomonidan Amu-Buxoro mashina kanalidan foydalanish boshqarmasi va Qarshi magistral kanalidan foydalanish boshqarmasi bilan shartnoma asosida ushbu kanallarning Turkmaniston hududidagi qismlarini hamda Amudaryoning ularga suv olish uchastkalarini loyqadan tozalash ishlari bajarib kelinmoqda.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Shuningdek, “Gidromexanizatsiya” davlat unitar korxonasi tomonidan koʻrsatilayotgan xizmatlar narxi bir muncha baland boʻlib, ajratilayotgan davlat budjeti mablagʻlaridan samarali foydalanishga hamda loyqadan tozalash ishlarini tezkor tashkil qilishga salbiy taʼsir koʻrsatmoqda.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Suv xoʻjaligi vazirligi tarkibidagi korxonalar faoliyatini optimallashtirish, davlat budjetidan ajratilayotgan mablagʻlardan yanada samarali foydalanish hamda Amudaryodan Amu-Buxoro mashina kanali va Qarshi magistral kanaliga suv olish ishlarini yanada yaxshilash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Oʻzbekiston Respublikasi Suv xoʻjaligi vazirligi, Moliya vazirligi, Iqtisodiyot va sanoat vazirligi hamda Davlat aktivlarini boshqarish agentligining Suv xoʻjaligi vazirligi “Oʻzsuvqurilishtaʼminot” respublika birlashmasi tarkibidagi “Gidromexanizatsiya” davlat unitar korxonasining faoliyatini tugatish toʻgʻrisidagi taklifiga rozilik berilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Belgilansinki, Oʻzbekiston Respublikasi Suv xoʻjaligi vazirligining Amu-Buxoro mashina kanalidan foydalanish boshqarmasi va Qarshi magistral kanalidan foydalanish boshqarmasi “Gidromexanizatsiya” davlat unitar korxonasining ishchi va xizmatchilar oldidagi barcha majburiyatlari boʻyicha huquqiy voris hisoblanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Oʻzbekiston Respublikasi Suv xoʻjaligi vazirligi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Moliya vazirligi bilan birgalikda “Gidromexanizatsiya” davlat unitar korxonasining funksional vazifalari yuklanayotgan tashkilotlarning tasdiqlangan shtatlar jadvallariga va xarajatlar smetalariga tegishli oʻzgartirishlar ajratilgan mablagʻlar doirasida belgilangan tartibda kiritilishini;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ushbu tadbirlar bilan bogʻliq xarajatlar har yili Oʻzbekiston Respublikasi Suv xoʻjaligi vazirligiga ajratiladigan mablagʻlar doirasida amalga oshirilishini;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Gidromexanizatsiya” davlat unitar korxonasining asosiy vositalari belgilangan tartibda vazirlikning tegishli tashkilotlariga oʻtkazilishini;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
mavjud texnika va mexanizmlar, jumladan, zemsnaryadlarning barqaror ishlashini, ularning texnik holatini saqlash va kelgusida sifatli xizmatlar koʻrsatilishini;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent irrigatsiya va qishloq xoʻjaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti bilan birgalikda pudrat ishlarini bajarishda sohaga tajribali mutaxassislarni jalb qilish hamda ularning malakaviy mahorati doimiy ravishda oshirilishini taʼminlasin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Oʻzbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi Suv xoʻjaligi vazirligi bilan birgalikda “Gidromexanizatsiya” davlat unitar korxonasining tugatilishi munosabati bilan boʻshatilayotgan xodimlarni belgilangan tartibda ishga joylashtirish choralarini koʻrsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ilovaga muvofiq ayrim qarorlari oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirning Agrar va oziq-ovqat sohalarini rivojlantirish masalalari boʻyicha maslahatchisi A.J. Vaxabov hamda Oʻzbekiston Respublikasi suv xoʻjaligi vaziri Sh.R. Xamrayev zimmasiga yuklansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2019-yil 14-iyun,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
497-son
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 14-iyundagi 497-son qaroriga
ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblanayotgan ayrim qarorlari
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ROʻYXATI
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligining Turkmaniston hududida faoliyat koʻrsatayotgan korxonalarini qayta tashkil etish toʻgʻrisida” 2002-yil 5-fevraldagi 48-son qarori.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Vazirlar Mahkamasining “Amudaryo daryosidan kafolatli suv olishni taʼminlash maqsadida Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi tashkilotlari tasarrufidagi zemsnaryadlardan samarali foydalanish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2015-yil 29-dekabrdagi 376-son qarori.
Oldingi tahrirga qarang.
(3-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 17-sentabrdagi 573-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotganQonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 18.09.2021-y., 09/21/573/0880-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida (Oʻzbekiston Respublikasining “Oʻzbekiston Respublikasining Mudofaa doktrinasi toʻgʻrisida” 2018-yil 9-yanvardagi OʻRQ-458-son va “Davlat xavfsizlik xizmati toʻgʻrisida” 2018-yil 5-apreldagi OʻRQ-471-son qonunlari)” 2018-yil 20-sentabrdagi 748-son qaroriga (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2018-y., 9-son, 230-modda) ilovaning 8-bandi.
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 17.06.2019-y., 10/19/497/3290-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 18.09.2021-y., 09/21/573/0880-son)